|
Oziq-ovqat texnologiyalari ta’lim yo’nalishi sirtqi
|
bet | 2/12 | Sana | 07.10.2024 | Hajmi | 1,57 Mb. | | #273938 |
Bog'liq Azizjanov RasulbekKimning tanasida oʻroqsimon hujayrali gemoglobin hosil boʻlsa, oʻsha odam oʻroqsimon hujayrali anemiya simptomlariga chalinadi. Buning sababi shuki, glyutamat kislotaning valin aminokislotaga oʻzgarishi gemoglobin molekulalarini uzun tolalarga aylantiradi. Tolalar disk shaklidagi qizil qon hujayralarini yarimoy shakliga oʻzgartiradi. Quyidagi qon namunasida normal hujayralar bilan aralashib ketgan “oʻroqsimon” hujayra koʻrsatilgan. - Kimning tanasida oʻroqsimon hujayrali gemoglobin hosil boʻlsa, oʻsha odam oʻroqsimon hujayrali anemiya simptomlariga chalinadi. Buning sababi shuki, glyutamat kislotaning valin aminokislotaga oʻzgarishi gemoglobin molekulalarini uzun tolalarga aylantiradi. Tolalar disk shaklidagi qizil qon hujayralarini yarimoy shakliga oʻzgartiradi. Quyidagi qon namunasida normal hujayralar bilan aralashib ketgan “oʻroqsimon” hujayra koʻrsatilgan.
Oʻroqsimon hujayra qontomirlardan oʻtishga urinayotganida tiqilib qoladi. Tiqilgan hujayralar qon oqimini pasaytiradi va natijada oʻroqsimon hujayrali anemiyaga chalingan insonlarni nafas qisishi, bosh aylanishi, bosh ogʻrigʻi va qorin ogʻrishi kabi bir qancha muammolar bezovta qilishi mumkin.
- Oqsil strukturasining keyingi bosqichi ikkilamchi strukturasi asos zanjir atomlari orasidagi oʻzaro aloqalar tufayli polipeptid ichida hosil boʻlgan oʻralgan strukturani anglatadi. (Asos zanjir R guruhidan tashqari faqat polipeptid zanjirigagina tegishlidir, yaʼni ikkilamchi strukturada R guruhi atomlari ishtirok etmaydi.) Ikkilamchi strukturaning eng koʻp uchraydigan turlari: α spiral va β qavat hisoblanadi. Har ikkala struktura ham bir aminokislotaning karbonil O i va ikkinchi aminokislotaning H i orasida hosil boʻladigan vodorod bogʻlar shaklida namoyon boʻladi.
- Polipeptidning uch oʻlchamli umumiy strukturasi uchlamchi struktura deb ataladi. Uchlamchi struktura asosan oqsilni tashkil etuvchi aminokislotalarning R guruhlari oʻrtasidagi oʻzaro taʼsirlashuvlarga bogʻliq.
- Uchlamchi strukturaga hissa qoʻshadigan R guruhining taʼsirlashuvlariga vodorod bogʻlanish, ion bogʻlanish, dipol-dipol taʼsirlashuvlar, London dispersiya kuchi va asosan, kovalent boʻlmagan bogʻlarning toʻliq spektri kiradi. Misol uchun, bir xil zaryadli R guruhlar bir-birini itaradi va teskari zaryadlilari, aksincha, ion bogʻlanishni hosil qilishi mumkin. Xuddi shunga oʻxshab, qutbli R guruhlari vodorod bogʻlarini va qutbsizlari dipol-dipol taʼsirlashuvlarni hosil qilishi mumkin. Uchlamchi strukturada, shuningdek, gidrofob taʼsirlashuvlar ham muhim hisoblanadi, bunda qutbsiz, gidrofob R guruhli aminokislotalar oqsilning ichki qismida jamlanib, gidrofil aminokislotalarni atrofdagi suv molekulalari bilan taʼsirlashishi uchun tashqi tomonda qoldiradi.
|
| |