• Yog‘ochning texnologik xossalari.
  • О‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi mehnat ta’limi (texnologiya)




    Download 7.69 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet2/149
    Sana12.05.2023
    Hajmi7.69 Mb.
    #58744
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   149
    Bog'liq
    texnologiya 7 uzb
    C TILI VA DASTUR TUZILISHI, amaliy immun 2-kurs (2), Biotex leksiya, Kvant fizika, Arxiv, 9 sinf, 9-синф иқтисод, Yopiq tеst savollari 1 varian, 1-amaliyot, texnik tizimlarni boshqarish (2), true-or-false-statements-ks2-reading, 7-amaliy ish, Mavzu Dasturiy ta\'minot, Dasturiy ta\'minot
    TEXNOLOGIYA VA DIZAYN YO‘NALIShI
    1. YOG‘OChGA IShLOV BErISh TEXNOLOGIYASI
    1.1. UMUMIY TUShUNChALAr
    Yog‘ochning kimyoviy va texnologik xossalari 
    Yog‘ochning kimyoviy xossalari. Yog‘och asosan organik mod-
    dalardan tashkil topgan bo‘lib, umumiy massasining 99 foizi turli 
    yog‘och navlarining kimyoviy tarkibi deyarli bir xil bo‘ladi. Quruq 
    yog‘och o‘rtacha 49 foizi uglerod, 44 foizi kislorod, 6 foizi vodorod, 0,1–
    0,3 foizi azoddan tarkib topadi. Yog‘och yondirilganda uning noorganik 
    qismidan kul qoladi. Kulning tarkibiga kalsiy, kaliy, natriy, magniy va 
    boshqa kimyoviy elementlar kiradi. Ushbu elementlar selyulloza, lignin 
    kabi kimyoviy birikmalarni hosil qiladi. 
    Bundan tashqari yog‘ochning tarkibida kichik miqdorda smola, 
    pektin, yog‘lar va boshqa moddalar bo‘lishi mumkin. 
    Yog‘ochning texnologik xossalari. Yog‘och konstruksion mate riallari 
    sifatida qaraladi. Uning eng asosiy xususiyatlari metall mixlarni tutib 
    turish, yeyilish, egilish va yorilishga chidamlilik darajasi hisoblanadi.
    Misol tariqasida yog‘ochning metall mix va birikmalarni tutib 
    turish xususiyatini ko‘rib chiqamiz. Daraxtning tolasiga ko‘ndalang 
    yo‘nalishda qoqilgan mixni chiqarib olish uchun tola bo‘ylab qoqilgan 
    mixni tortib olishdan ko‘ra 1,5 baravar ko‘proq kuch sarflanadi. Burama 
    mixni yog‘ochdan chiqarib olish uchun esa oddiy mixni tortib olishdan 
    ko‘ra anchagina ko‘proq kuch talab qilinadi. Chunki bunda ishqalanishni 
    yengish va burama mix rezbasi joylashgan yog‘och tolalarini uzishga 
    kuch sarflashga to‘g‘ri keladi. Biroq, bolg‘a bilan qoqib qo‘yilgan 
    burama mix birikmani oddiy mixdan ko‘ra kamroq ushlaydi. Shu sababli, 


    5
    biriktirishda burama mixni to‘g‘ri ishlatish, ya’ni uni albatta yog‘ochga 
    burab kiritish lozim. Yog‘ochning zichligi qanchalik yuqori bo‘lsa, uning 
    metall mixlarni tutib qolish sifati shunchalik yuqori bo‘ladi. 
    Yog‘ochning tashqi kuchlar ta’siriga qarshilik ko‘rsata olishi yoki 
    buzilmaslik qobilyati, uning mexanik xossasi deyiladi. Yog‘ochlarning 
    puxtaligi, qattiqligi, yegiluvchanligi, qovushqoqligi, mo‘rtligi, yoriluv-
    chanligi va mixlanuvchanligi ularning mexanikaviy xossalarini tashkil 
    etadi.
    Yog‘ochning tashqi kuchlar ta’sirida buzilmasdan va mumkin qadar 
    shaklini o‘zgartirmasdan qarshilik ko‘rsata olish qobilyati yog‘ochning 
    puxtaligi deb ataladi. Yog‘ochlarning puxtaligi siqilishga va yegilishga 
    tekshiriladi. Yog‘ochning o‘zidan qattiq jism botishiga qarshilik ko‘rsata 
    olishi qattiqlik deb ataladi. Qattiqlik yog‘ochning turiga, zichligiga va 
    namligiga bog‘liq bo‘ladi. Yog‘ochning qattiqligini arralash, randalash, 
    o‘yish-teshish, mixlash jarayonlarida aniqlash mumkin.
    Yog‘ochlar qattiqlik darajasiga qarab uch guruhga bo‘linadi:
    1-guruh-yumshoq yog‘ochlar: qarag‘ay, oq qarag‘ay, archa, terak, 
    tog‘terak, arg‘uvon va h.
    2-guruh-qattiq yog‘ochlar: qayin, qora qayin, tilog‘och, eman, 
    zarang, bujun va h.
    3-guruh: juda qattiq yog‘ochlar: nok, qayrag‘och, yong‘oq, akatsiya, 
    shamshod, pista va h.
    Yog‘ochning tashqi kuch ta’sirida o‘zgargan shaklini qayta tiklash 
    qobiliyatiga yog‘ochning elastikligi deyiladi. Yog‘ochning elastikligi 
    ular ning namligiga, hajmiy og‘irligiga, o‘zak nurlarining o‘lchami va 
    soniga, daraxtning yoshiga bog‘liq. Yog‘och qancha quruq bo‘lsa, u 
    shuncha elastik bo‘ladi. Elastik yog‘ochlar zarbni yutadi va yumshatadi. 
    Yog‘ochning bu xususiyatidan foydalanib, undan mashina bolg‘alarining 
    sandoni, tagiga qo‘yiladigan taglik-qistirmalar, nog‘oralarning zarb 
    berish cho‘pi, bolg‘a, iskana, egov, belkurak, ketmon, tesha dastalari 
    tayyorlanadi. 


    6

    Download 7.69 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   149




    Download 7.69 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    О‘zbekiston respublikasi xalq ta’limi vazirligi mehnat ta’limi (texnologiya)

    Download 7.69 Mb.
    Pdf ko'rish