• Jismoniy tarbiya va ta’lim maktab kursining tarkibi.
  • Jismoniy tarbiya ta’limining asosiy vazifalari




    Download 6,68 Mb.
    bet15/114
    Sana10.06.2024
    Hajmi6,68 Mb.
    #262162
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   114
    Bog'liq
    Taza JMN OMK 2 kurs UZB 2021

    Jismoniy tarbiya ta’limining asosiy vazifalari:
    - jismoniy madaniyat ta’limining darajasiga mosligi va barcha uchun
    barobarligini ta’minlash;
    - jismoniy tarbiya mazmunining halqaro mezonlarga mosligini ta’minlash,
    jismoniy tarbiya va sport sohasida o`quvchilarni jismoniy imkoniyatlari va
    bilimlariga ko`ra jahon darajasiga olib chiqish;
    - jismoniy tarbiya va ta’lim jarayonini tartibga solish;
    - turli yo`nalishlarda jismoniy tarbiya va ta’lim jarayonini nazorat qilish va
    boshqarish;
    - ta’limni insonparvarlashtirish;
    - jismoniy tarbiya ta’limi sifatini oshirish. “Jismoniy tarbiya” maktab kursi
    maktabning o`quvchilar sog`lig`ini saqlash va mustahkamlash, asosiy jismoniy
    sifatlarini rivojlantirish, hayotiy zarur harakatlar malaka va ko`nikmalarini
    shakllantirish, o`z-o`zini jismoniy takomillashtirish istak va ehtiyojlarini
    shakllantirish, jismoniy madaniyat sohasida ijobiy qiziqishlarni o`stirish faoliyatida
    asosiy bo`g`in hisoblanadi.
    Jismoniy tarbiya va ta’lim maktab kursining tarkibi.
    “Jismoniy tarbiya va ta’lim” kursi umumiy o`rta ta’limda quyidagilardan tarkib
    topadi:
    - jismoniy tarbiya darslari - maktabda jismoniy tarbiya va ta’limning asosiy
    shakli. Ularning miqdori tayanch o`quv rejasida haftasiga 2 o`quv soati hisobidan
    belgilangan;
    - harakat faoliyatining darsdan tashqari shakllari: darsdan oldin
    o`tkaziladigan gimnastika; umumiy o`rta ta’lim darslarida jismoniy tarbiya
    daqiqalari uzaytirilgan tanaffuslardagi dinamik pauzalar; ko`ngilochar o`yinlar;
    jismoniy mashq mashg`ulotlarining sinfdan tashqari shakllari:
    - sport seksiyalari, fakultativlar, o`quvchilar qiziqishiga qarab ochilgan
    to`garaklar va boshqalar;
    - umummaktab tadbirlari: bayramlar, sport turlari bo`yicha musobaqalar,
    spartakiadalar, viktorinalar va boshqalar
    - mustaqil mashg`ulotlar: ko`pincha uy vazifalarini bajarish tarzida;
    BO`SM sport sho`balaridagi mashg`ulotlar, safarlar, o`yinlar va boshqalar.
    Mashg`ulotlarning barcha shakllari va turlari haftasiga boshlang`ich sinf
    o`quvchilari uchun 8-10 soat, 5-9-sinf o`quvchilari uchun 10-12 soat harakat
    rejimini ta’minlab berishi kerak.
    Belgilangan hajm o`quvchilarning ko`rsatilgan guruhlari uchun yetarli darajada
    zarur va minimal darajada majburiydir. Nosog`lom, jismoniy rivojlanish va
    tayyorgarligi past darajali o`quvchilar uchun maxsus (individual-differentsial)
    rejim o`rnatiladi.
    Jismoniy tarbiya va ta’lim mazmuni, metodik asosi O`zbekiston
    Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan jismoniy tarbiya
    dasturi bilan belgilab berilgan.

    Download 6,68 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   114




    Download 6,68 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Jismoniy tarbiya ta’limining asosiy vazifalari

    Download 6,68 Mb.