- labaratoriya mashg’uloti Pivo hom ashyosini natural og’irligini aniqlash

Download 0,82 Mb.
bet32/33
Sana20.02.2024
Hajmi0,82 Mb.
#159179
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Bog'liq
majmua oziq ovqat biotexnologiyasi

15- labaratoriya mashg’uloti Pivo hom ashyosini natural og’irligini aniqlash.
Pivo eng qadimiy va eng ommaviy alkogolli ichimlik boʻlib, kraxmalli mahsulotlar — solod, gʻallamakkajoʻxoriguruch kabilarni achitib tayyorlanadi. Boshqa kam tarqalgan pivo turlari kartoshka (Braziliyada) yoki agava (Meksikada) tayyorlanadi.
Pivo kuchsiz alkogolli, taʼmi taxirroq, koʻpiklanuvchi, xushboʻy, chanqovbosti ichimlik. Oʻrta asrlardayoq Yevropaning qator mamlakatlarida (ayniqsa, Germaniya va Chexoslovakiyada) koʻp tayyorlangan. Keyinchalik sanoat usulida maxsus pivo zavodlarida ishlab chiqarilgan. Pivo 19-asr 2yarmida Rossiya Oʻrta Osiyoni bosib olgandan keyin Oʻzbekistonda ham tarqaldi.
Pivo tayyorlash uchun undirilgan arpadan tayyorlangan suyuklik (solod)ga qulmoq (xmel) va suv qoʻshib spirtli bij-gʻitiladi. Pivoning ayrim navlarini tayyorlashda arpa solodi qisman guruch, makkajoʻxori yoki arpa uni, shuningdek, shakar bilan almashtiriladi.
Solod tayyorlash uchun arpa tozalanadi, namlab undiriladi, ungan arpa maysalari quritiladi. Quritilgan maysalar maydalanib, suv bilan aralashtiriladi. Muayyan haroratda suvli aralashmada fermentatsiya jarayonlarida soloddagi kraxmal shakarga aylanadi, shakarlanish tugagandan keyin aralashma suziladi va tiniq suslo (atala)ga xmel qoʻshib qaynatiladi. Natijada atala tiniqlashadi va xushboʻylikka ega boʻladi. Keyin suslo qulmoqdan tozalanadi va maxsus tindirgichlarda sovitiladi. Suslo maxsus pivo bijgʻitish apparatlarida pivo achitqi (drojji)larining maxsus irqi bilan 5—9° da 7—8 sutka davomida (pivo naviga qarab) bijgʻitilib yetishtiriladi (spirt va karbonat angidrid gazi hosil boʻladi).
Bijgʻigan yoki yosh pivo toʻliq yetilishi uchun maxsus katta sigʻimli idishlarga quyiladi. Idishlarda toʻliq yetilishi va gazdan tozalanish 0—2° da 21—90 kun davom etadi. Pivo tayyorlashning uzluksiz va jadallashtirilgan texnologiyalari ham qoʻllaniladi. Yetilgan pivo qayta suziladi va butilkalarga quyiladi.
pivo tarkibida, navlariga qarab, 4—10 % yengil oʻzlashtiriluvchi oziq moddalar, asosan, uglevodlar, kam miqdorda aminokislotalar bor. Pivoda 1,8—6 % alkogol, 0,3—0,4 % karbonat angidrid gazi, qulmoqning achchiq va oshlovchi moddalari qoldigʻi, organik kislotalar mavjud. 1 l pivoda 400 dan 800 gacha kkal bor. Pivo xom ashyoning miqdori va tarkibiga, bijgʻish davrining davomiyligiga koʻra har xil (och va toʻq) rangli boʻladi, navlarga ajratiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi pivo va alkogolsiz ichimliklar sanoati tarmo-gʻida 16 ta yirik korxona (Toshkent, Fargʻona, Qoʻqon, Andijon, Guliston,Samarqand, Namangan, Buxoro va boshqa shaharlarda), shuningdek, matlubot jamiyatlariga qarashli zavodlar va sexlarida pivo ishlab chiqariladi. Oʻzbekistonda „Olmaliq“, „Qibray“ pivolari mashhur.[5]
Pivo eng qadimiy[1][2][3] va eng ommaviy[4] alkogolli ichimlik boʻlib, kraxmalli mahsulotlar — solod, gʻallamakkajoʻxoriguruch kabilarni achitib tayyorlanadi. Boshqa kam tarqalgan pivo turlari kartoshka (Braziliyada) yoki agava (Meksikada) tayyorlanadi.
Pivo kuchsiz alkogolli, taʼmi taxirroq, koʻpiklanuvchi, xushboʻy, chanqovbosti ichimlik. Oʻrta asrlardayoq Yevropaning qator mamlakatlarida (ayniqsa, Germaniya va Chexoslovakiyada) koʻp tayyorlangan. Keyinchalik sanoat usulida maxsus pivo zavodlarida ishlab chiqarilgan. Pivo 19-asr 2yarmida Rossiya Oʻrta Osiyoni bosib olgandan keyin Oʻzbekistonda ham tarqaldi.
Pivo tayyorlash uchun undirilgan arpadan tayyorlangan suyuklik (solod)ga qulmoq (xmel) va suv qoʻshib spirtli bij-gʻitiladi. Pivoning ayrim navlarini tayyorlashda arpa solodi qisman guruch, makkajoʻxori yoki arpa uni, shuningdek, shakar bilan almashtiriladi.
Solod tayyorlash uchun arpa tozalanadi, namlab undiriladi, ungan arpa maysalari quritiladi. Quritilgan maysalar maydalanib, suv bilan aralashtiriladi. Muayyan haroratda suvli aralashmada fermentatsiya jarayonlarida soloddagi kraxmal shakarga aylanadi, shakarlanish tugagandan keyin aralashma suziladi va tiniq suslo (atala)ga xmel qoʻshib qaynatiladi. Natijada atala tiniqlashadi va xushboʻylikka ega boʻladi. Keyin suslo qulmoqdan tozalanadi va maxsus tindirgichlarda sovitiladi. Suslo maxsus pivo bijgʻitish apparatlarida pivo achitqi (drojji)larining maxsus irqi bilan 5—9° da 7—8 sutka davomida (pivo naviga qarab) bijgʻitilib yetishtiriladi (spirt va karbonat angidrid gazi hosil boʻladi).
Bijgʻigan yoki yosh pivo toʻliq yetilishi uchun maxsus katta sigʻimli idishlarga quyiladi. Idishlarda toʻliq yetilishi va gazdan tozalanish 0—2° da 21—90 kun davom etadi. Pivo tayyorlashning uzluksiz va jadallashtirilgan texnologiyalari ham qoʻllaniladi. Yetilgan pivo qayta suziladi va butilkalarga quyiladi.
pivo tarkibida, navlariga qarab, 4—10 % yengil oʻzlashtiriluvchi oziq moddalar, asosan, uglevodlar, kam miqdorda aminokislotalar bor. Pivoda 1,8—6 % alkogol, 0,3—0,4 % karbonat angidrid gazi, qulmoqning achchiq va oshlovchi moddalari qoldigʻi, organik kislotalar mavjud. 1 l pivoda 400 dan 800 gacha kkal bor. Pivo xom ashyoning miqdori va tarkibiga, bijgʻish davrining davomiyligiga koʻra har xil (och va toʻq) rangli boʻladi, navlarga ajratiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi pivo va alkogolsiz ichimliklar sanoati tarmo-gʻida 16 ta yirik korxona (Toshkent, Fargʻona, Qoʻqon, Andijon, Guliston,Samarqand, Namangan, Buxoro va boshqa shaharlarda), shuningdek, matlubot jamiyatlariga qarashli zavodlar va sexlarida pivo ishlab chiqariladi. Oʻzbekistonda „Olmaliq“, „Qibray“ pivolari mashhur.[5]

Download 0,82 Mb.
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33

Download 0,82 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar