|
Ishlatilgan spirtning hisobi
|
bet | 30/33 | Sana | 20.02.2024 | Hajmi | 0,82 Mb. | | #159179 |
Bog'liq majmua oziq ovqat biotexnologiyasiIshlatilgan spirtning hisobi.
Korxona sharoitida ishlatilagan spirtning hisobi absolyut spirt bo‗yicha hajm (litr yoki
dekalitr) da olib boriladi. Bunda agar xarorat 20
0
S dan farq qilsa va spirt litrlar bilan o‗lchansa
absolyut spirtga GOST ning 5-jadvali yordamida o‗tkaziladi. Jadvalda chap va o‗ngdagi tik
ulushlari berilgan. Butun sonlar bilan kasrli sonlar kesishgan nuqtada 1 kg ishlatilgan spirtdagi
absolyut spirtning xajmiy (l) miqdori keltirilgan.
Misol: 100 kg 96,2% li spirt ishlatildi. Bunda qancha l absolyut spirt bor.
GOST ning 6-jadvali bo‗yicha:
1 kg 96,2% spirtda - 1,1942 l 100% li spirt bor
. 100 kg spirtda - x = 119,42 l 100% li spirt bor
. Dorixonalarda spirning hisobi.
Dorixonalarda ishlatilgan spirt hisobi Sog‗liqni Saqlash vazirligining 16.09.69 yil 675- va
23.05.72 yil 412-son buyruqlariga muvofiq olib boriladi. 675-son buyruqqa muvofiq sarflangan
spirtning miqdori 95% li spirtga o‗tkaziladi va massa bo‗yicha hisobi olib boriladi. Misol: 1000 g
70% li spirt ishlatildi, unda qancha g 95% li spirt bor. XI DF ning 2-jadvaliga muvofiq 675 g
95% li spirt bor. Bu jadvalda eng yuqori quvvatli spirt 96% li bo‗lganligi uchun hsiobni mazkur darslikning 4jadvali bo‗yicha olib borish maqsadga muvofiqdir, chunki bu jadvalda kasrli sonlar hisobga olingan. 412son buyruqqa muvofiq dorixonada spirt hajmda ishlatiladi, hisobi esa massa bilan 95-96,7% li spirtlar bo‗yicha olib boriladi. Bu maqsadda bizning kafedramiz taklif
qilgan 5-jadvaldan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Mazkur jadvalning tik ustunchasida
dorixonalarga keladigan spirtning quvvati (9596,7%) gorizontal ustunchasida esa ishlatilgan spirtning quvvati keltirlgan. Ular kesishgan joyda 100 ml ishlatilgan spirtdagi yuqori quvvatli spirtning g miqdori keltirilgan. Masalan:100 ml 70% li spirt ishlatildi, unda qancha gramm 96,7% li spirt bor? 5-jadvalga muvofiq, 100 ml 70% li spirtda 58,24 g 96,7% spirt bo‗ladi. Spirtli eritmalar.
Dori moddalarning xar xil quvvatli spirtdagi eritmalari spirtli eritmalar deyiladi.
Farmatsevtika sanoatida xar xil spirtli eritmalar ishlab chiqarilib, ular ichish uchun va tashqi maqsadlarda ishlatishgga mo‗ljallangan bo‗ladi. Spirtli eritmalarni tayyorlash oddiy jarayon bo‗lib, maxsus asbob-uskuna talab qilmaydi.
Ichishga mo‗ljallangan spirtli eritmalarga yodning 5 va 10% li eritmlari, novshadil,
arpadiyon tomchisi, nitroglitserinning eritmalari va xakozolar kiradi
Yodning 5% li spirtli eritmasi.
|
|
| |