• KOORDINATSION QOBILIYATLAR VA EGILUVCHANLIKNI TARBIYALASH Reja: Egiluvchanlik haqida tushuncha
  • Egiluvchanlik va uni rivojlantirish usuliyati
  • Foydalanilgan asosiy darslik va o’quv qo‘llanmalar




    Download 6,68 Mb.
    bet9/114
    Sana10.06.2024
    Hajmi6,68 Mb.
    #262162
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   114
    Bog'liq
    Taza JMN OMK 2 kurs UZB 2021

    Foydalanilgan asosiy darslik va o’quv qo‘llanmalar: A3; A4; A5; A6; Q6;Q7; Q8; Q9; Q10; Q11;
    TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR.



    1. Tezkorlik to’g’risida umumiy tushuncha?

    1. Tezkorlikni namoyon bo’lishi?

    1. Tezkorlikni tarbiyalash vositalari?

    2. Tezkorlikni tarbiyalash jarayonida oddiy reaktsiyaning mavjudligi, uning maqsadi, vazifalari va tarbiyalash metodikasi?

    3. Tezkorlikni tarbiyalash jarayonida murakkab reaktsiyasining mavjudligi, uning maqsadi, vazifalari va tarbiyalash metodikasi?

    4. Tezkorlikni tarbiyalash metodikasi?

    5. Harakatdagi ob’ektga bo’lgan reaktsiyani tanlash xususiyatlari?

    6. Sensor metodi, uning maqsadi, vazifalari?

    7. Qisimlab o’rgatish metodi, uning maqsadi, vazifalari?

    8. Takroriy metod, uning maqsadi, vazifalari?

    KOORDINATSION QOBILIYATLAR VA EGILUVCHANLIKNI TARBIYALASH


    Reja:

    1. Egiluvchanlik haqida tushuncha

    2. Egiluvchanlikni rivojlantirish darajasini belgilovchi omillar

    3. Egiluvchanlikni rivojlantirish metodikasining vaziyfalari va vositalari



    Egiluvchanlik va uni rivojlantirish usuliyati


    Egiluvchanlik – jismoniy fazilat bo’lib, harakat tayanch apparatlarining morfofunkcional xususiyatlari demakdir. Bu xususiyatlar shu apparat zvenolarining harakatchanligi, uning maksimal amplitudasi (og’ishi, egilishi, buklanishi, cho’zilishi, qayishqoqligi, buralishi vahokazolar) bilan o’lchanadi.
    Egiluvchanlik aktiv, passiv bo’lishi mumkin. Muskul kuchi evaziga bo’ladigan egiluvchanlik aktiv; tashqi qarshilikni inerciya yoki og’irligi evaziga tashqi ta`sir kuchi va hokazolar hisobiga namoyon qilinadigan egiluvchanlik passiv egiluvchanlik deyiladi.
    Emocionallik ko’tarinki kayfiyat va boshqalar egiluvchanlikning namoyon bo’lishiga ijobiy yoki salbiy ta`sir ko’rsatishi amaliyotda isbotlangan. Egiluvchanlik chegaralanadi unda cho’ziladigan muskullarning qo’zg’aluvchanligi muhim ahamiyatga ega. Chunki uning tabiatida cho’zilayotgan muskullarni himoyalash, saqlash xususiyati mavjud. Cho’zilayotgan muskullarning egiluvchanligi ortishi bilan ularning qo’zg’aluvchanlik holati yuqori darajaga kwtariladi. Bunda cho’ziluvchan muskullarning faoliyati ma`lum darajada pasayadi.
    Egiluvchanlikni namoyon bwlishi tashqi muhit temperaturasiga ham bog’liq. Temperaturaning ortishi bilan egiluvchanlik ortib boradi. Erta tongdan tungacha bo’lgan vaqt, boshqa jismoniy sifatlarga qaraganda, egiluvchanlikka ko’p taosir qiladi. Masalan, ertalab egiluvchanlik ancha kamaygan bo’ladi. Mashg’ulot vaqtida egiluvchanlik turli sharoitlar (harorat, kunning vaqti) ta`sirida o’zgarishini e`tiborga olish lozim.
    Egiluvchanlikni yomonlashuviga olib boradigan noqulay holatlarni, chigal yozish (razminka) mashqlari yordamida muskullarni qizitish bilan bartaraf etish mumkin. Egiluvchanlik charchash ta`sirida sezilarli o’zgaradi, aktiv egiluvchanlik kwrsatkichlari esa ortib boradi. Bolalar kattalarga qaraganda ancha egiluvchan bo’ladi, degan fikr unchalar to’g’ri emas. Bu fikrni boshqacharoq bolalarda egiluvchanlikni tarbiyalash kattalarga nisbatan osonroq kwchadi, deb tushunsak to’g’rirok bo’ladi. Aktiv egiluvchanlik bevosita muskul kuchi bilan aloqador. Lekin kuchni rivojlantiradigan mashqlar bilan shug’ullanish bwg’inlarda harakatchanlikni susaytirishi, chegaralash mumkin.
    Lekin bunday salbiy ta`sirni engish mumkin. Egiluvchanlik va kuchni rivojlantiradigan mashqlarni maqsadga muvofiq qwshib olib borish ywli bilan egiluvchanlik jismoniy sifatini normal tarbiyalanishiga erishish mumkin.
    Jismoniy tarbiya jarayonida egiluvchanlikni mumkin qadar me`yoridan ortiq rivojlantirish salbiy oqibatga olib kelishi mumkin. Zaruriy harakatlarni imkoniyat darajasida erkin bajarilishini ta`minlaydigan holatda rivojlantirish, uning me`yori esa harakat bajariladigan maksimal amplitudadan ortmasligiga erishish, egiluvchanlik zahirasini boyitishga olib keladi. Egiluvchanlikdan kelib chiqadigan gipertrofiya, bwg’inlarning anotomik tuzilishi doirasida rivojlanish o’zini oqlamaydi, chunki u rivojlanishning garmoniyasini buzadi, pedagogik maqsadlarga zid keladigan holga kelishi mumkin. Umurtqa pog’onasining tos son va elka bwg’inlarining harakat-chanligini tarbiya jarayonidagi ahamiyati beqiyosdir.
    Egiluvchanlikni rivojlantirish uchun maksimal harakat amplitudasidagi cho’zish, eshish, buklana olishni oshiradigan jismoniy mashqlardan foydalaniladi. Ular ikki guruhga (aktiv va passivga) bwlinadi.
    Aktiv harakatlarda bwg’inlardagi harakatchanlik shu bwg’indan wtadigan muskullarning qisqarishi hisobiga rwy beradi, passiv harakatlarda tashqi kuchlardan foydalaniladi.
    Aktiv mashqlar bajarilish xarakteriga kwra bir-biridan farq qiladi. Ular bir fazali va prujinasimon (ketma-ket, ikki-uch marotabalab engashish) mashqlar. Ularga tananing ma`lum a`zolarini yoki uning bir qismini tebratish, siltash (maxlar)lar, oxirgi holatini ushlash (fiksiya), qarshiliklarni engish, og’irlikdan foydalanish mashqlari.
    Bulardan tashqari maksimal amplitudada bajariladigan, harakat davomida tanani qimirlatmay ushlash bilan (statikholatda) bajariladigan mashqlarham shu guruhga kiradi.
    Passiv statik mashqlarda gavdaning holati tashqi kuchlar hisobiga saqlanadi. Bu aktiv egiluvchanlikni rivojlantirish uchun dinamik mashqlarga qaraganda samarasizroq, lekin passiv egiluvchanlikni tarbiyalashda yuqori kwrsatkichlarga olib kelishi mumkin. Muskullarning cho’ziluvchanligi nisbatan kam bo’ladi. Agar bir harakatda ularning uzunligini oshrishga harakat qilinsa, uning natijasi juda past bo’ladi. Biroq mashqlarni takrorlayverish mashq qilish orqali ular qoldirgan natijalar yig’ilib, amplitudaning ortishi juda sezirarli bo’ladi. Shuning uchun egiluvchanlikni oshirish mashqlari seriyalar bilan, har birini bir nechta marta qaytarib bajarish bilan rivojlantiriladi va shunday qilish ham zarur.
    Seriyadan seriyaga wtgan sari harakat amplitudasi kattalashtirilib boriladi. Har bir mashg’ulotda cho’ziluvchanlik mashqlarini og’riq sezguncha bajarish tavsiya etiladi. Og’riq paydo bwlishi bilan mashq amplitudasi chegaralanadi. Agar mashqlarni har kuni sistemali bir yoki bir necha marta bajarilsa, ularning foydasi ko’proq bo’ladi. Agar egiluvchanlikning erishilgan darajasini saqlab turish maqsad qilinsa, kamroq mashq qilish, ya`ni mashg’ulotlar sonini ozaytirib borish mumkin. Bu mashqlarni mustaqil topshiriq sifatida uyga vazifa qilib berish samara beradi. Darslarda bu mashqlar asosan darsning asosiy qismi oxiriga, chigal yozish vaqtida va asosiy bwlmagan mashqlar orasidagi intervallarda bajarish tavsiya qilinadi. Egiluvchanlik mashqlarini bajarishdan oldin muskullarda engil ter paydo bwlguncha chigal yozish mashqlarini bajarish zarur. Bu mashqlar hisobiga erishilgan harakatchanlikning ortishi nisbatan uzoq davom etmaydi - xona temperaturasida 10 minutcha saqlanadi. İssiqlik tarqalishini kamaytirish (issiq kiyim kiyish) bilan, bu vaqtni ma`lum darajada oshirish mumkin.
    Bolalik va wsmirlik yoshida egiluvchanlikni rivojlantirish oson bo’lgani sababli 10-15 yoshdagilardan boshlab bu sifatni rivojlantirishni rejalashtirish samara beradi.



    Download 6,68 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   114




    Download 6,68 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Foydalanilgan asosiy darslik va o’quv qo‘llanmalar

    Download 6,68 Mb.