• Xolesterin
  • “Murakkab lipidlar (fosfatidlar)” Reja
  • Oziq-ovqat texnologiyalari ta’lim yo’nalishi sirtqi




    Download 1,57 Mb.
    bet7/12
    Sana07.10.2024
    Hajmi1,57 Mb.
    #273938
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
    Bog'liq
    Azizjanov Rasulbek

    Steroidlar

    • Steroidlar lipid molekulalarning yana bir sinfidir. Steroidlar toʻrtta halqaning birlashishidan hosil boʻlgan strukturani namoyon qiladi. Struktura jihatidan ular boshqa lipidlarga oʻxshamasa-da, ular suvda eruvchan boʻlmagani va gidrofobligi sababli lipidlar turkumiga kiritiladi. Barcha steroidlarda toʻrtta bir-biriga bogʻlangan uglerod halqalari mavjud va ularning koʻpchiligida, jumladan, xolesterinda ham kaltagina dumcha bor. Shuningdek, koʻpgina steroidlar quyida xolesterin misolida koʻrsatilganidek, OH funksional guruhiga ega; bunday steroidlar spirtlar sifatida ham turkumlanadi va shuning uchun sterollar deb nomlanadi.

    Xolesterin

    • Xolesterin eng koʻp uchrovchi steroid boʻlib, asosan jigarda sintezlanadi va koʻpgina steroid gormonlar uchun boshlangʻich asos hisoblanadi. Bularga jinsiy bezlar (urugʻdon va tuxumdon)da ajralib chiqadigan jinsiy gormonlar – testosteron va estradiol kiradi. Xolesterin tanadagi boshqa muhim molekulalar, jumladan, D vitamini va safro kislotalari uchun boshlangʻich modda sifatida ham xizmat qiladi, bu esa oziq-ovqatlardagi yogʻlarni hazm qilish va tanada soʻrilishiga yordam beradi. Shuningdek, u hujayra membranalarining asosiy tarkibiy qismi boʻlib, ularning oquvchanligi va dinamikasini oʻzgartiradi.
    • Albatta, xolesterin qon tarkibida ham uchraydi va qondagi xolesterin darajasi haqida biz shifokorlardan yoki yangilik xabarlarida ham tez-tez eshitib turamiz. Qondagi xolesterin yurak-qontomir tizimiga (oʻzining yuqori zichligida) himoyalovchi taʼsir koʻrsatishi ham, (oʻzining past zichligida) salbiy taʼsir koʻrsatishi ham mumkin.

    “Murakkab lipidlar (fosfatidlar)” Reja

    • 1. Murakkab Lipidlar haqida umumiy tushuncha
    • 2. Toʻyingan va toʻyinmagan yogʻ kislotalari
    • 3. Omega yogʻ kislotalari

    Lipidlar

    • Yogʻlar suv bilan yaxshi aralashish xususiyatiga ega boʻlmagan molekulalar toifasi boʻlgan lipidlarning bir turi hisoblanadi. Lipidlar gidrofob, qutbsiz va asosan uglevodorod zanjirlaridan iborat boʻladi. Lipidlarning turlari organizmlarda har xil strukturalarga ega va shunga mos ravishda organizmlarda turli vazifalarni bajaradi. Misol uchun, lipidlar energiya saqlaydi, izolyatsiyani taʼminlaydi, hujayra membranalarini tashkil qiladi, yaproqlarda suv oʻtkazmaydigan qatlamlarni hosil qiladi va testosteron kabi gormonlarning tarkibiy qismlarini ham taʼminlaydi.
    • Bu yerda biz yogʻlar va moylar, mumlar, fosfolipidlar va steroidlarni oʻz ichiga oluvchi lipidlarning eng muhim turlarini batafsil koʻrib chiqamiz.

    Download 1,57 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




    Download 1,57 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oziq-ovqat texnologiyalari ta’lim yo’nalishi sirtqi

    Download 1,57 Mb.