• TEZKORLIK QOBILIYATINI TARBIYALASH Reja: 1. Tezkorlik qobiliyati haqida tushuncha
  • Foydalanilgan asosiy darslik va o’quv qo‘llanmalar




    Download 6,68 Mb.
    bet7/114
    Sana10.06.2024
    Hajmi6,68 Mb.
    #262162
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   114
    Bog'liq
    Taza JMN OMK 2 kurs UZB 2021

    Foydalanilgan asosiy darslik va o’quv qo‘llanmalar: A3; A4; A5; A6; Q6;Q7; Q8; Q9; Q10; Q11;


    TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR.



    1. Jismoniy sifatlar bo’yicha umumiy tushuncha?

    2. Kuch turlari va unga umumiy xarakteristika?

    3. Kuchni tarbiyalashdagi vazifalar?

    4. Kuchni tarbiyalash vazifalari?

    5. Kuchni tarbiyalashda qo’llanadigan vositalarga umumiy xarakteristika?



    TEZKORLIK QOBILIYATINI TARBIYALASH
    Reja:
    1. Tezkorlik qobiliyati haqida tushuncha
    2. Tezkorlik qobiliyatini rivojlantirish faktorlari va tezkorlik qobiliyatining paydo bo’lishi
    3. Tezkorlik qobiliyatini rivojlantirish metodlari


    Tezkorlik deganda, individ harakatlarining tezlik xarakteristikasi, asosan harakat reakciyasining vaqtini belgilovchi funkcional xususiyatlarning kompleksi tushuniladi. Tezlikni namoyon bwlishining uchta asosiy shakli bor:
    1. Yakka harakat tezligi (kichik tashqi qarshilikni engish bilan);
    2.harakatlar chastotasi;
    3.harakatlar reakciyasi tezligi (yashirin latent davri).
    Tezkorlikning eng sodda shakllarining namoyon bwlishi bir-biriga aloqador emas. Ayniqsa bu reakciya vaqtiga bog’liq bo’lib, ko’p hollarda harakat tezligi kwrsatkichlari bilan korelyaciya qilinmaydi. Tezlikning namoyon qilinishini qayd etilgan uchta shaklining umumlashmasidan (qwshilmasidan) aniqlash mumkin.
    Masalan, 100 m ga yugurish natijasi startdan chiqish reakciyasi vaqtiga, alohida harakatlarning bajarilishi tezligi (depsinish, sonni tez tiklab olish qadamlar suroati) va boshqalarga bog’liq. Amalda yaxlit harakatlar (yugurish, suzish) ning tezligi twla harakat aktining tezligiga bog’liq. Biroq murakkab koordinacion harakatlardagi tezlik faqat tezkorlik darajasiga emas, balki boshqa sabablarga, masalan, yugurishda qadam uzunliligiga, u o’z navbatida, oyoqning uzunliligiga va depsinish kuchiga ham bog’liqdir. Shuning uchun yaxlit harakat tezligi individning tezkorligini qisman ifodalaydi xolos. Aslida tezkorlikning eng sodda shakllarining namoyon bwlayot-ganligini tahlil qila olamiz xolos.
    Ko’pincha maksimal tezlik bilan bajarilayotgan harakatlarda ikki xil fazasi farqlanmoqda:
    a) tezlikni oshirib borish (tezlanish, olish) fazasi;
    b) tezlikning nisbatan stabillashuvi fazasi (startdagi tezlanish).
    Tezlikni oshirib borish qobiliyati bilan masofani katta tezlikda wtish qobiliyati tezkorlik namoyon qilishda biri ikkinchisiga bog’liq emas. Juda yuqori darajada startdan chiqish tezligiga ega bo’lib masofada tez yuguraolmasligi yoki uning aksicha ham bwlishi mumkin. Signallarga reakciya yaxshi bo’lgani holda,harakat chastotasi oz bwlishi ham kuzatiladi.
    Psixolofizikaviy mexanizmlar tezlik reakciyasining xarakterini turlicha namoyon bo’lishiga sababchi bo’ladi. Tezlik namoyon bwlishining bunday xarakterini qisqa masofaga yugurishda aniq kwrishimiz mumkin. Startni (vaqt xarakteristikasiga kwra) tez olish mumkin, lekin tezlikni masofada uzoq ushlab tura olmasligiga guvoh bwlishimiz mumkin.
    Yugurish tezligi harakatni kwrsatilgan xarakteristikasi bilan nisbiy bog’liq xolos. Tezlikning namoyon bwlishida yuguruvchi qadamining uzunligi, uning oyog’i uzunligiga, o’z navbatida, yuguruvchi oyoq muskullarining erga tiranish kuchiga bog’liqdir. Shuning uchun harakat reakciyasining vaqt davomida namoyon bo’lishiga qarab o’quvchining sprintda o’zini qanday namoyon qilishini bashorat qilishimiz g’oyatda mushkul.
    Tezkorlik sifatini bir mashqdan ikkinchi mashqka “kwchirish” qoidada kuzatilmagan. Uning kwchishi mashqlarni bir-biriga koordinaciya nuqtai nazaridan yaqin wxshashaligi bwlsagina namoyon bo’lgan, qolaversa individning mashqlanganligi (shug’ullanganligi) qancha yuqori bwlsa, bu kwchish shunchalik past darajada bo’ladi (N.G. Ozolin, 1949; V.M. Zaciorskiy, 1961). Shunga kwra, tezkorlik sifati xaqida gapirganda, bu sifatni, tarbiyalash xaqida gapirmay, inson harakatidagi aniq tezkorlik xususiyatlarini rivojlantirish xaqida gapirish lozim.

    Download 6,68 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   114




    Download 6,68 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Foydalanilgan asosiy darslik va o’quv qo‘llanmalar

    Download 6,68 Mb.