Zo’riqtirilgan armaturali qovurg’ali uzlukli oraliq qurilmalar




Download 1.58 Mb.
bet36/44
Sana24.03.2017
Hajmi1.58 Mb.
#1231
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   44
2.5. Zo’riqtirilgan armaturali qovurg’ali uzlukli oraliq qurilmalar
Oddiy temirbetondan qilingan temirbeton oraliq qurilmalarda, armaturalarda hisobiy qarshiliklarga yaqin bo’lgan σs kuchlanishlarga erishilgach, cho’zilgan zona betonida yoriqlarning sezilarli ochilishida, armaturaning korroziyasiga olib keladigan ko’ndalang yoriqlar vujudga keladi. Yoriqlarning vujudga kelishini oldini olish uchun armaturani oldindan (tashqi yuklar qo’yilgunigacha) zo’riqtiriladi. Shu o’rinda betonning tashqi yukdan cho’zilgan zonasida siquvchi, armaturada esa cho’zuvchi kuchlanishlar vujudga keladi. Bunday konstruksiyalarda tashqi yuklar qo’yilganidan so’ng siqilgan beton o’ramlari yukdan bo’shatiladi, bunga esa tashqi yukning barchasi yoki sezilarli qismi sarflanadi, va faqat shundan so’nggina unda cho’zuvchi kuchlanishlar, tashqi yuklar yanada ortganida esa – yoriqlar ham vujudga kelishi mumkin.

Egiluvchi elementlarda betonning oldindan zo’riqtirilishi, tashqi momentga ishorasi bo’yicha qarama-qarshi bo’lgan eguvchi momentni yaratish maqsadida, ekssentrik qilib bajariladi. Oldindan zo’riqtirilgan oraliq qurilmalarda eng yuqori samaraga yuqori mustahkamli armatura va balandroq sinfli betonlarni ishlatish orqali erishiladi. Ushbu holatda po’lat sarfini 1,5...2 baravar kamaytirish va shu bilan bir vaqtning o’zida beton sarfini 10...15% ga kamaytirishga erishiladi. Shu bilan birga oldindan zo’riqtirilgan oraliq qurilmalarni yasash mahsus moslamalarni talab qilib, yasalish mehnat sarfi va qiymatini oshiradi. Shu tufayli temir yo’l ko’priklari uchun oldindan zo’riqtirilgan temirbetondan qilingan oraliq qurilmalar 16...34 m oraliqlardagina iqtisodiy jihatdan asoslangandir.

Betonda oldindan zo’riqishlarni sodir qilish uchun, ikkita usuldan foydalaniladi: buyumning betonida taranglash hamda mahsus tirgak-stendlarda taranglash. Hozirgi vaqtda tirgak-stend usuli butunicha tashiladigan oraliq qurilmalar uchun asosiydir.

Betonni ikki o’qli siqilishidan (vertikal tekislikdagi bo’ylama va ko’ndalang yo’nalishda) keng foydalaniladi. Тemirbeton ko’prik konstruksiyalariga yoriqbardoshligiga ko’ra yuqori talablar qo’yiladi. QMQ 2.05.03-98 da temir yo’l oraliq qurilmalari uchun, har biri yoriqlarning paydo bo’lish ehtimoliga mos bo’lgan, uchta toifadagi yoriqbardoshlik ko’zda tutilgan: 2a toifasida (simli armaturaga ega temir yo’l oraliq qurilmalari uchun) betonning cho’zilgan zonasida σbt≤0,4Rbt‚ser kuchlanishlar ruhsat etiladi; 2v toifasi (sterjenli armaturali temir yo’l oraliq qurilmalari uchun, to’sin qovurg’asi bundan istisno) σbt≤1,4Rbt‚ser. Oldindan zo’riqtirilgan betondan qilingan oraliq qurilmalar to’sinlarining qovurg’alari uchun cho’zuvchi bosh (max σc) kuchlanishlar (0,42...0,68)Rbt,ser dan oshmasligi kerak. Rbt,ser oldida turgan koeffitsiyent bosh siquvchi (σmc) kuchlanishlarning beton siqilishdagi Rb‚mc2 hisobiy qarshiliklariga nisbatiga bog’liqdir. Yoriqbardoshlikning 2b, 3a va 3v toifalari bo’yicha loyihalanayotgan temir yo’l ko’priklarining oraliq qurilmalarida ko’ndalang yoriqlarning shakllanishiga yo’l qo’yiladi; biroq, qisman oldindan zo’riqtirilgan konstruksiyalarida ularning ochilishi cheklanadi. 2.20-rasmda yoriqbardoshlik toifalarining sxemasi berilgan. Shuni anglash qiyin emaski, to’la yoriqbardoshlik (2a toifa) yuqori mustahkamli armaturaning katta sarfini va betonning ortiqroq sarflanishini talab qiladi. Shu tufayli yoriqbardoshlikka oshirilgan talablar faqat tajovuzkor muhitlarda foydalanish qilinadigan konstruksiyalarning elementlari va simli armaturaga ega bo’lgan temir yo’l ko’priklari uchungina qo’yiladi.



2.20-rasm. Тo’sin balandligi bo’yicha normal kuchlanishlarning epyuralari:

a – ko’ndalang kesim; b – tashqi yuklar epyurasi; v – oldindan zo’riqtirish epyurasi;

g – yoriqbardoshlikning 2a toifasi uchun jamlanma epyura; d – shunga o’xshash, yoriqbardoshlikning 2v toifasi uchun
Vatanimizda diametri 5 mm bo’lgan simdan qilingan o’ramlar ko’rinishadagi armatura eng ko’p tarqalishga ega bo’ldi. Тemir yo’l oraliq qurilmalari uchun, odatda, 24 va 28 simdan iborat o’ramlar yasaladi. Zavodlarda yasaladigan yetti simli tutamlardan qilingan o’ramlar ham qo’llaniladi. O’ramlarni betonda MТA ning karkas-sterjenli ankerlari yordamida ankerlanadi. Oldindan zo’riqtirilgan temirbetondan qilingan qovurg’ali oraliq qurilmaning umumiy ko’rinishi 2.21-rasmda keltirilgan. Mazkur xildagi oraliq qurilmalarning oddiy temirbetondan qilingan ikki blokli qovurg’alilaridan farqi qovurg’aning 18...26 sm gacha kichraytirilgan qalinligi hamda pastki belbog’ni zo’riqtirilgan armaturani joylashtirish uchun zarur bo’lgan 82 sm gacha kengaytirilganidir (2.22-rasm).

2.21-rasm. Oldindan zo’riqtirilgan temirbetondan qilingan qovurg’ali oraliq qurilma

Yakka to’g’ri chiziqli armaturada to’sinning konstruksiyasi eng sodda chiqadi (2.22,a-rasm). Biroq, yasalish va montaj qilish tajribasi shuni ko’rsatdiki, oraliq qurilma betonining tepadagi fibralarida sezilarli cho’zuvchi kuchlanishlar paydo bo’lishi mumkin. Shuning uchun keyinroq loyihalangan oraliq qurilmalardagi to’sin plitasida ikkitadan o’ram qo’yiladigan bo’lindi (2.22,b-rasm). Shu o’rinda oraliq qurilma ishining barcha bosqichlarida muvozanatlangan kuchlanishli holatni olamiz. Barcha ko’ndalang kesimlar o’ramlaridagi oldindan kuchlanish (yasalish, tashish, montaj va foydalanish bosqichlaridagi) zo’riqishlaridan sodir bo’lgan momentlar tashqi momentga teng bo’lishi uchun o’ramlarni Meg epyurasi bo’yicha uzish zarurdir. O’ramning, ankerdan to’sin uchigacha bo’lgan uchastkalarini o’ram va beton sirtlariaro tishlashishidan, o’ram ustiga bitum surtib, hamda qog’oz bilan o’rab sun’iy ravishda xalos bo’linadi. Agarda o’ramlarning bosh va oxiri (anker va to’sin boshdan oxirigacha) uchastkalari tishlashishdan xalos etilmasa, tayancholdi zonalarda pastki belbog’ betonida haddan tashqari siquvchi kuchlanish va plitadagi betonda katta cho’zuvchi kuchlanishlar sodir bo’lishiga olib keladi. Bunday kuchlanishli holatning hosil bo’lishi oqibatida pastki belbog’ning betonida bo’ylama yoriqlar va to’sin plitasida ko’ndalang yoriqlar paydo bo’lishi mumkin, bunga esa yo’l qo’yib bo’lmaydi. Тo’g’ri chiziqli gorizontal o’ramlar ko’ndalang kuchlarga ishlamaydi, shu tufayli yirik uzunlikdagi to’sinlar uchun tayancholdi zonalari qovurg’alaridagi cho’zuvchi bosh kuchlanishlarni kamaytirish maqsadida poligonal o’ramlar qo’llaniladi (2.22,v-rasm). Cho’zuvchi bosh kuchlanishlarni to’sinning tayancholdi zonalarda oldindan zo’riqtiriluvchi xomutlar yordamida ham kamaytirish mumkin (2.22,g-rasm).

2.22-rasm. Тo’sinlarni zo’riqtirilgan armatura bilan armaturalash sxemalari

Shu o’rinda, agarda xomutlarning yo’nalishi qovurg’adagi cho’zuvchi bosh kuchlanishlar yo’nalishi bilan mos tushgandagina ularning olmilkorligi ortiqroqdir. Biroq, qiya xomutlarni o’rnatish vertikal xomutlarni o’rnatishdan murakkabroqdir. Uzil-kesil qarorni armaturalashning har bir variantini taqqoslashdan so’ng qabul qilinadi. Oldindan zo’riqtirilgan temirbetondan qilingan to’sinni zo’riqtirilmaydigan armatura bilan armaturalash xuddi oddiy temirbetondan qilingan to’sinlardagidek bajariladi. Bunda tayancholdi zonalardagi qovurg’ada to’rtta, qolgan zonalarda esa ikkita to’r joylashtiriladi (2.23-rasm).

Ushbu tizimlar, odatda, talab qilinayotgan oraliqni uzlukli oraliq qurilmalar bilan yopishning imkoniyati bo’lmagan hollarda qo’llaniladi. Тutash tizim uzluklilariga nisbatan tejamliroq, kamroq material sarfini talab qiladi. Oraliq tayanchlar ustida manfiy momentlar vujudga kelishi oqibatida oraliqlardagi momentlar qiymatining kamayishi evaziga tejamkorlikka erishiladi (2.23,b-rasm). Qaralayotgan tizimlarning afzalligi oraliq qurilma salqilik chizig’ining ravonligi va vertikal deformatsiyaning kamroqligidir.



2.23-rasm. Oldindan zo’riqtirilgan temirbetondan qilingan qovurg’ali

oraliq qurilmalarni gorizontal o’ramlar bilan armaturalash




Download 1.58 Mb.
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   44




Download 1.58 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Zo’riqtirilgan armaturali qovurg’ali uzlukli oraliq qurilmalar

Download 1.58 Mb.