• Aksiyalar bozori kapitallashuvi boʻyicha eng katta birjalar oʻntaligi, milliard AQSH dollarida 39
  • Xorijiy aksiyalar afzalliklari va kamchiliklari




    Download 4,09 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet72/225
    Sana23.06.2024
    Hajmi4,09 Mb.
    #265242
    1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   225
    Bog'liq
    Moliya-bozori-va-moliyaviy-texnologiyalar-26.01.2022

    Xorijiy aksiyalar afzalliklari va kamchiliklari 
     
    Afzalliklari 
    Kamchiliklari 
    Aksiyalar oldi-sotdisida valyuta kon-
    vertatsiyasini amalga oshirishga zaru-
    rat yoʻqoladi, valyuta riski kamayadi. 
    Investorlar belgilangan soliqlar va 
    chegaralashlardan qochadi. 
    Siyosiy, iqtisodiy risklar, likvidlilik 
    riski pasayadi. 
    Mamlakatda xorijiy aksiyalarga nisba-
    tan maʼlum tartib qoida belgilab qoʻ-
    yilishi. 
    Xorijiy kompaniyalarga nisbatan ak-
    siyalar miqdori, moliyaviy hisobotlar 
    va boshqa jihatlar boʻyicha qatʼiy 
    talablar belgilanishi. 
    Mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish darajasidan kelib chiqqan 
    holda xalqaro aksiyalar bozori yetakchi va rivojlanayotgan bozorlarga 
    boʻlinadi. Bunda yetakchi xalqaro aksiyalar bozoriga AQSH, Buyuk 
    Britaniya, Yaponiya, Yevropa ittifoqi mamlakatlari, Kanada, Avstra-
    liya kabilar kiritiladi va ularda aksiyalar savdosi rivojlangan tashkiliy 
    va huquqiy tizimga, yuqori kapitallashuv darajasiga, birja orqali tash-
    killashtirilgan savdo hajmining keskin yuqoriligi kabilar bilan tavsif-


    131 
    lanadi. 2017 yil holatiga koʻra aksiyalar boʻyicha kapitallashuv darajasi 
    eng yuqori savdo maydonlari quyidagi rismda keltirilgan (8.2-rasm). 
    8.2-rasm.
     Aksiyalar bozori kapitallashuvi boʻyicha eng katta birjalar 
    oʻntaligi, milliard AQSH dollarida
    39
     
    Rivojlanayotgan xalqaro aksiyalar bozoriga rivojlanayotgan dav-
    latlar va oʻtish iqtisodiyoti mamlakatlari kiritilgan holda ular oʻsish 
    surʼati yuqoriligi, risk darajasi yuqoriligi, kapitallashuv darajasining 
    pastligi va huquqiy tartibga solish mexanizmining takomillashmagan-
    ligi, ayni paytda rivojlanishda ekanligi kabilar bilan tavsiflanadi. 
    Jahondagi mashhur moliya institutlari tomonidan ishlab chiqilgan 
    xalqaro aksiyalar indekslari xalqaro aksiyalar bozori rivojlanish 
    indikatorlari hisoblanadi. Dastlabki xalqaro fond indekslaridan biri 
    EAFE Index (Yevropa, Avstraliya va Uzoq sharq fond indeksi) 
    hisoblanib, Buyuk Britaniya, Yaponiya, Fransiya, Germaniya, 
    Gonkong, Shveysariya, Avstraliya, Italiya, Gollandiya, Malayziya, 
    Avstriya va boshqa jami 21ta davlatdagi 2000dan ortiq kompaniyalar 
    aksiyalari asosida aniqlanadi. Shuningdek xalqaro aksiyalar bozori 
    indekslari sifatida Buyuk Britaniya aktuariylari instituti tomonidan 
    ishlab chiqilgan FTW indeksi (The Financial Times World Index), 
    GlobalIndex, SB-RGE kabilarni ham keltirish mumkin. Shuningdek, 
    1999 yildan DJGTIndex ham hisoblanib, dunyodagi 8 ta yirik fond 
    39
    https://www.statista.com/statistics/264661/domestic-market-capitalization-worldwide-top-10/ 
    Nyu-York fond birjasi 
    NASDAQ 
    London fond birjasi 
    Tokio fond birjasi 
    Shanxay fond birjasi 
    Gongkong fond birjasi 
    Yevronekst 
    Toronto fond birjasi 
    Shenjen fond birjasi 
    Frankfurt fond birjasi 


    132 
    bozorlariga ega davlatlar – AQSH, Buyuk Britaniya, Fransiya, 
    Yaponiya, Germaniya, Italiya, Shveysariya va Gollandiyadagi 50 ta 
    kompaniya asosida hisoblanadi. 
    1998 yil martdan AQSH fond bozorida savdo qilinadigan amerika 
    depozitar tilxatlarining birinchi indeksi sifatida Bank of New York 
    (Nyu-York banki) indeksi hisoblana boshlandi. Bu indeks real vaqt 
    rejimida umumiy kapitallashuvi 3,1 trillion AQSH dollaridan ortiq 
    boʻlgan 36ta mamlakatdan 431ta kompaniya maʼlumotlari asosida 
    hisoblanadi. 
    Aksiyalarni xalqaro fond bozorlarida joylashtirishda depozitar 
    tilxatlar qoʻllanilishini yuqorida ham taʼkidlagan edik. Depozitar 
    tilxatlar – ikkilamchi qimmatli qogʻozlar boʻlib, nominal qiymatga ega 
    boʻlmagan qimmatli qogʻoz boʻlib, u taqdim etiladigan qimmatli 
    qogʻozlarning muayyan soniga boʻlgan mulk huquqini tasdiqlaydi va 
    uning egasining ushbu qimmatli qogʻoz emitentidan depozitar tilxat 
    oʻrniga taqdim etiladigan qimmatli qogʻozlarning tegishli sonini 
    olishini hamda taqdim etiladigan qimmatli qogʻozlar bilan mustahkam-
    langan huquqlarning depozitar tilxat egasi tomonidan amalga 
    oshirilishi bilan bogʻliq xizmatlar koʻrsatilishini talab qilish huquqini 
    mustahkamlaydi. 
    Xalqaro aksiyalar bozorida qoʻllaniladigan depozitar tilxatlarning 
    asosiy turlari quyidagilar: 
    - amerika depozitar tilxatlari (ADR); 
    - yevropa depozitar tilxatlari (YEDR); 
    - global depozitar tilxatlari (GDR). 
    Amerika depozitar tilxatlari – maʼlum bir miqdordagi amerika 
    depozitar aksiyalariga egalikni tasdiqlovchi sertifikatdir. Yevropa 
    depozitar tilxatlari Yevropa banklari tomonidan Yevropa ittifoqi 
    mamlakatlaridan tashqarida joylashtirilgan kompaniyalar aksiyalariga 
    egalik qilishni tasdiqlovchi qimmatli qogʻozdir. Global depozitar 
    tilxatlar esa AQSH fond bozorlarida, shuningdek boshqa davlatlar fond 
    bozorlarida taklif qilinadi va joylashtiriladi. Umumiy holda amerika 
    depozitar tilxatlari va global depozitar tilxatlarni muomalaga kiritish 
    bosqichlari quyidagilar (8.3-jadval). 
     
     


    133 
    8.3-jadval 

    Download 4,09 Mb.
    1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   225




    Download 4,09 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Xorijiy aksiyalar afzalliklari va kamchiliklari

    Download 4,09 Mb.
    Pdf ko'rish