|
Savol: Tabiatda ranglar har xil. Siz qaysi ranglarni yaxshi, yoqimli deb hisoblaysiz?
KUMUSH FASL
|
bet | 27/62 | Sana | 21.02.2023 | Hajmi | 6.26 Mb. | | #43022 |
Bog'liq 3- SINF UCHUN PAST UZLASHTIRUVCHI O\'QUVCHILAR 2021 chqbt-test, БАЁН-1 БО Ах хуруж, WRHJgP8bTsd5o7ZVdr11AsxI1oEusMveDLBuuux8, 2-Ózbetinshe, Lobaratoriya 3, The Culture of our countrySavol: Tabiatda ranglar har xil. Siz qaysi ranglarni yaxshi, yoqimli deb hisoblaysiz?
KUMUSH FASL
Oltin kuz poyoniga yetib, dov-daraxtlarning so`nggi yaproqlari hamma duvva to`kilib, bog`-u rog`larda, ekindan bo`shagan keng maydonlarda, paxsa devorlar ustida gala gala qora qarg`alar paydo bo`lib qolishdi. Ular go`yo qora chopon kiyib olgan kishilardek, yelkalarini qisib olgancha, zovur bo`ylari-yu yo`l chekkalarida salmoqli qadam tashlashadi. Atrofga alanglab olgach, yerdan nimalarnidir cho`qilab yeyishadi. Ayrimlari esa baland daraxt shoxiga yoki simyog`ochga qo`nib olib, bulutli osmong qarab “qarr-qarr” etib qo`yishadi. “Qarg`a qag`illayapti, qor yog`sa kerak, ayoz nafasikelyapti”, - deyishadi ko`pni ko`rgan keksalar ko`kdagi bulutga ishora qilib. Darhaqiqat, ko`p kuttirmay, kechga borib yakkam-dukkam qor uchqunlay boshlaydi. Avvaliga ariq bo`ylari va devor ostilari oqarib, tongga borib hamma yoq oppoq qorga burkandi. Shudgorlangan dalalar oppoq qor ko`rpasi ostida shirin uyquga ketadi.
Bolajonlar uchun esa qishning qiziqarli o`yinlari avj oladi. Kimdir qorbobo yasaydi, kimdir tepalikdan chanada uchadi. Kimdir o`rtoqlari bilan maza qilib qorbo`ron o`ynaydi. Shu boisdan ham biz zumrad bahorni, jazirama yozni va oltin kuzni qanchalik yaxshi ko`rsak, kumush qish fasini ham shunchalik sevib, orziqib kutamiz.
Qih butun tabiat hordiq oladigan sokin va orombaxsh fasldir. Ayniqa, O`zbekistonimizning tog`-u toshlari, dala-dashtlari, go`zal qishloq-shaharlari oqqa burkanib, ko`ngilda sof va ezgu orzularni uyg`otadi.
Harakatli dam olish daqiqasi o‘tkaziladi. «Qor» qo‘shig‘i qo‘yiladi. Bolalar qo‘shiqqa mos harakatni bajaradilar.
IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.Mashg`ulotlik bilan ishlash: «Kumush fasl» hikoyasini o‘quvchilar «Zanjir» usulida o‘qiydilar. Matn mazmuni hikoya qildiriladi. Mashg`ulotlikdagi savol-javob va topshiriqlar ustida ishlanadi.
1. O’lkamizda qish fasliqaysi oydan boshlanadi? Qishning belgilarini ayting.
2. Qora qarg`a yurtimizda qachon paydo bo`ladi?
3.”Qishki o`yinlar” mavzusida 3 -4 gapli matn tuzing.
|
| |