Kuch va uni rivojlantirish usuliyati




Download 6,68 Mb.
bet3/114
Sana10.06.2024
Hajmi6,68 Mb.
#262162
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114
Bog'liq
Taza JMN OMK 2 kurs UZB 2021

Kuch va uni rivojlantirish usuliyati
Har qaysi individ tashqi ta`sir yoki qarshilikni engish uchun o’z jismidagi ma`lum sifatni namoyon qiladi. Tashqi ta`sirga qarshi muskul zwriqishi orqali harakat faoliyati - shaxsning kuchi, uning kuch qobiliyati deb atash qabul qilingan. Shug’ullanuvchi mashg’ulot paytida o’z tanasi tinch turgan holdan sport snaryadiga (uloqtirishda), o’z tanasini harakatlantirish maqsadida (gimnastika mashqlari va boshqalar), aylantirish, siljitish, kwtarishga intilsa, ayrim hollarda uning teskarisi, tananing o’zi, yoki uni bilagiga tashqi kuch ta`sir etishi bilan uning statitik holatini buzib o’z gavdasini oldingi (dastlabki) holatini ushlab turishga urinadi. Bokschining raqibi mushtining zarbi, kurashchini raqibi tomonidan kuch ishlatib uni tanasini ayrim bwlaklarini egishga dosh berishi tana holatini o’zgartirmaslik orqali rwy beradi. Bunda shug’ullanuvchi va uning raqibi ma`lum darajada qarshiliklarni, og’irliklarni engish va kwtarishda ma`lum darajada kuch sifatini namoyon qiladi.
İlmiy tushuncha tarzida kuch imkoniyati boricha o’zining aniq taorifiga ega bwlishi va farqlanishi lozim:
1)harakatning mexanik xarakteristikasi sifatidagi kuch (“tanaga «m» massasidagi «F» kuchining taosiri...”);
2) inson jismidagi jismoniy sifat tarzidagi kuch (masalan, “yoshning ulg’ayishi bilan kuchning rivojlanishi; sportchi kuchini sport bilan shug’ullanmaydiganlarga nisbatan ko’p bwlishi...” vah.k.).
Bu sifatning psixofizik mexanizmi muskul zwriqishining boshqarilishi (regulyaciyasi) va ularning ish tartibi (rejimi) bilan aloqador. Muskulning taranglashishi insonning kuchini namoyon bo’lishiga olib keladi.
Ruhiy ozuqa olishi va harakatni ma`lum tizimda bajarish markaziy hamda pereferik nerv sistemasi, xususan, nerv markazlaridan muskullarga kelayotgan signallarga va muskullarning o’z xizmati holatiga bog’liq. Umuman, muskul tarangligi zwriqishi (kuch namoyon qila olishi) quyidagilarga qarab aniqlanadi;
1) markazdan muskullarga kelayotgan qo’zg’alishlarning chastotasiga (chastota qancha katta bwlsa, muskul shunchalik zwr darajada o’zining tarangligini oshiradi) kwra;
2) zwriqishga qwshilgan harakat birligining soni bilan;
3) muskulning qo’zg’aluvchanligi va undagi quvvatning manbai miqdoriga qarab.
Muskul kuch namoyon qilishi uch xil rejimda zwriqadi:
a) o’zining uzunligini o’zgartirmay (statik, izometrik rejimda). Tananing turlichaholatlarda (pozalar)da ushlash vah.k.lar bilan;
b) muskul uzunligini kamayishigahisobiga, bardosh berish bilan (miometrik). Zwriqish birday o’zgarmay turadi, bunday rejim ciklik va balastikharakatlardagi muskul qisqarishi fazalari evaziga sodir bo’ladi;
v) muskulni cho’zish vaqtida uning uzayishi hisobiga (yon berish, bwsh kelish-pliometrik) kuch yuzaga keladi. O’tirib turish, uloqtirish, depsinishda muskul qisqarishi orqali shu kuch namoyon bo’ladi.
Bardosh berish bilan, yon berish, bwshashtirish bilan kuch namoyon qilishni dinamik rejimdagi kuch deb atash qabul qilingan. Shunday qilib bunday sharoitlarda maksimal kuchni kwlami turlicha qayd qilingan kuch namoyon qilishning asosiy xillari kuch qobiliyatining klassifikaciyasi sifatida qabul qilingan.
Kuch qobiliyatlarining turlari muskul zwriqishi tartibining kombinaciyalashtira olish xarakteriga qarab farqlanadi. Statik rejimda va sekinlashtirilgan harakatlarda namoyon bo’ladigan shaxsiy-kuch qobiliyatlari va tezlik-kuchi hisobiga sodir bo’ladigan kuch (dinamik kuch), tez bajariladigan harakatlarda qwllaniladi. Boshqachasiga buni shiddat (portlash) kuchi deb ham ataladi. Bunga qisqa vaqt ichida eng ko’p darajada kuch namoyon qila olish qobiliyati deb qaraladi. Portlash kuchi sakrashlarda depsinish orqali sakrovchanlik tarzida namoyon bo’ladi.
Muskulning wta zwriqishini optimal ywnalishi. Muskul kuchi belgilangan faoliyatning ywnalishiga iloji boricha yaqinlashtirilishi, moslashtirilishi lozim. Masalan, nayza uloqtirishda zwr berib tanaga tezlik berishimiz mumkin, lekin bu tezlik nayzani uloqtirishdagi zarbga moslanmasa, sarflangan kuch samarasiz bo’ladi, nayza mwljallangan traektoriyada uchmasligi mumkin. Past start olishda tananing og’ishi 54 va 72 gradusli burchak hosil qilgandan swng startdan chiqishning samarasi turlicha bo’ladi. Hisoblashlar kwrsatmoqdaki, ikkala oyoqdan 180 kg kuch bilan depsinish 72 gradusdan start olganda, kuchning gorizontal ywnalishi samaradorligi 55,62 dan oshmas ekan. Agar start 54 gradusda bajarilsa, depsinish kuchi Samaradorli 105,80 kg bwlishi mumkin. Harakat tezligini oshirish, gavdaga tezlanish berish uchun unga anchagina kuch ta`sir etilishi lozim. U qanchalik kuchli bo’lsa, tanani fazoda tezlanishi shunchalik qisqa vaqt ichida tez vujudga keladi. Lekin tezlik birdaniga oshmaydi. Buning uchun kuch anchagina vaqt ichida ta`sir etib turishi zarur. Maksimal tezlik olish uchun esa uzoqroq masofa lozim va katta kuch bilan ta`sir etish foydalidir. Oyoqning twpga tegadigan ustki qismini qanchalik orqaga cho’zib twp oralig’idagi masofa uzaytirilib oyoq kaftining twpga tegish tezligi oshirilsa, twpning zarbi kuchayadi. Ywlning chegaralanishi tezlikni kuchayishini susaytiradi.
Kuchning ta`sir etish vaqti qanchalik oz bwlsa, harakat tezligi shuncha yuqori bo’ladi. Gavda qiya chiziq bwylab tezlik oladigan bwlsa shuncha ko’p taosir kuchi kerak bo’ladi.
To’g’ri chiziq bwylab harakat tezligi uchun qiya chiziq bwylab harakat tezligiga nisbatan ta`sir kuchi oz talab qilinadi.

Download 6,68 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114




Download 6,68 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kuch va uni rivojlantirish usuliyati

Download 6,68 Mb.