• 2. Ma’ruza axborot
  • 4. Muammoli ma’ruza
  • 5. Vizual ma’ruza
  • 7. Avvaldan rejalashtirilgan xatoli ma’ruza
  • Ma’ruza mashg’ulotini tashkil etishning shakl va xususiyatlari




    Download 1,58 Mb.
    bet6/107
    Sana21.12.2023
    Hajmi1,58 Mb.
    #125754
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107
    Bog'liq
    portal.guldu.uz-ma`ruzalar kursi

    Ma’ruza mashg’ulotini tashkil etishning shakl va xususiyatlari:
    № Ma’ruza shakllari. O`ziga xos tavsiflovchi xususiyatlari
    1. Kirish ma’ruzasi Fan to`g’risida yaxlit tasavvur hamda ma’lum yo`nalishlar beradi.
    Pedagogik vazifasi: o`quvchini ushbu fanning vazifalari va maqsadi bilan tanishtirish, kasbiy tayyorgarlik tizimida uning o`rni va rolini belgilash, kursning qisqacha sharhini berish, fanning yutuqlari va taniqli olimlar nomlari bilan tanishtirib, kelajakdagi izlanishlarning yo`nalishini belgilash, tavsiya qilingan o`quv-uslubiy adabiyotlar tahlilini berish, hisobot va baholashning muddatlari va shakllarini belgilash.
    2. Ma’ruza axborot Ma’ruzaning odatdagi an’anaviy turi. Pedagogik vazifasi: o`quv ma’lumotlarini bayon qilish va tushuntirish.
    3. Sharhlovchi ma’ruza Bayon qilinayotgan nazariy fikrlarning o`zagini, ilmiy tushunchalar va butun kurs yoki bo`limlarining kontseptual asosini tashkil etadi. Pedagogik vazifasi: ilmiy bilimlarni tizimlashtirishni amalga oshirish, fanlarning o`zaro aloqadorligini ochish.
    4. Muammoli ma’ruza Yangi bilimlar qo`yilgan savol, masala, holatning muammoliligi orqali beriladi. Bunda o`quvchining o`qituvchi bilan birgalikdagi bilish jarayoni ilmiy izlanishga yaqinlashdi. Pedagogik vazifasi: yangi o`quv axborotining mazmunini ochish, muammoni qo`yish va uni yechimini topishni tashkil qilish, hozirgi zamon nuqtai nazarlarini tahlil qilish.
    5. Vizual ma’ruza Ma’ruzaning mazkur shakli vizual materiallarni namoyish etish hamda ularga aniq va qisqa sharhlar berishga qaratilgan. Pedagogik vazifasi: yangi o`quv ma’lumotlarini o`qitishning texnik vositalari va audio, videotexnika yordamida berish.
    6. Binar (ikki kishilik) ma’ruza. Bu ma’ruza ikki o`qituvchining yoki ikkita ilmiy maktab namoyandasining, o`qituvchi-talabaning dialogidan iborat. Pedagogik vazifasi: yangi o`quv ma’lumotlarining mazmunini yoritish.
    7. Avvaldan rejalashtirilgan xatoli ma’ruza Xatolarni izlashga mo`ljallangan mazmuni va uslubiyatida, ma’ruza oxirida tinglovchilar tashxisi o`tkaziladi va qilingan xatolar tekshiriladi. Pedagogik vazifasi: yangi materiallar mazmunini yoritish, berilgan ma’lumotni doimiy nazorat qilishga talabalarni rag’batlantirish.

    Download 1,58 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   107




    Download 1,58 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Ma’ruza mashg’ulotini tashkil etishning shakl va xususiyatlari

    Download 1,58 Mb.