O`zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi




Download 6,68 Mb.
bet6/114
Sana10.06.2024
Hajmi6,68 Mb.
#262162
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114
Bog'liq
Taza JMN OMK 2 kurs UZB 2021

Yuk (og’irlik) kótarish bilan mashqlanish o’zining universalligi bilan qulay bo’lib, ular yordamida faqat eng kichik muskullar guruhigagina emas, xatto eng yirik muskullar guruhiga ham ta`sir etish mumkin. Ularni dozalash oson. Lekin bir qator salbiy xususiyatlari ham mavjud. Og’irlik bilan ishlash mashqlarida dastlabki holat muhim rol` wynaydi. U albatta yukni statik holda ushlashni talab qiladi. Agarda yukni massasi og’ir bwlsa dastlabki holatda turish qiyinlashadi. Bu o’z navbatida harakatni hal qiluvchi fazasida diqqatni koncentraciyalashda qiyinchilikni yuzaga keltiradi. Bundan tashqari ahamiyatli massaga ega bo’lgan snaryadga birdaniga katta tezlik berish qiyin, xohlaysizmi yo’q mi harakatning birinchi qismi (boshlanishi) sekin bajariladi. harakat ritmi majburiy astalik bilan ortib boruvchi bo’ladi. Bu o’z navbatida lozim bo’lgan muskullar guruhiga zwriqish berishda qiyinchiliklarga sabab bo’ladi.
Egilib yana asli holatga qaytadigan jihozlardagi qarshiliklarni engish bilan mashqlanish uchun harkatni oxiriga borib zwriqishni ortirilishi xarakterlidir.
O’z tanasi og’irligini engish bilan bajariladigan mashqlar odatda gavdaning tayanch apparatlari yordamida bajariladi. Bunda tananing muskul apparati kuch namoyon qilishda yutqazadi, ya`ni bir oz tayanish (proksimal)dan yuqori bwlmagan kuch sarflaydi xolos. Oqibatda qandaydir harakatda tananing shaxsiy vazni yoki uning og’irligiga teng qarshilikni engish kerak bwlsa bu kuch namoyon qilish nuqtai nazaridan ancha engil kechadi. Masalan, devorga suyanib kaftga tayanib qwlda turishda qwllar tirsakda bukib to’g’rilanganda o’z vazni uchun sarflangan kuch shu vazndagi shtangani kwtarishdan engilroq tuyuladi.
Jismoniy sifatlar insonni ma`lum yoshdan navbatdagi yosh kategoriyasiga wtishi bilan tabiiy ravishda o’zgaradi. Bunday o’zgarish yosh bilan bog’liq bo’lgan rivojlanishlar yoki o’zgarishlar deb tushuniladi. Yosh bilan bog’liq jismoniy sifatlarni rivojlanishi nisbatan sekin va notekis boradi.
Jismoniy sifatlarni rivojlantirishning asosida orga-nizmning ish qobiliyatini boshlang’ich darajasini oshirish maqsadida oshirib berilgan yuklamalarga javob bera olishi xususiyati unga javoban reakciyasi deb tushuniladi. Organizm jismoniy yukga o’zidagi mavjud zahiralarini jalb qilish orqali javob beradi. Mashq bajarish davomida energiya resurslari sarflanadi, asta-sekinlik bilan charchoq his qila boshlanadi. Charchoq hosil bo’lgan mashg’ulotdan swng ish qobiliyati pasaygan holda qoladi, swng u asta sekinlik bilan tiklana boshlaydi. İsh qobiliyatini tiklanishi ish boshlangungacha bo’lgan holatga etib uni ortishi davom etaveradi (bu fiziologik qonun), shunday qilib organizm energiya resursini son jihatdan sarflanganini tiklab ulguradi. Bunday yuqori tiklanishda ish qobiliyatini oshgan fazasi vujudga keladi. Bu faza bir oz vaqt ichida ushlanib turadi va swng dastlabki holatga pasayadi. Shunday qilib jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish mashg’ulotlaridan swng organizmni holatida uchta fazani kuzatish mumkin: charchash, dastlabki holat darajasigacha tiklanish, ish qobiliyatini dastlabki darajadan yuqoriroq ortishi.
Agarda keyingi mashg’ulot charchash fazasiga to’g’ri kelib qolsa charchoqni ustma-ust twplanishi sodir bo’lib u tolishga aylanadi.
Shug’ullanish organizmning energiya resurslarini tiklanish fazasiga to’g’ri kelsa ish qobiliyati aytarli darajada oshmasligi, ish qobiliyatini yuqori darajadaligiga to’g’ri kelsa organizm jismoniy yukga tayyorligi, katta hajmda mashq bajarishni uddalay olishligi amaliyotda va fanda isbotlangan. Shunga kwra trenirovkalar organizmni yuqori ishchanlikka ega bo’lgan fazalarda wtkazilsa shug’ullanganlik darajasi doim wsishi kuzatilmoqda. Masalan, kuch talab qiladigan mashqlar bilan shug’ullanish mashg’ulotlarining chastotasi qator faktor-larga, xususan shug’ullanuvchilarning tayyorlanganligiga bog’liq. Tajribada isbotlanishicha shug’ullanishni endigina boshlaganlarda mashg’ulotlarni xaftada uch marotaba wtkazish, 1, 2 yoki 5 marotabali mashg’ulotlar ham yuqori samara bergan, yuqori malakali sportchilarda esa mashg’ulotlar chastotasi ko’proq.
Shug’ullanganlik faqat tizimli mashg’ulotlardagina ortadi va uni twxtatish bilan shug’ullanganlikni keskin pasayishi kuzatiladi. Jismoniy tarbiya jarayonida tanaffuslarga ywl qwyilmaydi. Chunki mashg’ulotni ijobiy effekti yo’q oladi. İjobiy effekt foni (soyasi) muhimdir. Zararli o’zgarishlar tanaffusning 5-7 kunlaridayoq keskin namoyon bo’ladi. Muskul kuchi ozayadi, harakat tezligi susayadi, chidamlilik yomonlashadi.
Jismioniy tarbiya jarayonining jismoniy sifatlarni rivojlantirishning uzluksizligi jismoniy kamolotga erishish uchun optimal sharoit yaratadi. Nagruzkani intensivligi va hajmi, dam olish bilan shug’ullanishni (nagruzkani) to’g’ri navbatlashuvini tizimliligi bo’zilishi, juda ham yuqori yoki past yuklama tanlash, mashg’ulotlardan kutilgan natijaga olib kelmasligiga sabab bwlishi mumkin va u amalda isbotlangan.



Download 6,68 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114




Download 6,68 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O`zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi

Download 6,68 Mb.