|
Foydalanilgan asosiy darslik va o’quv qo‘llanmalar
|
bet | 12/114 | Sana | 10.06.2024 | Hajmi | 6,68 Mb. | | #262162 |
Bog'liq Taza JMN OMK 2 kurs UZB 2021Foydalanilgan asosiy darslik va o’quv qo‘llanmalar: A3; A4; A5; A6; Q6;Q7; Q8; Q9; Q10; Q11;
TAKRORLASH UCHUN SAVOLLAR.
Koordinatsion harakat qobiliyatiga umumiy tushuncha?
Koordinatsion harakat qobiliyatlarini tarbiyalash vazifalari?
Koordinatsion qobiliyatlarini tarbiyalash vositalari?
Koordinatsion harakat qobiliyatlarini tarbiyalash metodikasi?
Koordinatsion harakat qobiliyatlarini tarbiyalashning psixologik xususiyatlari?
Fazo sezgisini tarbiyalashga oid mashqlar?
Vaqt sezgisini tarbiyalashga oid mashqlar?
Muvozanatni saqlashga oid mashqlar?
Koordinatsion qobiliyatlarini tarbiyalash metodikasining asoslari?
Fazoviy harakatlarni boshqarish?
CHIDAMLILIKNI TARBIYALASH METODIKASI
Reja:
Chidamlilik haqida tushuncha
Chidamlilikni tarbiyalash metodikasi asoslari
Chidamlilikni tarbiyalash yuklamalari meyori va komponentlari
Muskul ishi faoliyatida jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish davomida charchoqka qarshilik ko’rsatish darajasi chidamlilik sifati deb ataladi.
Jismoniy mehnat (sport faoliyati) ni bajarayotgan kishi sekin asta o’z faoliyatni davom ettirishi qiiynlashayotganligini sezadi. Ter quyuilib oqa boshlaydi, yuzida qizillik kuchayadi, rangi o’zgaradi, muskullarida xorg’inilik sezadi, harakat koordinaciyasi,harakat texnikasi tarkibidagi elementlarning bajarish ketma-ketligi buziladi, nafas olishi ritmi chuqurligi o’zgaradi. Bajarayotgan harakati tarkibida qwshimcha keraksiz harakatlar paydo bo’ladi, qwshilib qoladi. Bunga asosan, organizmda kechayotgan fiziologik, bioximiyaviy va biomexanik o’zgarishlar sabab bo’ladi. Faoliyatni davom ettirish esa ruhiy, irodaviy va boshqa sifatlar evaziga bajariladi. Bunday holatni konpensaciyali charchoq fazasi deyiladi.
Agarda iroda namoyon qilish darajasini ortganligiga qaramay, ish intensivligi pasaya borsa, konpensaciyasiz charchoq fazasi boshlanganligini kuzatamiz.
Charchoq o’zi nima? Mehnat (mashq qilish) davomida ish qobiliyatining vaqtinchalik susayishi charchoq deyiladi. Bir xil ish faoliyati davomida charchoq turli kishilarda turlicha bwlishi amaliyotda isbotlangan. Chunki, har bir individning chidamliligini rivojlanganligi turlichadir.
Bobkalonimiz Abu Ali ibn Sinoning ilmiy merosidan charchash mavzusiga katta e`tibor berilgan. Bir minginchi yili yozishni boshlab, bir ming yigirma twrtinchi yili mukammal tarixiy ilmiy asarga aylangan «Kitob ul qonun fit Tib”da surunkali jismoniy mashq bajarish charchoqni vujudga keltirishiga twxtalib uni twrt xilga ajratib izoh bergan:
1. Yarali charchash – unda terini yuzida yoki tagida yara kabi narsa seziladi.
2. Qotib charchash – unda kishi gwyo gavdasini ezilgan yoki majag’langan gumon qilib tanasida issiqlik va bwshashishni sezadi.
3. Shishli charchash – bunda tana odatdagidan qizarganroq bo’lib, g’ovlaganga wxshash hissiyat sezadi.
4. Ozib charchash – unga uchragan kishi gavdasini qurigan va kovjiraganroq sezadi.
X asrgacha Wrta Osie xalqlari jismoniy tarbiyasi tarixida tan tarbiyasining ilmiy-amaliy fikrlari birinchi bo’lib yuqorida qaydilingan asarda ifodalanganligi e`tibor bersak bu asar charchoqning ichki mexanizmini mukammal bayon etib uni organizmda tiklanishi haqida tibbiy maslahatlar berilgan.
Jismoniy tarbiya amaliyotida aqliy, jismoniy, emocional, sensor charchoqlarni farqlashimizga to’g’ri kelmoqda.
Chidamlilik vositalar va vositalarsiz ólchanadi. Chidamlilikni vositali ólchash uchun ma`lum tezlik bilan yugurish tavsiya qilinadi, hamda ósha intensivlikni bóshashtirmay ushlay olish vaqti (tezlikni susayishi boshlangunga qadar) hisoblanadi. Shuning uchun to’g’ridan-to’g’ri chidamlilikni ólchash juda noqulay. Ko’proq vositasiz ulchashdan foydalaniladi. Sport amaliyotida, uzoq masofaga (10.000 m; 20.000 m) yugurish uchun sarflangan vaqtiga qarab chidamlilikga baho beriladi.
Kishining harakat faoliyati turlichadir. Charchoqning xarakteri va mexanizmiga qarab maxsus va umumiy chidamlilik farqlanadi. Tanlab olingan (ixtisoslik) sport turi yoki mehnat faoliyati uchun talab qilinadigan chidamlilikni maxsus chidamlilik, boshqa hayotiy sharoitdagi faoliyat uchun lozim bo’lgan chidamlilikni umumiy chidamlilik deyiladi. Bokschining maxsus chidamliligi, futbolchining umumiy chidamliligi degan iboralar dan amaliyotda foydalanilmoqda.
Yugurish, suzish, chang’ida yurish, qayiq xaydash kabi sport turlarida deyarli barcha muskullar harakat faoliyatida ishtirok etadi. Shuning uchun charchoq ayrim muskullar guruhida hamda organizmning barcha muskullarida bwlishi chidamlilikni maxsus va umumiyligini keltirib chiqaradi va shakl jihatdan bir xil bo’lgan mashqlarni turli intensivlikda bajarish imkonini yaratadi. Bunda chidamlilik ham turlicha namoyon bo’ladi. Shuning uchun jismoniy mashqlarni bajarishda organizmning charchoqqa nisbatan talabi turlicha bo’ladi.
Chidamlilik talab qilinadigan mashqlarni bajarishda insonning funkcional imkoniyatlari, bir tomondan, lozim bo’lgan harakat malakalari va texnikani egallanganligi darajasiga bog’liq bwlsa, boshqa tomondan, organizmning aerob va anaerob (kislorodli, kislorodsiz) imkoniyatlariga bog’liq. Nafas imoniyatlarining xususiyligi nisbatan yuqori emas, ularharakatni tashqi formasiga ham aytarli bog’liq bwlmaydi. Shuning uchun yugurish mashqi yordamida o’zini aerob imkoniyat-larining darajasini oshirgan shug’ullanuvchi boshqa harakatlarni, masalan, eshkak eshish, yurish, velosipedda yurish mashqlarni bajarishda ham o’zining chidamliligidan ijobiy naf oladi. Misol, yurish va yugurishdagiharakatlarning koordinaciyaviy tuzulishi va tezlik, kuch xarakteristikasi ko’p hollarda turlicha. Trenirovka orqali yugurishda erishilgan tezlikni yaxshilanganligi yurushni maksimal tezligiga ijobiy yoki salbiy ta`sir kórsata olmaydi. Ya`ni “kwchish” yo’q . Yugurish tezligi yurish tezligini o’zgarishiga ta`sir kórsatmagan. Lekin uzun masofadagi shug’ullanganlik bir vaqtni o’zida yurish bilan yugurishda biri-biriga «kóchishi» mumkinligi ilmiy-amaliy isbotlangan (V.M.Zaciorskiy va boshqalar). Demak, koordinaciyaviy biri-biriga yaqin bo’lgan harakatlarni bajarishda sportchi organizmining vegetativ sistemasini funkcional imkoniyatini e`tiborga olsak umumlashtirilgan holat, shartli aytilganda, “vegetativ” shug’ullanganlik chidamlilikning “kwchishi” (wtish)ga qulay imkoniyat ochiladi. Lekin har bir holatda kóchish róy bermasligi organizmning energiyasi imkoniyat-lariga, harakatlarning barcha sifat xususiyatlariga talab qóymay, harakat malakalarining o’zaro muvofiqlashuvi xarakteriga ham bog’liq bo’ladi.
Umumiy va maxsus chidamlilikning aniq vazifalarini hal qilish og’ir, kwngilga tegadigan darajadagi bir xil va eng katta hajmdagi og’ir ishni bajarishni taqazo qiladi. Charchash toliqishga aylana boshlanganda ham mashqni twxtatmaslik talab qilinadi. Bu esa ruhiy tayyorgarlikning namoyon bwlishi uchun yuqori darajada katta talabni qwyadi.
Chidamlilikni rivojlantirish mehnatsevarlikni, katta nagruzkalarga, shuningdek, nihoyatda horg’inlik hissiga bardosh berishga tayyor turishni tarbiyalash bilan olib boriladi. Sportchilar mashg’ulotda ozmi-ko’pmi charchoqni his qilsalargina, ularda chidamlilik ortib boradi. Bu esa tashqi tomondan chidamlilikning ortib borishida namoyon bo’ladi. Moslashuv o’zgarishlarning miqdori va qay maqsadga qaratilganligi, trenirovka nagruzkalari natijasida organizmdagi javob reakciyasi xarakteri darajasi bilan belgilanadi.
|
| |