O’zbekiston xalq ta’limi vazirligi m. Z. Murtozayev., G. M. Axmedova servi s mehnat ta’limi gazlamalarga ishlov berish texnologiyasi




Download 14.08 Mb.
bet8/62
Sana04.04.2017
Hajmi14.08 Mb.
#2884
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   62
1.5. AMALIY MASHG`ULOT. JUN VA IPAK GAZLAMALARNING XOSSA VA XUSUSIYATLARINI ANIQLASH
Cho'zilishdagi uzayishi deb materiallarning dastlabki uzunligi bilan uzilgungacha cho'zilgandagi uzunligi orasidagi farqqa aytiladi. Mazkur ko'rsatkich millimetrda ifodalansa, mutloq uzayish deb aytiladi va «Lu» deb belgilanadi. Materiallarning uzayishi foizda ifodalansa,u nisbiy uzayish en (foiz) deb aytiladi va mutloq uzayishga asoslanib hisoblanadi:

Bu yerda: - materialning mutloq uzayishi;



-uzayish mashinasining qisqichlari orasidagi masofa, mm.

Tikuvchilikda qullaniluvchi materiallarga ta’sir etadigan kuchlar uncha katta, o’lmaydi. Ko’pincha ular uzish kuchining 1-2 foizini tashkil qiladi.

Materiallarning burmaboplik xusuyatlari ikkita usulda aniqlanali;

1. Markaziy ipakchilik ilmiy tadqiqot instituti (MIITI) tomonidan yaratilgan materiallarning burmaboplik xususiyatini aniqlash usuli.

Bu usul eng oddiy deb hisoblanadi va materialning ikkala yo'nalishida (bo'yi va eni bo'yicha) alohida aniqlanadi (4-rasm). Tajribani o'tkazish uchun materialdan 200x400 mm o'lchovli namuna qirqib olinadi. Uning qisqa tomoniga to'rtta nuqta qo'yiladi. Belgilangan nuqtalardan igna 3 o'tkazilib namuna 1 da uchta burma hosil qilinadi. Namunaning uchlari tiqin 2 bilan mahkamlanadi. 30 minut namuna erkin osilgan holda turadi. Keyin, namunaning pastki uchlari orasidagi masofa chizg'ich 4 yordamida o'lchanadi va materialning burmabopligi V (foiz) quyidagi formula yordamida aniqlanadi:

tin yerda: 200 namunaning eni, mm;

Ab namunaning pastki uchlari orasidagi masofa, mm.

2. Disk usuli. Materiallarning ikkala yo'nalishidagi hurmabopligini aniqlash uchun disk usuli qo'llaniladi. Bu usulda Tajribalar o'tkazish uchun materiallardan doira shaklida qirqilgan namuna ikkita disk 2 orasiga qo'yiladi (5-rasm). Disklarning diametri namunaning diametridan kichik bo'lgani uchun namunaning chetlari erkin holatda osilib turadi. Namunaning ustidan parallel yorug'lik nurlari berilgandan keyin qog'oz 3 ga namunaning soyasi tushadi. U chizilib olinadi. Burmabopligi yaxshi bo'lgan materiallarning soyasi ko'rinishda chuqur burmalar hosil qiladi (6 a-rasm).



Bu holda namuna yuzasi bilan uning soyasining yuzasi orasidagi farqi katta bo'ladi. Materiallarning burmabopligi past bo'lsa, soyaning yuzasi namuna yuzasi miqdoriga yaqin (6 b-rasm). Ayrim materiallar yo'nalishlarining birida burmabopligi yaxshi, ikkinchisida esa pastroq (6 d-rasm).

Ko'rsatilgan materialning arqoq yo'nalishidagi burmabopligi yaxshi, tanda yo'nalishidagisi esa past.

Disk usulida burmaboplik koeffitsiyenti quyidagi formula yordamida hisoblanadi:



u yerda : Sn-namunaning yuzasi, mm2;

Ss namuna soyasining yuzasi, mm2.

Materiallarning g'ijimlanmasligini aniqlash uchun qo'llaniladigan asboblarni ikki guruhga bo'lish mumkin:

1. Materiallarda belgilangan joyidan g'ijimlar hosil qiluvchi asboblar.

2. Materiallarda tartibsiz g'ijimlar hosil qiluvchi asboblar.

Birinchi guruhga RMT va ST-1 markali asboblar kiradi. ST-1 asbobi jun gazlamalarini sinash uchun ishlatiladi. Qolgan materiallarning barchasi RMT asbobida tekshiriladi. Bu yerda 180° burchakka egilgan namunaga (7 a-rasm) 15 minut davomida 1,5 kg li yuk ta'sir etadi. Yukni olgandan keyin namuna 5 minut davomida tiklanadi. Bundan so'ng tiklanish burchagi aniqlanadi. Materiallarning g'ijimlanmasligi N (foiz), tiklash burchagining (a) egilish burchagiga (y) nisbati bilan baholanadi:

G'ijimlanmaslik materiallarning ikkala yo'nalishi tanda va arqoq bo'yicha alohida aniqlanadi.

ST-1 markali asbobda jun gazlamasidan olingan namunani maxsus metall plastinkasi yordamida bukib uchta burma hosil qilinadi va bu holatda u 5 minut davomida yuk ostiga qo'yiladi. Yukni olgandan keyin namuna 3 minut davomida tiklanadi. Bundan keyin namunadagi burmaning balandligi o'lchanadi (7 b-rasm). G'ijimlanmaslik koeffitsiyenti quyidagi formula yordamida hisoblanadi.

bu yerda: h namuna tiklangandan keyingi burmaning balandli­gi, mm;

20 metall plastinkaning eni, mm.

Ikkinchi guruhga NSTP markali asbob kiradi (7 d-rasm ). Bu asbobda uning mahsus maoslamalari yordamida namuna silindr shakliga kiritiladi va qisqich orqali yuklanadi. Namunada tartibsiz g`ijimlar paydo bo`ladi.yukni olgandan keyin namuna tiklanadi. Tiklangan namunalarning balandligi () namunaning dastlabki balandligiga () materialning g`ijimlanmasligini ko`rsatadi



Materiallarning havo o'tkazuvchanligini bir necha asboblarda aniqlash mumkin.



Ularning ishlash prinsipi quyidagicha (8-rasm). Materialdan qirqilgan namuna 2 kamera 3 ustida mahkamlangan va shamolparrak (ventilyator) yoki nasos yordamida bu kameradagi havo bosimi pasaytiriladi. Kameradagi va atrofdagi muhitning havo bosimlarining farqini manometr 1 ko'rsatadi. Namunadan o'tgan havo hajmi o'lchagich 4 bilan aniqlanadi.

Materiallarning bug' o'tkazuvchanligi bir nechta ko'rsatkich orqali ifodalanadi.

Bug' o'tkazuvchanlik koeffitsiyenti Bh (g/m2soat), bir soat mobaynida bir kvadrat metrli material yuzasidan o'tgan bug' vaznining miqdorini ko'rsatadi.



Bug' o'tkazuvchanlik koeffitsiyentining qiymati material bilan suv orasidagi masofaga bog'liq. Shuning uchun tajribalarni o'tkazganda bu masofa iloji boricha kam bo'lishi kerak. Koeffitsiyent qiymatiga havoning harorati va nisbiy namligi ham ta'sir etadi. Shu sababli tajribalarni 35—36°C haroratda o'tkazish taklif etiladi, chunki

bu harorat inson tanasining haroratiga mos keladi.


  1. Nisbiy bug' o'tkazuvchanlik B0 (foiz) bu bir xil tajriba sharoitidagi materialdan o'tib, bug'langan bug' miqdorining (A) ochiq suv ustidan bug'langan bug' miqdoriga (B) nisbati:



Materialning suv o'tishiga qarshiligi materiallarning o'zidan suv o'tishiga qarshilik ko'rsatish qobiliyati buladi. Bu xususiyatni «penetrometr» nomli asbobda anqilash mumkin (9-rasm). Mate­rialdan qirqilgan namuna 2 silindr 3 ustiga mahkamlanadi. Silindrga boshqa idish G` dan o'tishiga qarshiligini aniqlovchi asbobning pastki tomoniga ta'sir «penetrometr» asbobining tashkil etadi. Suv bosimi asta-sekin turadi. Ma'lum bosimda suv materialdan o'tadi. Namunaning yuzasida uchta tomchi paydo bo'lgandagi bosim shu materialning suv o'tishiga qarshiligini ko'rsatadi. Materiallarning suv materiallarning qarshiligini tishiga qarshiligini «ham aniqlash uchun «hamyon» usuli» usulida ham aniqlash mumkin (10-rasm).

To'rtta ustuncha 2 ga o'rnatilgan namuna 1 ning osilgan qismiga utiv solinadi va bundan boshlab to namunadan uchta tomchi suv o`tganga qadar sarflan-gan vaqt yoziladi. Ana shu vaqt materialning suv o'tkazishga qarshiligini ifodalaydi.

Materialni issiqni saqlash hususiyatlarini aniqlash uchun qo`llaniladigan usullari ikki guruhga bo`linadi:

1. O`zgarmaydigan issiqlik oqimiga asoslangan usullar

2. O`zgaraydigan issiqlik oqimiga asoslangan usullar.

Birinchi guruhdagi ususlllarda materialning o`ng va teskari tomonlaridagi harorat farqi o`zgarmasligiga sariflangan issqlik oqimi ulchanadi. Bu usulda markaziy ilmi tatqiqot inustuti (MJTITI) tomonidan asbob ishlatiladi.(11-rasm)

Bu asbobda namuna 2 istkich l va sovitgich 3 orasiga qo’yiladi. Istgich T1 va sovgich T2 –haroratlari o’zgarmas ular uchun sarf qilingan ilektor enrgasi miqtori mampirmir votirmitir yordamida ulchanadi. Isqlik oqiminig F qudagicha hisoblanadi. F=IU

Bu yerda: I – elektor tokining quvvati,A;

U – elektor tokining kuchlanishi,V.

Bundan keyin issiqlikni o`tkazuvchanlik koiffisenti hisoblanadi:



Ikkich guridagi usulda PTS -225 markali asbob ishlatiladi. Bu asbobdagi tajriba sharoitlari kiyilgan kiyimni ishlatishdagi sharoitga yaqin bo’ladi (12-rasm).

Kiyilgan kiyimdagi materialning bir tomni inson badanidagi tegib turadi ikkinchi tomonida havo bo`ldai. Bu asbobda ham namuna bir bu asbobga tayanch asbob ikkiga mahkamlangan elektor isitkich uch plastinka bor ikkinchi tomonida havo yutkich 5 yordamida tezligi va yo`nalishi ma`lum bo`lgan havo oqimi yurib turadi. Plastinka va havo oqimi orasida farqi ma`lum bo`ldi.Yetganidan keyin plastinkani berilgan haroratgacha sovitish uchun sarflangan vaqt o`lchanadi. Keyin materialning issiqni o`tkazishga yig`ndi qarshiligi hisoblanadi.

Materiallar bo`yog`ini mustahkamligini aniqlash uchun odatda tuzma namuna ishlatiladi. U 3 ta bo`lakdan iborat:



Oqartirilgan gazlamadagi olingan idish namuna orasida bo`yoqli namuna bitta joylashtiriladi. Bu namunnalarning hammasi bitta bo`yoqli chok bilan birlashtiriladi. Namunalarning o`lchovlari 100x400 material bo`yog`ining mustahkamligini disterlangan suv ta`siriga aniqlash uchun tizma namuna harorati 18-20 C gat eng bo`lgan disterlangan suvda sinchiklab ho`llanadi va ikkita shihsa plastinka orasiga qo`yilib ustiga5 kgli yuk bostirilib qo`yiladi shu holatda namuna 4 soat davomida 37 C harorati bo`lgan termostatda saqlanadi so`ng namunalkar ajratilati va quritiladi. Quruq namunalarni qo’lrang etalonlar bilan salishtirilib bo`yoqning mustahkamligi dastlabki bo`yoqning aynish darajasi oq bo`yoqning yuqtirilish darajasi orqabg`li bahaolanadi. Material bo`yoqning mustahkamligiga ter ta`siti yordamida aniqlaganda tuzma namuna bir l suvga 5 kg osh tuzi va 6 ml 25% li amiak solingan va 45C gacha isitilgan eritmaga qo`yiladi 30 min vaqt o`tgandan keyin eritmadan olinadi va yana siqiladi yana eritmaga solinadi . bu ishlov 10 marta takrorlangandan keyin eritmaga 7 ml 98 foizli sirka kislotasi qo`shiladi. Hosil bo`lgan namunada eritma yana 30 min davomida saqlanadi keyin olib quritiladi. Havoberish uchunetalonlar bilan solishtiriladi material bo`yog`ining mustahkamligini dazmollash ta`siga aniqlanganda 4kgli dazmol ip gazlamalari uchun 190-210 C, viskoza ipak va jun gazlamalar uchun 140-160-C, atistat va sintetik tolali gazlamalar uchun 115-120C gacha qizdiriladi. Bu tajriba uchta usulda quruqlnib, dazmollanib, ho`llab dazmollanib va bug`lab dazmollanib o`tkaziladi.

Quruqlab dazmollanib sinashda 100x40 mm o`chovli namuna quruq ip gazlama ip biln yopilgan dazmollash taxtasi ustiga o`ng tomoni yuqoriga qilib qo`yiladi . namunaning ustiga kerakli haroratgacha qizdiriladi, dazmol 15 sekuntga bostirilib qo`yiladi keyin bo`yoqning mustahkamligi baholanadi . ho`llab dazmollab sinashda bo`yalgan va oq namunalar disterlangan suvda vazni 100 foizga oshirilganicha ho`llanadi.Namunalar usmtma-ust qo`yilib ustidan qizdirilga dazmol 15Cgacha qo`yiladi. Bug`lab dazmollab qo`yishda rangli gazlama oq gazlama yopilgan taxtasi ustiga qo`yiladi. Uning ustiga ho`llangan oq namuna va qaynoq` dazmol 15 C ga bostirilib qo`yiladi. Materialning dastlabki bo`yoqning quruq va ho`l ishqalanish ta`sirida aynish darajasini aniqlash uchun MIITI asboblar ishlatiladi (13-rasm). Sinaladigan ikkiga ustiga oq namuna qisqich uchi bilan mahkamlanadi. Dastgoh yordamida stolchani 10 sm masofaga uyoqdan buyoqga 25 marta surish yo`li bilan bo`yoqli namuna oq namuna sirtiga ishqaladi.

Bunda namunalar quruq yoki ho`llangan holda sinaladi.quruq va ho`l ishqalanishda oq namunaning bo`yoqli yuqtirish darajasini aniqlash uchun sinaladigan namuna uskuna ustolchasiga oq namuna po`kak ustiga mahkamlanadi. Dasta yordamida stolchani 10sm masfaga u yoqlan bu yoqqa 10 marta surib namunalar bir-birga ishqalanadi. Bunda ham quriq yoki hullan holda bo’lishi mumkin.





Download 14.08 Mb.
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   62




Download 14.08 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston xalq ta’limi vazirligi m. Z. Murtozayev., G. M. Axmedova servi s mehnat ta’limi gazlamalarga ishlov berish texnologiyasi

Download 14.08 Mb.