O`zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi




Download 6,68 Mb.
bet11/114
Sana10.06.2024
Hajmi6,68 Mb.
#262162
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   114
Bog'liq
Taza JMN OMK 2 kurs UZB 2021

Chaqqonlikni rivojlantirishi usuliyati bilan tanishib chiqsak. Birinchidan-chaqqonlikni rivojlantirish koordinaciya jihatdan murakkab harakatlarni bajarishni, ikkinchidan -harakat faoliyatini twsatdan o’zgargan sharoit talablariga muvofiq ravishda qayta tuza olish qobiliyatini tarbiyalashdan iboratdir. Bunda chaqqonlik uchun zarur bo’lgan o’z harakatlarini fazo va vaqtda aniq idrok etish, lozim bwlsa, stabil harakatlar qila bilish, muvozanat saqlay olish, galma-gal zwr berish va muskullarni bwshattirish yoki, aksincha, muskullarni taranglashtirish qobiliyati va shunga wxshash boshqa xususiyatlarni tanlab takomillashtirish muhim ahamiyatga ega. Demak “chaqqonlik” deganda, harakatlar koordinaciyalarning umumiy twplami-yig’indisi tushuniladi.
Chaqqonlikni rivojlantirish va tarbiyalashning asosiy ywli yangi xilma-xil harakat malakalarini va kwnikmalarini shakllantirish demakdir. Bu esa harakat malakalarining zahirasi ortib borishiga sabab bo’ladi va harakat analizatorlarining funkcional imkoniyatlariga samarali ta`sir kwrsatadi. Yangi harakatlarni o’zlashtirish uzluksiz bo’lgani yaxshi. Agar uzoq vaqt oralig’ida yangi harakatlarni wrganish rejalashtirilgan bwlsa ham, o’quvchilarga vaqti-vaqti bilan o’zlariga ma`lum bwlmagan mashqlarni bajarib turish tavsiya etiladi. Chunki yangi harakatlar (mashqlar) o’zlashtirib turilmasa shug’ullanuvchini harakatga o’rgatish qiyinlashadi. Bunday mashqlarni twla o’zlashtirib olish shart emas, chunki u shug’ullanuvchilarning qandaydir yangi harakatlarni his qilib turishlari uchun zarur. Bu kabi mayda-chuyda harakatlarni, odatda, aktiv dam olish uchun ajratilgan kunlardagi trenirovka jarayoni tarkibiga kiritiladi. Chaqqonlikni rivojlantirishda yangi harakatlarni o’zlashtirib olish qobiliyati sifatidahar qanday ihtiyoriy harakatdan foydalanish mumkin, lekin ular faqat mashq tarkibidagi yangi elementlar bo’lgani uchungina wrganiladi. Malaka avtmatlashib borgan sari shu jismoniy mashqning chaqqonlikning rivojlantirish vositasi tarzidagi a`amiyati kamayib boradi. Harakat faoliyatini tez va maqsadga muvofiq qayta tuzish qobiliyati twsatdan o’zgargan sharoitdagi ta`sirlarga darhol javobning berilishi chaqqonlikni rivojla-nayotganligidan dalolat beradi. Bunda yuklamning o’zgarishi sodir bo’ladi, chaqqonlikni rivojlantirishga ywnaltirilib yuklamani oshirish shug’ullanuvchilarga koordinaciyaviy qiyinchiliklarni oshiradi. Ular engishi lozim bo’lgan koordinaciyaviy qiyinchiliklar uch guruhga bwlinadi:
1. harakatlarning aniqligiga erishishdagi qiyinchiliklar;
2. Ularning o’zaro moslasha olishidagi qiyinchiliklar:
3. Birdaniga, qisqa, o’zgargan sharoitda duch kelinadigan qiynchiliklar.
Amaliyotda qayd qilingan qiyinchiliklarni oson hal qilish uchun, asosan, L.P. Matveevning chaqqonlikni tarbiyalash uslubiyatidan ko’proq foydalaniladi:
1. G’ayritabiiy, g’ayri oddiy dastlabki holatdan foydalanish (zarur bo’lgan tomonga orqa bilan turib uzunlikka sakrashlar vah.k).
2. Mashqni oynaga qarab bajarish (diskani chap qwl bilan uloqtirish yoki bokschini chap tomonlama turib zarba berishi).
3.harakatlar tezligi va sur`atning o’zgartirish (masalan, tezlashtirilgan usulda yoki sekinlashtirib mashqlar bajarish).
4. Fazoda mashqlar bajarilayotgan chegaralarni o’zgartirish (masalan, uloqtirishda snaryadlarni kichiklashtirilgan aylanadan uloqtirish yoki maydoni satxi kichiklashtirilgan sport wyinlaridan foydalanilanish, chunki keng maydon tor maydonga nisbatan chaqqonlikni namoyon qilish uchun qulaylik tug’dirmaydi; balandlikka turli usul bilan: orqamachasiga, oldi, yonlama, aylanib yugurib sakrash vahokazolar).
5. Qo’shimcha harakatlar kiritib mashqlarni murakkablashtirish (masalan, erga tushish oldidan qwshimcha burilishlar qwshib, tayanib sakrash va boshqalar).
6. Tanish mashqlarni oldindan rejalashtirmay, ma`lum bwlmagan tarzda qwshib bajarish (masalan, gimnastik kombinaciyalarini kwrgan va wqitgan zahoti bajarish musobaqasi va shunga wxshashlar).
7. Juft va gruppa bo’lib bajariladigan mashqlarda shug’ullanuvchilarning bir-biriga kwrsatadigan qarshiliklarini o’zgartirish (masalan, wyinlarda turli taktik kombinaciyalarni qwllash, mashqlarni bajarishda tez-tez sheriklarni o’zgartirish).
Chaqqonlikni nisbatan xususiy bo’lgan sifatlaridan biri muskullarni racional bwshashtira bilishni wrganish va uni takomillashtirishdir. har qanday harakat ma`lum ma`noda muskullarni ko’zg’alishi va bwshashtirilishining natijasidir. Ko’zg’alishdek, bwshashtirish (lozim bo’lgan muskulni, lozim bo’lgan payitda) ni bilish har qanday harakatni samarali bajarishda muhim rol wynaydi. harakatni qoyilmaqom qilib bajarish uchun vaqtincha bwshashib turishi kerak bo’lgan muskullar guruhining tarangligi harakatni bajarish uchun lozim bo’lgan bemalollik (bwg’iqliq) ni, harakatni erkin bajarishni yo’q qa chiqaradi.
Harakatni bwg’iq, emin-erkin bajara olmasak ruhiy va muskul tarangligi orqali sodir bo’ladi deb uni ikki guruhga ajratiladi. Ruhiy taranglik asosan his hayajonga sabab bo’ladigan faktorlar (kuchli raqibni kwrish, musobaqalashadigan muhit, tomoshabinlar vah.k.) orqali sodir bo’ladi va chaqqonlikkagina emas, organizmning boshqa funkcional hamda jismoniy sifatlariga ham salbiy ta`sir kwrsatadi. Bu diqqatni twplay olmaslik, faoliyat tarkibidagi o’zgartirish qilishda kechikish, harakatlar ketma-ketligini buzilishi va boshqalar tarzida namoyon bo’ladi. Bu noqulayliklar bilan kurashish ywllari xaqida “Sport psixologiyasi” fanida lozim bo’lgan ma`lumotlarni olish mumkin. Ruhiy taranglik albatta muskul tarangligini sodir bwlishi bilan kuzatiladi.
Muskul tarangligi turli sabablar orqali vujudga kelib quyidagi qayd qilingan uch shaklda namoyon bo’ladi: a) muskul tonusini ortishi (gipermoiotoniya) orqali muskul taranglashishi; b) wta tez bajarish oqibatida muskulni taranglikdan tushishga, bwshashishga ulgurmasligidan sodir bo’ladigan taranglik; v) koordinaciyaviy, (takomillashmagan koordinaciya sababli muskul bwshashishi fazasida bir oz qo’zg’aluvchanlikni mavjudligi orqali sodir bo’ladigan) taranglik.
Qayd qilingan chaqqonlikni namoyon bo’lishiga salbiy ta`sir kwrsatayotgan muskul tarangligini engish usullari sport fiziologiyasi va jismoniy tarbiya nazariyasi fanlari orqali wrganiladi.
Chaqqonlikni rivojlantiruvchi mashqlar tez charchatadi. Bunday mashqlarni bajarishda muskullar nihoyatda aniq va yuqori darajadagi sezgi talabiga muhtoj bo’lib, charchash sodir bo’lganda, mashqni bajarish kam samara beradi. Shunga kwra organizm sarflangan energiyani nisbatan twliq tiklanishi uchun etarli bo’lganda dam olish oraliqlaridan (intervaldan) foydalaniladi. Yuqori darajada energiya sarflash bilan bajarilgan mashqlardan swng chaqqonlikni tarbiyalaydigan mashqlarni bajarish biz kutmagan natijani beradi.



Download 6,68 Mb.
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   114




Download 6,68 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O`zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

Download 6,68 Mb.