• Mustahkamlash uchun savollar
  • О‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi mehnat ta’limi (texnologiya)




    Download 7.69 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet8/149
    Sana12.05.2023
    Hajmi7.69 Mb.
    #58744
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   149
    Bog'liq
    texnologiya 7 uzb
    C TILI VA DASTUR TUZILISHI, amaliy immun 2-kurs (2), Biotex leksiya, Kvant fizika, Arxiv, 9 sinf, 9-синф иқтисод, Yopiq tеst savollari 1 varian, 1-amaliyot, texnik tizimlarni boshqarish (2), true-or-false-statements-ks2-reading, 7-amaliy ish, Mavzu Dasturiy ta\'minot, Dasturiy ta\'minot
    5-rasm. Iskanalar: 
    a) o‘yuvchi iskana 
    b) yo‘nuvchi (qirquvchi) iskana
     а)
    b) 


    17
    Yo‘nuvchi iskanalar yordamida yo‘nish yo‘li bilan taxtalarning 
    chetlariga faska chiqariladi, tirnoqlar rostlanadi, teshik, uyalar yo‘nib 
    kengaytiriladi. Shuningdek, yumshoq va yupqa taxtalar o‘yib teshiladi. 
    Qalin va qattiq yog‘ochlarni o‘yish-teshish ishlari o‘yuvchi iskanalar 
    yordamida bajariladi. 
    Yo‘nuvchi iskanalar yupqa, o‘yuvchi iskanalar qalin bo‘ladi. Bundan 
    qat’iy nazar, ularning eni har xil o‘lchamda tayyorlanadi. Yo‘nuvchi 
    iskanalarning eni 4 mm dan 40 mm gacha, o‘yuvchi iskanalarning eni 
    6 mm dan 20 mm gacha bo‘ladi.
    O‘yish-teshish ishlarida quloq, uya va teshiklarning kengligiga qarab 
    unga mos iskanalar tanlanadi. Teshik enidan katta iskana ishlatishga 
    ruxsat etilmaydi. Kichik o‘lchamdagi iskanalar bilan esa katta teshik va 
    uyalarni ochish ham mumkin.
    Yog‘och taxtalarni yo‘nish, o‘yish-teshishda nov shaklidagi iskanalar 
    ishlatiladi. Ular yordamida silindrik teshik va uyalar o‘yish, sirtlarda 
    nov ochish ishlari bajariladi. Nov shaklidagi iskanalar har xil o‘lchamda 
    tayyorlanadi. (6-rasm)
    Iskanalar bir tomonlama charxlanadi. Yo‘nuvchi iskanalarning 
    o‘tkirlik (charxlash) burchagi 18–25°, o‘yuvchi iskanalarning o‘tkirlik 
    burchagi 25–35° atrofida bo‘ladi.
    6-rasm. Nov iskana turlari.
    Iskanalarning dastalari zarang, qora qayin, qayrag‘och, yong‘oq 
    kabi pishiq yog‘ochlardan tayyorlanib, uchiga metall halqa kiydiriladi. 
    Halqalar iskanaga bolg‘a bilan urishda dastani yorilishdan saqlaydi. 
    Iskanalar yog‘och to‘qmoq bilan uriladi. Iskana dastalari plastmassadan 
    ham tayyorlanadi.


    18
    Mustahkamlash uchun savollar:
    1. O‘lchov andozalari nima uchun ishlatiladi?
    2. Yog‘ochni arralash uchun qanday arralar ishlatiladi?
    3. Arralar bir-birlaridan qaysi belgilariga qarab farqlanadi?
    4. Iskanalar qanday turlarga bo‘linadi?
    5. O‘yuvchi iskanalar bilan qaysi ishlar bajariladi?
    6. Yo‘nuvchi iskanalarni tig‘i qanday shakllarda bo‘ladi?
    7. Kesuvchi iskanalar bilan qanday ishlar bajariladi?
    8. Iskana bilan ishlashda qanday xavsizlik qoidalariga rioya qilish shart?

    Download 7.69 Mb.
    1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   149




    Download 7.69 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    О‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi mehnat ta’limi (texnologiya)

    Download 7.69 Mb.
    Pdf ko'rish