Texnologik qurilmalarni sinflanishi




Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/15
Sana29.04.2022
Hajmi0.55 Mb.
#20453
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
pomidordan qayla ishlab chiqarish uchun qollaniladigan proterkaning parametrlarini organish.
Янги йил АЛЬБОМГА 12-ДМТТ, rustili (3) — копия, ~
1.2. Texnologik qurilmalarni sinflanishi 
Qishloq xo„jaligi mahsulotlari isrofgarchilikdan va yetishtirilgan mahsulotni 
aholiga nes-nobud qilmasdan yetkazish va ularni yil davomida uzluksiz holda 
ta‟minlash davlatimiz oldidagi asosiy vazifalardan biridir. 
Ma‟lumki, qishloq xo„jalik mahsulotlari bilan uzliksiz ta‟minlash xom ashyoni 
qayta ishlash bilan bog„liqdir. Qanday mahsulot bo„lishidan kat‟iy nazar, xox u 
o„simlik mahsuloti bo„lsin, xox u hayvon mahsuloti bo„lsin, baribir ular tez 
buziluvchanlik xususiyatiga ega. Shuning uchun ularni ma‟lum texnologik 
jarayonlardan o„tkazish yo„li bilan ozuqaviy qiymati va sifatini saqlagan holda qayta 
ishlash lozim. 
Qayta ishlash deganda ko„z oldimizga ma‟lum qurilmalar, mashinalar yoki 
uskunalarni keltiramiz. Oziq-ovqat sanoatining xom ashyoni qayta ishlash tarmoqlari 
ishidagi konserva ishlab chiqarish sohasi, qurilma va uskunalarga eng ko„p muxtoj 
bo„lgan sohadir. 
Qayta ishlash korxonalarida qo„llaniladigan qurilma va uskunalar shu qadar 
xilma-xilki va ularning jarayonlarni bajarish doirasi shu qadar kengki, ularni oddiy 
so„z bilan ifodalash juda mushkul. Masalan, meva yoki sabzavotni maydalash 


Ўзг. Бет
т 
Ҳужжат № 
Имзо 
Сана 
Бет 
 
jarayonini olaylik, butun mahsulotni maydalangan mahsulotga aylantirishda bir necha 
xil uskunalar foydalaniladi va bu uskunalarning vazifalari ham har xil: 
- maydalagich (volchok) yordamida mayda bo„lakchalarga maydalaniladi; 
- qirg„ich mashinalarida to„g„raladi (maqsadga muvofiq har xil shakil ham 
berish mumkin); 
- maydalagichda ezib maydalanadi; 
- ishqalash mashinasida ishqalab maydalanadi; 
- gomogenizatorda o„ta mayda zarrachalarga maydalanadi. 
Keltirilganlardan ko„rinib turibdiki, mahsulotni qayta ishlash jarayonida 
qo„llaniladigan qurilma va uskunalarni soni ham qo„llash maqsadi ham juda ko„p 
ekan. 
Qayta ishlash sohasida ishlatiladigan qurilmalar va uskunalar mashinasozlik 
sanoati tomonidan ayrim-ayrim holda yoki uzluksiz ish jarayonini bajaruvchi 
liniyalar sifatida tayyorlaniladi. 
Qayta ishlash korxonalarida hamma ishlatiladigan qurilmalar, ularning 
texnologik jarayonni amalga oshirishdagi tutgan o„rni va ishlatilishiga qarab uch 
sinfga bo„linadi: 
1. Asosiy texnologik qurilmalar - tayyor mahsulot ishlab chiqarishning 
texnologik jarayonida ishlatiladigan mashina va mexanizmlar kiradi va ular ishlab 
chiqarishning texnologik jarayonida bevosita ishtirok etadi. 
2. Yordamchi texnologik qurilmalar - bu guruhga kiruvchi mashinalar va 
uskunalar asosiy texnologik jarayonda ishtirok etmaydilar, lekin ularni amalga 
oshirish uchun yordam beradilar (bunkerlar, qutichalar, dozatorlar va b.). 
3. Transport vositalari - bu sinfga kiruvchi mashina va uskunalar texnologik 
qurilmalarni bir-biriga bog„lovchi vazifasini bajaradi, hamda turli xil tashish, 
tushirish-ko„tarish va boshqa jarayonlarda ishtirok etadi. 
Xom ashyoni qayta ishlashni amalga oshirish uchun turli xildagi texnologik 
qurilmalar ishlatiladi.


Ўзг. Бет
т 
Ҳужжат № 
Имзо 
Сана 
Бет 
 
Qayta ishlash korxonalarida texnologik jarayonlarni tashkil qilishda 
uskunalarning ish bajarish tavsifiga asoslanib, ularni 6 ta yo„nalishdagi guruhchalarga 
ajratiladi: 
2. 1. Xom ashyoni qabul qilishda, korxona ichida tashishda xizmat qiluvchi 
qurilmalar (xom ashyoni, yordamchi mahsulotlarni, yarimtayyor mahsulotlarni, 
tayyor mahsulotlarni, taralarni). 
3. Xom ashyoni qayta ishlashda, uni tayyorlab to bankalarga joylashgacha 
bo„lgan birlamchi ishlov berishda xizmat qiluvchi qurilmalar (xom ashyo va 
komponentlarga mexanik hamda issiqlik ishlov beruvchi vositalar). 
4. Birlamchi ishlov berilgan yarimtayyor mahsulotlarni uzoq muddat 
davomida, buzilmasligini ta‟minlash maqsadida germetik holda bankalarga joylashda 
va qadoqlashda xizmat qiluvchi qurilmalar (to„ldiruvchi, qopqoqni yopuvchi, 
sterilizatsiyalovchi). 
5. Konservalangan mahsulotlarni germetik berkitmasdan saqlash mumkin 
bo„lgan jarayonlarni amalga oshirishda xizmat qiluvchi qurilmalar. 
6. Tayyor mahsulotni bezaklashda xizmat qiluvchi qurilmalar. 
7. Texnologik jarayonlarni tartibga solish va ularni avtomatlashgan holda 
nazorat qilishda xizmat qiluvchi qurilmalar. 
Hozirgi vaqtda bu qurilmalar alohida-alohida holda yoki texnologik liniyalarni 
komplekti holida keltiriladi. 

Download 0.55 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Download 0.55 Mb.
Pdf ko'rish