|
Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta
|
bet | 83/176 | Sana | 11.12.2023 | Hajmi | 22,93 Mb. | | #115775 |
Bog'liq amaliy ishlanma-F- fikringizni bayon eting
|
|
-S- fikringiz bayoniga sabab
ko„rsating
|
|
-M- ko„rsatgan sababingizni asoslovchi misol keltiring
|
|
-U- fikringizni
umumlashtiring
|
|
“Insert” metodi
Metodning maqsadi:
Mazkur metod talabalarda yangi axborotlar tizimini qabul qilish va bilimlarni o‗zlashtirilishini engillashtirish maqsadida qo‗llaniladi, shuningdek, bu metod o‗quvchilar uchun xotira mashqi vazifasini ham o‗taydi.
Metodni amalga oshirish tartibi:
bosqich. Yangi mavzu mohiyatini yorituvchi matn talabalarga tarqatiladi;
bosqich. talabalar individual tarzda matn bilan tanishib chiqib, o‗z shaxsiy
qarashlarini maxsus belgilar orqali ifodalaydilar. Matn bilan ishlashda talabalarga quyidagi maxsus belgilardan foydalanish tavsiya etiladi:
“V” – tanish ma‘lumot.
“ - ” – bu fikr yoki mazkur ma‘lumotga qarshiman.
“+” – bu ma‘lumot men uchun yangi.
“?” – mazkur ma‘lumotni tushunmadim, izoh kerak.
Belgilangan vaqt yakunlangach, talabalar uchun notanish va tushunarsiz bo‗lgan ma‘lumotlar tahlil qilinib, izohlanadi, ularning mohiyati to‗liq yoritiladi. Savollarga javob beriladi va mashg‗ulot yakunlanadi.
Keys-stadi
Hissadorlar yangi rahbarni tanlaydilar”
So‗nggi yilda bundan avval ham ishlari uncha yaxshi bo‗lmagan ―Kompleks‖ yopiq turdagi hissadorlik jamiyatining ishlari yomonlashdi. Talab kamaydi, mahsulot iste‘molchilari to‗lovlarni to‗lashga shoshmadilar. To‗lasalar ham asosan barter qilardilar, natijada ushbu jamiyatning ham debitorlik ham kreditorlik qarzlari ko‗payib ketdi, ishlovchilar esa to‗rt oylab maosh olmadilar.
Bosh direktor Antonov N.I. ning fikricha, buning sababi, davlatdagi umumiqtisodiy inqiroz, respublikada ishlab chiqarish siyosatining yo‗qligi va u takliflarni rad etganligidadir. Direktorlar kengashi boshqaruvchini almashtirish muammosini echishga to‗g‗ri keldi. Hissadorlarning navbatdagi yig‗ini bahslar ostida o‗tdi va unda bundan avval ―Kompleks‖ ning rahbariyatini tanqid ostiga olgan va olti oy davomida korxonaning ishini yaxshilashga va oyliklarni vaqtida to‗lashga va‘da bergan Sashin K.A. yangi direktor etib tayinlandi. Sashin deyarli bir ovozdan tayinlandi. YAngi rahbar ishini shundan boshladiki, o‗zini tayinlanganidan so‗ng uch kunga, u tanlovdagi bosh raqibi bo‗lgan bosh muhandis Izmaylov A.P. ga har qanday hujjatlarni taqdim qilishni taqiqladi.
Ertasi kuni har narsadan iqtisod qilish bahonasida uning xizmat mashinasini olib qo‗ydi va 50-60 km oralig‗ida joylashgan bo‗linmalar ishini nazorat qilish imkoniyatidan mahrum qildi. Bularning hammasi, bosh muhandis o‗z ishini eplay olmasligi va bosh direktordan hayfsan olib, mukofot pulidan mahrum bo‗lishiga olib keldi.
Yangi direktor bilan ikki oy davom etgan og‗ir ishdan so‗ng Izmaylov ishdan bo‗shashiga to‗g‗ri keldi. Tanlov bo‗lganiga yarim yildan ortiq vaqt o‗tdi, lekin hissadorlik jamiyatidagi ahvol yaxshilanish o‗rniga yomonlashdi. Oyliklar ham kechiktirildi, byudjet oldidagi qarzlar ham ko‗paydi, nafaqa fondi oldidagi qarzlar ham ko‗paydi va ―Kompleks‖ bankrot yoqasiga kelib qolish ehtimoli bor.
|
| |