Zichlikni areometr yordamida aniqlash. Areometrlar yakka yoki to‗plam holda
chiqariladp. To‗plamda 19 ta areometr bo‗lib, eng engilining darajasi 0,700, eng og‗iriniki
1,8400 bilan tugallanadi.
Aniqlashni 20°S xaroratda spirtga eng engilini tushirishdan boshlash kerak. Agar
xarorat 20°S dan farq qilsa, 20°S dagi spirtning quvvatini GOST ning 1-jadvali (massa
buyicha) yoki 2-jadvali (xajm buyicha) asosida topish xam mumkin.
Refraktometrik usulda spirtniig quvvatini aniqlaщ. Toza suvning nur sindirish
ko‗rsatgichi 1,3330 ga teng, absolyut spirtpiki esa 1,36242 ga teng. SHu ko‗rsatgichlar
asosida tuzilgan jadvaldan foydalanib, spirtning hajmiy quvvati topiladp.
Etil spirtshsh suyultirish. Spirtni massa va buyicha suyultirish mumkin. Massa
buyicha suyultirilganda suv va spirt xaroratining ahamiyati yo‗q, chunki spirt va suv tarozida
tortib olinadi.
Spirtni massa buyicha suyultirishda hisoblash usullari:
1. XI DF ning 2-jadvali.
Bu jadval da 1 kg kerakli quvvatdagi spirt tayyorlash uchun qancha gramm
suyultiriladigan spirt va suv kerakligi ko‗rsatilgan. Buning kamchiligi shuki, dorikonalarga
96,2 — 96,7% spirt keladi, bu jadvalda esa eng yukory quvvatli suyultiriladigan spirt — 96%.
Misol: 1000 g 30% spirt tayyorlash uchun 96% spirt va suvdan qanchadan olish
kerak.
XI DF 2 jadvaliga muvofiq: 262 g 96% spirt va 738 g suv olinadi.
2. Biz taklif qilgan 4-jadval. Bu jadval XI DF niig 2-jadvaliga o‗xshash, lekin
kasrli sonlar hisobga olingan.
3. Tenglama yoki «yulduzcha» usuli. Bu maqsadda quyidagi tenglamalardan
fondalanish mumkin:
b u erda:
X — suyultiriladigan spirtning og‗irlik, g;
R — kerakli quvvatdagi spirtning og‗irlik miqdori, g;
a — suyultiriladigan spirtning og‗irlik foizi;
b — suyultirilgan spirtning og‗irlik foizi;
s — suyultiruvchining (past kuvvatli spirtning) og‗irlik
Misol: 1000 g 70% spirt tayyorlash uchun 96,5% li spirt va suvdan qanchadan olish
kerak.
Bu masalani xar xil usullar bilan echish mumkin.
1. 4-jadvalga binoan, 659,80 g 96,5% li spirt va 340,20 g suv olinadi.
2. YUqorida keltirilgan tenglama bilan echiladi, lekin bunda o‗lchov birliklariga
e‘tibor berish kerak. Bizning misolimizdagi 70% va 96,5% hajmiy foizlarni XI DF ning 1-
jadvali yordamida og‗irlik (massa) foizga o‗tkazsak:
70%-62,4% (m); 96,5%-94,5% (m) larga to‗g‗ri keladi.
|