• 1. UMUMIY QISM 1.1. Texnologik qurilmalar haqida umumiy tushunchalar. Texnologik qurilmalarning strukturasi
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta




    Download 0.55 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/15
    Sana29.04.2022
    Hajmi0.55 Mb.
    #20453
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
    Bog'liq
    pomidordan qayla ishlab chiqarish uchun qollaniladigan proterkaning parametrlarini organish.
    Янги йил АЛЬБОМГА 12-ДМТТ, rustili (3) — копия, ~
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     
     


    Ўзг. Бет
    т 
    Ҳужжат № 
    Имзо 
    Сана 
    Бет 
     
    1. UMUMIY QISM 
    1.1. Texnologik qurilmalar haqida umumiy tushunchalar. Texnologik 
    qurilmalarning strukturasi 
    Har bir texnologik uskuna birligi quyidagi qismlardan iborat: staninalar 
    (korpuslar, ramalar va h.k.), mahsulot soladigan (bo„shatiladigan) moslama yoki 
    qism, himoya (blokirovka), uzatish va ish mexanizmlar, ishchi bajaruvchi organ va 
    nazorat – o„lchov asboblari. Uskuna texnik tasnifini belgilovchi asosiy qismlar 
    uzatish qismi, ishchi mexanizm va ishchi organlarining o„zaro (bog„liqlikdagi) 
    faoliyatidir. 
    Stanina uskunaning barcha qismlarini mahkamlash uchun jumladan, 
    qo„shimcha moslamalarni (tashuvchi, ko„taruvchi va h.k.) mo„ljallangan. Ba‟zi bir 
    uskuna turlarida (separatorlar va boshqalar) stanina asosiy vazifadan tashqari ishchi 
    mexanizmni moylash uchun mo„ljallangan moy turadigan moslama (karter) vazifasini 
    ham o„taydi. 
    Yuklash va bo„shatish moslamasi mahsulotni uskunaga davriy yoki uzluksiz 
    ravishda solib turish, hamda texnologik jarayon talabidan kelib chiqib uni hajm yoki 
    massasiga qarab dozirovka (meyorlash) qilish imkonini beradi.
    Himoya moslamasi (blokirovka) uskunaning ba‟zi qismlarini noto„g„ri yoki 
    bevaqt ishga tushib ketishi oldini olish yoki ularning avariya vaqtida buzilishidan 
    saqlab qolish uchun xizmat qiladi. 
    Uzatma harakatni ishchi mexanizm yoki ishchi organlar orqali uzatish uchun 
    kerak. Uzatuvchi sifatida elektr, gidravlik va pnevmatik mexanizmlar qo„llaniladi. 
    Elektr uzatmalar eng keng tarqalgan mexanizmlardir. Uning asosiy qismi 
    elektrodvigatel hisoblanadi. 
    Elektr tokiga qarab, elektrodivigatellar uch guruhga bo„linadi: 
    O„zgarmas tok, boshqariladigan, kuchlanishli. Ularda val aylanish chastotasini 
    keng miqyosida silliq (plavnoye) o„zgartirish imkoni bor; 
    Uch fazali o„zgaruvchan tokda – nisbatan kam qo„llaniladigan sinxron va keng 
    qo„llaniladigan asinxron elektrodvigatellar ishlatiladi. Sinxron elektrodvigatellar 


    Ўзг. Бет
    т 
    Ҳужжат № 
    Имзо 
    Сана 
    Бет 
     
    valning doimiy chastotasi bilan yuklamadan bog„liq bo„lmagan holda ishlaydi. 
    Asinxron 
    elektrodvigatellarga 
    qaraganda ular 
    ancha yuqori foydali ish 
    koeffitsiyentiga ega, yuqori yuklanishlarga chidamli. Asinxron elektorodvigatellar 
    texnologik uskunalarni harakatga keltirish uchun foydalaniladi. Ular konstruktiv va 
    xizmat ko„rsatishi bo„yicha sodda, ularni tarmoqqa bevosita, tok o„zgartirgichlarsiz 
    ulash mumkin; 
    Kam quvvatli bir fazali asinxron elektrodvigatellar. Ular (aksariyat) ko„pincha, 
    yordamchi qurilmalarda qo„llaniladi. 
    Uch fazali asinxron elektrodvigatellar bir va ko„p tezlikka ega bo„lishi mumkin 
    (tezlik soni – maksimal to„rtta). Katta tezlikka ega elektrodvigatellarning qulayligi 
    shundan iboratki, ular o„zgaruvchan tezlik (bosqichma-bosqich) bilan ishlashi 
    mumkin. 
    Uch fazali asinxron elektrodvigatellar yopiq (suyuqlik tomchilari va changdan) 
    holda, yopiq va shamollatiladigan holda, yopiq va shamollatiladigan yuqori ishga 
    tushirish momentiga ega holda, yuqori sirpanishli yopiq va boshqa holda ishlab 
    chiqariladi. 
    Tayanchga mahkamlash konstruksiyasi bo„yicha elektrodvigatellar flanetsli, 
    chiqish qismi pastda joylashgan vertikal, siljiydigan (sirpanadigan) plitali va 
    o„rnatiladiganga ajraladilar. Elektr harakatga keltiruvchi sifatida tizim 
    elektrodvigatellari (chiziqli elektrodvigatellar) va solenoidlar (elektromagnitlar) ham 
    xizmat qilishlari mumkin. 
    Gidravlik harakatga keltiruvchi ishchi suyuqlikni gidrosistemaga va undagi 
    bosim va sarf meyorini ta‟minlab turuvchi nasosdan uzatuvchi (mineral va kastor 
    yog„i, glitserin, suv va boshqalar, harakatni ishchi mexanizmga uzatuvchi) 
    gidrodvigateldan, nasos va gidrodvigatelni bog„lovchi quvurlardan, ishchi 
    suyuqliklarni saqlovchi idishlardan, ishchi suyuqliklarni tozalash (filtrlash) va 
    sovutish qurilmalaridan tashkil topgan. Ishchi suyuqlikni uzatish uchun shesternyali 
    (parrakli), porshenli va boshqa turdagi nasoslar qo„llaniladi. 


    Ўзг. Бет
    т 
    Ҳужжат № 
    Имзо 
    Сана 
    Бет 
     
    Gidrodvigatellar rotatsion, buriladigan va porshenli (gidrotsilindrlar) 
    bo„ladilar. Birinchilari ish mexanizmini aylanma, ikkinchilari – burilish va 
    uchinchilari – oldiga va kelish-qaytma harakatga keltiradilar. 
    Pnevmatik harakatga keltirishda ishchi vosita sifatida qisilgan havodan 
    foydalaniladi. Uzatgich tarkibiga sistemaga havo puflaydigan kompressor, havo 
    zahirasini hosil qilish uchun resiver (germetik idish); filtrlar; quvurlar; 
    pnevmodvigatellar; nazorat va avtomatika asboblari kiradi. Pnevmodvigatellar 
    rotatsion, porshenli, membranali va boshqa turli bo„ladi. Porshenli keng tarqalgan. 
    Ishchi mexanizmi - harakatni harakatlantiruvchidan texnologik uskunaning 
    ishchi organlariga uzatish uchun xizmat qiladi. 
    Bu mexanizm uzatma bilan bog„langan yetaklovchi zvenodan va ishchi 
    organlar bilan bog„langan yetaklanuvchi zvenodan iborat. Ishchi mexanizm 
    faoliyatini baholaydigan asosiy ko„rsatkich – uzatish (soni) nisbati. 
    U quyidagilar nisbati bilan ifodalanadi: tishli uzatkichlarda yetaklovchi va 
    yetaklanuvchi tishlar sonining yetaklovchi va yetaklanuvchi shesternyalar diametriga; 
    tishli va tasmali uzatkichlarda yetaklanuvchi shesternya (shkiv) aylanish 
    chastotasining yetaklovchi shesternya (shkiv) aylanish chastotasiga. 
    Uzatish mexanizmi ishchi organlar ishlash sharoiti bilan baholanadi. 
    Quyidagi uzatish mexanizmlari mavjud: 
    Uzluksiz ishlaydigan mexanizmlar – ish organlari ishlov berilayotgan mahsulot 
    bilan mexanizmlarning butun sikli davrida doimiy kontaktda bo„ladilar; 
    Davriy ishlaydigan mexanizmlar – ish organlari ishlov berilayotgan mahsulot 
    bilan uzatish mexanizmi harakatining bir qismi davomida kontaktda bo„ladilar, 
    qolgan vaqtda ishsiz holatda bo„ladilar. 
    Uzatish mexanizmlari qattiq va yumshoq bo„lishi mumkin. Tishli, chervyakli, 
    richagli, krivoship-shatunli, sharnirli, krest ko„rinishli, prujinali, planetar, friksion va 
    differensial turdagilar qattiq uzatish mexanizmlariga kiradi. Yumshoq uzatish 
    mexanizmlari – tasmali, zanjirli, tasmali va hokazolar kichik uzatish nisbatida, hamda 
    qattiq mexanizmlar bilan birga ishlatiladi. 


    Ўзг. Бет
    т 
    Ҳужжат № 
    Имзо 
    Сана 
    Бет 
     
    Ishchi organlar ishlov berilayotgan mahsulotga bevosita energetik (mexanik, 
    issiqlik) ta‟sir ko„rsatish yoki ishlov berilayotgan mahsulotning ishchi vosita yoki 
    energetik maydon bilan o„zaro ta‟sirda bo„ladigan sharoit yaratish uchun xizmat 
    qiladi. Bu organlar mahsulot xossalari, ularga beriladigan ishlov usuli, rejimi va 
    yo„nalishidan kelib chiqqan holda har xil konstruksiyada bo„ladilar. 
    Ishchi organlar konstruksiyasi bo„yicha shnek va vintli, barabanli, valsli, 
    membranali va shlangli, tasmali, to„rli, friksion, silindr-porshen juftligida, soplali, 
    forsunkali va diskli bo„lishi mumkin. 
    Ko„rsatadigan ta‟sir bo„yicha ishchi organlarni tozalaydigan, maydalaydigan, 
    aralashtiradigan va issiqlik beruvchi, uzatadigan turda bo„lishi mumkin. 

    Download 0.55 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




    Download 0.55 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta

    Download 0.55 Mb.
    Pdf ko'rish