• Foydalanilgan adabiyotlar
  • Аннотоция: Мазкур маъруза матн тукимачилик ва енгил саноат инсти




    Download 1.38 Mb.
    bet12/40
    Sana10.04.2017
    Hajmi1.38 Mb.
    #3920
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   40
    Tayanch iboralar:

    Titish jarayoni,xom ashyo, gorizontal titgich, qayta zarba, qiya tozalagich, aralashtirish, aralashma, titish darajasi.



    M A ` R U Z A 5
    MAVZU: Savash mashinasining tuzilishi va ishlashi.
    REJA:

    1. Savash mashinalarining markalari, vazifasi.

    2. Savash mashinasining ishlashi.

    3. Savash mashinasi ishchi qismlari ishini taxlil qilish.

    4. Savash mashinasining yangi markasi.

    5. ERM va T-16 markali savash mashinalarining farqi.


    Foydalanilgan adabiyotlar :

    1. Sh.R. Marasulov « Paxta va ximiyaviy tolalarni yigirish», Toshkent, 1986 yil,I-qism.

    2. N.N. Milovidov , K.I.Badalov « Pryadenie xlopka», M,1972 yil, I-qism.

    3.B.A. Azimov « Paxta yigirish fabrikalarini loyixalash»,T,1995 yil.

    4.N.I. Truevcev «Mexanicheskaya texnologiya voloknitiux materialov»,M,1969 yil.

    5.«RIETER» tizimidagi savash mashinalari pasporti.

    Savash mashinalarining asosiy vazifasi paxtani savab qaytadan titib, xas-cho’p va nuqsonlardan tozalaydi. O’zidan keyingi mashinaning ishlashi uchun qulay bo’lgan shakldagi sifatli mahsulot xolst ishlab chiqaradi.

    O’rta va ingichka tolali paxtadan foydalanish uchun savash mashinalarining bir necha xil markalari mavjuddir:

    T-16; MT-30; MTB; TB; MTM kabi markalari yigirish fabrikalarida ishlatilib kelinmoqda. Asosan, hozirgi zamonaviy fabrikalarda savash mashinalarining MTM va MT markalari, avvalagi T-16 savash mashinalaridan farqi shundaki ish unumdorligini yuqoriligi ishlab chiqarilgan mahsulotining sifatliligi bilan gabarit o’lchamlari va asosiy ishchi organlarining o’zgarishi bilan farq qiladi. Xolst ishlab chiqarishi va xolstsiz aralashma ishlab chiqarishi bilan farq qiladi.

    Savash mashinasining asosiy vazifasi agregat tarkibidagi mashinalardan qisman tozalangan aralashmani aosiy ishchi organlari savagichlari bilan aralashma tarkibidagi xas-cho’plar iflosliklar, qumlardan tozalab, xolst olishdan iborat.

    Agregatdan kelgan aralashma savash mashinasining ta`minlovchi bunkeriga kelib tushadi, bu yyerda aralashma turli baraban yordamida tozalanadi va bir me`yorda 2 ta ta`minlovchi silindrlar yordamida pichoqli barabanga kelib tushadi. Pichoqli baraban asosiy tozalovchi organ hisoblanib, tezligi nnb =443 - 919 min-1 lik bilan aylanib barabanga o’rnatilgan pichoqlar yordamida aralashma tarkibidagi tolalarga qattiq - qattiq zarbalar berish yo’li bilan kalta tolalar (o’lik) pishib yetilmagan tolalar xas-cho’plar pastga chiqindi bunkeriga tushirilib, paxta aralashmasi ventilyatorning havo surilishi natijasida aralashma qatlami turli baraban sirtiga o’rnatilgan ventilyatorning havo surishi natijasida turli baraban sirtiga tola qatlami o’ralib tola tarkibidagi tuproq va kalta tolalar surib olinadi va ikkita ajratuvchi yordamida paxta qatlami uch yelkali savagichning ta`minlovchi bir juft silindrlariga keladi, ta`minlovchi silindrlar yordamida tez turgan nc = 827-1190 min-1 uch yyelkali savagichga kelib tushgan paxta qatlamiga zarbiy ta`sir qilinib aralashma tarkibidagi chiqindilar tozalanadi. Uch yyelkali savagichning har bir aylanganida paxta qatlamiga uch martadan zarb bilan uriladi va kolosnikli chambaradan chiqindilar pastga chiqindi bunkeriga tushadi.

    Tozalangan paxta qatlami ventilyatorning kuchli havo bosimi bilan surishi natijasida ta`minlovchi bunkyerdagi turli baraban sirtiga paxta qatlami o’ralib, chiqindilardan tozalanadi va ta`minlovchi silindr yordamida qoziqli baraban yordamida tola titkilanadi va bunkerga tushadi. Bunkyerdan aralashma chiqaruvchi silindr va tutib turuvchi silindrlar yordamida tolani ta`minlash stolchaga uzatadi. O’n oltita yelkali rostlagich yordamida paxta qatlami bir xil qalinlikda yoyilib tezlanib turuvchi nis = 487 1145 min uch yelkali ignali savagich ignalariga kelib tushadi. Uch yelkali savagichning ignalari paxta qatlamini savash natijasida, tola qatlamidagi chiqindilar uchib ketadi va kolosnikli chambara orqali chiqindi bunkeriga borib tushadi.

    Tozalangan tolalar yana bir marta turli baraban sirtiga o`ralib ventilyator orqali chang va chiqindilari suriladi va aralashma qatlami teks qilib yaxshi yoyiladi va ajratuvchi silindrlar yordamida siquvchi vallarga uzatiladi. Siquvchi vallardan keyin tekis yoyilgan paxta qatlami xolst hosil qiluvchi vallar yordamida ichiga trubacha qo`yib xolst hosil qiladi. Hosil bo’lgan xolstlar taroziga qo`yib o`lchanadi va osma konveyerlarga qo`yib tarash sexiga xom ashyo sifatiga, savash sexining tayyor mahsuloti uzatiladi. Savash mashinasidan har besh minutda birta xolst chiqadi, chiqarilgan xolstlar taroziga o`lchab ko`rilganda og`irligi talabga javob bermasa, demak mahsulot sifatsiz ekanligini ko`rsatadi. Sifatsiz mahsulot chiqindi bo`limiga qaytim sifatida uzatiladi. Savash mashinalarning asosiy savovchi organlari:


    1. Pichoqli baraban

    2. Uch yelkali savagich

    3. Uch yelkali ignali savagich

    Savash mashinasining asosiy ishchi organlari biri savagichlar bo’lib, ular tolali materialga zarbiy ta`sir ko`rsatadi.

    Plankali savagich va uning ostidagi kamera mashinaning eni bo`yiga to`rtta krestovina - 2 maxkamlangan. Bu krestovinaga (valning o`qi parallel qilib) boltlar - 3 yordamida po`lat plankalar 4ga o`rnatilgan. Krestovinalarni vallga qator tizib maxkamlashda detal` - 5 dan foydalaniladi; bu detal` havo oqimini kamaytirib, paxta bo`lakchalarining turli barabanga tortilishini yaxshilaydi.

    Ta`minlovchi silindr - 6 savagichga paxta qatlamini bir me`yorda berib turadi. Bu silindrlar orasidagi paxta qatlami prujina –7 yordamida qisilib turadi. Savagichning ostida kolosnikli panjara bo’lib, u ikki seksiya 8 va 9 ga bo`lingan, bu kolosniklar orasidan xas-cho’p va iflosliklar o`tib mashinaning chiqindi kamerasiga tushadi.

    Kolosnikli panjara savagichga yaqinlashtirish va undan uzoqlashtirish uchun rostlovchi boltlar - 10 dan foydalaniladi. Kolosnikli panjara bilan savagich plankalari o’rtasidagi oraliq panjaraning silindrlarga yaqin joyida 10 mm, panjara oxirida 20 mm bo’lib, ishlatilayotgan tolali materialga qarab olinadi.

    Savagichlarning aylanish yo`nalishida pichoq- 11 o`rnatilgan, u paxta bo`lakchalarining savagich bilan birga aylanishga yo`l qo`ymaydi.

    Pichoq bilan savagich plankasi o’rtasida oraliq 1,5 - 2 mm. Ignali savagich va uning ostidagi kamera (rasm b) da ko`rsatilgan. Po`lat val - 1 ga to`rtta krestovina - 2 o’rtailgan; ularga cho`yan urgichlar - 3 maxkamlagan; ularning sirtiga vintelyator yordamida yog’och plankalar - 4 o`rnatilgan. Bu plankalarga ignalar - 5 qoqilgan bo’lib, ularning qiyali 200 ni tashkil qiladi. Ignalarning qiya qilib qoqilishi paxta bir oz dag`al tarashga yordam beradi. Plankalarga ignalar qanday o`rnatilganligi va ularning o’lchamlari (b-rasmda) ko`rsatilgan. (a-rasmda) 8,9,10 va 11 detallar qanday berilgan bo’lsa ham xuddi shunday belgilangan.

    Ignali savagich 800-1200 min-1 tezlik bilan aylanib, paxta bo`lakchalarini ajratib oladi va kolosnikli panjaraga tashlaydi. Paxta bo`lakchalarining markazdan qochar kuchi quyidagi formuladan aniqlanadi:

    pn2

    R = mwr = mr (-----) 

    30

    bu yyerda, m - paxta bo`lagining massasi;



    w - savagichning burchak tezligi;

    r - savagichning radiusi

    Markazdan qochar kuch Rm ni R1 va R2 tashkil etuvchilarga ajratish mumkin.

    R1 = Rm * sin ; R2 = Rm * sos ; F = P2 * f = f * P2 * cos

    bu yerda, P1 - kuchning savagich ignalari bo`ylab yo`nalgan;

    P2 - kuch esa unga perpendikulyar yo`nalgan;

    F - ishqalanish kuchi; paxta bo`lakchalarini ignalardan tushirishga qarshilik ko`rsatadi;

    f - tolalar bilan ignalar orasidagi ishqalanish koeffisiyenti.

    Ignalarning urinma tomon qiyalik burchagi 45  dan katta bo’ladi. Mashina normal ishlab turgan bo’lsa, paxta bo’lakchalari ignalardan markazdan qochar kuch ta`sirida tushadi, buning uchun quyidagi shart bajarilishi lozim:

    R1> F; Pm sin > Pm cos ; tg > f

      > 45  va f < 1 bo’lganda tg > f bo’ladi.
    Savagich ignalari ularning orasiga paxta bo’lakchalari tiqilib qolmaydigan qilib o’rnatilishi kerak.

    Ignali savagich paxta qatlamini plankali savagichga qaraganda to’rt marta maydaroq qilib titadi, savaydi.

    Savash mashinalarining yangi markasi Buxoroteksdagi №1 YF sining savash sexida o’rnatilgan bo’lib bu mashinaning markasi ERM-dir. Bu mashina Shveycariyaning "RIETER" xissadorlik jamiyatiga qarashli bo’lib, bu mashina asosan xolstsiz ishlashga moslashgan.

    Yigirish fabrikalarida xolstsiz o’timlardan foydalanish, ishlab chiqarish mashinalarini avtomatlashtirish zamon talabi bo’lganligi sababli savash mashinasi va uning tarkibidagi agregat ham avtomatlashtirilganligi ish unumdorligini ravon tekis ishlashi, ogoxlantiruvchi lampa, foto elementlar mikrokomp`yuterlarning hammasi markaziy boshqarmaga ulanganligi va eng asosiy yongin xavfi tugilganda ogoxlantiruvchi signali, chiqindilarni ochib yopiluvchi silindrli plankalar orqali maxsus filtrlarga uzatilishi, paxta aralashmasi tarkibidagi metall parchalarini tutib qoluvchi sezgir elementning ishlashi juda ajoyib yutuqlardandir.

    Savash mashinasi quyidagi asosiy qismlardan iborat ta`minlovchi bunker, ignali baraban, turli barabanlardan iborat titkilab ignalar yordamida savalanib taralgan paxta aralashmasining chang xas-cho’p, chiqindilari pastga o’rnatilgan chiqindi kamerasiga tushadi va u yerdagi filt`rga vaqt- vaqti bilan uzatilib turadi.

    Mashinaning ish unumdorligi 700 kg/soatgacha. Savash mashinasi tarkibidagi, paxta aralashmasi tarkibidagi chiqindilarni tozalash qobiliyati juda yaxshi.




    Download 1.38 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   40




    Download 1.38 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Аннотоция: Мазкур маъруза матн тукимачилик ва енгил саноат инсти

    Download 1.38 Mb.