Tarbiyalash texnologiyasi




Download 6,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/89
Sana22.02.2024
Hajmi6,99 Mb.
#160530
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   89
Bog'liq
Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Omonov H.T, Xo\'jayev N.X, Madyarova S.A, Eshchonov

Tarbiyalash texnologiyasi — nisbatan yangi atama bo’lishiga qara- 
may rivojlangan mamlakatlarda keng tarqalgan. Tarbiyalash texnolo­
giyasi pedagogikada yangi yo'nalish hisoblangan «ijtimoiy peda­
gogika» bilan birgalikda fuqarolik g ’ururi, vatanparvarlik, ijtimoiy 
faollik, mas’uliyat hissi va boshqa shaxsiy sifatlarni shakllantirishga 
jiddiy ta ’sir qilmoqda.
T a’kidlash joizki, tarbiyalash texnologiyasi yoshlar bilan tar- 
biyaviy ishlarning g’oyasi, mazmuni va tarkibini emas, balki bu 
sohadagi respublikamiz hukumati tom onidan ishlab chiqilgan m aq­
sad va vazifalarni samarali amalga oshirish bilan shug’ullanadi. Tar­
biyalash texnologiyasi m o’ljallangan tarbiyaviy maqsadga samarali 
erishuvni ta ’minlovchi vositalar majmuasini ko’rib chiqadi.


0 ‘qituvchi(pedagog)larning o ‘zida muloqot, bahs olib borish 
madaniyatini shakllantirish maqsadida pedagogik ta ’lim mazmuniga 
qo'yiladigan talablar, ayniqsa, muhimdir. 0 ‘zaro hamkorlik peda- 
gogikasi — o'qituvchi (pedagog) va o ‘quvchi-talaba o'rtasida ham - 
fikrlilik, bir-biriga ishonch, o'zaro yordam, ijodiy hamkorlik muhiti- 
ni yaratadi. Bu esa. o'z navbatida, yoshlar tom onidan haqiqiy in- 
soniy qadriyatlaming anglab olinishi va e’tirof etilishini kafolatlaydi.
Milliy o'zlikni anglashni butun olam insonparvarlik g'oya va m a­
daniyati, umuminsoniy qadriyatlar, ko‘p millatli xalqimiz a n ’ana- 
laridan ayrim holda tiklab bo'lmaydi. Yoshlaming iqtidori va bilimga 
chanqoqligi aynan shulardan quvvat oladi, m a’naviyatga erishish va 
uning rivojlanishi shular bilan cham barchas bog'liqdir.
Milliy mafkura, psixologik va pedagogik fanlardan foydalanib, 
maqsadlar ketma-ketligini to'g'ri «texnologik» tanlay biUsh o ‘ta m u­
him. Nazariya nuqtai nazaridan tarbiya uslubiyotini ta ’riflash yetarli. 
Lekin texnologik jihatdan barcha tarbiya maqsadlarining qismlarini 
aniqlash va ulami ro‘yobga chiqarish yo'llarini belgilash zarur bo‘ladi.
«Oliy va o 'rta maxsus o'quv yurtlarida bo'lg'usi mutaxassislar- 
ning umumiy va kasbiy m adaniyatini shakllantirish bo‘yicha jam la- 
ma tarbiyaviy ishlar rejasi»-tarbiyaviy ishlarni dasturlashga misol b o ‘la 
oladi. Ushbu dastur Oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi tasarrufidagi 
oliy o ‘quv yuitlari olimlari va pedagoglarining m ehnati mahsulidir. 
Uning asosi etib, O 'zbekiston Respublikasi Prezidenti LA. Kari- 
movning O'zbekistonning daxlsizligini mustahkamlash, uning buyuk 
kelajagini barpo etish, har bir talabani ko‘p qirrali, barkam ol va 
Vatanning yuksak g'oyalariga sodiq shaxs sifatida tarbiyalash haqidagi 
ko‘rsatmalari olingan.
Dasturda asosiy tarbiyaviy yo'nalishlar va maqsadlar keltirilgan. 
Jumladan, fuqaro tarbiyasi, kasb egallash, shaxsiy mas’uliyat, yuqori 
malakali b o 4 ish va kasbiy m ahoratni egallashga intilishni tarbiya­
lash, oilaviy hayotga tayyorlash, talabani shaxs sifatida rivojlantirish 
kabilarga alohida e’tibor berilgan.
0 ‘quv-tarbiya jarayoniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni 
joriy qilish pedagogdan ijodiy ishlashni talab etadi. Pedagog o'zida 
unga yordam beruvchi tashqi imkoniyatlar, ya’ni, nazariy-amaliy 
materiallar, o ‘quv qurollari va vositalari mavjudligi haqida to ‘liq 
m a’lumotlarga ega bo'lishi kerak. Pedagog o'zidagi mavjud m a’lu ­
motlar va imkoniyatlar asosida qaralayotgan ta ’lim yo'nalishi bo'yicha


mavjud m etodika va ilg‘or 
0‘qitish uslublarini ko'zlagan maqsadga 
yo'naltirish qobiliyatiga ega bo'lishi lozim.
Pedagogda shakllangan bilim, ko‘nikma, malaka, 
0‘qitish vosi- 
talari, zamonaviy pedagogik texnologiyalar imkoniyatlarini maqsadga 
muvofiq yo‘naltira olish qobiliyatlari mavjud b o ‘lsa, u davlat ta ’lim 
standartlari asosida ta ’lim oluvchiga aniq maqsadni belgilab bera oli­
shi mum kin. Bu esa, o 'z navbatida, pedagogik texnologiyalam i 
qo'llash rejasini ishlab chiqishga, ya’ni vazifalarini belgilab olishga 
olib keladi. Belgilangan m aqsad va vazifalami e ’tiborga olgan holda 
ta ’limning harakatchan modeli yaratiladi. M odelni ishlab chiqish, 
asosan, tizim li yondashuv uslubi, m aqsadlar tizim ini yaratish va 
unga erishish ketma-ketligiga asoslangan holda olib boriladi. T a’lim 
modelini yaratish-zamonaviy ta ’lim texnologiyasining asosiy talab- 
laridan biridir.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» raqobatbardosh kadrlar tay­
yorlash yuzasidan zamonaviy talablar majm uini belgilab berdi. Bir- 
biriga bog‘liq bo'lgan talablarning majmui, pedagogning um um - 
lashtirilgan modelini tashkil etadi. U m um lashgan modelga muvofiq 
asosiy talablar quyidagilardan iborat; ya’ni:
- pedagogning ta ’lim berish mahorati;
- pedagogning tarbiyalay olish mahorati;
liriim -larb iya jarayonida inson om ilini ta ’m inlovchi shaxs 
ln/ilaii;
(a Inn ol uviliil,lining bilimlarini xolisona b a hol ay olish va n a -
/ o r al qila olish mahoi al i.
Bugungi kunda C)‘/,bckislonda jahon ta ’lim maydoniga kirishga 
yo'naltirilgan yangi la ’Iim lizimi qaror topm oqda. Bu jarayon bilan 
bir vaqlda pedagogik o'quv-tarbiya jarayonining nazariyasi va amaliyo- 
lida sezilarli o'zgarishlar sodir bo'lm oqda. T a’limdagi yondashuv­
lar tarkibi o'zgarm oqda va boshqacha munosabatlar o'm atilm oqda. 
T a’lim tizimida yangi axborotlar bilan ishlash qobiliyatiga ega b o 'l­
gan kuchlar shakllanmoqda, yangi ijodiy yechimlar topilm oqda va 
ta ’lim dasturini individuallashtirishga qaratilgan sa’y-harakatlar ku- 
chaymoqda.
T a’lim-pedagogik jarayonning m uhim tarkibi bo'lib, o'quvchi- 
talaba bilan o'qituvchi(pedagog)ning shaxsga yo'naltirilgan o'zaro 
munosabatlari hisoblanadi. Ijtimoiy bilimga teng bo'lgan pedagogik 
texnologiyalarning tashkil topishida fanning roli ortib bormoqda.


Zam onaviy pedagogik texnologiyalarning psixologik-pedagogik 
nuqtai nazardan takomillashuvining asosiy yo‘nalishlari quyidagi­
lar bilan ifodalanadi:
- o ‘quvchi-talabaning yodlashdan eslab qolish funksiyasiga o 'ti- 
shi, ya’n io ‘zlashtirilganini ishlatish imkonini beravchi aqliy rivojlan- 
ish jarayoniga o'tish;
- bilimning assotsiativ statistik modelidan aqliy harakatning 
dinamik tarkibiy tizimlariga o ‘tish;
- o ‘rtacha o'quvchi-talabaga yo'naltirilganlikdan o'qitishning taba- 
qalashgan va individuallashtirilgan dasturlariga o ‘tish;
- o'quvchi-talabaning tashqi motivatsiyasidan ichki m a’naviy 
irodali tartibga solinishga o ‘tish va h.k.
Ta’limda zamonaviy didaktika va ta ’lim tarkiblarining samaradorli- 
gini oshirish, yangi g‘oya va texnologiyalarning ilmiy ishlab chiqilishi va 
amaliy asoslanishiga o ‘tilmoqda. Bunda har xil pedagogik tizim bilan 
0‘qitish texnologiyalari o'rtasida bogliqlik, amaliyotda davlat ta’lim 
tizimining yangi shakllarining aprobatsiyasi, hozirgi zamon sharoiti- 
da o ‘tmishning pedagogik tizimlarini qo'llash muhim hisoblanadi.
Pedagogik texnologiya paydo bo'lgunga qadar boshqa masalalar 
qatorida murakkab qurilma va jarayonlar o'rganiladigan ta ’lim tizimi 
doirasida aynan ta’lim jarayonini yetarlicha samarali loyihalash qoi- 
dasi ishlab chiqilmadi. Bu bo'shliqni pedagogik texnologiya loyi- 
halashtirilgan o'quv jarayoniga ijodiy yondashuvi uchun keng o 'rin
qoldirgan holda toldiradi.
Pedagogik texnologiyaning o'ziga xos tom oni shundan iboratki, 
unda o'quv maqsadlariga so'zsiz erishish o'quv jarayonida loyihalash- 
tiriladi va amalga oshiriladi. Texnologik yondashuv, eng awalo, yuzaki- 
likda emas, balki rejalashtirilgan natijani amalga oshirish imkonini 
beruvchi konstruktiv, ko'rsatm ali sxemada o 'z ifodasini topadi.
Maqsadga yo‘naltirilganlik, jarayon natijalarini tashxisli tekshiruv
ta ’limni alohida o'rgatuvchi epizodlarga bo'lish, o'quv jarayoni­
ning barcha bunday qirralarini bugungi kunda ta ’limni qayta ishlab 
chiqish sikli g'oyasiga mujassamlashtirish imkonini tug'diradi.
U asosan o 'z ichiga quyidagilarni oladi:
- ta ’limda umum iy maqsadning qo'yilishi;
- tuzilgan umum iy m aqsaddan aniq maqsadga o ‘tish;
- o ‘quvchi-talabalaming bilim darajalarini dastlabki (tashxisli) 
baholash;


- bajariladigan o'quv ishlari majmuasi (bu bosqichda teskari 
bog'lanish asosida zudlik bilan ta ’lim jarayoniga tuzatish kiritish 
im koniyati bo'lishi lozim);
- natijani baholash.
0 ‘quv maqsadlarining to 'liq standartlashtirilishining m e’yori 
quyidagicha b o ‘Ushi mumkin:
a) yuqori, am m o mutlaq emas:
b) mutlaq.
Birinchi holatda maqsadning murakkabligi tufayli uni to ‘liq ku- 
zatuvchan xatti-harakatlar tipiga aylantirish im konini bermaydi, 
sikl to'laligicha qayta ishlab chiqilmaydi.
Ikkinchi holatda konveyerli jarayon bo'lgan ta ’limning reproduk­
tiv tip i bilan ish yuritiladi.
0 ‘quv jarayonini pedagogik texnologiya asosida tashkil etish- 
ning rejalashtirish bosqichida, yetakchi pedagog olimlar, metodist 
o'qituvchilar pedagogik texnologiyaning qonun-qoidavaprinsiplari 
asosida uslubiy m ateriallam i ishlab chiqish paytlarida ulardan yuk­
sak m alaka talab etiladi. M ateriallar tayyor bo'lgach, pedagog, aso­
san, tashkiliy va konsultativ (ijodiy q o ‘shim chalar kiritish im koni­
ni saqlagan holda) vazifalarni bajaradi.
O 'quv jarayonining barcha bosqichlarida butun tizim ning asosiy 
texnologik jihati — o ‘quv jarayonining so'nggi natijalariga yo'nal- 
tirilganligini kuzatish mumkin.
Umumiy ko'rinishda pedagogik texnologiya tarkibiga quyidagilar 
kiradi:
- identifikatsiyalangan o'quv maqsadlarini ishlab chiqish;
- o ‘quv maqsadlari taksonomiyasi;
- o'quv maqsadlarini nazorat (test) topshiriqlariga aylantirish;
- maqsadga erishish usullari;
- erishilgan o'quv maqsadlarini baholash.
Pedagogik texnologiyani tushunishning asosiy yo‘li aniq belgi­
langan maqsadlarga qaratilganlik, ta ’lim oluvchi bilan m untazam
o ‘zaro aloqani o'rnatishdir. O 'zaro aloqa pedagogik texnologiya­
ning asosini tashkil qilib, o'quv jarayonini to 'liq qam rab oladi. 
O 'qituvchi (pedagog) o ‘z oldiga o'quvchi-talabalar o 'q u v m ate­
rialining m azm unini tushunib, o'zlashtirib olsin, m a’Ium bilim ­
larni egallab, am aliyotga qo'llashga o'rgansin degan m aqsadni 
qo'yadi. Biroq o'zlashtirish, tushunish, qo'llash nim ani anglata-


di? O 'q itu v ch i (pedagog) o 'z oldiga q o 'y g an m aqsadga erishgan- 
ligini q an d ay biladi?
Pedagogik m aqsadga erishganlik yoki erishm aganlikni bilishning 
aniq vositalari bo'lgan dagina, o'qituvchi(pedagog) o 'zin in g m eh- 
nati sam arali ekanligiga va tanlagan m etodlarin in g m aqsadga m u- 
vofiqligiga, yoki, aksincha, sam arasiz ekanligiga ishonch hosil qili­
shi m um kin.
M .V .K larin 
fL kri 
b o ‘yicha, o 'q itu v c h i (pedagog)lar to m o n id an
m aqsadlarni belgilashning tip ik u su lla ri quyidagicha:
1. O 'q u v m aterialin in g rejasidan kelib ch iqib, m aqsadn i b el­
gilash.
2. M aqsadni o ‘qituvchi(pedagog) faoliyati orqali aniqlash.
3. O 'quvchi-talabaning intellektual, em otsional, shaxsiy rivojla- 
nish ichki jarayonlari va qonuniyatlari orqali o'quv m aqsadini qo'yish.
0 ‘qit.ishning m aqsadi va ta ’lim m azm un in i o 'q itu v ch i (p ed a ­
gog) yoki o 'q u v ch i-talab an in g faoliyati orqali belgilash t a ’lim d a
kutilayotgan natijalar h aq id a aniq taassurotga ega b o'lishga im kon 
berm aydi. Bu natijalar h aqida o 'q u v c h i-tala b ala r faoliyatining faqat 
tashqi tom o n d an nam oyon bo'lishini kuzatish m um kin. Bu m aqsadga 
erishishning juda sodda va sam arasiz yo'lidir.
Rivojlangan davlatlarda o 'q u vch i-talab a va o ‘qituvchi (pedagog) 
lar uch u n m aqsadlarni alo h id a-alo h id a belgilash odat tusiga kirgan. 
Bu m an tiq an to 'g 'ri, chunki o 'qitish jara y o n i pedagog va o 'q u v c h i- 
talabaning o 'z a ro ham korlikdagi faoliyati hisoblanadi.
B u n d a m aqsadlar o 'q itu v ch i(p ed ag o g )n in g faoliyatidan kelib 
ch iqq an holda qo'yiladi (o 'rgatish , tu shu n tirish , ko 'rsatish , aytib 
berish va hokazo), o 'q u v ch i-talab an in g x arakterlarida ifodalanadi- 
gan natijalar esa ta ’lim ning vazifalari deyiladi. B unday m a’noda ta ’lim 
vazifalari o 'q u v ch i-talab a m ashg'u lo tn ing oxirida bilishi yoki bajara 
olishi m um kin b o'lg an narsani anglatadi.
U m u m a n olganda, t a ’lim jaray o nid a vazifalarni o 'lch a sh , a n iq ­
lash, o 'q itish n i qayta takrorlash im koniga ega bo'lish u c h u n h a r bir 
m aqsadga erishish m ezonini bilish kerak, y a ’ni ta ’lim m aqsadi shun- 
day qo'yilishi kerakki, unga erishganlik haq id a aniq xulosa chiqarish 
m um kin b o ‘lsin.



Download 6,99 Mb.
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   89




Download 6,99 Mb.
Pdf ko'rish