• Amaliy mustaqil ishlar: Jihozlar
  • Yog‘ochni quritish va saqlash qoidalari
  • Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar




    Download 7.69 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/149
    Sana12.05.2023
    Hajmi7.69 Mb.
    #58744
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   149
    Bog'liq
    texnologiya 7 uzb
    C TILI VA DASTUR TUZILISHI, amaliy immun 2-kurs (2), Biotex leksiya, Kvant fizika, Arxiv, 9 sinf, 9-синф иқтисод, Yopiq tеst savollari 1 varian, 1-amaliyot, texnik tizimlarni boshqarish (2), true-or-false-statements-ks2-reading, 7-amaliy ish, Mavzu Dasturiy ta\'minot, Dasturiy ta\'minot
    Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar: 
    1. Yog‘ochning sifati qanday usullar bilan aniqlanadi?
    2. Yog‘och olinadigan daraxtni kuzatishda nimalarga e’tibor berish 
    kerak?
    3. Yog‘ochning qattiqligi qanday sinab ko‘riladi?
    4. Yog‘ochning rangi va guldorligi qanday aniqlanadi?
    5. Yog‘ochning zararli ta’sirlarga chidamliligini oshirish uchun nimalar 
    qilinadi?
    Amaliy mustaqil ishlar: 
    Jihozlar: Daraxtdan olingan yog‘och bo‘laklari, yog‘och na-
    munalar.
    Ish bajarish tartibi:
    1. O‘zingiz tanlagan biror daraxtning turli qismlaridan qanday 
    yog‘och olish mumkinligini belgilang.
    2. Ayrim imoratlardagi yog‘ochlarning qanday sharoit tufayli uzoq 
    yillar xizmat qilayotganini aniqlang.
    Yog‘ochni quritish va saqlash qoidalari 
    Duradgorlik o‘quv ustaxonalaridagi mashg‘ulotlarda nam yog‘och-
    lardan buyumlar yasash tavsiya etilmaydi. Shuning uchun ularni dastlab 
    quritish lozim. Ammo ishlab chiqarishda foydalaniladigan yog‘ochlar 


    8
    ma’lum darajada nam bo‘ladi. Suv yog‘och xujayralarining devorchalari 
    orqali singib, ularning ichi va oralariga joylashadi. Xujayra devorchalariga 
    shimilgani suv gigoskopiya suv, xujayralarning ichi va orasiga singan 
    suv erkin tomchi deb ataladi. 
    Yog‘ochning namligi laboratoriya sharoitida asosan ikki usulda uning 
    nam va quritilgan xoldagi oralig‘ini o‘lchash yoki namlikni o‘lchaydigan 
    asbob elektr nam o‘lchagich yordamida aniqlanadi. 
    Yog‘och namligini tortish yo‘li bilan aniqlash uchun taxta yoki 
    gullarning uchidan 0,5 sm qismi kesib tashlanadi, qolgan qismidan 10–
    15 mm qalinlikda butoqsiz va biron nuqsonsiz namuna arralab olinadi. 
    Uni tozalab texnik tarozida 20 mg aniqlik bilan tortiladi. So‘ng quritish 
    shkafida 100–105
    0
    C haroratda quritiladi. Namuna birinchi marta olti 
    soatdan so‘ng tortib quritiladi, undan keyingi tortishlar har 2 soatda 
    takrorlanadi. Quritish namunaning og‘irligi o‘zgarmay qolguncha 
    davom etadi. Yog‘ochning namligi undagi suv miqdorining mutloqo 
    quruq yog‘och oralig‘iga yoki zichligiga nisbatan aniqlanib, foizlarda 
    ifodalanadigan kattalikdir.
    Yog‘och namligini aniqlashning ikkinchi usulida yog‘och namligi 
    nam o‘lchagich yordamida qisqa vaqt ichida aniqlanadi. 
    Asbobning ishlash prinsipi yog‘ochning elektr o‘tkazuvchanligiga 
    asoslanadi. Yog‘ochning namligi qancha yuqori bo‘lsa, u elektr 
    tokini shuncha yaxshi o‘tkazadi. Mutloq quruq yog‘och elektr tokini 
    o‘tkazmaydi. 
    Yog‘och quritilganda avval undagi erkin suv, keyin gigroskopik suv 
    bug‘lanadi. Yog‘ochlar ta’biiy va suniy usullarda masalan ochiq xavoda, 
    ildizda, yopiq xonalarda, maxsus jixozlangan kameralarda qizdirilgan 
    xavo bilan quritiladi. Ochiq xavoda quritish usuli quritilishi lozim 
    bo‘lgan yog‘och materialni ochiq xavoda to‘g‘ri saqlashdan iborat 
    bo‘lib, bunda yog‘och xavo ta’sirida sekin-asta quriydi. 
    Yog‘ochni ta’biiy va sun’iy usulda quritish quyidagi ketma ketlikka 
    asoslangan. Quritilayotgan yog‘och atrofidan, oralaridan esgan issiq 
    quruq yoki shamollatish vaqtida esgan qizdirilgan xavo yoki yog‘och 
    tarkibidagi namlikni olib ketadi. Xavo oqimi qancha kuchli bo‘lsa, 
    yog‘och shuncha tez quriydi. 


    9
    Yog‘ochlarni quritishda quritish rejimi katta ahamiyatga ega, haroratni, 
    namlik va havo oqimini boshqarish bilan yog‘ochning yorilmasdan, tob 
    tashlamasdan qurishini ko‘rish mumkin.
    Yog‘och materiallarini ta’biy holda quritish va saqlash davlat 
    standartlariga muofiq bajariladi. Tabiiy quritishda yog‘ochlar to‘g‘ri 
    xolda saqlanadi. Bunda: 
    Yog‘och saqlanadigan joy maydonining atrofi va usti nishab bo‘lib, 
    yog‘in - sochin suvlari to‘planmasligi kerak. 
    Yog‘och materiallari tagida va atrofida poyraxa, arra qipig‘i, chirigan 
    tarasha, yoki daraxt po‘stlog‘i va axlat bo‘lmasligi kerak. 
    Yog‘och saqlanadigan ombor yoki imoratlar maydonidan kamida 
    50 m uzoqlikda bo‘lib, panjara yoki sim to‘siq bilan o‘ralgan bo‘lishi 
    lozim.
    Yog‘och materiallar maxsus poydevorga o‘rnatilgan taglikka 
    taxlanishi zarur. Ularning shu tarzda taxlangan turi yog‘och g‘arami 
    deb ataladi.
    Yog‘och g‘aramlari
    ostiga qo‘yiladigan yog‘och taglik antiseptik 
    moddalar bilan bo‘lishi kerak.
    Tagliklar yog‘och g‘aramlarning turi, o‘lchamlariga qarab tayyorlanib, 
    balandligi 50 sm dan kam bo‘lmasligi kerak.
    Bargli daraxtlar yog‘ochlaridan tayyorlangan taxta materiallar 
    yog‘och g‘aramlarga 1,5–2 m, balandligi 8–11 m taxlanadi. Taxtalar 
    orasiga past sifatli taxtalardan qistirma-qo‘yib ketiladi. Taxtalar orasiga 
    qo‘yiladigan pona yog‘och g‘arami osti to‘sinining ustiga bir yo‘nalishda 
    tik joylashtirilib boriladi.
    Bargli daraxt yog‘ochlaridan tayyorlangan taxtalar yog‘och g‘aramiga 
    5–10 sm taxlanadi. Yog‘och g‘aramining balandligi, tagligining 
    kengligiga qarab, 6 m dan oshmasligi kerak.
    Taxtalarning yog‘in – sochin, quyosh ta’siridan saqlash maqsadida 
    yog‘och g‘aramlarning usti past sortli taxtalar bilan nishab qilib 
    yopiladi. Shuningdek, taxtalarni taxlashda yuqori qavatdagi taxtalar 
    pastki qavatdagilarga soya beradigan qilib taxlanadi. Tabiiy quritish 
    materiallarining qalin-yupqaligiga, yog‘och turiga, namligiga, haro ratiga, 


    10
    Yog‘ochlarni ta’biiy holda quritish eng oddiy, oson va arzon usulidir. 
    O‘quv ustaxonasida ishlatiladigan yog‘och materiallari ham ko‘pincha 
    tabiiy usulda quritiladi. Buning uchun quritiladigan yog‘och materiallar 
    maktab sharoitiga qarab bostirmalarda, ombor, chordoqlarda maxsus 
    tagliklar ustiga qo‘yib saqlanadi. Qish faslida yog‘och materiallar 
    tezroq qurish uchun ulardan keragi qirqib olinib, o‘quv ustaxonalarida 
    saqlanadi, ba’zan isitish tarmog‘idagi batareyalar ustiga yoki pechkalar 
    yoniga terib qo‘yiladi. Yog‘ochlarni suniy quritish kameralarda olib 
    boriladi. Bu usulda quritiladigan material kameraga terib taxlanadi va 
    issiq xavo yuboriladi. Kamerada quritish ta’biiy quritishga qaraganda 
    qator afzalliklarga ega.
    Kamerada yog‘och juda qisqa vaqt ichida quriydi va katta maydonlar 
    bo‘lishini talab etmaydi. Kamerada yog‘ochni xoxlagan namlikgacha 
    quritish mumkin. Kamerada haroratning yuqori bo‘lishi tufayli chirituvchi 
    zamburug‘lar rivojlanmaydi. 
    Kamerada quritilishni aniq boshqarish mumkinligi sababli yorilish 
    va tob tashlashning oldini olish mumkin. Haroratning yuqori bo‘lishi 
    natijasida nina bargli yog‘ochning smolasi qotib qolib, u keyinchalik 
    buyum sirtiga chiqmaydi. Ko‘p yoqilg‘i va kamera quritishning 
    kamchiligi hisoblanadi.
    yil fasllariga qarab 7 kundan 70 kungacha, ba’zan yil bo‘yi davom etadi 
    (1- rasm).

    Download 7.69 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   149




    Download 7.69 Mb.
    Pdf ko'rish