O`zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi




Download 6,68 Mb.
bet5/114
Sana10.06.2024
Hajmi6,68 Mb.
#262162
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114
Bog'liq
Taza JMN OMK 2 kurs UZB 2021

Kuchni rivojlantirish metodlari. Muskul kuchining ortishi, asosan uni rivojlantirish metodlariga bog’liqdir.
Maksimal zwriqish metodi, yaoni me`yordagi yoki me`yorga yaqin og’irliklarni kwtarish (o’z vaznining 90-95%), nerv muskul apparatining maksimal safarbarligi va muskul kuchining ko’p bwlmasada ortishini ta`minlaydi. Ammo bu yuqori darajadagi nerv-psixik zwriqishi bilan bog’liq, ayniqsa, o’quvchilar kuchini rivojlantirishda noqulaylik tug’diradi. Oz mikdordagi qaytarishlar modda almashinuvi va boshqa plastik jarayonlarni ywlga qwyolmaydi, natijada muskul massasi ortmaydi. Bu metod mashq texnikasi ustida ishlash uchun qiyinchilik tug’diradi, chunki me`yoridan ortiq nerv-muskul tarangiligi nerv markazidagi qo’zg’alishni generalizaciyalashishiga va ishga ortiqcha muskul guruhlarining qwshilib ketishiga olib keladi. Va nihoyat, shuni hisobga olish kerakki, xatto etarli darajadagi tayyorgarlikka ega bo’lgan sportchilarning nerv sistemasi yaxshi rivojlanmagan bwlsa, me`yoriga yaqin bo’lgan nagruzkalardan foydalanish metodi muskul kuchining ortishida me`yor bwlmagan nagruzkalar bilan mashq qilish metodi bergan foydani ham bermaydi.
Me`yorga yaqin bwlmagan (oz zwriqish talab qilinadigan) nagruzka bilan mashq qilish metodida kata hajmda ish bajarish mumkin. Bu modda almashinuvida ma`lum o’zgarishlarga sabab bo’ladi va o’z navbatida, muskul massasining ortishiga olib keladi. Kuchli zwriqishsiz yuklama bilan bajariladigan mashqlar harakat texnikasini aniq nazorat qilish imkonini beradi, ayniqsa, bu yangi wrganuvchi shug’ullanuvchilar uchun qulay. Wrtacha nagruzka trenirovka jarayonining boshlang’ich etaplarida katta bwlmagan yuqori tiklanishni va quvvat manbalarini qo’zgotadi, qaysiki, ular hisobiga sifatning bir oz wsganligi ko’zga tashlanadi. Ayniqsa, yangi wrganuvchilarning shikastlanishlari oldi olinadi. Shuning uchun me`yorga yaqin va wrtacha nagruzka bilan kuch talab qiladigan mashqlarni bajarish kuchni rivojlantirishning asosiy metodi hisoblanadi.
Jismoniy tayyorgarlikning ortishi bilan ko’proq, me`yordagi va me`yorga yaqin og’irliklardan foydalaniladi.
Me`yorga etmagan zwriqishni qwllash o’z kamchiliklarga ega. Energiya sarflashda me`yordan ortiq muskul butunlay bajara olmay qoladigan darajada ishlash samara bermaydi. Kuchni rivojlantirish nuqtai nazaridan aytarli ahamiyatga ega bo’ladigani asosan oxirgi wrinishlar bo’lib, toliqish hisobiga wta zwriqish susayadi, ishga ko’proq harakat birligi qwshila boradi va kwtarilayotgan og’irlik me`yoriga yaqin bwla boshlaydi. Lekin bu urinishlar yarim sharlar pwstlog’i funkciyasining susayganligi fonida (holatida) bajariladi. Bundan tashqari, takror-lash sonini ko’p marotabaliligi shug’ullanuvchilarda befarqlilikni uyg’otadi yoki faoliyatga munosabati salbiylashadi, albatta, ular mashq samarasining pasayishiga olib keladi.
O’quvchilarning yoshiga xos xususiyatlar o’zgarishi bilan bog’liq kuch mashqlaridan mashg’ulotlarda, ayniqsa, darslarda foydalanish imkoniyati chegarillangan. Kichik va wrta maktab yoshida shaxsiy kuchini rivojlantirishni wta oshirib yubormaslik lozim. Mashqlar tezlik kuchini rivojlantirishga ywnaltirilsa mashqdagi statik komponentlar chegaralanishini ahamiyati muhimdir. Lekin uni butunlay chiqarib tashlab bwlmaydi, chunki statik holatlarni qwllash, ayniqsa, qomatning tarbiyalashning etakchi vositalari hisoblanadi va uni qwllash samara-lidir. Yosh wtishi bilan bu mashqlar kengrok qwllaniladi. Lekin albatta nafas olishning nazorati kuchaytirilishi kerak. Chunki nafasni zwriqish paytida uzoqroq ushlash, ayniqsa, qizlarda salbiy ta`sirga olib kelishi, hatto ularning xushdan ketib qolishlaridek holatlar sodir qilishi mumkin.
Maktabda kuch tayyorgarligini olib borishdagi asosiy vazifa tananing orqa va qorinning tomonini yirik muskulalari guruhini rivojlantirishga ywnaltirilishi, chunki qomatning shakllanishi shu muskullarga bog’liq. Rivojlanmaydigan muskul guruhlari tananing qiyshiq muskullari, harakat tayanch apparati muskullari, sonning orqa tomoni muskullari vahokazolarni rivojlantirish. «Alpomish» va «Barchinoy» testi talab normalari tarkibiga kiritilganligi bejiz emas.
Kuchni rivojlantirishning tipik vositalari: 7-9 yoshda jismlar bilan umumiy rivojlantiruvchi mashqlar, qiyshiq órnatilgan gimnastika skameykalariga tirmashib chiqish, gimnastika devoridagi mashqlar, sakrashlar, uloqtirishlardir; 10-11 yoshdagilar uchun katta muskul tarangligi talab qilinadigan jismlarni kótarish bilan umumiy rivojlantiruvchi mashqlar (tóldirma tóplar, gimnastika tayoqlari vah.k.)da, uch usul bilan vertikal kanatga tirmashib, engil jismlarni uloqtirish va boshqalar; 14-15 yoshda - twldirma tóplar, katta og’irlikka ega bwlmagan gantellar, kanat (arg’amchi) tortishdek kuch talab qiladigan mashqlar, tortilishlar, qwlda tik turish va boshqalar. Tóg’ri ósmirlarda og’irlashtirish maksimal vaznga nisbatan 60-70%ni tashkillashi lozim, bundan tashqari, mashqlarni muskul twla bajara olmay qolgungacha bajarish bu yoshdagilarda qat`iyan ta`qiqlanadi.
Qizlardan 13-14 yoshdan boshlab talab qilinadigan nagruzka bolalar uchun talab qilinadigan nagruzkaga nisbatan o’z tanasinig maksimal vazni atrofida bwlishi, ko’proq lokal holda muskul guruhlariga kuch mashqlari, tashqi og’irlashtiruvchi sifatida gimnastika predmetlari yoki og’ir bwlmagan jihozlardan foydalanish tavsiya etiladi.
Kuchni rivojlantirishda muskul zóriqishi kólami (tirik organizm sodir qiladigan) ikki faktorga bog’liq: a) orqa miyaning oldingi shohchalari motoneyronlaridan muskulga boradigan impul`slar; b) shartli ravishda muskulni o’zining reaktivligi, ya`ni ma`lum qo’zg’olishlarda javob berish kuchi. Muskulni reaktivligi uni fiziologik kwndalangi, tolasi ywg’onligi, uni qo’zg’ala olishi darajasi va boshqa to’zilishidagi bir qancha xususiyatlariga, markaziy nerv sistemasiga, trofik adrenalin-simpatik tizimi orqali amalga oshiriladigan ta`siriga va shu daqiqadagi muskul uzunligi va boshqa holatlar, faktorlarga ham bog’liq. Muskul zwriqishi darajasini zudlik bilan o’zgartirishda unga keladigan effektli impul`slar xarakteri etakchi mexanizmlardan biri hisoblanadi.

Download 6,68 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114




Download 6,68 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O`zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

Download 6,68 Mb.