O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi samarqand qishloq xo’jalik institut




Download 1.64 Mb.
bet12/18
Sana24.03.2017
Hajmi1.64 Mb.
#1472
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
III. KONSTRUKTIV QISM

III.1. Аvtomatik ravishda ishlaydigan elektrodvigatelli ventilyatorning tuzilishi va ishlashi

Аvtomatik ravishda ishlaydigan eliktrodvigatelli ventilyatorning umumiy ko’rinishi 2-rasmda keltirilgan. Tuzilishi 1-elektrodvigatel; 2- tutuvchi xalqa; 3-tutashtiruvchi plastina; 4-xalqasimon kojux; 5- taglik rezina; 7-vetilyator asosi, 8-ventilyator parragi; 9-vetilyator parragining to’g’ini; 10-kontakli datchik; 11- kontakli datchik biriktiriladigan vtulka; 12- taglik rezinaning ichki vtulkasi.

3-rasmda tutuvchi xalqaning, 4-rasmda tutashtiruvchi plastinaning, 5-rasmda taglik rezinaning, 6 –rasmda taglik rezinaning ichki vtulkasining, 7-rasmda kontaktli datchik biriktiriladigan vtulkaning va 8-rasmda ventilyator parragi to’g’inining ko’rinishi va o’lchamlari keltirilgan

Аvtomatik ravishda ishlaydigan eliktrodvigatelli ventilyator asosini xalqasimon kojux tashkil etadi, unga har 1200 burchak ostida 3 ta plastina yordamida elektrodvigatel tutqichi xalqasimn tayanchga boltlar yordamida biriktiriladi. Elektrodvigatel o’qiga esa ventilyator parragi qotirilgan. Elektrodvigatel esa uch joyidan tutqichga biriktiriladi.

Elektrodvigatel tutuvchi xalqaga boltlar yordamida rezinali taglik orqali biriktiriladi. Rezinali taglik kanovkasiga vtulka kiygizilgan. Shu vtulka orqali bolt o’tadi. Rezina taglikni ikki tarafiga shayba qo’yilib so’ng boltning gaykasi qotiriladi. Rezina taglik vibratsiyani so’ndirish uchun xizmat qiladi.

Ventilyator parragi plasmassadan tayyorlangan. Parrakning elektrodvigatel ratori o’qiga biriktiriladigan joyiga maxsus metal xalqa presslab kiygizilgan. Bu esa parrakni rotor o’qiga bolt bilan qotirishda sinmasligi uchun imkon yaratadi.

Dvigatel qiziganda elektrodvigatelni Аvtomatik ravishda elektr manbaiga (generatorga ) ulash uchun Аvtomatik datchik dvigatel karter osti poddoning o’ng tarafini o’rta qismining pastgi qirrasiga tutashadigan qilib payvandlangan vtulkaga qotirilgan va datchik kantaktlarining biri tok manbaining musbat klenmasiga, ikkinchisi esa elektrodvigatelga o’tkazgich simlar orqali ulangan. Karterdagi moy temperaturasi
900 C ga yetganda (issiqlikdan chiziqiy kengayish natijasida) Аvtomatik datchikning qo’zg’aluvchan plastinasi qo’zg’almas plastinaga borib tegadi natijada tok manbaidan o’tkazgich orqali elektrodvigatel cho’lg’amiga borib uning ratori aylana boshlaydi va rator o’qiga biriktirilgan ventlyator parragi aylanib silindr va silindralr kallagi qovurg’alari orasiga havo haydab uni sovitadi.

Agar karterdagi moy temperaturasi 900 dan kamaysa u holda Аvtomatik datchekning qo’zg’aluvchan kantagi qo’zg’almas kantakdan ajraladi, natijada elektrodvigatel tok manbaidan uzilib ventilyator parragi aylanishdan to’xtaydi va shu tariqa ish jarayoni takrorlanadi.




2-rasm:Аvtomatik ravishda ishlaydigan eliktrodvigatelli ventilyatorning umumiy ko’rinishi.
1-elektrodvigatel; 2- tayanch xalqa; 3-tutashtiruvchi plastina; 4-xalqasimon kojux; 5- taglik rezina; 7-vetilyator asosi, 8-ventilyator parragi; 9-vetilyator parragining to’g’ini; 10-kontakli datchik; 11- kontakli datchik biriktiriladigan vtulka; 12- taglik rezinaning ichki vtulkasi.



Download 1.64 Mb.
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Download 1.64 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston respublikasi qishloq va suv xo’jaligi vazirligi samarqand qishloq xo’jalik institut

Download 1.64 Mb.