• Ключевые слова
  • СИСТЕМЕ ВЫСШЕГО ВОЕННОГО ОБРАЗОВАНИЯ: ВЫВОДЫ И РЕКОМЕНДАЦИИ




    Download 2,09 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet87/163
    Sana13.05.2024
    Hajmi2,09 Mb.
    #229627
    1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   163
    Bog'liq
    05.12.2021 To`plam Ped mahorat OAK

    СИСТЕМЕ ВЫСШЕГО ВОЕННОГО ОБРАЗОВАНИЯ: ВЫВОДЫ И РЕКОМЕНДАЦИИ 
     
    В данной научной статье на основе диагностики анализа учебной мотивации курсантов 
    Министерство обороны Республики Узбекистан Военного института информационно-
    коммуникационных технологий и связи, их коммуникативности, уклончивости, стремления к 
    престижу психологически пронализированы профессиональное, творческое самосознание, научно-
    познавательная и социальная мотивации, научно сформулированы выводы и рекомендации на основе 
    анализа мотивационного состояния будущих офицеров в процессе военного образования.
    Ключевые слова: учебная мотивация, коммуникативный мотив, мотив бегства, мотив 
    престижа, профессиональный мотив, мотив творческой самореализации, учебно-познавательный 
    мотив, социальный мотив, психологический анализ, военное образавание. 
     
    EMPIRICAL ANALYSIS OF LEARNING MOTIVATION OF FUTURE OFFICERS IN THE 
    SYSTEM OF HIGHER MILITARY EDUCATION: CONCLUSIONS AND RECOMMENDATIONS 
     
    In this scientific article, on the basis of the diagnosis of the analysis of educational motivation of the 
    cadets of the Ministry of Defense of the Republic of Uzbekistan, Military Institute of Information and 
    Communication Technologies and signals, their communicative, avoidance, striving for prestige, 
    professional, creative self-awareness, Scientific and cognitive and social motivations were psychologically 
    analyzed, conclusions and recommendations were scientifically stated based on the analysis of the 
    motivational state of future officers in the process of military education.
    Keywords: educational motivation, communicative motive, escape motive, prestige motive, 
    professional motive, creative self-realization motive, educational and cognitive motive, social motive, 
    psychological analysis, military education. 
    Ma’lumki, insonga xos barcha faoliyat turlari motivlar orqali amalga oshib, faoliyatning qay darajada 
    bajarilishi sabablari motivatsiya fenomenida aks etadi. Hozirga qadar psixologiya fanida motivatsiya 
    masalasiga oid ko‘plab nazariy qarashlar, ilmiy yondoshuvlar, konsepsiyalar mavjud bo‘lib, ularda 
    motivatsiya tushunchasi turli mazmunda ta’riflangan. Ayrim tadqiqotlar inson motivatsion sohasini biologik 
    ehtiyojlar bilan tushuntirsa, boshqasi esa, qiziqish, yo‘nalganlik, ishtiyoq va munosabat kabi tushunchalar 
    bilan tavsiflaydi.
    Zamonaviy psixologiyada fanida motivatsiya fenomeni ko‘proq, faoliyat va uning o‘ziga xos 
    psixologik mexanizmi sifatida tushuntiriladi. Tadqiqotchi V.G.Leontev fikricha, motiv – bu faoliyatni 
    boshqaruvchi impulsdir[1]. Haqiqatdan ham, insonlar doimiy ravishda turli xil faoliyatda bo‘ladilar va turli 


    “PEDAGOGIK MAHORAT” ilmiy-nazariy va metodik jurnal. 2022, № 3-4 
    86 
    xil xatti-harakatlarni amalga oshiradilar. Bunda insondagi motivatsiya belgilari faoliyatining tashqi tomonida 
    namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham tadqiqotchilar faoliyatni amalga oshirish sabablari haqidagi savolga 
    motiv va motivlarning tushunchalari bilan javob beradilar.
    Mohiyatan, motivatsiyani tadqiq etish - bu insonni faoliyatga boshlaydigan va quvvatlantiradigan 
    sabablar va omillarni aniqlash shuningdek, ma’lum bir xulq-atvorni bajarilishiga olib keladigan chorlovchi 
    sabablarni o‘rganish ham sanaladi. 
    Motiv tushunchasidan birinchi bo‘lib, XX asr boshlarida nemis faylasufi A.Shopengauer o‘z asarida 
    foydalangan. Muallifga ko‘ra, motiv bu – keng ma’noda inson ehtiyojlari, instinktlari, munosabatlari va 
    hissiyotlarida aks etuvchi kategoriyadir[2]. Hozirgi kunga kelib, ushbu tushuncha psixologiya fanida inson 
    xatti-harakatlarining sabablarini tushuntiruvchi ichki reguliyatsion tizim sifatida xizmat qilmoqda.
    V.G.Aseyevning ta’rificha, motiv – bu harakatlarning maqsadlarini aniqlash yoki rejadagi faoliyatni 
    qaysi vositalar bilan bajarish kerakligi aniqlashdir[3]. Demak, motivlar faoliyat maqsadi va natijasini 
    belgilovchi psixologik asosdir. Biroq, mazkur tushunchaning asoslanishi uzoq tarixga ega bo‘lishiga 
    qaramay, haliga qadar fanda motivlarning mohiyatini ochib beruvchi yagona ta’rif mavjud emas. “Motiv” 
    tushunchasi keng qamrovli yondoshuvlar bilan tavsiflanadi. Motiv va motivatsiyani o‘rganishdagi turli xil 
    nazariy yondashuvlar, birinchidan, zamonaviy psixologik maktablarning turli falsafiy, psixologik 
    yo‘nalishlari, ikkinchidan, ushbu kategoriyaning mazmun jihatdan murakkabligi tufayli yuzaga kelgan. Ana 
    shu holatlardan kelib chiqib, biz insonning motivatsion sohasini o‘rganishdagi asosiy yo‘nalishlarni ajratib 
    olishimiz muhim hisoblanadi. 
    Tadqiqotchi Ye.P.Ilinning ta’kidicha, hozirga qadar yaratilgan motivatsiya borasidagi nazariyalar, 
    mumtoz qarashlarning barchasi zamonaviy motivatsiya psixologiyasining boshlang‘ich tarixi yoki 
    evolyutsiyasidir[4]. Ushbu nazariyalar fanda tadqiqotchilar o‘rtasida qarama-qarshi fikrlarni hosil qilishiga 
    keng xizmat qiladi.
    Demak biz tadqiq etayotgan ishimizda aynan kursantlarning harbiy ta’lim jarayonida o‘quv 
    motvatsiyasining taxlili hakida so‘z boradi. Mazkur tadqiqotimizda ta’lim motivatsiyasi diagnostikasi 
    metodikasi (A.A.Rean va V.A.Yakunin, N.S Badmayeva modifikatsiyasi) dan foydalandik. Tadqiqot 
    jarayoniga O‘zbekiston Respublikasi Mudofa vazirligi Axborot-komunikatsiya texnalogiyalari va aloqa 
    harbiy institutining 39 nafar kursantlari jalb etildi. 
    Biz “

    Download 2,09 Mb.
    1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   163




    Download 2,09 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    СИСТЕМЕ ВЫСШЕГО ВОЕННОГО ОБРАЗОВАНИЯ: ВЫВОДЫ И РЕКОМЕНДАЦИИ

    Download 2,09 Mb.
    Pdf ko'rish