Pedagogik texnologiyaning asoslari




Download 6,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/89
Sana22.02.2024
Hajmi6,99 Mb.
#160530
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   89
Bog'liq
Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Omonov H.T, Xo\'jayev N.X, Madyarova S.A, Eshchonov

Pedagogik texnologiyaning asoslari. Pedagogik texnologiya eng 
murakkab jarayon-insonning ta ’lim-tarbiyasi bilan shug'ullanishda 
asosiy vosita bo'lganligi tufayli ham uning asoslari ham shaxs murak- 
kabligi kabi xilma-xildir. U lar orasida tarixiy, nazariy, ijtimoiy, 
falsafiy, metodologik, pedagogik, didaktik, fiziologik, gigienik, iq­
tisodiy, mafkuraviy, huquqiy-m e’yoriy, amaliy va boshqalar farq 
qilinadi. U m um an, pedagogik texnologiyaning vujudga kelishi ilmiy 
jarayon sifatida qaraladi. Pedagogik texnologiya o'quv predm eti va 
fan sifatida o'zining hayotdagi munosib o 'rn in i egallab borm oqda. 
«Pedagogik texnologiya», «Yangi pedagogik texnologiyalar», «Za­
monaviy pedagogik va interfaol texnologiya», «Axborot va innovat­
sion texnologiyalar», «Ta’lim texnologiyasi», «Texnika», «M aho­
rat», «Axborot texnologiyasi», «Axborot-kommunikatsiya texnologi­
yalari», «Ta’lim metodlari», «Tarbiya metodlari», «Pedagogik m a­
horat» kabi atam alar, tushunchalar, maxsus va tanlov kurslari, 
o'quv predmetlari shakllanib va ularning m azniun-mohiyati o'zgarib 
turmush va amaliy faoliyatga shiddat bilan kirib kelmoqda. U m um pe- 
dagogik tushunchalar tizim ida texnologiya muammosiga ilmiy yon- 
dashish kuchaymoqda. Pedagogik texnologiya va pedagogik faoliyat 
ham da o'qituvchi professiogrammasi bir butun jarayon yoki hodisa 
tarzida tasaw ur qilinadi. Shu nuqtai nazardan, pedagogik texnologiya 
va pedagogik mahorat o'zaro qondosh-egizakdir. Pedagogik tex- 
nologiyani o'qitish jarayonida qo'llash-sifat va samaradorlikning 
yetakchi omillaridan biridir.
Pedagogik texnologiyaning o'z tarkibi va mazmuni bo'yicha tako- 
millashuvi, uning kasbiy faoliyat sifatida samaradorligining ortishi 
uzluksiz davom etadi. Bunday dinamik jarayon ta ’lim tizimida sodir 
bo'ladigan o'zgarishlar bilan garmonik tarzda kechadi.


Pedagogik texnologiyaning umum iy tavsifi va tarkibiy mazmuni 
uning ijtimoiy hodisa ekanligida nam oyon b o ‘ladi va ta'lim -tarbiya 
masalalari bilan bog‘liq maqsad va vazifalar, motiv va ehtiyojlar, 
talab va m anfaatlar, qiziqish va xohishlarni amalga oshirishda ro ‘y- 
rost ko‘rinadi.

Download 6,99 Mb.
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   89




Download 6,99 Mb.
Pdf ko'rish