O`zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi




Download 6,68 Mb.
bet8/114
Sana10.06.2024
Hajmi6,68 Mb.
#262162
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   114
Bog'liq
Taza JMN OMK 2 kurs UZB 2021

Yakka harakat tezkorligini harakat aktini biomexanik bwlaklarga (qismlarga) ajratib chegaralangan holda tavsiflashimiz mumkin. (masalan, depsinish tezligini aniqlash kerak bo’lib qolsa, yugurishda sonni tez kwtarib chiqa olish orqali aniqlanadi). Ayrim sport mashqlari turlarida (masalan: uloqtirishlarda) harakat tezligi muskullar kuchining namoyon bwlishi bilan umumiylashib (qwshilib) ketadi va bu bilan tezkorlikni kompleksli xususiyatini – keskin harakat (rezkostp)ni vujudga keltiradi. Shuning uchun tezkorlik - kuch talab qiladigan sport turlaridaharakat tezligini rivojlantirish, ayniqsa, tashqi qarshiligi yuqori bo’lgan mashqlar muskul kuchini rivojlantiruvchi vosita sifatida rol wynaydi.
Sof, tez bajariladigan mashqlar evaziga tezkorlikni rivojlantirish juda qiyin bo’lib, kuch talab qiladigan mashqlar orqaligina muskul qo’zg’alishi tezligining oshishi amaliyotda isbotlangan. Kuch imkoniyatlarini oshirish vazifasi esa juda sodda hal qilinadi. Kuchni rivojlantirish tez harakatlar sharoitida wtishi lozim. Buning uchun dinamik zwriqish uslubidan foydalanadilar: maksimal kuch bilan zwriqish harakatni twla amplitudada, eng yuqori tezlikda, shug’ullanuvchi uchun me`yoridan oz vazminlikda yuk bilan yuzaga keltiriladi.
Ciklik harakatlar harakat chastotasini ifodalaydi. Qwllarni maksimal harakati chastotasi oyoqlarnikidan yuqori, oyoq qwl bwg’inlarining harakati chastotasi tananing boshqa a`zolari va boshqa bwlaklaridan yuqori darajada bwlishi mumkin.
Harakat chastotasini wlchash qoida sifatida vaqtning qisqa intervali orqali olib boriladi. Sprint yuguruvchining 100 metrga yugurishdagi harakat chastotasi bir sekundda bajaradigan qadamlari sonini sanash orqali aniqlanadi.
Harakat chastotasi va shu bilan birga, cikli harakatlar tezligini rivojlantirish maksimal tezlikda bajariladigan mashqlarni bajarish orqali amalga oshiriladi.
V.P. Filinning (1970) isbotlashicha, sport trenirovkasining boshlarida tor ywnalishdagi mashqlar bilan tezlikni rivojlantirish salbiy oqibatlarga olib kelar ekan. Bu metod bilan natija sprintda 1-1,5 sekundgina yaxshilanadi xolos. Boshlanishdan umumjismoniy tayyorgarlikni oshirib tor ywnalishdagi tezlik sifatlarini rivojlantirish ijobiy natija beradi. Yuqoridagi qoidaga rioya qilish bilan cheklanib qolinsa, tor ywnalishdagi tezlik uchun berilgan mashqlar tezlik twsig’ining (skorostnoy baroer) paydo bo’lishiga olib keladi. Ana shu tezlikka organizmda refleks vujudga keladi, bu esa tezlikning stabillashuvi demakdir.
Harakat chastotasi va harakat tezligini rivojlantirish uchun takrorlash, takroriy - oshirib borish va o’zgaruvchan mashq qilish metodlaridan foydalaniladi. Bunday metodlarni qwllashda yugurish masofasi shunday tanlanadiki, uning oxirida va yuguruvchining takroriy urinishlarida ham tezkorlik pasaymasligi kerak.
Maksimal intensivlikda bajariladigan ish anaerob sharoitda wtadi, shuning uchun dam olish intervali urinishlar orasida kislorodga muhtojlikni qondira oladigan darajada belgilanishi (wrnatilishi) lozim. Ularning oralig’ini engil yugurish, osoyishta yurish va boshqalar bilan twldirish tavsiya etiladi.
Emocionallik va qo’zg’alishning yuqori darajasi tezkorlik imkoniyatlarini namoyon bwlishi uchun sharoit yaratadi. Bunda wyin va musobaqa metodlari (bu metodlardan jismoniy tarbiya metodlari mavzusida tanishamiz) maqsadga muvofiqdir.
Agarda ishni tez bajarish charchash ko’zga tashlana boshlaganda bajarilsa, maksimal tezkorlik emas, tezkorlik chidamliligi rivojlanadi.
Shug’ullanuvchining yoshi va ularning individual xususiyatlari tezlikni rivojlantirish imkoniyatlarini chegaralaydi. Qizlarda qulay yosh 11-12, wg’il bolalarda esa 12-13 yoshhisoblanadi. Mashqlarni standart ravishda takrorlayverish yoshlikdanoq “tezlikning twsig’ini” vujudga keltiradi. Kichik maktab yoshidagilarda harakatli wyinlar, wrta va katta maktab yoshida sport wyinlari, tezkorlik bilan bajaradigan standart yugurishlardan foydalanish foydaliroqdir.
Harakat reakciyasining tezligi. İndividning qandaydir tanlangan signalga, buyruqqa, ovozga javoban tezkorligini tushuniladi.
Harakat reakciyasi ikki turga ajratiladi: sodda (oddiy) reakciya - bu kutilgan signalga oldindan belgilangan harakatlar orqali beriladigan javob.
Murakkab reakciya - tanlay olish reakciyasidir. Oldindan belgilangan harakatni bajarish uchun bir necha signal ichidan shartlangani tanlab olinadi yoki bir signalga oldindan belgilangan bir necha harakatdan kelishib olinganini bajarish tushuniladi.
Harakatlanayotgan ob`ektga nisbatan reakciya ko’pincha wyinlarda, asosan sport wyinlarida, sport yakka kurashida masalan, wyinchining raqibi tomonidan yoki sherigi tomonidan uzatilgan twpni qabul qilib olish uchun chiqishi. Murakkab harakat reakciyasining davom etish vaqti soddasidan oddiy reakciyadan bir muncha uzunroq bo’ladi.
Sodda reakciya “kwchish” (wtish) xususiyatiga ega: agarda individ (shaxs) biron-bir holatda signalga tez reakciya qilsa, boshqalariga ham huddi shunga wxshagan sharoitda tez reakciya qilishi mumkin. Qiyin reakciyalar xususiyligi bilan ajralib turadi. Agarda odam navbati bilan ikki signalga yaxshi reakciya qilsa, uchta va undan ortiq signallarga ham shunday tez reakciya qiladi, deyishimiz noto’g’ri bo’ladi.
Harakat tezligi reakciyasini sekundlar va millisekundlar bilan wlchanadi. Tezlikni rivojlantirish uchun vosita qilib, odatda, maxsus mashqlar tanlanmaydi. Oddiy harakat reakciyasi tezlik talab qiladigan turli harakatlarni bajarish davomida rivojlanaveradi. Bunda harakat reakciyasini “kóchish”i (tezlikning kóchishi) kuzatilmaydi, ya`ni tezlik reaciyasini rivojlantirish bilan harakat tezligini rivojlantirish qiyin. Harakat reakciyasini rivojlantirishda turli-tuman harakatli, sport wyinlarini vosita sifatida qimmati yuqori, ammo basketbol ularning ichida etakchisidir.
Uni tarbiyalashning asosiy metodi - paydo bo’lgan, bo’ladigan signallarga imkoni boricha tez reakciya qila olish.
Analitik yondoshish metodi, ya`ni engillashtirilgan sharoitda va tezlikda harakatlarni alohida ajratib olib tezlikni rivojlantirish ham yaxshi natijalar beradi.
Sensamotor metodidan ham foydalaniladi (S.P. Geller-shteyn 1958). Unda interval vaqtini farqlay olish qobiliyatini oshirish uchun signallarga reakciya qilish tezligini oshirish mashq qilinadi.
Maktabdagi jismoniy madaniyat darslarida reakciya qilish vaqtini oldindan shartlashilgan turli-tuman signallarga reakciya qilishni talab qiluvchi (masalan, twxtalishlar bilan bajariladigan erkin yugurishlar yoki o’qituvchi signali, buyrug’i bilan yugurish ywnalishini o’zgartirish) mashqlarni yordamida rivojlantiriladi. Sport wyinlari reakciya qila olish va uni tarbiyalaydigan eng yaxshi vositadir.



Download 6,68 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   114




Download 6,68 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O`zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

Download 6,68 Mb.