• Bakteriyalarning shakllari va o’lchamlari
  • Tayoqchasimon
  • Bakteriyalarning tabiatda tarqalishi




    Download 7.47 Mb.
    bet2/4
    Sana17.02.2024
    Hajmi7.47 Mb.
    #158190
    1   2   3   4
    Bog'liq
    2 Maruza BAKTERIYALARNING SHAKLI, HUJAYRA TUZILISHI VA HARAKATLANISHI
    rivojlanisj, 1-Ma\'ruza. Gidroksihosilalar Organika-2, 3-Laboratoriya ishidocx, 5- Laboratoriya ishi ABN, borliq, Talabalar uchun qoʻshimcha mablagʻga ega boʻlish imkoniyati , 947-Article Text-2863-1-10-20210419, Dasturiy mantiqiy kontrollerlar-fayllar.org, 5-maruza. Sut ishlab chiqarish jarayonida texnik-kimyoviy nazorat o‘rni, Geghbtasbstrcvttvhth vvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvvv, Dasturiy taminot, Handbook of Food Science and Technology 1 Food Alteration and Food Quality ( PDFDrive ), Konkulyator ishlash prinspi, 150тсутка uz-assistant.uz, Usmonov Dilshodbek
    Bakteriyalarning tabiatda tarqalishi
    Bakteriyalar tuproqda, suvda, odamlarda va hayvonlarda yashaydi. Bakteriyalar (yun. bakterion — tayoqcha) — bir hujayrali mikroorganizmlarning katta guruhi; shakllangan Yadroga ega boʻlmagan mikroskopik organizmlar — prokariotlar. Tabiatda va xalq xoʻjaligida Bakteriyalarning ahamiyati juda katta. Bakteriyalar tirik hujayralar tarkibiga kiradigan hamma kimyoviy elementlarning tabiatda aniqlanishida ishtirok etadi. Oʻsimlik va hayvon qoldiqlari sellyuloza, pentozalar, kraxmal, pektin moddalar va boshqalarni oʻzlashtira oladigan mikroorganizmlar ishtirokida parchalanib, pirovardida karbonat angidrid bilan suvga aylanadi. Tabiatda azot aylanishida ham mikroorganizmlarning roli katta. Hayvonlar oʻziga zarur azotli birikmalarni oʻsimlik oqsillaridan hosil qiladi. Hayvon va oʻsimlik oqsillari Bakteriyalar taʼsirida minerallashib, avval ammiakka, keyin nitrit va nitratlarga aylanadi. Ammoniyli tuzlar ham, nitratlar ham yuksak oʻsimliklar uchun oziq boʻladi, ular shu tuzlardan foydalanib, oʻz tanasida oqsil hosil qiladi.
    Bakteriyalarning shakllari va o’lchamlari
    Bakteriyalar oddiy sodda, shar, silindr yoki egilgan shaklda bo’ladi. Bakteriyalarning uchta asosiy shakli mavjud - sharsimon (kokklar), tayoqcha shaklidagi (batsillalar va boshqalar), konvolutlangan-burmali (vibrionlar, spiroxetalar, spirilalar)
    Sharsimon bakteriyalar yoki kokklar deyiladi (lotincha coccus — maymunjon, yumshoq mevalar), ularning diametri 0,5—1 mkm bo'ladi. Ular sharsimon, nishtarsimon, sham alangasiga o'xshash, loviyasimon shaklda bo'ladi. Kokklar bo'lingandan so'ngjoylanishiga ko'ra quyidagilarga bo'linadi: mikrokokklar (lotincha micros—kichkina) hujayralar turli xil tekisliklarda bo'linadi va alohida-alohida joylashadi, diplokokk ikkitadan joylashadi, ularga pnevmokokk, gonokokklar kiradi. Streptokokklar (lotincha sireptos—zanjir) hujayralar bir tekislikda bo'linadi va ajralmasdan zanjirini hosil qiladi. Stafilokokk (lotincha staphyle — uzum shingili) — hujayralar turli xil tekislikda bo'linadi va bir yerda to'planib uzum shingilini hosil qiladi. Tetrakokk (lotincha tetra — to'rtta) hujayralar ikkita perpendikular tekislikda bo'linadi va to'rtadan joylashadi. Sarsina (lotincha sarcio —biriktiraman) hujayralar uchta perpendikular tekislikda bo'linadi va to'p-to'p yoki plaketga o'xshash 8 yoki 16 ta hujayradan joylashadi.Kokklar tabiatda keng tarqalgan shuningdek, odam va hayvon organizmida uchraydi. Mikrokokk, tetrakokk, sarsinalar, saprofit mikroorganizmlardir. Diplokokk, stafilokokk, streptokokklar patogen mikroorganizmlar hisoblanadi. Bu turdagi bakteriyalar asosan angina va tomog’ yo’llari kasalliklarini chaqiradi.
    Tayoqchasimon bakteriyalar batsillalar deb ataladi. Ular silindr shaklida bo'lib, 1—6 mkm kattalikda, 0,5 dan 2 mkm kenglikka ega. Bakteriyalarning chetlari cho'rt kesilgan (kuydirgi), yumaloq (ichak tayoqchasi), uchli (toun) yoki kengaygan (bo'g'ma) bo'ladi. Bo'lingandan so'ng quyidagicha joylashadi: ikkitadan diplobakteriyalar (klebsiyellalar), zanjirsimon (kuydirgi qo'zg'atuvchilar), bir-biriga burchak ostida yoki kesib joylashadi (bo'g'ma qo'zg'atuvchisi). Ko'pgina bakteriyalar tartibsiz joylashadi. Tayoqchasimon bakteriyalar orasida biroz bukilgan vibrionlar uchraydi (vabo qo'zg'atuvchi). Bu turdagi bakteriyalar asosan dizenteriya, tifo isitmasi, sil va boshqa kasalliklarni chaqiradi.
    Buramali, spiralli yoki mayda tayqchasimon bakteriyalar - kattaligi 0,22-0,4 x 0,7-1,5 mkm bo’ladi. Ularga spiroxetalar kiradi. Bu bakteriyaning shakli buramani eslatadi. Ko'pgina buramali bakteriyalar kasallik keltirib chiqarmaydi. Uch patogen turi mavjud: Treponema — zaxm qo'zg'atuvchi Borrelia — endemik va epidemik qaytalama tif qo'z-gatuvchisi, Leptospira — leptospiroz (suv isitmasi) qo'zg'atuvchisi.

    Download 7.47 Mb.
    1   2   3   4




    Download 7.47 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Bakteriyalarning tabiatda tarqalishi

    Download 7.47 Mb.