Pedagogik texnologiyaning paydo bo'lishi, rivojlanishi




Download 6,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/89
Sana22.02.2024
Hajmi6,99 Mb.
#160530
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89
Bog'liq
Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Omonov H.T, Xo\'jayev N.X, Madyarova S.A, Eshchonov

1.3. Pedagogik texnologiyaning paydo bo'lishi, rivojlanishi 
va uning ta’riflari
Respublikamiz hukum ati tom onidan ta'Iim ni ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyotning ustuvor sohasi deb e ’lon qilinishi, ijtimoiy hayot- 
ning barcha sohalarining demokratlashuvi va insonparvarlashuvi hamda 
“T a’lim to 'g'risid a”gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy das- 
turi»ning qabul qilinishi ta ’lim tizimining rivojlanishiga asos bo'ldi 
va ta ’lim tizim ida tub islohotlar uchun keng im koniyatlar yaratdi.
Ijtimoiy voqelik ta'Iim ni boshqarish m uam m olarini ko'rib chi­
qish va hal qilishni mustaqil yo'nalish sifatida ajratib olish, ta ’lim- 
tarbiya jarayonini boshqarishning asoslangan usul, vositalarini ishlab 
chiqish va joriy qilish zaruratini belgilab berdi. Uning o'qitish, tar- 
biyalash va rivojlantirish o'rtasidagi tashkiliy-boshqaruv, axborot


aloqalari; ijtimoiy jihatdan ahamiyatga molik shaxsni shakllantirish- 
dagi yaxlit jarayonning tarkibiy qismlari sifatidagi ahamiyatini oshirdi.
Bugungi kunda erkin va mustaqil fikrlovchi, ijtimoiy-siyosiy 
hayotda ongli ravishda va faol ishtirok etishga qodir yosh avlodni 
shakllantirish- «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ning asosiy us- 
tuvor yo'nalishidir. Bu esa mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotiga 
dem okratik asoslarni joriy etish, fuqarolik jamiyati va huquqiy dav­
lat qurishni tezlashtirish imkonini beradi. D astur ta ’lim muassasa- 
lari mustaqilligini kengaytirish orqali ta’lim boshqaruvini dem okrat- 
lashtirishni o ‘z ichiga oladi.
O 'qish, o'qitish — inson faoliyatining boshqa sohalari singari 
ijtimoiy foydali faoliyatdir. Iqtisodiy tizim lar nima ishlab chiqara- 
yotgani bilangina emas, balki qanday ishlab chiqarayotgani va qana- 
qa m ehnat qurollari yordamida ishlab chiqarayotganligi bilan bin 
ikkinchisidan farq qiladi, degan g‘oya o'qish-o'qitish faoliyatiga ham 
taalluqlidir.
Pedagogika fanida ta ’lim usullari rivojlanishiga shu nuqtai na- 
zardan qarab, uni shartli ravishda quyidagi bosqichlarga ajratish 
mum kin:
1. Muallim «o‘z qo‘l kuchi» bilan o'qitish bosqichi, ya’ni o'quv­
chi uchun axborot manbai — o'qituvchining o'zi bo'ladigan jarayon.
2. O 'quv kitoblari, darsliklar yaratilgan va keng qo'llanilgan 
bosqich.
3. Audiovizual vositalar qo'llanilgan bosqich.
4. O 'qitishni boshqarishda oddiy avtomatlashtirish vositalarini 
qo'llash bosqichi.
5. O'qitishni zamonaviy АКТ lari vositasida boshqarishning av- 
tomatlashtirilgan bosqichi.
Insoniyatning rivojlanish davrlari almashganda pedagogik tex­
nologiyalar butunlay yo'q bo'lib ketmaydi, balki pedagogik tex­
nologiyalar keyingi davrlarga assotsiatsiya orqali fikran bog'lanadi, 
yangi sifatlar, xususiyatlarga ega bo'lib, kuchayadivaboyiydi. Ushbu 
jarayon borgan sari tezlashib boradi.
Kishilik tarixida I-bosqich uzoq m uddat davom etgan. U nda 
o'qituvchi o 'z kuchiga, o 'z bilim va m ahoratiga asoslanib ish bajar- 
gan. Keyinchalik dunyoviy va diniy mazmundagi qo'lyozm a kitoblar 
yaratildi, lekin o'quvchi ularning m azm unini o'qituvchi faoliyati 
vositasida o'zlashtiradi.


2 -bosqich, ya’ni qog‘oz va o ‘quv kitoblari davri hali nihoyasiga 
vdkii/.ilgani yo‘q, darsliklar yaratish va ulardan foydalanish tex­
nologiyasi esa ham on m ukammal emas. Lekin 
0 ‘qitishning 1,2,3- 
bosqichlariga xos ta ’lim vositalari maktablarga jadal kirib bormoqda.
O 'quv adabiyotlarini joriy etish qaram a-qarshiliklar kurashi 
nat ijasida sodir bo'lgan. Keyingi davrlarda ham ta ’lim sohasidagi jid- 
diy o'zgarishlar kurashsiz amalga oshmagan, bunday o'zgarishlar 
oson kechmagan. Bugungi kunda ham 1-bosqich texnologiyasi ru- 
hida shakllangan ayrim pedagoglarda keyingi davrlarda vujudga kel­
gan o'quv vositalarini o'zlashtirib olishga, ta ’lim-tarbiya jarayo- 
nini shu asosda tashkil etishga intilish sust darajada. 1-bosqich o'quv 
vositalari o'qituvchidan ko'p m ehnat talab etadi va o'quvchinm g 
bilim, tayyorgarlik darajasi yuqori bo'lm aydi. Bu pedagogik bos- 
qichlarning har birida ta ’lim m etodlari takomillashtirila borganligi 
tufnyli o'qituvchi m ehnatining samarasi ortib, zam onaviy texnolo- 
giyani qo'IIaydiganlar safi kengaya boigan.
Bugungi kunda respublikamizni rivojlangan davlatlar darajasiga 
chiqarish maqsadida bir qator qonun va qarorlar qabul qilindi. T a’lim 
O'zbekiston davlati siyosatining ustuvor sohasiga aylandi. Kadrlar 
tayyorlash milliy dasturida rivojlangan mamlakatlar darajasida raqo- 
batbardosh, yuksak m a’naviy-axloqiy fazilatlarni egallagan, yuqori 
miilukuli kadrlar tayyorlash maqsadi va vazifasi kun tartibiga qo'yildi. 
AudiloriyalaiK'i kirib o'quv jarayonini kuzatgan kishi mavjud p eda­
gogik ii/im birinchi va ikkinchi bosqichlarga xos ekanligiga ishonch 
hosil qiladi.
Pedagogik texnologiyaning asosiy elementlari quyidagilardan 
iborat:
1. 
Pedagogik muloqot texnologiyasida o'qituvchi (pedagog)ning 
o'quvchi-talabalar bilan muloqoti.
M uloqotning vazifalari:
- shaxsni tanish, axborot almashish;
- kelgusi pedagogik m uloqotni modellashtirish va tahlil etish;
- m uloqotdan olinadigan tasaw urlar;
- muloqot yuzasidan fikrlash va fikr almashish;
- pedagogik muloqotni tashkil etishning texnikasi va texnologiyasi;
- ishga ijodiy yondashish va boshqalar.
Pedagogik talab texnologiyasi.
- «pedagogik talab» tushunchasi, uning o'ziga xos xususiyatlari;


- xulq-atvorva ijtimoiy-madaniy qoidalarning namoyon bo'lishi;
- o'quvchi-talabaga bo'lgan hurmat va talab;
- pedagogik talabning psixologik tamoyillari va mezonlari.
2. Baholash texnologiyasi, pedagogik baho v a u n i mezonlash.
- xatti-harakatlardan olingan taassurot, voqelikni, obyekt va 
subyektni qabul qilish;
- baho berish usullarini tanlash, o'qituvchi(pedagog)ning o 'z 
imkoniyatini tahlil etishi va ta ’sir samaradorligini oshirishi);
-pedagogik baholash texnologiyasi.
3. Axborotning ta'sir ko'rsatislf texnologiyasi.
- nutqiy-axborot berish, «ratsional axborot berish» tushuncha- 
lari, dem onstratsion va ko'rgazmali vositalar-axborot olish vosi­
talaridan biri sifatida;
- nutqiy ta ’sir etish, suhbat, h am korlik, tezis, argum ent, 
ko'rgazm alar va obrazlar;
- nutqiy ta ’sir etish texnologiyasi;
- dem onstratsion va ko'rgazm ali vositalar, etik, iqtisodiy, este- 
tik, gigienik materiallar;
- qabul qilishning fiziologik va psixologik xususiyatlarini dem on- 
stratsiya qilish texnologiyasi.
4. Pedagogik vaziyatlarni yaratish va uni yechish texnologiyasi.
- pedagogik konflikt tushunchasi — konflikt pedagogik texnolo­
giya elem enti sifatida, konflikt subyektlari orasidagi qaram a-qarshi- 
liklar, bo‘sh va mazmunli konflikt;
- holat tahlili (voqeani aniqlash);
- konflikt;
- konfliktning xilma-xilligi (norozilik, qarshi chiqish);
- konfliktni yechish shakllari (yumor, hazil, mutoiba).
Zamonaviy pedagogik texnologiyaning qo'shim cha elementlari:
1. Psixologik muhit yaratish texnologiyasi.
2. G uruh faoliyatini tashkil etish texnologiyasi.
3. Muvaffaqiyatli va muvaftaqiyatsiz holatlarni tashkil etish tex­
nologiyasi.
4. O 'quvchining xatti-harakatiga pedagogik reaksiya qilish tex­
nologiyasi.
5. Xulqi va odobi yomon o'quvchi-talabalar bilan ishlash tex­
nologiyasi.
6. Etik himoya texnologiyasi.


7. M uam m oli vaziyatlar yaratish texnologiyasi.
8. Pedagogik vosita texnologiyasi.
9. Pedagogik improvizatsiya texnologiyasi.
Pedagogik texnologiya atamasiga har bir didakt olim o ‘z nuqtai 
nazaridan kelib chiqqan holda ta’rifbergan. Hali bu tushunchagato'- 
liq va yagona ta'rif qabul qilinmagan. Ushbu ta ’riflar ichida eng maq­
sadga muvofig'i YUN ESK O tom onidan berilgan ta 'rif sanaladi.

Download 6,99 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89




Download 6,99 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Pedagogik texnologiyaning paydo bo'lishi, rivojlanishi

Download 6,99 Mb.
Pdf ko'rish