II BOB. PEDAGOGIK TEXNOLOGIYANING TAVSIFIY
JIHATLARI
2.1. Pedagogik texnologiyaning manbalari, metodologik
asoslari va uning turlari
T a ’lim m azm unini o ‘zlashtirishda o'quvchilarning bilim savi-
yasi,
0 ‘zlashtirish qobiliyati, ta ’lim manbai, didaktik vazifalariga
qarab, munosib ravishda og'zaki, ko'rgazm ali va am aliy kabi uch
guruhga bo'linadigan m etodlarning quyidagi variantlari qo'lla-
niladi:
- o'qitishning m a’ruza (suhbat) metodi;
- o'qitishning amaliy ishlar metodi;
- laboratoriya ishlari metodi;
- mustaqil ishlar metodi;
- muammoli-evristik modellashtirish metodi;
- i l mi y-l adqi qot met odl ari ;
o'qilishning muammoli-izlanish va reproduktiv metodi;
o ’q i l is hni ng iiuliikliv va d c duk t iv met odi ;
o'qilishninp. пл/ or al va o ‘/ - o ‘/ i n i nazorat qilish metodi.
Yuqoridagilarga asoslangan hol da shuni aytish mumk i nk i, t a ’lim
mtiassnsalaridn yangi pedagogik t exnologiyalar, z a m o n a v i y o' qitish
uslubl ari dan I'oydalanib, j a h o n talablari darajasida o 'q u vc h i va tala-
balarni o' qi t i sh m u m k i n .
Pedagogik muloqot deganda, odatda, o'qituvchining o'quvchi
bilan dars mobaynida va darsdan tashqari bo'ladigan aniq pedagogik
funksiyalarga ega va qulay psixologik muhitni yaratish, shuning bilan
birga, boshqa xildagi psixologik optimal ilmiy faoliyat va pedagog
bilan o'quvchilar uchun o'rtasidagi munosabatlar uchun yo'nal-
tirilgan professional m uloqot shakli tushuniladi (A.A. Leontev).
Boshqaruv uslublari bo'yicha birinchi eksperimental psixologik
izlanishlar 1938-yilda nemis psixologi Kurt Levin tomonidan AQShda
emigratsiyalangan natsistlarning Germaniya hududiga qaytishi davo
mida o'tkazilgan. Bu izlanishda boshqaruv uslublarining kengaytiril-
gan klassifikatsiyasi sifatida avtoritar, demokratik va e ’tiborsizlikyoki
layoqatsizlik uslublari kiritilgan edi.
Shu o rinda aytib o ‘tish joizki, K. Levin keltirilayotgan boshqaruv
uslublari b o ‘yicha o'zining buyuk tadqiqotini muallimlarning mak-
tab o'quvchilari ustidan olib boradigan boshchiligini o'rgangan holda
o'tkazgan edi.
O 'zining eksperimentida K.Levin o ’n yoshga to 'lgan maktab
o'quvchilarini bir necha guruhlarga bo'ldi. Bu guruhlardagi bolalar
bir xil mashg'iiiot bilan, ya’ni qo'ng'iroq yasash bilan shug'ullandilar.
Eksperimentning haqqoniy o'tkazilishi maqsadida guruhlar umumiy
va xususiy belgilari b o 'y ich a , yoshi, jism oniy va in tellek tu al
ko'rsatkichlari, o'zaro shaxsiy m unosabatlar tizim i va boshqalar
ning aynan mos kelishiga qarab tashkil etildi. U ndan tashqari barcha
guruhlar bir xil shart-sharoitlarda um um iy dastur bo'yicha ishladi-
lar, bir xil vazifani bajardilar.
Faqatgina instruktorlar yoki bizga yaqin term in bilan aytganda,
muallimlar o'zlarining boshqaruv uslublari bo'lm ish dem okratik,
avtoritar va e’tiborsizlik yoki layoqatsizlik kabi uslublarda guruhlar
faoliyatini olib borishi bilan farqlanadilar. H ar bir m uallim o'ziga
biriktirilgan guruh bilan olti hafta ishladi. U ndan so'ng o'zaro guruh
lar almashinuvi amalga oshirildi. Bu guruhlar bilan yana olti haftalik
ish kunlari yo'lga qo'yildi va yana yangi guruh bilan almashish amalga
oshirildi. Bunday jarayon eksperim entni im kon qadar to 'g 'ri yo'lga
qo'yilishiga katta yordam berdi. U ndan tashqari, yuqorida keltirilib
o'tilganidek, guruhlar um um iy va xususiy belgilarga ko'ra, aynan
mos kelishiga qarab tashkil etilgan edi, shuning bilan birga, har
bir muallim har qaysi guruh bilan yana qo'shim cha ravishda ish olib
bordi. Natijada guruh omilining ta ’siri emas, balki aynan boshqaruv
uslublarining guruhdagi o'zaro munosabatlarga ta ’siri, faoliyat m o-
tivatsiyasi, m ehnat natijalari va boshqalarning ta ’siri kuzatiladi.
K. Levin tom onidan o'tkazilgan eksperim entda aniqlangan
o'quvchilar bilan bo'ladigan muloqotning u yoki bu xususiyatlari-
ni qisqacha keltirib o'tam iz. Avtoritar uslubning xarakterli tom oni
sifatida undagi qattiqqo'l boshqaruv va umumiy nazorat ko 'proq
muallimning boshqalarga nisbatan buyruq ovozida munosabatlarga
kirishishiga va tez ogohlantirishlar berishiga olib kelishida ko'rish
mumkin. Shuning bilan b a ’zi ishtirokchilarga nisbatan sababsiz
ogohlantirishlar va boshqalariga esa asossiz maqtovlar yog'dirilishi
kuzatiladi. Avtoritar muallim faoliyat va vazifaning umumiy m aqsad-
larinigina emas, balki u kimning kim bilan ishlashini k o ‘rsatib,
uning yechilish yo‘llarini ham belgilab berdi. Vazifalar va ularning
yechilish yo‘llari bosqichm a-bosqich amalga oshirilishi belgilandi.
Bunday yondashuv inson faoliyatida muayyan m aqsadni bajarishga
sabab bo'iuvchi omil rolini pasaytiradi. Chunki inson bunda o'zining
faoliyatidan kutilayotgan maqsadni, ya'n i ushbu bosqichning nima
uchun bajarilayotganligini va oldinda uni nima kutayotganligini aniq
bilmaydi. U ndan tashqari faoliyatni bosqichma-bosqich tartibga solish
va nazorat qilish ishlari shuni ko‘rsatdiki, o'qituvchining ishtirokchi-
lar bilan bo‘ladigan munosabatida uning mustaqilligi va javobgarligi
sust yoki bu xususiyatlaming unda past darajada ekanligi kuzatildi.
O 'qituvchi tom onidan amalga oshiriladigan tashabbus yo'qolib, u
xuddi keraksiz xohish sifatida qaraladi. K. Levindan so‘ng amalga
oshirilgan izlanishlarning ko'rsatishicha, tashabbus go‘yoki avtori
ta r o ‘qituvchining ishonch vakolatini qisqartirar ekan. Aytaylik,
kim dir ishni boshqacharoq tashkil etishni taklif qilsa, demakki u
bu narsani oldindan ko'rib chiqmaganligiga sha'm a qilayotgandek
tuyular ekan. Shuning bilan birga, m a’lum bo'lishicha, avtoritar
lider ishtirokchilar muvaffaqiyatini subyektiv tarzda baholar ekan.
D em okratik о ‘qitish uslub ida shaxs emas, balki faktlar m u-
him ligi ta n olinadi. Ammo dem okratik
0‘qitish uslubining asosiy
xususiyati sifatida guruhning o ‘rtacha tashlangan masala m uhoka-
masida va uning tashkil etilishida faol ishtirok etilishi qaraladi. Nati-
jada ishtirokchilarning o ‘ziga bo'lgan ishonchi oshadi va o ‘z-o ‘zini
boshqarish hissi rag'batlantiriladi. Bu uslubda guruhdagi o'zaro
m unosabatlar yaxshi kelisha olish tarzida davom etadi va bir-biriga
bo'lgan ishonch kuchayadi. O 'qitishda boshqaruvning layoqatsizlik
uslubining asosiy xususiyati sifatida rahbarning b o'lib o'tadigan
voqea-hodisaga nisbatan javobgarlik hissidan o 'zin i olib qochishi-
n i ko'rsatish mum kin.
Natijalarning ko'rsatishicha, eng yomon uslub layoqatsizlik us
lubi bo'lib chiqdi. Bu uslubda vazifalar oz bajarilib, ulaming sifati
ham yomon edi. Eng muhimi, bunday guruhda hech qanday javob
garlik hissi bo'im aganligi va vazifalar murakkab bo'lm agan qanday-
dir o'yinni eslatgani tufayli ishtirokchilar unga kam darajada qizi-
qish hosil qildilar. Avtoritar uslubda o'qituvchi bilan kelishishda
ko'pgina janjallar paydo bo'lishi kuzatildi. Eng samarali uslub sifati-
da dem okratikuslub tan olindi. Guruh, ishtirokchilari uchun bu erda
xarakterli xususiyat b o ‘lib vazifaga qiziqish va ichki faoliyat moti-
vatsiyasi xizmat qiladi. Vazifalarning bajarilish sifati va aniqligi osh-
di. Shu bilan birga, guruh qobiliyati, erishilgan um um iy muvafFa-
qiyatlar ustidan g'uru r tuyg‘usi, o ‘zaro ko‘maklashuv va d o ‘stona
munosabatlar kuchaydi.
Bu natijalar keyinchalik amalga oshirilgan izlanishlar asosida
ko‘p marta tasdiqlandi. Pedagogik m uloqotda demokratik uslubning
afzalligi quyi sinf o'quvchilaridan boshlab yuqori sinf o‘quvchi-
larigacha bo‘lgan turli guruhlarda isbotlandi. Shu narsa ham m a’lum
b o ‘ldiki, birinchi sinf o ‘quvchilarida o'qishning ikkinchi haftasi-
dayoq maktabga va o ‘qishga bo'lgan ishtiyoqning tez sur’atlarda su-
sayishi aynan avtoritar o'qituvchilar boshchilik qilgan guruhlarda
kuzatilar ekan. Shunday qilib, maktab hayotida va bilim olishda
o ‘qituvchilarning o ‘quvchilar bilan b o ‘ladigan munosabatlari m u
him rolni o ‘ynashi aniqlandi. Adolat mezoniga asoslangan holda ay-
tish lozimki, zamonaviy sotsial psixologiyaning tasdiqlashicha shunaqa
holatlar ham bo'ladiki, b a’zida avtoritar uslub eng foydali va maqbul
bo'lib chiqadi. Lekin, odatda, ko'proq pedagogik muloqotda bu qoida
emas, balki istisnodir.
Bir so'z bilan aytganda, ta ’lim jarayoniga yangicha yondashib,
ijodkorlik, bunyodkorlik tatbiq etilsagina va pedagogik faoliyat jara-
yonlari metodologik ham da psixologik jihatdan to ‘g‘ri tashkil qilin-
ganida ta ’lim samarasi yangi bosqichga ko‘tariladi, ya’ni:
- bolaning talabi, moyilligi, istak-xohishi uning imkoniyatlari
darajasida qondiriladi;
- o ‘quvchining o'quv mehnatiga mas’uliyati, javobgarligi va bur-
chi oshadi;
- bilimlarni mustaqil egallash malakalari shakllanadi;
- u um r b o ‘yi o 'z bilimini uning o ‘zigina boyitishiga ishonch
paydo bo'ladi;
- erkin fikrlash malakasi shakllanadi;
- shaxs jamiyatda o'zining o ‘m ini tezroq topib olishiga m uhit
yaratadi.
Buning uchun biz o ‘quvchiga «Sen buni bilishing kerak», de-
gan majburlovchi d a’vatdan «Menga bu zarur va m en buni bilishga,
uni hayotda qo‘llashga qodirman», degan ichki ishonch va intilishni
uyg‘otishga o ‘tishimiz kerak.
Shu m unosabat bilan doimiy harakatdagi yangi pedagogik tex
nologiyalar bo 'y ich a tashabbuskor innovatsion guruhlar tashkil
etilsa, maqsadga muvofiq bo'ladi.
Xulosa qilib aytganda, zamonaviy pedagogik texnologiya ta ’lim
jarayonida hukrn surayotgan inqirozdan qutilishning yagona va bosh
mezonidir.
«Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»da ta ’kidlanganidek: «Za
monaviy iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalami rivojlantirish
asosida kadrlar tayyorlashning takom illashgan tizim ini yaratish-
mamlakat taraqqiy etishining eng m uhim sharti hisoblanadi. Ti
zimning am al qilishi kadrlarning istiqbolda m o'ljallangan vazifalar
ni hisobga olish va hal etish qobiliyatiga, yuksak um um iy va kasbiy
madaniyatga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda
mustaqil ravishda yo'nalish ola bilish mahoratiga ega bo'lgan yangi
avlodini shakllantirishni ta ’minlaydi».
Pedagogik texnologiyaning umumiy m uam m olari ko'p va rang-
barangdir. Bular orasida an ’anaviy ta ’limga yangicha yondashuvlami
tatbiq qilish, pedagogik jarayonni takom illashtirish, dem okratik
pedagogika elem entlarini shakllantirish va ulardan am alda foydala
nish, hamkorlik va insonparvarlik pedagogikasini kuchaytirish, bilim
oluvchi va tarbiy alanuvchi shaxsini faollashtirish, ta ’lim m azm u
nini didaktik tam oyillar asosida boyitish, o'quv jarayonini yuksak
darajada tashkil etish va uni boshqarish, ta ’lim-tarbiya jarayonlari-
ning uzluksiz monitoringi va nazorati ham da sarhisobini amalga oshi
rish, rivojlantiruvchi va alternativ (muqobil) texnologiyalami sa
m arali tarzda qo'llash kabilar alohida o 'rin tutadi.
Pedagogik texnologiyaning umumpedagogik, xususiy va kichik
darajalari farq qilinadi. Bundan tashqari, sezgi a ’zolari orqali bilim
olishni ifodalaydigan empirik, moddiy va m a’naviy olam haqidagi
bilimlarni kengaytiruvchi kognitiv, ijodiy faollik va o'quv-izlanish
mehnatiga asoslangan evristik, tadqiqot va yangilik yaratish faoliyati
bilan bog'liq kreativ, axborot va m a’lum otlarni qayta ishlash va
o'zgartirish evaziga ta ’lim-tarbiya beruvchi inversion, o'zlashtirilgan
bilimlarni omixtalab tugal tafakkurga olib keluvchi integrativ, yosh va
individual xususiyatlarni hisobga olib o'qitishga tayanuvchi adaptiv,
ta ’lim oluvchi va tarbiyalanuvchi shaxsi bilan o'qituvchi (tarbiyachi)
munosabatidagi tenglik va adolatlilikka bo'ysunuvchi inklyuziv kabi
pedagogik texnologiyalaming yo'nalishlari shakllangan. Ularning qam-
rovi yuqorida tilga olingan uch xil darajada bo'lishi mumkin. U m um -
pedagogik texnologiya dunyo ta ’lim tizimining barcha ilg'or va sama
rali elementlarini o'zida jo etadi va keng ko'lam da amalga oshiriladi.
Bizning amaldagi uzluksiz va yagona ta’lim tizimimizda um um peda-
gogik texnologiya yetakchi o'rinni egallaydi. T a’lim turlari va yo'na-
lishlari, ixtisoslik va mutaxassislik tasnifi ham da ta ’lim muassasasining
o'ziga xosligi asosida xususiy texnologiya joriy etiladi. O'qitishning asosiy
tashkiliy shakli bo'lgan dars va uning bevosita davomi bo'lgan dars-
dan tashqari ishlarda kichik texnologiyalar qo'llaniladi ham da ular
lokal (mahalliy) pedagogik samaraga olib borishi lozim.
|