Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat toshkent 2009




Download 6,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/89
Sana22.02.2024
Hajmi6,99 Mb.
#160530
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89
Bog'liq
Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Omonov H.T, Xo\'jayev N.X, Madyarova S.A, Eshchonov

BBK 74.204я73
ISBN 978-9943-13-110-1
© «Iqtisod-moliya», 2009 
© H.T. Omonov, N.X. Xo‘jayev, 
S.A.Madyarova, E.U. Eshchonov, 2009


«Noqobil o'qituvchi haqiqatni shunchaki 
aytadi-qo'yadi, yaxshisi esa uni topishga 
o'rgatadi»
A.F.Disterveg — nemis pedagogi 
KIRISH
O 'zining mustaqil ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yo'lini tanlab 
olgan O 'zbekiston Respublikasi t a ’lim sohasini ham sobit qadam - 
lik bilan isloh qilib bormoqda. Ayniqsa, “T a’lim to ‘g‘risida”gi Qo- 
nun va “ K adrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilingach, bu 
boradagi ishlar keng ko'lam ga erishdi. U shbu hujjatlarning talab- 
lari asosida bilim va kasb-hunar egallashga bo'lgan e ’tibor kucha- 
yib ketdi.Shu tufayli ta ’lim-tarbiya tizimiga yangicha ilmiy-uslubiy 
yondashuvlar kirib kela boshladi.
Bu yondashuvlar, o 'z navbatida, o'quv jarayonining turli tash­
kiliy va metodik jam g'arm alarida muayyan ijobiy o'zgarishlami sodir 
etadi, albatta. Ularning ko'pchiligi pedagogik texnologiyalar va peda­
gogik mahorat bilan uzviy bog'liq o'zgarishlardir.
O 'quv faoliyati — bu keng m a’noda inson faoliyatining muay­
yan m aqsadlar yo'nalishida namoyon bo'lishidir. Bu faoliyat faqat 
insoniyat jamiyatida amalga oshirilishi sababli, u nafaqat har bir 
insonning, balki butun jamiyatmng manfaatlari va maqsadlariga xiz­
mat qiladi.
O'quv faoliyati-bu insonda muvaffaqiyatli m ehnat faohyatini 
amalga oshirish imkoniyatini ta’minlash maqsadida uni o'qitish hamda 
tarbiyalashga qaratilgan maqsadli faoliyatdir. Ushbu jarayonning 
mohiyati inson tom onidan to'plangan tajriba, bilimlar, malaka va 
ko'nikm alar shaklida o'zgartirish ham da uni o'sib kelayotgan av- 
lodga berishdan iborat. O 'quv faoliyati insonning individual rivoj- 
lanishi bilan uzviy bog'liq va uning ham m a fazalarda-bolalikdan 
boshlab, to ulg'aygan davrigacha mavjud bo'ladi. Shuning uchun 
tarixiy ijtimoiy hodisa hisoblanmish o'quv jarayoni o'z rivojlanish 
tarixiga ega.


IVmak, o'quv faoliyati, boshqa inson faoliyati turlari singari, 
kishilik jamiyatiga xos bo'lgan obyektiv hodisa sifatida amal qiladi. 
Jamiyatning o'zi murakkab va ziddiyatli o'zgarishlarga uchrab turar 
ekan, o ‘quv faoliyati ham insoniyat taraqqiyotining turli rivojlanish 
bosqichlarida har xil muayyan shakllarga ega bo'ladi. M asalan, 
O'zbekistonda mustaqillik qo'lga kiritilgandan so'ng ta ’lim sohasida 
bir qator muhim hujjatlar qabul qilindi va uzluksiz ta ’lim tizimi 
shaklan va m azm unan yangi rivojlanish bosqichlariga o'tdi, ya’ni 
o'qitish jarayoni takomillashish yo'liga o'tdi. Shuni ta ’kidlash joizki, 
o'quv faohyati liar doim ham barkamol insonni voyaga yetkazishga, 
uning m a’naviy va moddiy madaniyatini shakllantirishga qaratiladi. 
O'quv faoliyati o'z rivojlanishining ham ma bosqichlarida ijtimoiy 
yo'naltirilgan maqsadga ega. Maqsadli amalga oshiriladigan jarayon 
hisoblangan o'quv faoliyati ko‘p qirralidir. Uning asosini shaxsan 
o'qitish jarayoni, ya’ni o'qituvchi tomonidan o'quvchiga bilim, malaka 
va ko'nikm alar majmuasiga bevosita berish jarayoni tashkil etadi.
O 'quv faoliyatining aynan bu tom onini ta ’lim berish jarayoni 
tushunchasi bilan belgilaymiz. O 'quv jarayoni deganda-o'quv fa­
oliyati, to r m a ’noda, bir maqsadga yo'naltirilgan ta ’lim berish si­
fatida tushuniladi.
Bu o'quv faoliyatini asosiy tom oni hisoblanadi. Lekin u o'quv 
faoliyatining m azm unini to'laligicha yoritmaydi. O 'quv faoliyati 
tarkibiga keng m a’noda, ta ’lim berishdan tashqari, yana bir eng 
muhim va m a’suliyatli jarayon-tarbiya kiradi. U o'quv faoliyatining 
ajralmas qismi bo'la turib, o'quvchilardan bir qator zarur ijtimoiy 
silatlarni shakllantirishga xizmat qiladi va ikkita o'zaro bog'liq bo'lgan 
jarayon hisoblanadi. Ularda o'quv faoliyatining ikkita vazifasi-ta’lim 
berish va tarbiyalash vazifalari muayyanlashtiriladi. Ikkala jarayon 
ham bir-biridan farqli ravishda o'zining aniq m aqsad va vazifalariga 
ega bo'lishiga qaramasdan, ular mohiyati jihatidan bitta ijtimoiy 
maslak-jamiyat a'zolarining kom illiginita’ininlashga xizmat qiladi.
Shunday qilib, har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi 
bo'lgan ta ’lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgila­
nadi. Muslaqillikni mustahkamlashning strategik yo'lida og'ishmay 
davom etayolgan va iqtisodiyotni erkinlashtirish yo'liga kirib bora- 
yotgan mamlakatimi/.da ta ’lim tizim ini isloh qilish, unga rivojlan- 
gan mamlakatlarning ilg'or texnologiyalarini joriy qilish, milliy 
qadriyatlarimizni singdirgan holda ta ’lim ni tashkil etish, bu jara-


yonni puxta va samarali amalga oshirish ishlari bugungi kunda davlat 
siyosati darajasiga ko‘tarildi. Mamlakatimizda uzluksiz ta ’lim tizimi­
ni isloh qilishning tashkiliy, ilmiy va metodik asoslari yaratildi, 
asosiy maqsad esa komil inson va yetuk malakali raqobatbardosh 
mutaxassislar tayyorlash, deb belgilaadi. «Kadrlar tayyorlash mil­
liy dasturi»ning asosiy tarkibiy qismlarini shaxs, davlat va jamiyat, 
uzluksiz ta ’lim, fan va ishlab chiqarish tashkil etib, ular o ‘zaro 
bog'liq holda namoyon bo iad i. M azkur hujjat talablarini amalga 
oshirish esa ta ’lim tizimini tubdan qayta qurishni, ya’ni xalq ta ’limi 
taraqqiyotining konseptual qoidalarini qayta ko‘rib chiqishni va uni 
qisqa vaqt ichida ijobiy hal qilishni taqozo etadi. Bu vazifalaming hal 
etilishi jahon ilmiy jam g‘armasidagi juda katta hajmli axborot fon- 
didan nimani ajratib olish, qancha va qanday o'qitish masalalari- 
ning yechimi bilan bevosita bog'liqdir. Ana shu kesimda ta ’lim tex- 
nologiyalarini joriy etish bilan aloqador zamonaviy m uam m olar 
oydinlashadi. Qolaversa, ushbu yo'nalishdagi ishlarni yanada keng- 
roq davom ettirishni davr taqozo etmoqda. Pedagogik ta ’lim amali- 
yotida kasbiy tayyorgarlik bilan bog‘liq ayrim masalalaming o ‘z aksini 
yaxshi topmaganligi ham tegishli o'qitish metodikalarining tako- 
millashuvini dolzarb masalaga aylantirib qo'ymoqda.
Hozirgi paytda, aksariyat metodist va pedagog-olimlar peda­
gogik texnologiyalar o'quvchi yoki talabalarga ta ’lim-tarbiya berish- 
da ko'zlnngan maqsadga erishishni to ‘la kafolatlaydi, deb qarash- 
moqda. Lckin bunday fikrlarni obyektiv haqiqat o'rnida qabuJ qilib 
bo'lm aydi, chunki bunda obyekt shaxs bo'lib, uning ongi taklif 
qilinayotgan texnologiyani to'laligicha qabul qila olmaydi, aksin- 
cha, uni inkor qilishi ham mumkin, Shuning uchun, zamonaviy 
pedagogik texnologiyalam i o 'q u v jarayoniga kiritishda uning 
boshqaruvchisi bo'lgan o'qituvchigina ko'zlangan maqsadga erish- 
ishning bosh kafolatchisi bo'ladi. Agar shu nuqtai nazardan kelib 
chiqib qaraydigan bo'lsak, yangi pedagogik texnologiyalar va uning 
asosiy negizi bo'lgan axborot-kom m unikatsiya (АКТ) texnolo- 
giyasini ta ’lim tizimiga joriy etishda uning boshqaruvchisi b o im ish
o'qituvchining tayyorgarlik darajasini birinchi o'ringa qo'yish lozim. 
Shu sababli pedagogik jarayonlarning kun tartibidagi aksariyat dolzarb 
muammolarining ijobiy yoki maqsadga muvofiq tarzda hal qilinishi 
ko'p jihatdan o'qituvchining kasbiy salohiyati va pedagogik m aho- 
ratiga bog'liqdir.


Yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini o'quv jarayoniga 
joriy etish ko'lam ini kengaytirish, bu yo'nalishda ilg'or tajribalarni 
tatbiq qilish, har bir fan bo'yicha bu sohada aniq rejalarni tuzish va 
amalga oshirish, darslik va o'quv qo'llanm alari ham da dasturlar va 
m a’ruza m atnlarini elektron disketlarga ko'chirish, ular bilan har 
bir talabani ta'm inlashga erishish, ilmiy va ilm iy-m etodik ishlarda, 
shuningdek, o'quv-tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik va ax­
borot texnologiyalarining keng joriy etilishiga erishish, ta ’lim tizi­
mini zarur axborot vositalari bilan yetarli darajada ta'm inlash, ta ’lim 
muassasalarini kom m unikatsion tarmoqlarga bog'lash kabi vazifalar 
m uhim hisoblanadi.
Xullas, pedagogik texnologiya - o'qitish jarayonlarini optim al 
tashkil etishdir. O'quv materiallarini tanlash, qayta ishlab o'quvchi 
yoki talabalarning kuchiga. o'zlashtirish xususiyatlariga moslab shakl 
va hajmini o'zgartirish ham ta ’lim texnologiyasiga daxldor. P eda­
gogik texnologiya, o 'z navbatida, ta ’lim-tarbiyaning obyektiv qo- 
nuniyatlari va diagnostik maqsadlari asosida o'quv jarayonlari, ta ’lim- 
tarbiyaning mazmuni, m etod va vositalarini ishlab chiqish va tako- 
millashtirish tizimidir, ya’ni fan va texnika yangiliklarini o'zida 
mujassamlashtiradigan o'quv jarayonidir.
M azkur darslikda yuqorida ta'kidlab o'tilgan m uam m olarni hal 
etishning ayrim jihatlari, pedagogik texnologiyalar va pedagogik 
m ahoratning aham iyati ham da ular bilan bog'liq jaray o n larn i 
o'rganishning metodik asoslari bayon qilingan.
Darslik oliy o'quv yurtlarining magistrlari va pedagogik jarayon­
lar mexanizmi bilan qiziquvchi barcha kitobxonlar uchun m o 'l- 
jallangan. U ndan oliy o'quv yurtlarining professor-o'qituvchilari, 
ilmiy izlanuvchilar, pedagogika va o'qitish metodikasi masalalari 
bilan shug'ullanuvchilar ham foydalanishlari mumkin.



Download 6,99 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89




Download 6,99 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat toshkent 2009

Download 6,99 Mb.
Pdf ko'rish