|
Etil spirtini hajm bo‗yicha suyultirish
|
bet | 29/33 | Sana | 20.02.2024 | Hajmi | 0,82 Mb. | | #159179 |
Bog'liq majmua oziq ovqat biotexnologiyasiEtil spirtini hajm bo‗yicha suyultirish.
Spirt suv bilan aralashtirilganda, aralashma isiydi va eritmaning xajmi nazariy hisobga
qaraganda kamayadi.
SHuning uchun spirtni hajm bo‗yicha suyultirishda doimo 20°S da suv bilan kerakli
xajmgacha etkaziladp. Birinchi marta D. I. Mendeleev aniqlagan bu hodisa kontraksiya deb
ataladi. Bunda spirt bilan suv molekulalarining bir-biriga shimilishi xisobiga hajm kamayadi,
molekulalar orasidagi ishqalanish xisobiga esa nssiqlik ajralib chiqadi. Spirtni xajm bo‗yicha
suyultirishda quyidagi hisoblash usullari mavjud:
1. XI DF 3-jadvali.
Bu jadvalda 20°S xaroratda kerakli quvvatdagi spirt tayyorlash uchun
suyultiriladigan 1 l spirtga qo‗shiladigan suvning hajmiy miqdori keltirilgan. Bu jadvalda
kontraksiya xodisasi hisobga olingan. Misol: 1000 ml 95% li spirtga qancha suv qo‗shils
40%, spirt hosil buladi?
XI DF 3-jadvaliga binoan, 1000 ml 95% li spirtga 1443 ml suv qo‗shilsa, 40% spirt
xosil buladi. Hosil bulgan spirtning hajmi bizni kiziqtirmaydi.
2. XI DF 4-jadvali.
Jadvalda 1 l kerakli quvvatdagi spirt tayyorlash uchun suyultiriladigan spirt va
suvning ml miqdori keltirilgan. Bu jadvalda xam kontraksiya xodisasi hisobga olingan.
Misol: 1000 ml 90% li spirt tayyorlash uchun kancha 95% spirt va suv olish lozim?
XI DF 4-jadvaliga muvofiq 947 ml 95% spirt va 61 ml suv olish kerak?
3. XI DF 5-jadvali.
Bu ham 4-jadvalga o‗xshash, lekin bunda kasrli sonlar hisobga olingan.
4. Tenglama yordamida
yoki b u erda:
X — suyultiriladigan spirtning og‗irlik, g;
R — kerakli quvvatdagi spirtning og‗irlik miqdori, g;
a — suyultiriladigan spirtning og‗irlik foizi;
b — suyultirilgan spirtning og‗irlik foizi;
s — suyultiruvchining (past kuvvatli spirtning) og‗irlik
foizi.
M i s o l : 96,4% li spirtdan 5 l 70% li spirt tayyorlash. masalani turli usullar bilan echish
mumkin:
1. XI DF 5-jadvaliga binoan, 3,6 l 96,4% li spirt va 1,5 suv olinadi
. 2. Tenglama yordamida 3,6 l 96,4% li spirt olinadi.
3. YUlduzcha usulida.
Ba‘zan korxona sharoitida yuqori va past quvvatli spirtlarni aralashtirib, kerakli
quvvatdagi spirt tayyorlashga to‗g‗ri keladi. Masalan, 96,2% li va 10% li spirtlardan 4 l 60% li
spirt tayyorlash.
1. Bu masalani quyidagi tenglama bilan echish mumkin:
2,32 l 96,2% li spirt olib, 20
S xaroratda 10% li spirt bilan 4 l ga etkazladi
2. YUlduzcha usulida.
|
| |