Yog‘ochning haroratga, namlikka, mikroorganizmlarga va boshqa




Download 7.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/149
Sana12.05.2023
Hajmi7.69 Mb.
#58744
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   149
Bog'liq
texnologiya 7 uzb
C TILI VA DASTUR TUZILISHI, amaliy immun 2-kurs (2), Biotex leksiya, Kvant fizika, Arxiv, 9 sinf, 9-синф иқтисод, Yopiq tеst savollari 1 varian, 1-amaliyot, texnik tizimlarni boshqarish (2), true-or-false-statements-ks2-reading, 7-amaliy ish, Mavzu Dasturiy ta\'minot, Dasturiy ta\'minot
Yog‘ochning haroratga, namlikka, mikroorganizmlarga va boshqa 
ta’sirlarga chidamliligini ta’minlashga xizmat qiluvchi materiallar
Suv, tuproq havo va boshqa muhitlardagi zararli mikroorganizmlar 
yog‘ochning sirti yoki oraliq to‘qimalariga tushsa, yog‘och
chiriy 
boshlaydi. Shuning oldini olish uchun yog‘ochni quruq holda saqlash 
unga ayrim kimyoyaviy moddalar shimdirish orqali chidamliligini 
oshirish yoki yog‘och sirtini aliflash, loklash hamda turli bo‘yoqlar 
bilan bo‘yash kabi usullar qo‘llaniladi. 
Yog‘och ishqalanishga yaxshi chidamli emas. Shuning uchun 
turli asbob-uskunalarning ishqalanishiga uchrab ishlaydigan qismlari 
yog‘ochdan ko‘ra chidamliroq bo‘lgan boshqa materiallardan tayyor-
lanadi. Yog‘ochning qattiqligi unga boshqa qattiq jismning botishiga 
qarshilik ko‘rsatish darajasi bilan belgilanadi. Yog‘ochning qattiqligini 
aniqlashning eng oddiy usuli unga mix qoqib ko‘rishdan iborat. 
Oddiy mixni qayrag‘och, eman, shamshod, nok, akatsiya kabi qattiq 
yog‘ochlarga qoqib bo‘lmaydi, tol, terak, qarag‘ay kabi yumshoq 
yog‘ochlarga qoqiladi. 
Hamma yog‘och turlari yaxshi yonadigan material hisoblanadi. 
Shuning uchun yog‘ochdan tayyorlangan maxsulotlarni yong‘indan 
saqlash choralari ko‘riladi. Ustaxonada yong‘in chiqishiga qarshi 
xavfsizlik choralarini muntazam bajarib borish shart.
Kuzatish usullari yog‘ochning sifatini belgilashda undan tayyor-
lanadigan buyum kattaligiga mos bo‘lgan sog‘lom qismi bor yoki 
yo‘qligini aniqlashdan iborat. Yog‘ochning ko‘ndalang va bo‘ylama 
qismlarini kuzatish orqali uning ichki qismlari chirimaganligi, boshqa 
turdagi zararlanishga uchramaganligi hamda rangi va guldorligi qanday 
ekanligi aniqlanadi.
Sinab ko‘rish usuli bilan yog‘ochning qattiq-yumshoqligi, zichligi 
hamda turli tashqi ta’sirlarga chidamliligi aniqlanadi. 
Yog‘ochning qattiqligini unga o‘zidan qattiq buyumlarning uchini
tig‘ini, qirrasini ma’lum miqdordagi kuchlar bilan botirib ko‘rish orqali 
aniqlanadi. 


7
Yog‘ochning qancha og‘irlikni egilmasdan ko‘tarib tura olishi tajriba 
yo‘li bilan hamda tegishli hisob-kitoblar orqali aniqlanadi. Bunday 
tajriba va hisob kitoblar binolarni, imoratlarni qurish uchun qanday 
yo‘g‘onlikdagi va uzunlikdagi yog‘ochni ishlatish kerakligi aniqlashda 
yordam beradi. 
Yog‘ochning sifati uning zax va namligiga, suvda va zararli 
mikroorganizmlarga hamda yog‘ochni kemiruvchi qurtlarga chidamlilik 
darajasi bilan ham belgilanadi. 
Yog‘ochning shunday zararli ta’sirlarga chidamliligini oshirish uchun 
unga turli kimyoviy hamda ta’biiy moddalar shimdiriladi, loklanadi, 
bo‘yaladi. 

Download 7.69 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   149




Download 7.69 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yog‘ochning haroratga, namlikka, mikroorganizmlarga va boshqa

Download 7.69 Mb.
Pdf ko'rish