• Foydalanilgan adabiyotlar
  • Аннотоция: Мазкур маъруза матн тукимачилик ва енгил саноат инсти




    Download 1.38 Mb.
    bet10/40
    Sana10.04.2017
    Hajmi1.38 Mb.
    #3920
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   40
    Tayanch iboralar:

    Xom ashyo, namlik, massa, sort, kaytim, chiqindi, avtota`minlagich, agregat, toy, aralashma, mahsulot, kondension, haqiqiy, normal.




    M A ` R U Z A 4
    MAVZU: Paxta tolasini titish va tozalash.

    REJA:

    1. Titish jarayonining moxiyati va undan ko’zlangan maqsad.

    2. PS-2 markali paxta titish mashinasi.

    3. Titish jarayonni jadallashtirish.

    4. Avtomatik ta`minlagich.

    5. ON-6-4 markali qiya tozalagichning vazifasi va ishlashi.



    Foydalanilgan adabiyotlar :

    1. Sh.R. Marasulov « Paxta va ximiyaviy tolalarni yigirish», Toshkent, 1986 yil,I-qism.

    2.N.N. Milovidov , K.I.Badalov « Pryadenie xlopka», M,1972 yil, I-qism.

    3.B.A. Azimov « Paxta yigirish fabrikalarini loyixalash»,T,1995 yil.

    4.N.I. Truevcev «Mexanicheskaya texnologiya voloknitiux materialov»,M,1969 yil.

    5.«RIETER» tizimidagi titish mashinalari pasporti.

    Ma`lumki, paxta tolasi yigiruv fabrikalariga toy qilingan holda keltiriladi. Paxta tolasi va kimyoviy tolalarni titish jarayonining birinchi bosqichida tolalar hamma titish mashinalari agregatdan birin-ketin o’tkazilib titiladi.

    Titish jarayonida mashinalarining ignalari ta`sirida paxta toydan yirik paxta qatlamlari mayda -mayda bo’lkachalarga ajraladi. Ish organlari ta`sirida va havoning kuch bilan surishi natijasida paxta bir mashinadan ikkinchi mashinaga to’xtovsiz o’tiladi, shu bilan birga, paxta uncha maxkam yopishmagan iflosliklardan tozalanadi, paxta tolalari mayda bo’lakchalarga ajralib titilishi tufayli yaxshi aralashadi, natijada deyarli bir xossali, titilgan va tozalangan paxta massasi hosil bo’ladi.

    Titish mashinalari uzluksiz agregatlar tarzida birlashtirilgan bo’lib, paxta mashinadan mashinaga mexanikaviy yoki pnevmatikaviy usulda o’tkaziladi. Avtomatik moslamalar mashinalardan o’tayotgan paxta oqimini muntazam ravishda tekislab turadi. Paxta titish mashinalarida zich presslangan yirik paxta bo’laklari mayda-mayda bo’lakchalarga bo’linadi: paxta xas-cho’p, yigirishga yaroqsiz tolalar va nuqsonlardan tozalanadi. Tolali materiallar ikki xil usulda titiladi; chimdib - chimdib titish va materiallar qatlamiga qattiq va qayta-qayta zarblar berish yo’li bilan titish.

    Paxta tolasi va kimyoviy tolalarni titish agregatining birinchi mashinasi paxta toylaridan ajratib olingan yirik paxta qatlamini mayda-mayda bo’lakchalarga ajratib titish, paxta bo’lakchalarini aralashtirish va paxtani xas-cho’plardan tozalash uchun ishlatiladi. Bu mashina paxta qatlamini massasi 0.7-1,0 g gacha bo’lgan mayda -mayda bo’lakchalarga bo’lib tita oladi.

    Ishchi mashina oldiga sortirovka sexidan keltirilgan paxta tolasi toyidan ma`lum (10 sm) qalinlikdagi paxta qatlamini ajratib olib, uni mashinaning ta`minlovchi panjarasiga tashlab turadi.

    Paxta tolasi yaxshi aralashishi uchun va bir xil xossalari aralashma hosil qilish uchun titish mashinalariga berilgan toy paxta 18-24 kg dan kam bo’lmasligi kerak. Ta`minlovchi panjara paxtani 5-12 m/min tezlik bilan ignali qiya 200 li panjaraga tezlik bilan harakat qiladi. Panjara yyelkalariga ignalar 330 burchak ostida qoqilgan; ular paxtaga qadalib ayrim burchaklarini ilib oladi va yuqorida o’rnatilgan tituvchi valikka olib keladi. Valik ignalari pajaraning yo’nalishiga teskari yo’naltiriladi.

    Paxta burchaklari tituvchi valikka kelib, uning zarbasiga uchraydi va mayda bo’lakchalarga ajralib titiladi, ammo xali uncha mayda titilmagan paxta bo’lakchalari yana kameraga tushadi, panjara uzluksiz harakat qilib turishi tufayli paxta bo’lakchalari yana panjara ignalariga ilinib, yaxshilab titilmaguncha shu jarayon davom yetaveradi. Tituvchi vallika yopishib qolgan paxta tozaluvchi valik parraklariga ilinib, mashina kamerasiga qaytib tushadi. Etarlicha mayda bo’lakchalarga ajralgan paxta ignali pandjara ignalariga yopishib qolgan paxta bo’lakchalarini ajratib oluvchi valik urib tushiradi. Bu valik 264 min 5-10 tezlik bilan aylanib turadi.

    Uning parrakchalari charm yoki rezinalargan to’qimadan qilingan. Shuning uchun paxta tolali zararlanmaydi. Urib tushirilgan paxta kolosnikli panjaraga o’rilib va uning uchib o’tib, mashinadan chiqib ketadi va aralashtiruvchi panjaraga tushadi, paxta kolosniklarga o’rilib qo’shimcha titiladi, paxtadagi xas-cho’p va kalta tolalar esa kolosniklar orasida chiqindi kamerasiga tushadi.

    Paxta titish mashinasi tolalarning sifatiga zarar yetkazmaydi. Ignali panjaradagi ignalar qancha ko’p, ularning o’lchamlari qancha kichik va panjara bilan valik o’rtasidagi oraliq qancha tor bo’lsa, paxta shuncha mayda bo’lakchalarga ajralib yaxshi titiladi. Tajriba shuni ko’rsatadiki, bu ikki ish organlari o’rtasidagi oraliq katta bo’lsa, mashinaning ish unumi ko’p bo’ladi, ammo titish darajasi pasayadi. Oraliq kichik bo’lsa, titish darajasi pasayadi. Oraliq kichik bo’lsa, titish darajasi yaxshilanib ish unumli kamayadi. Shuning uchun bu oraliq optimal qilib o’rnatiladi. Agar mashina paxta bilan bir me`yorda ta`minlab turilsa, titish savash agregatidan olinadigan mahsulot - xolst bir tekis chiqadi.

    Shuning uchun ham, bu mashinalar titish savash agregatiga kirib paxta, qaytim va chiqindilar bilan ta`minlashda hozirgi zamonaviy avtomatik ta`minlash mashinalari tarkibiga ham qo’llanilib kelmoqda.

    Tolali materiallarga mashina organlarining ta`siri qancha kuchli bo’lsa, titish jarayoni ham shuncha jadal bo’ladi. Titish jadalligiga quyidagi texnologik omillar ta`sir qiladi:

    - paxtani tituvchi organlarining tiplari va ularning ustiga qoplangan qoplamalari;

    - ish organlari teziligi;

    - mashina kamerasidagi paxtaning hajmi.

    Ish organlarning tiplari va ignalarining o’lchami, ularning qiyalik burchagi va zichligi katta ahamiyatga ega. R kuchni ikkita tashkil etuvchi R1 va R2 kuchlarga ajratib quyidagini hosil qilamiz.
    R1 = Rsin va R2 = R2 * kg/soat
    Bundan tashqari, paxta bo’lakchasiga markazdan qochar kuch ham ta`sir qiladi, ammo u juda kichik bo’lganidan hisobga olinmaydi.

    Ishqalanish kuchi F hosil bo’ladi. u R2 kuchiga teskariga yo’naltirilganligidan paxta bo’lakchalarining ignalari orasiga kirib qolishiga qarshilik ko’rsatadi. Ishqalanish kuchi quyidagiga teng.


    F = M * P1

    bu yyerda, M - ishqalanish koeffisiyenti.

    Qo’l mehnatini kamaytirish maqsadida toy tituvchi avtomatlarni dastlabki avlodi APK - 3 bo’lib uchtadan ikki tomonga harakat qilganda oltita toy paxtaga xizmat ko’rsatadi. U mashina paxta toyini titish, aralashtirish va iflosliklardan tozalab, keyingi mashinalarga uzatish uchun ishlatiladi.

    Mashinaning asosiy tituvchi qismi aylanib turuvchi qoziqli baraban bo’lib, u o’z qoziqlari bilan paxta toyining pastki tomonidan mayda-mayda bo’lakchalarini ajratib olib, transporterga tashlaydi. Transporterga tushgan paxta ventilyator orqali surilib keyingi jarayonga uzatiladi. Paxta toyi qoziqli barabangan bir me`yorda borishi kerak. Paxta toyi oxirigacha tekis ishlashi uchun konteyner ustiga yuk o’rnatiladi.

    Mayda-mayda bo’lakchalarga ajralib titilgan paxta bo’lakchalari kolosnikli panjaraga o’rilib, silkinib o`tishi natijasida undagi xas-cho’p, iflosliklar ajralib, chiqindi kamerasiga tushadi.

    Tezligi 0,93-1.3 m/min gacha o’zgartirib mashinaning ish unumi 150-230 kg/soat ga yetkazilgan.

    Xuddi shunga o’xshash RKA-2X avtomatik toy titish mashinasi ham ikkita toy paxtadan aralashma tayyorlanadi. Ana shu avtomatik toy titish mashinalari asosida AP-18, «RIETER» tizimda ishlovchi A-1/2 markali toy paxtani avtomatik ravishda titib ta`minlovchi mashinalar ikki tomonlama harakatlanib ko’proq toy paxta xizmat ko’rsatadi.

    Dastlabki avtomatik ta`minlagichda ikkita toydan uchta, 18-24 tagacha va yangi avtomatik ta`minlagichda esa 70 ta toy paxtaga bir martaga xizmat ko’rsatish qobiliyatiga ega, mashina ikki tomonlama harakat qilib 140 ta toy paxtani maydalab keyingi jarayonni aralashma bilan ta`minlaydi. Mashinaning asosiy ishchi qismi ikkita pichoqli baraban bo’lib, tezlgi 1400 min-1  bilan harakatlanadi. Avtomatik ta`minlagichning tezligi 8.5 m/min bilan harakatlanib ish unumdorligi 750-1000 kg/soatgacha yetkaziladi. Mashina komp`yuterlashtirilgan bo’lib, ogoxlantiruvchi lampalari orqali mashinadagi o’zgarishlarini bildirib turadi.

    Mashina texnika xavfsizligi va atrof muhitni changsizlantirish uchun juda yaxshi chora tadbirlar qurilgan bo’lib juda qulaydir.



    Download 1.38 Mb.
    1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   40




    Download 1.38 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Аннотоция: Мазкур маъруза матн тукимачилик ва енгил саноат инсти

    Download 1.38 Mb.