• 2.2.2. T1-KOS tipidagi maydalash mashinasi
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta




    Download 0.55 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/15
    Sana29.04.2022
    Hajmi0.55 Mb.
    #20453
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
    Bog'liq
    pomidordan qayla ishlab chiqarish uchun qollaniladigan proterkaning parametrlarini organish.
    Янги йил АЛЬБОМГА 12-ДМТТ, rustili (3) — копия, ~
    2.2. Maydalash mashinalari 
    2.2.1. Ikki barabanli maydalash mashinasi 
    Ikki barabanli maydalash mashinasi xo„l mevalarni, pomidorlarni maydalash 
    uchun ishlatiladi. 
    Ishlash tartibi. 
    Bu qurilma ikkita gorizontal o„qda o„rnatilgan bir-biriga qarama-qarshi 
    tomonga aylanuvchi barabanlar va ularga o„rnatilgan pichoqlardan iborat. Bir o„qdagi 
    baraban juft qilib ikkinchi o„qdagi barabanga yonma-yon qilib o„rnatiladi. Ezish 
    mashinasining paski qismiga to„rlar o„rnatilgan bo„ladi. Aylanma harakatlanayotgan 
    baraban pichoqlari to„rlar orasidagi teshiklardan be‟malol o„tadi. Boshqaruvchi o„q 
    shkiv yordamida friksion mufta bilan aylanma harakatlarga keltiriladi. O„qda 
    o„rnatilgan silindrik g„ildirak tishlari ikkinchi o„qdagi g„ildirakning tishlari bilan 
    tishlashgan bo„ladi. G„ildirakdagi tishlar soni turlicha, shu sababli bir va ikki o„qning 
    aylanishlar soni har xil bo„ladi, shuningdek, mahsulotlarning bir vaqtning o„zida 
    yorilib ezishga imkoniyat yaratiladi. Material uzluksiz bunkerdan berilib
    qurilmaning pastki qismidan ezilgan material olinadi. 
    Texnik tavsifi. 
    Maydalash mashinasining ishlab chiqarish quvvati, t/soat 
    8
    Uzatuvchi o„qning aylanish soni, ayl./min
    250-350
    2.2.2. T1-KOS tipidagi maydalash mashinasi 
    Bu mashina pomidorlarni ezib, urug„larni ajratish uchun ishlatiladi. 
    T1-KOS-7,5 va T1-KOS-15 markali mashinalar pomidorlarni maydalash va 
    urug„larni ajratish uchun mo„ljallangan. Mashinaning asosiy qismlari: ezish moslama, 
    separator, qirg„ich, rama, ezish moslamasi ikkita gorizontal parallel joylashgan 
    barabanlardan iborat. Barabanlar sirtida uzun qirralar joylashgan, birinchi 
    barabanning qirralari ikkinchi barabanning qirralari orasiga kiradi. Barabanlar 
    uchma-uch aylanadi. Pomidorlar yuqoridan barabanlar orasiga tushadi va eziladi. 
    Havo chiqarish uchun apparatga o„tkir bug„ yuboriladi. 


    Ўзг. Бет
    т 
    Ҳужжат № 
    Имзо 
    Сана 
    Бет 
     
    Ezilgan pomidorlar separatorga tushadi. Separatorda xom ashyo shnek 
    yordamida harakatlanib ikkita fraksiyaga bo„linadi. Sharbat va urug„lar setkadan o„tib
    qirg„ichga yuboriladi. Pomidor mag„zi va po„stilari pichoq bilan maydalanadi va 
    separatordan qirg„ichga yuboriladi. 
    Qirg„ich ichida setkali baraban, uning ichida esa val va uchta bich o„rnatilgan. 
    Bichlar yordamida separatordan chiqadigan mahsulot baraban ichida bir xil, tekis 
    taqsimlanadi. Baraban aylanganda markazdan qochma kuchlar ta‟sirida mahsulot 
    teshiklardan o„tkaziladi. Baraban ichida qolgan urug„lar alohida chiqariladi. 
    Ishlash tartibi. 
    Xom ashyo ezish qismidan silindrsimon uzatuvchilar orasidan o„tib, barabanga 
    tushib eziladi. Ezilgan yarimtayyor mahsulot separatorga kelib tushadi. Uning ichida 
    pichoqlar o„rnatilgan o„q bo„lib yana bir bor eziladi. Separatorda ezilgan massa ikki 
    qismga ajratiladi. Urug„ va sharbat pastki qismga ajraladi, u yerdan esa ishqalash 
    qurilmasiga yuboriladi. Po„stlog„i va xom ashyoning go„shti pichoqlar bilan 
    maydalanib, elakli diskdan o„tib keyingi jarayonga uzatiladi. 
    Texnik tavsifi. 
    Ishlab chiqarish quvvati, kg/soat 
    15000 
    Energiya sarfi, kVt 
    5,5 
    Bug„ sarfi, kg/s
    100 
    Gabarit o„lchamlari, mm: 
    1850x1000x1500 
    Og„irligi, kg
    750 

    Download 0.55 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




    Download 0.55 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta

    Download 0.55 Mb.
    Pdf ko'rish