• 1. Galogenlash reaksiyalari va ularning sinflanishi.
  • O'zbekiston respublikasi oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi




    Download 0,56 Mb.
    bet15/24
    Sana19.02.2024
    Hajmi0,56 Mb.
    #159055
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24
    Bog'liq
    OMKT (Amaliy mashg\'ulot)

    AMALIY MASHG’ULOT № 5
    GALOGENLASH JARAYONLARI
    Mashgulot rejasi:
    1. Galogenlash reaksiyalari va ularning sinflanishi.
    2. Radikal-zanjirli xlorlash.
    3. Suyuq fazada xlorlash.
    4. Gaz fazada xlorlash.
    5. Ion-katalitik galogenlash.
    1. Galogenlash reaksiyalari va ularning sinflanishi. Asosiy organik sintez texnologik jarayonlarida sodir bo`ladigan muxim kimyoviy reaksiyalarni quyidagi turlarga ajratish mumkin:
    1.Galogenlash reaksiyalari; 2.Gidrolizlanish reaksiyalari; 3.Gidratasiya; 4.Degidratasiya; 5.Eterifikasiya; 6.Alkillash; 7.Sulfatlash; 8.Sul’firlash; 9.Oksidlash; 10.Gidrirlash; 11.Degidrirlash va x.k.
    Organik birikmalarga galogen atomlarini kiritish jarayonlarini galogenlash deyiladi. Galogenlash reaksiyalariga: ftorlash, xlorlash, bromlash va yodlash kiradi.
    Galogenlash organik moddalar sintezida muxim o’rin tutadi. Bu usul bilan quyidagi maxsulotlar olinadi:
    1) xlororganik oralik maxsulotlar (1,2-dixloretan, xlorgidrinlar, alkilxloridlar);
    2) xlor va ftororganik monomerlar (vinil xlorid, vinididenxlorid, tetraftoretilen);
    3) xlororganik erituvchilar (metilen xlorid, uglerod turtxlorid, uch va turtxloretilen);
    4) xlor va bromorganik pestitsidlar (geksaxlorsiklogeksan, pentaxlorfenol)
    Galogenlash reaksiyalari 3 turga bulinadi:
    a). Urin almashish;
    b). Biriktirish;
    v). Ajralish.
    a). Urin almashinish reaksiyasida uglevodorod molekulasidagi vodorod atomi yoki reaksiya guruxi galogen bilan urin almashadi.
    a) RН + Cl 2 ® RCl + HCl
    b) RОH + HCl ® RCl + Н2О
    Galogen tutgan uglevodorodlardagi bir galogen atomini boshqa galogen atomiga almashinishdan brom, ftor va yodli xosilalarni olish mumkin:
    ССl4 + 2HF ® CCl2F2 + 2HCl
    RCl + NаBr ® RBr + NаCl
    Organik birikmadagi OH-guruxni galogenga almashinishi natijasida kislotalarning xlor angidridlari olinadi:
    RCООH + CОCl2 ® RCОCl + CО2 + HCl
    b). Biriktirib olish reaksiyalari tuyinmagan uglevodorodga galogen birikishi bilan boradi. Erkin galogenlar С=С, СºС va CAr-CAr boglarga birikish kobiliyatiga ega:
    СН2=СН2 + Сl2 ® ClCH2-CH2Cl
    CH ºCН + 2Cl2 ® CHCl2-CHCl2
    C6H6 + 3Cl2 ® C6H6Cl6
    Gidrogalogenlar xam shunday reaksiyalarga kirishadi:
    СН2=СН2 + НCl ® CH3-CH2Cl
    CHºCH + HCl ® CH2CHCl
    Olefinlar xlorgidrin birikish reaksiyasiga kirishadi:
    СН2=СН2 + Сl2 + Н2О ® СН2Cl-CH2ОH + HCl
    Ba`zi xollarda xlorlash quyi valentlik xolatida xam ruy beradi. Masalan, uglerod oksid va xlordan fosgen olish mumkin:
    СО+Сl2®CОCl2
    v) Xlorli xosilalarni ajralishi reaksiyalarini bir nechta turi mavjud:
    a) degidxlorlash b) dexlorlash, v) xloroliz yoki xlorlinoliz g) piroliz
    a) degidroxlorlashga misol keltiramiz:
    ClCH2-CH2Cl® CH2=CHCl + HCl
    b) dexlorlash reaksiyalari esa yuqori temperaturada keladi
    CCl3-CCl3 ® CCl2= CCl2 + Cl2
    v) xloroliz yoki xlorinoliz reaksiyalari xlor ta`sirida uglerol uglerod bogini uzilishi bilan boradi:
    CCl3-CCl3 + Cl2 ® 2CCl4
    g) yuqori temperaturada (piroliz):
    CCl3-CCl2-CCl3 ® CCl4 + CCl2 = CCl2
    Galogenlovchi agentlar. Eng muxim galogenlovchi agentlar-bu erkin galogenlar va suvsiz galogenvodorodlardir. Atmosfera bosimi ostida ularning kaynash temperaturasi quyidagicha, 0C:
    F2 -188,0; HF +19,4
    Cl2 -34,6; HCl -83,7
    Br2 +58,8; HBr -67,0
    Ushbu galogenlar organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Br2>Cl2>F2 va HBr>HCl>HF. Bu xususiyatlari ularni suyuq fazada galogenlashda muxim axamiyatga ega. Ular utkir xidli bo`lib, kuzni, nafas olish organlarini yalliglantiradi, erkin galogenlar bugish xususiyatiga ega Cl2 olishda NaCl suvli eritmasi elektroliz kilinadi, natijada bir vaktning uzida vodorod va ishkor xosil bo`ladi:
    NaCl « Na+ + Cl-
    N2O « H+- + OH-
    +e-
    Cl- + Na+ ® 0,5 H2; H+ ® 0,5H2; Na+ +HO - ® NaOH
    -e-
    Yuqori temperaturada vodorod va xlorni uzaro birikishi natijasida vodorod xlorid sintez kilinadi:
    N2 + Cl2 ® 2HCl



    Download 0,56 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24




    Download 0,56 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O'zbekiston respublikasi oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi

    Download 0,56 Mb.