O’zbekiston xalq ta’limi vazirligi m. Z. Murtozayev., G. M. Axmedova servi s mehnat ta’limi gazlamalarga ishlov berish texnologiyasi




Download 14.08 Mb.
bet9/62
Sana04.04.2017
Hajmi14.08 Mb.
#2884
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   62
II -BOB. ASBOB-USKUNALAR, MASHINA MЕXANIZM, MOSLAMALAR VA ULARNI ISHLATISH
2.1. ILGAKLAR, XALQALAR, TUGMALAR HAQIDA.
Kiyim furniturasiga tugmalar, ilgaklar, izmalar, pistonlar, taqilmalar va hokazolar kiradi.

Ilgaklar. Kiyim yoki ashyoning vazifasi,turiga qarab unda tugma , knopka (shiq –shiq tugma), ilmoq(oddiy va turli fasonda) tuqa halqa “molniya”, bog`ich (kamarcha) kabi ilgak ishlatilishi mumkin. Ayrim kiyim va ashyolar ilgak ko`zga tashlanmaydigan qilib qadaladi. Bunday ilgaklarning ilinadigan xalqalari kiyim yoki ashyoning ostki qismi – astarida ishlanadi. Masalan yashirin tugmalar o`tkazadigan teshiklar matodan qilingan lenta va tasmaga ishlanadi. U kiyimning astar tomoniga tikib chiqiladi, ba`zan bunday tugmalar uchun matodan vitichka qilinishi ham mumkin.

Ilgak va izmalar o'zining vazifasi va o'lchovlari jihatidan har xil. Ustki kiyimlar va ko'ylaklar uchun ishlatiladigan ilgak va izmalar po'lat yoki mis-rux qotishmalaridan qilingan simdan tayyorlanadi. Ularni zanglanishdan saqlash uchun lak bo'yoqlar, nikel yoki kumush bilan bo'yaladi. O'lchovlari jihatidan ko'ylaklik ilgak va izmalar quyidagi nomerlarga bo'linadi: № 2— ilgakning uzunligi 24 mm; № 3—20 mm; № 5—16 mm; № 6—11 mm; № 7—9 mm. Nomeriga qarab ilgaklar mo'yna po'stinlari (№ 2), palto va shinellar (№ 3), kitel va gimnastyorkalar (№ 5), ayollar va bolalar ko'ylagiga (№ 6 va № 7) mahkamlab qo'yish uchun ishlatiladi.

Tugmalar (14-rasm). Tugma qadaladigan joyni belgilash uchun kiyim yoki ashyoning tugma qadaladigan joyi oldin yirmab tayyorlangan izma (tugma teshigi) ga tug`rilab o`lchanadi, tugma kiyim yoki ashyoning chetidan chiqib turmaydigan qilib qadaladi. Tugmani qadashda foydalaniladigan ish mato rangiga yoki unga muvofiq rangda bo`lmogi` keraq Ip 20 yoki 30 nomerli bo`lgani ma`qul . agar ip ingichkalik qilsa unga ikki qavat qilinadi.

Tugma qadashda ipni qattiq, tortib tikaslik keraq chunki tugma bilan mato o`rtasida ip ustidan yana aylantirilib ip o`raladi. Aks holda tugma matoga yopishib, tugmani o`tkazish noqulaylashadi. Qattiq tugma tikilganda kiyim yoki ashyo bujmayadi. Kiyim yoki ashyo matosi qancha qalin bo`lsa tugma shuncha qattiq bo`lishi oradagi ip uzunroq qoldirilishi lozim. Tigma odatda ikki qavat matoga qadaladi, lekin ba`zan bir qavat matoga ham qadashga to`g`ri keladi. (masalan astarsiz paltoda). Bunday paytlarda astar tomondan mato parchasi tasma yoki kichik tugma ishlatiladi teshigi o`rtasida bo`lmay teshik yonida orqa tomonidan metaldan halqa ishlangan yoki orqasi bo`rttirilib , shu yerda teshik ishlangan ayrim tugmalarda u qadaladigan matodan kamarcha yoki lenta qilinadi. Teshigidan o`tkazilinadi va shu kamar yoki lenta kiyimga tikiladi. Mo`ynadan tikilgan kiyimlarga tugma qadayotganda mo`yna halaqit bermasligi uchun , yupqa qog`oz qo`yib tugma tikiladi va keyin q`og`oz yirtib tashlanadi.

Tugmalarga qo'yiladigan asosiy talablar quyidagicha. Ular mustahkam, suv ta'siriga chidamli bo'lishi kerak, sovunli eritmada qaynatilganda tashqi ko'rinishi, kifoyasi, bo'yog'i buzilmasligi talab qilinadi. 1,5 m balandlikdan tashlab yuborilganda shikastlanmasligi lozim.

Ishlatilishiga ko'ra tugmalar palto, kostyum, ko'ylaq shim, ich kiyim, bolalar kiyimi va fonna kiyimlari uchun mo'ljallangan xillaiga bo'Unadi.

Erkaklar kiyimlari uchun ishlatiladigan tugmalar oddiy ko'rinishda bo'ladi. Paltolar uchun diametri 26—33 mm li, pidjaklar uchun 20—25 mm, nimchalar uchun 15—17 mm, shimlar uchun 14—17 mm, ko'ylaklar uchun 10—19 mm li tugmalar ishlatiladi. Ayollar kiyimlarida ishlatiluvchi tugmalarning rangi, kifoyasi, o'lchovi modaga bog'liq. Odatda esa paltolar uchun 30—48 mm li tugmalar, kostyum va jaketlar uchun 23—39 mm, ko'ylaklar uchun 12 mm, ichki kiyimlar uchun 10—19 mm li tugmalar ishlatiladi.

Shakliga ko'ra tugmalar dumaloq, sharsimon, oval, yarimsharsimon tugmalar; sirtining ko'rinishiga ko'ra — silliq va bo'rtmali; rangiga ko'ra — qora, oq rangli, guldor va boshqa rangli tugmalar. Kiyimga mahkamlab qo'yish usuliga ko'ra tugmalar ikki yoki to'rt teshikli va yopib ochiladigan, ko'rinadigan yoki sim quloqli, yarmi ko'rinib turadigan o'simtali xillarga bo'linadi.

Tugma tayyorlanadigan materiallaming xillari ham ko'p. Bular jumlasiga plastmassa, yog'och, shisha, metal, suyak va hokazolar kiradi. Tugmalarning xossalari ular ishlab chiqarilgan materialning xossalariga bog'liq.

Aminoplast kukunidan presslab tayyorlangan tugmalar mustahkam, suv ta'siriga chidamli, 80°C gacha issiqqa chidaydi.

Krilat tugmalar shaffof, mustahkam, yorug'liq suv va sovuq ta'siriga chidamli, har xil ranglarga oson bo'yaladi, lekin issiq ta'siriga uncha chidamli emas.

Sadaf tugmalar jilvalanib turadi, issiqliq suv, ishqor va kislota ta'siriga chidamli.

Shisha tugmalar har xil rangli va mo'rt bo'ladi.

Yog'och tugmalar suv ta'sirida shishib, shaklini va yaltiroqligini yo'qotadi.

Suyak tugmalar issiq ta'siriga chidamli, ancha mustahkam, lekin ma'lum vaqt o'tganda sarg'ayib ketadi.

Metallardan olingan tugmalar ancha mustahkam va kimyoviy moddalar ta'siriga turg'un.

To'qalar. Shim va nimchalar uchun to'qalar po'latdan tayyorlanadi va loklanadi. Shakli jihatidan bir tomonida ishlari va o'rtasida ikkita kashagi bo'lgan to'rtBug`chak shaklli yokio'rta-sida ikkita tili bo'lgan to'rtBug`chak shaklli xillari bo'ladi. Palto, kostyum, ko'ylaklar uchun turli rang, shakl va o'lchovli plastmassa yoki yog'och to'qalar ishlab chiqariladi.

To’qali ilgaklar (15-rasm). To`qalar metal plasmassadan tayyorlanadi, ba`zan charm mato bilan qoplab tikiladi. Charm, sun`iy charm matodan kamar tayyorlanib bir uchiga to`qa tikiladi(qo`lda yoki mashinada), uni piston bilan ham mustahkamlash mumkin . kamarning teskari tomoniga uchudan teshikli pistonlar o`rnatiladi. Kamar qalin charmdan bo`lsa , teshib qo`ysa ham bo`ladi. Ba`zan yupqa suniy charm va mato kamarlarda to`qa o`rniga ilmoq knopkalar ham ishlatiladi.

Knopka ilgaklar (16-rasm). Qadab tikilgan joy kiyim yoki ashyoda ko`zga hunuk ko`rinmasligi, yaxshi jips lashishi uchun knopkalar ikki qavat tikish knopkalarning pastki va ustki qismlar tekis jipslashishini ta`minlash uchun knopkalar bir ma`yorda tekis o`rnatishi lozim

Ilmoq ilgaklar (17-rasm). Ilmoqlarning oddiy, shim ilmog`i turli fasonlardagi turlari bor. Ilmoqlar ochilib ketavermasligi uchun birining halqasi chap tomonda , ikkinchisiniki esa o`ng tomonda tikilgani ma`qul. Ilmoq va uning halqasi mustahkam bo`lmog`i uchun ularning ikki qavat matoga qadab tikish lozim. Buning uchun qadaladigan aniq belgilanib teshiladi, orqada qolga qismi teshigiga kamarcha yoki tesma o`tkazilib mato tikiladi. Ilmoq uch joydan teshiklari va ilinadigan kremi tagidan tikiladi, foydalaniladigan ip 20- 30- nomerli, matoning rangida bo`lishi kerak. Ilmoqning metal halqasi bo`rtib ko`zga hunuk ko`rinmasligi uchun ilinadigan qismigina qoldirilib qolgan qismini matoga tekis qadab tikib chiqiladi. Shim ilmog`i qadalayotganda orqa qismidan mato tesma kamarcha o`tkazilib shimning kamar qismi astariga tikiladi. Ilmoqning o`tkaziladigan qismi o`tkazilib yuqori va pastki ikki teshigidan tikiladi.

“Molniya” ilgaklar. Moolniyani kiyim ashyoga qiyshaytirmay to`g`ri tikish kerak. Tikayotgan molniya tarang tortib turiladi lekin, kiyim matosi tortilmasligi lozim. Molniya tikishga mo`ljallangan kesikning ikki yoni 1.5-3 chamasi orqaga ayriladi, ko`klab chiqiladi, dazmollanadi (u ensiz tasma tarzida molniyani qoplab turishi kerak). Keyin “molniya” ko`klab chiqiladi, uning lantasi 0.5-1 sm ichkariga kiritib baxyalab tikiladi.”Molniya ” o`rnatilgan kesikning orqaga qayirib tasmasimon qilib tikilgan cheti “molniya” tasmasi rangini to`sib turishi lekin, uning ochib yopilishiga xalaqit bermasligi kerak. Molniya agar kisik chuntakka tikilsa, chuntakni uzunligi bilan “molniya” uzunligi teng bo’lmogi lozim. “Molniya” uzunligiga teng qilib kisik tayyorlanadi, ikki yonida astarlik mato tasmasi tikiladi , so`ng “molniya” baxyalab tikiladi. “Molniya” agar rangli jiloli lentaga ishlangan bo’lsa, uning rangidan bezak sifatida foydalansa bo`ladi, ikki yonida ozgina qoldirib tikilgan lenta chiroyli ko`rinadi.

Molniya taqilmasi gazlama to'qish usulida olingan ikkita bort jiyaklaridan iborat bo'lib, jiyaklarda metall yoki plastmassa halqalar joylashgan. Ulardan tashqari qulfi ham bo'ladi. Bularning po'lat detallari nikellanadi, bo'yaladi yoki laklanadi. Halqalarning eni 3—10 mm va undan ortiq. Taqilmaning uzunligi 120, 150, 180, 200, 250, 300 mm va undan ortiq.



Download 14.08 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   62




Download 14.08 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O’zbekiston xalq ta’limi vazirligi m. Z. Murtozayev., G. M. Axmedova servi s mehnat ta’limi gazlamalarga ishlov berish texnologiyasi

Download 14.08 Mb.