• 4-rasm. Arra turlari
  •  ASBOB-USKUNALAr, MOSLAMALAr VA ULArDAN




    Download 7.69 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet7/149
    Sana12.05.2023
    Hajmi7.69 Mb.
    #58744
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   149
    Bog'liq
    texnologiya 7 uzb
    C TILI VA DASTUR TUZILISHI, amaliy immun 2-kurs (2), Biotex leksiya, Kvant fizika, Arxiv, 9 sinf, 9-синф иқтисод, Yopiq tеst savollari 1 varian, 1-amaliyot, texnik tizimlarni boshqarish (2), true-or-false-statements-ks2-reading, 7-amaliy ish, Mavzu Dasturiy ta\'minot, Dasturiy ta\'minot
    1.2. ASBOB-USKUNALAr, MOSLAMALAr VA ULArDAN 
    FOYDALANISh
    Yog‘ochga ishlov berishda qo‘l asboblaridan foydalanish 
    texnologiyasi
    Yog‘ochdan turli buyumlar tayyorlash uchun yog‘och materiallarni 
    o‘lchash va rejalash kerak bo‘ladi. Buning uchun maxsus asboblardan 
    foydalaniladi.
    O‘lchash deb yog‘och materialning o‘lchamlarini va shaklini 
    aniqlashga aytiladi. Bu asboblarga chizg‘ichlar, metr, ruletka, go‘niyalar, 
    xatkash va o‘lchov andozalari kiradi.
    O‘lchov andazalari bir xil buyumni ko‘plab tayyorlashda qo‘llaniladi. 
    O‘lchov andazasi bir xil uzunlikni ko‘p marta o‘lchash uchun kerakli 
    kattalikda tayyorlangan reyka, tayoqcha yoki shu kabilardan iborat. 
    Tayyor buyum namunasidan ham foydalansa bo‘ladi.
    Arralar. 
    Yog‘och materiallaridan buyumlar tayyorlashda yog‘ochni turli 
    yo‘nalishlarda arralash ishlarini bajarish uchun kerak bo‘ladi. Bunda 
    yog‘ochni ko‘ndalangiga, bo‘yiga, xar xil qiyalikda ham turli egri 
    chiziqlar bo‘ylab qirqiladi. Bu ishlar asosan har turli arralar yordamida 
    arralash orqali bajariladi. Bu arralar tuzilishiga ko‘ra qo‘l kuchi 
    ishlatiladigan, elektr va zanjirli arralarga bo‘linadi. Yog‘ochdan boshqa 
    materiallarni arralash uchun maxsus arralar ishlatiladi. 
    Arralar qo‘l arra (dasta arra), ikki kishi birgalikda ishlatiladigan sarjin 
    (g‘o‘labo‘r) arra va taxtabur arralarga bo‘linadi. Arralarning turlari ko‘p 
    bo‘lib, ularning asosiy qismi po‘latdan tayyorlanadi. Arra tanasining 


    15
    а) b) d) 
    4-rasm. Arra turlari: a) burcharra b) g‘o‘labo‘rarra 
    d) dastarra;
    Qo‘l arralari burcharra, burama yoy arra deb 
    ataladigan turlari ham bor.
    Burcharralar tanasi yupqa bo‘lib, tor iz hosil qilish orqali aniq arralash 
    ishlarini bajarish uchun xizmat qiladi. Shu bilan birga arralash uchun 
    kamroq kuch sarflash imkonini beradi. Ularni ishlatish vaqtida yupqa 
    tanasini tarang tutib turish uchun maxsus moslamadan foydalaniladi. 
    Moslamaga o‘rnatilgan burcharraning tuzilishi arra tanasi, 2 ta quloq, 
    2 ta dasta, 1 ta kergi chilvir va burov tayoqchasidan iborat.
    Bu arrani ishlatish vaqtida tanasini tarang tutib turish uchun chilvir 
    orasidan o‘tkazilgan burov tayoqchasini aylantirib chilvirni taranglash 
    kerak. Burch arralar kashakli arra, yoy arra deb ham ataladi. 
    Burilma yoy arralar taqasimon tutqichga maxkamlanadi. Ular yupqa 
    ensiz va kalta arra tanasidan iborat ixcham qo‘larra bo‘lib, faner, yupqa 
    taxta va boshqa materiallardan shakldor buyumlar arralash uchun 
    ishlatiladi. Bunday arralar tanasining qalinligi 0,6–1,25 mm eni 2–10 
    mm, uzunligi 200–350 mm gacha bo‘ladi. Burilma arralarning lobzik 
    yoki qil arra deb ham ataladi. 
    uzun tomoni yonidan arra chiqariladi. Arra tanasining uzunligiga ko‘ra 
    uzun va qisqa, qalinligiga ko‘ra qalin va yupqa, kengligiga ko‘ra keng, 
    tor, ingichka va qil arra turlariga bo‘linadi. Tishning tuzilishiga ko‘ra 
    bir tomonga arralaydigan, ikki tomonga arralaydigan hamda tishining 
    kattaligiga ko‘ra yirik, o‘rta, mayda tishli arralarga ajratiladi. Bu arralar 
    faner va yog‘ochdan shakldor buyumlarni arralash uchun ishlatiladi. 


    16
    Sarjin arra yog‘och g‘o‘lalarini 2 kishi bo‘lib arralash uchun 
    ishlatiladi. Bu arralarning tanasi uzun va keng bo‘lib, uning ikki uchiga 
    yog‘och dastalar o‘rnatiladi. Bu dastalarning o‘q chizig‘i arra tanasi 
    bilan bir xil tekislikda o‘rnatiladi. Sarjin arrani g‘albo‘r arra deb ham 
    ataladi. Ularning tanasi turli uzunlikda tayyorlanadi. Taxtabo‘r arra 
    yo‘g‘on yog‘ochlardan ikki kishi bo‘lib taxta tilishda ishlatiladi. Bu 
    arradan foydalanishda yog‘ochni taxta tiluvchilarning biri uning ostida 
    va ikkinchisi ustida turib arralashlari uchun maxsus tayyorlangan joyga 
    mahkamlanadi. Taxtabo‘r arraning dastalari uning tanasi tekisligini ikki 
    yoniga tik chiqib turadigan xolatda o‘rnatiladi. 
    Arralar vazifasiga ko‘ra qirquvchi, tiluvchi arralariga bo‘linadi. Bu 
    arralar bir-biridan tishlarining shakli bilan farq qiladi. 
    Qirquvchi arralar yog‘ochni ko‘ndalang qirqish uchun ishlatiladi. 
    Ularning tishlari teng yoki uchburchak shaklida bo‘lib, ular arra 
    tanasining davomidan o‘tkir uchlari tashqariga tik yo‘nalgan xolda 
    chiqariladi. 
    Tiluvchi arralar yog‘ochni bo‘yiga arralab tilish uchun ishlatiladi. 
    Ularning tishi o‘tkir burchakli bo‘lib, ular arra tanasi davomidan 
    tashqarida tik yo‘nalgan uchburchak shaklida chiqariladi. 
    Duradgorlik iskanalari. Yog‘och materiallardan turli xil buyumlar 
    tayyorlashda ularning qismlari ko‘pincha “tirnoq” chiqarish yo‘li bilan 
    biriktirilib, bunda o‘yish-teshish ishlari bajariladi. Bu maqsadda har hil 
    duradgorlik iskanalaridan foydalaniladi.
    Duradgorlik iskanalari vazifasiga ko‘ra yo‘nuvchi va o‘yuvchi 
    iskanalarga bo‘linadi (5-rasm).

    Download 7.69 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   149




    Download 7.69 Mb.
    Pdf ko'rish