O`zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi




Download 6,68 Mb.
bet4/114
Sana10.06.2024
Hajmi6,68 Mb.
#262162
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114
Bog'liq
Taza JMN OMK 2 kurs UZB 2021

Kuch oshirilishining uzluksizligi va birin ketinligi. Bu qoida N`yutonning ikkita (inerciya va tezlanish) qonunidan kelib chiqadi. Eng katta kuch harakatni boshlash uchun, tinch (turg’un) inerciyani engish uchun kerak bo’ladi.
Masalan, shtangani kwkrakka olishga harakat boshlash uchun oyoqning va elkaning orqa muskullaridan, ularning kuchidan foydalaniladi. Chunki uni twxtatish yoki tinch turgan jism enerciyasini ozgina bwlsa-da, o’zgartirish uchun yana qwshimcha zwriqish talab qilinadi. Aslida bu zwriqishdan mashq tezligini yanada oshirishda samarali foydalansa bwlar ekan.
Mabodo yadro turtishning qaysidir joyida harakatning ozgina sekinlashtirilishi yoki ushlanishiga ywl qwyilsa, oldingi harakatning foydali effektidan mahrum bo’lib qolish mumkin.
Harakatlarning uzluksizligi va davomiyligi texnik tayyorgarligi yuqori bo’lgan sportchilarda, ayniqsa uloqtirish, sakrash, suzishning barcha turlarida yaqqol ko’zga tashlanadi va harakat samarasiga ta`sir qiladi.
İnsonning kuch namoyon qila olishdagi asosiy faktor muskul zwriqishi, lekin uning tanasining massasi (vazni)ham ma`lum darajada rol` wynaydi. Shunga kwra, absolyut va nisbiy kuch deb ham farqlanadi. Birinchisida insonning tanasi vaznini hisobiga olmay, qandaydir bir harakatda kuch namoyon qila olishi tushunilsa, ikkinchisida, uning tana vaznining har bir kilogrammiga to’g’ri keladigan qilib namoyon qilinadigan kuchning me`yori tushuniladi.
Kuchni wlchash. Absolyut kuch inson dinamometriyasi kwrsatkichlari va boshqalarga asoslanib, kwtara oladigan yuk kuchini namoyon qila oladigan chegara tushuniladi. Nisbiysi esa absolyut kuchning shaxsiy vazniga (tana og’irligiga) nisbati bilan wlchanadi. Vazni turli xil, lekin bir xil darajada shug’ullanganlikka ega bo’lganlarda absolyut kuch tana vaznining oshishi orqali ortadi, nisbiy kuch kamayadi. Buni shunday tushunish lozimki, tana vaznini qwshilishi bilan uning og’irligi muskul kuchiga nisbatan ortib ketadi.
Qator sport turlarida (masalan, uloqtirishda) yutuq absolyut kuch hisobigagina qwlga kiritiladi. Qaysiki tana vazni chegaralanadigan, vazn hisobiga olinadigan turlarda yoki tananing ko’p marotalab wrni almashtirilib turiladigan sport turlarida (masalan, gimnastikada) yutuq nisbiy kuch bilan qwlga kiritiladi. Kuchning namoyon bwlishi harakatning biomexanik sharoitiga to’g’ridan-to’g’ri bog’langan: elka suyagining va boshqa gavda richagining uzunligi, muskullarning fiziologik-ywg’on yoki ingichgaligi, cho’ziluvchanligi, chayir yoki mwrtligi vah.k. larida e`tiborga olinadi.
Kuchni rivojlantirish metodikasi va vositalari. Kuchni rivojlantirish uchun yuqori qarshilik bilan bajariladigan mashqlardan foydalaniladi. Ular ikki guruhdan iborat:
1. Tashqi qarshilik bilan bajariladigan mashqlar. Qarshilik sifatida jismlar vazni (girlar, toshlar, shtanga va boshqalar), raqibining qarshiligidan, o’ziga o’zining qarshiligi, boshqa jismlar qarshiligiga (prujinali espanderlar, rezinali bint, maxsus moslama stanoklar) tashqi muhit qarshiligi (qumli ywlkada, qalin qorda yugurish va boshqalar)dan foydalaniladi.
2. İndividning o’z tanasi og’irligini engish bilan bajariladigan mashqlar (tayanib yotib qwllarni tirsakdan bukish). Kuch bilan bajariladigan har qanday mashqlar o’zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega. Og’irlik bilan bajariladigan mashqlarning qulay tomoni shundaki, ular yordamida ham yirik, ham mayda muskullar guruhiga ta`sir etish oson va ularni dozalash qulay. Salbiy tomoni shundaki, tezlik kuch talab qiladigan xarakterdagi harakatlar tartibi tez buziladi (ayniqsa og’irlashtirib, vazminligini ortirib, malol kelishi tezlashadigan mashqlarda), dastlabki holatda muskul tarangligi bir xil (statik holat) ushlanadigan mashqlarda, mashqning tashkillanishi qiyinligi (maxsus jihozning kerakligi, metal jihozning shovqini va boshqalar) ko’zga tashlanadi. Wz-o’ziga qarshilik ko’rsatish bilan bajariladigan mashqlarning qulayligi shundaki, qisqa vaqt ichida katta dozada nagruzka berish mumkin va maxsus jihoz va inventarni talab qilmaydi, lekin muskullar elastikligining tezda yo’q olishiga olib keladi. Bundan tashqari, bu mashqlar yuqori nerv tarangligi (zo’riqishi)da bajariladi, shuning uchun ularni sog’lom, jismoniy tayyorgarligi talab darajasida bo’lgan odamlarga, o’z-o’zini nazorat qilish tizimli olib borilishi tavsiya etiladi.

Download 6,68 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114




Download 6,68 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O`zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

Download 6,68 Mb.