Pedagogik texnologiyaning umumiy asoslari




Download 6,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/89
Sana22.02.2024
Hajmi6,99 Mb.
#160530
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89
Bog'liq
Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Omonov H.T, Xo\'jayev N.X, Madyarova S.A, Eshchonov

1.2. Pedagogik texnologiyaning umumiy asoslari
Bu tushuncha XX asrda paydo bo'ldi va 1940-1950 yillarda “ta’lim 
texnologiyasi” tarzida qo'llanilib, m azm unan o'quv jarayonida au- 
dio-vizual texnika vositalaridan foydalauishni anglatgan. Atama dastlab 
AQShda qo‘llana boshladi. Keyinchalik “ta ’lim texnologiyasi” o ’rniga 
“dasturlashtirilgan ta ’lim ” atamasidan foydalanish keng yoyildi. 
So‘ngra pedagogik texnologiya- loyihalashtirilgan ta ’lim va aniq 
maqsadga qaratilgan o'quv jarayonini ifoda eta boshladi. O 'tgan asr- 
ning 80-yillarida pedagogik texnologiya kompyuterli va axborot tex­
nologiyalari bilan sinonim tarzda ishlatila boshladi.
Keyingi o 'n yilliklarda pedagog olimlar va o'qituvchilar diqqa- 
tini jalb qilgan masalalardan biri pedagogik texnologiya (PT) hisob­
lanadi. Bu mavzuning ilmiy ishlarda, hisobotlarda, maxsus davriy 
nashrlarda qizg'in o'rganilayotganligi, bahs-m unozaraga sababchi 
bo'layotganligi ham la’lim-tarbiyada uning o'rni naqadar muhimli- 
giga guvolilik beradi. Mavjud materiallami jamlash, uning nazariy va 
amaliyjihatlarini O'zbekiston Respublikasining «Ta’lim to ‘g'risida»gi 
Qonuni ham da «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» lalablari asosida 
tahlil qilish, pirovard natijada, qator konseptual texnologiyaning 
empirik asosini yaratishga harakat qilish, shuningdek, uni ilmiy b i­
limlar doirasiga o'tkazish kabi ishlar ham jadal davom ettirilmoqda.
Awalo, nega bugunga kelib pedagogik texnologiyaga qiziqish shun- 
chalik kuchaydi, degan savol tug'iladi. Aytish murnkinki, rivojlana- 
yotgan davlatlarda, birinchi navbatda, pedagogik texnologiyaga ta ’lim 
sohasidagi siyosatning bosh vazifasi sifatida qarab kelingan. Bunday 
yondashish Y U N ESK O tom onidan ham m a’qullandi va 1972-yilda 
«Ta’limni rivojlantirish masalalari» bo'yicha Xalqaro Komissiya tashkil 
topdi. Bu komissiya zamonaviy texnologiya-ta’limnj modernizatsiya- 
lashda harakatlantiruvchi kuchdir, deb bahotadi.


M uhim i shundaki, Prezidentim iz I.A.Karimov tom onidan m il­
liy dastum i ro'yobga chiqarish bosqichlari har jihatdan ilmiy asos- 
lab berildi va uning ikkinchi bosqichida «o‘quv-tarbiyaviy jarayonini 
ilg‘o r pedagogik texnologiyalar bilan ta ’minlash» muhim vazifalar- 
dan biri sifatida belgilandi.
Xo‘sh pedagogik texnologiya nima? U ni amaliyotga qanday joriy 
qilish mumkin?
Dastlab «Texnologiya» tushunchasiga aniqlik kiritaylik. Bu so‘z 
fanga 1872 yilda kirib keldi va grekcha ikki so‘zdan - «texnos» -hunar 
va «logos»-fan, so‘zlaridan tashkil topib, «hunar fani» m a’nosini 
anglatadi. Biroqbu ifoda zamonaviy texnologik jarayonni to'liq tavsif- 
lab bera olmaydi, texnologik jarayon deyilganda-m ehnat qurollari 
bilan m ehnat vositalariga ta'sir etish natijasida mahsulot yaratish 
bo‘yicha qilingan mehnat va jarayonlar tushuniladi. Demak, bu ta ’rifni 
istalgancha sharhlash m um kin, bunda: pedagogik texnologiya-bu 
o ‘qituvchi tom onidan 
0‘qitish vositalari yordamida o ‘quvchilarga 
ta ’sir ko‘rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida ularda muayyan shaxs 
sifatlarini shakllantirish jarayoni, deb ta ’riflasak xato b o ‘lmaydi.
Q ator yillardan beri, pedagogik texnologiyaga o ‘quv jarayo - 
n in i texnik vositalar yordam ida am alga oshirish, deb qarab kelin- 
di. Faqat 70-yillardan boshlab pedagogik adabiyotlarda bu tushuncha 
yangicha talqin etila boshlandi. Texnologiya deganda, subyekt to ­
m o n id an obyektga k o ‘rsatilgan t a ’sir natijasida subyektda sifat 
o ‘zgarishiga olib keluvchi jarayon tushuniladi. Texnologiya har 
d oim zaruriy vositalar va sh aro itlard an foydalanib, obyektga 
y o ‘naltirilgan m aqsadli am allarni m uayyan ketm a-ketlikda ba- 
jarishni ko'zda tutadi.
Ushbu tushunchalam i o ‘quv jarayoniga k o ‘chiradigan b o ‘lsak, 
o ‘qituvchi (pedagog)ning o ‘qitish vositalari yordamida o ‘quvchi- 
talabalarga muayyan sharoitlarda ko'rsatgan tizim li ta ’siri natijasida 
ularda jamiyat uchun zarur b o ‘lgan va oldindan belgilangan ijtimoiy 
sifatlam i intensiv tarzda shakllantiruvchi ijtim oiy hodisa, deb 
ta ’riflash mumkin. T a’riflar nazariyasi b o ‘yicha bunday ijtimoiy 
hoidisani pedagogik texnologiya, desa bo'ladi.
Mustaqillikka erishgan 0 ‘zbekiston olimlari xorijiy mam lakat- 
lar bilan iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va ilm iy-m a’rifiy aloqalar о ‘m at a 
boshladilar. Natijada yurtimizga ilg‘or va samarali texnologiyalar kirib 
kela boshladi. Shular qatorida, jahondagi progressiv pedagogik tex-


nologiya degan tushunchalar ham kirib, pedagogik jamoatchiligimiz 
fikrini chulg'ab oldi.
Oxirgi yillarda, Rossiya bilan O'zbekistonda pedagogik texnoio- 
giyani o'rganish yo‘!ida ancha ishlar qilindi. Shu jum ladan, O'zbe- 
kiston olimlari bilan ham do'stlik davlatlari o'rtasida ham pedagogik 
texnologiyalarning loyihalarini tuzish bo'yicha ancha ishlar qilindi.
Pedagogik texnologiyani o ’quv jarayoniga olib kirishning zarur­
ligini bunday m am lakatlar ichida birinchilar qatorida har tom onla- 
ma ilmiy asoslab bergan rossiyalik olim V.P. Bespalkoning fikricha, 
«Pedagogik texnologiya-bu o'qituvchi mahoratiga bog’liq bo'lmagan 
holda pedagogik muvaffaqiyatni kafolatlay oladigan o'quvchi shax­
sini shakllantirish jarayonining loyihasidir».
Rossiyalik olim laridan biri — V.M. Monaxov «Pedagogik tex­
nologiya — avvaldan rejalashtirilgan natijalarga olib boruvchi va ba- 
jarilishi shart bo'lgan tartibli am allar tizim idir»,-degan qisqacha 
ta’rifni bera turib, uning asosiy xususiyatlariga e'tiborni qaratadi. 
«Pedagogik texn olog iy a-o'qu v jaray o n in i texnologiyalashtirib, 
lining qayta tiklanuvchanligini ham da pedagogik jarayon turg'unligini 
oshirib, bu jarayon ijrochisining subyektiv xususiyatlaridan uni 
o /od qiladi», - deydi u.
M.V. К In rin fikricha, “ P ed a go gi k t e x n o l o g i y a - o ' q u v j ar a yo ni ga
t exnologik y on da s h g a n hol da, o l d i n d a n belgilab ol ingan ko' r sat - 
k k h l a i d a n ma q sa d kelib chiqib, o ' q u v j a r a yo n in i l oy i hal as hdi r” .
V.P. Ik' spalkoning o' / b e k i s l o n l i k shogi rdl ari dan 
N. 
S a y i d ah m e-
d o v va M. Oc h i l ov l ar ni ng fikricha, " Pe da gogi k lexnol ogi ya — bu 
o ‘q i t u v c hi (t ar bi ya c hi )ni ng o ’qilish (larbiya) vosilalari y o rd a m i d a
o ' q u v c h i (talaba)larga mua y ya n shar oi l da ta' si r ko'rsalishi va bu fa­
oliyat mahsul i sifatida ul arda o l d i n d a n bclgilangan shaxs sifatlarini 
intensiv shakl l ant i ri sh j a r a y o n i d i r ” .
I.Ya. Lernerning fikriga ko'ra, “ Pedagogik texnologiya-o'quv- 
chilar harakatlarida aks etgan o'qitish natijalari orqali ishonchli 
anglab olinadigan va aniqlanadigan maqsadni ifodalaydi” .
O'zbekistonlik metodist B.L. Farberman pedagogik texnologiya- 
ga quyidagicha ta ’rif beradi: “ Pedagogik texnologiya-ta’lim jarayoni­
ga yangicha yondashuv bo'lib, pedagogikada ijtimoiy-muhandislik 
ongi ifodasidir. U pedagogik jarayonni texnika imkoniyatlari va in­
sonning texnikaviy tafakkuri asosida standart holga soladigan, uning 
optimal loyihasini tuzib chiqish bilan bog'liq ijtimoiy hodisadir.


Polyak olimi Dj. Bruner « 0 ‘qitish texnologiyasi-bu o'qitishning 
maqbulligini ta ’rninlovchi m a ’lum yo‘l-yo ‘riqlar tizimi bilan bog'liq 
bilimlar sohasi» ekanligini e’tiro f etdi. Tizimli yondashish ta ’siri 
ostida asta-sekinlik bilan pedagogik texnologiya mohiyatiga aniqlik 
kiritila borildi. Rus olimasi N.F. Talizina esa uning mohiyatini «belgi- 
langan o'quv maqsadiga erishishning oqilona usullarini aniqlashdan 
iborat», deb tushuntirdi.
Yuqorida keltirilgan ta'riflardan ko'rinib turibdiki, o'tgan yil- 
larda P T -o'quv jarayonini berilgan dastlabki ta ’lim m aqsadi va 
m azm unidan kelib chiqib loyihaiashdir, deya ifodalandi. Bu bir ji­
hatdan to 'g 'ri, lekin teranroq fikr yuritilsa. uning bir yoqlamaligi 
yaqqol ko'/ga tashlanadi yoki bunday yondashishda o'quvchi shax- 
sining inkor etilishi seziladi. Bu kam chilikni birinchi bo'lib aka- 
dem ik V. Bespalko payqadi va o'z asarida «Pedagogik texnologiya — 
bu o'qituvchi mahoratiga bog'liq bo'lm agan holda pedagogik muvaf- 
faqiyatni kafolatiay oladigan o'quvchi shaxsini shakllantirish jara­
yonini ifodalash - loyihaiashdir», deb ta ’rifladi.
Pedagogik texnologiyaga berilgan ta ’riflarning qiyosiy tavsiflari 
keyingi paragrafda batafsil keltirilgan.
Shu o'rinda hamkasbimiz H. Abdukarimovning «Ma’rifat» gazeta- 
sida (1998 yil, 27 may) bosilgan «Zamonaviy pedagogik texnologiya 
nima?» maqolasini didaktik nuqtai nazardan baholashni kitobxon- 
lar hukmiga havola etaylik-da, undagi bir-biriga zid va ilmiy asos- 
lanmagan ikki ta ’rifni keltirib o'taylik: 1. «Milliy dastur» — bu yan­
gicha pedagogik texnologiyaning o'zi». 2.«Pedagogik texnologiya- 
pedagogik m ahorat to'g'risidagi fan». Bu boradagi ta'riflarning xil- 
ma-xilligi bir tom ondan bu mavzuning u yoki bu jihati soxta yechil- 
ganligini ko'rsatsa, ikkinchi tom ondan pedagogik texnologiyani 
ta ’lim amaliyotiga joriy etishga bo'lgan urinishlarni ifodalaydi.
Q ator yillar davom ida pedagogik texnologiya nazariyasi va 
am aliyoti bir-biriga bog'liq bo 'lm agan holda o'rganib kelindi va u 
turli faoliyat doirasida edi. Bugungi kunda mutaxassislaming ilmiy 
salohiyatini birlashtirishga m am lakatim izda keng im koniyatlar 
tug'ildi. Nazariya va am aliyot birligining ta ’m inlanayotganligini 
zam onaviy pedagogik texnologiyaning asl m ohiyatini aniqlashga 
yo‘l ochm oqda.
Bizning fikrimizcha, yangi pedagogik texnologiyaga pedagogika 
fanining alohida tarm og'i sifatida qarash yoki faqat ta ’lim amaliyo-


tini maqbullashtirishga yo'naltirilgan tizim, deb qarash mumkin 
emas. Pedagogik texnologiya bu sohadagi nazariy va amaliy izlanish- 
larni birlashtirish doirasidagi faoliyat yo'nalishlarini aniqlaydi. Bu 
erda izlanishning mohiyati - pedagogik tizim ni tashkil etuvchi ele- 
m entlarni o'rganish asosida modernizatsiya qilishdan iboratdir. Sa- 
babi, har qanday o'quv-tarbiyaviy jarayonni tashkil etish u yoki bu 
pedagogik tizimni aks ettiradi. D em ak, PT - amaliyotga joriy etish 
mumkin bo'lgan m a’Ium pedagogik tizimning loyihasidir.
U nda, pedagogik tizim mohiyati nim adan iborat? Pedagogik 
tizim o'zaro bog’liq bo'lgan vositalar, usullarva jarayonlar yig‘indisi 
bo‘lib, shaxsdagi muayyan sifatlarini shakllantirishga pedagogik ta ’sir 
etish ni maqsadga muvofiq tarzda amalga oshiradi. Binobarin, har bir 
jam iyatda shaxsni shakllantirish maqsadi belgilab olinadi va unga 
mos ravishda pedagogik tizim mavjud bo'lishi kerak. Agar maqsad 
o'zgarsa tizim ham o ‘zgarishi shart.
«Kadrlar tayryolash milliy dasturi» jam iyat, davlat va oila oldida 
o 'z javobgarligini his etadigan h ar tom onlam a rivojlangan shaxsni 
tarbiyalashni asosiy maqsad qilib qo'ydi. D em ak, milliy dastur biz- 
da ta ’lim va tarbiya sohasidagi davlat buyurtmasi sifatida qabul qili- 
nayapti. Faqat davlat buyuitmasigina ta’lim va tarbiyaning aniq maqsad 
va vazifalarini belgilab beradi yoki oliy ta ’lim uchun pedagogik tex­
nologiyaning mavjudlik shartlarini kafolatlaydi.
l a ’Iim lurlari u c h u n u m u m i y bo ' lg a n pedagogik t izim loyi- 
liasini quyi dagi cha ifodalash m u m k i n :
Ijtimoiy buyurtma


Olib borilgan tadqiqot ishlarining natijalari har qanday p ed a­
gogik tizim o '/a m bog‘Iiq bo'lgan quyidagi invariativ elem entlar- 
dan tashkil topishini ko'rsatib berdi:
1. Talabalar.
2. Ta'lim va tarbiyaning maqsadi.
3. T a’lim va larbiyaning mazmuni.
4. T a ’lim jarayoni yoki didaktik jarayon.
5. Pedagog yoki o ‘qitishning texnikaviy vositalari.
6. T a’lim va tarbiyaning tashkiliy shakllari.
Yuqorida keltirilgan pedagogik tizim har qanday ilmiy nazariya- 
ga xos bo‘lgani kabi quyidagi ikki tushunchani qamrab oladi: didak­
tik masalalar va ularni hal etish texnologiyasi. Didaktik masalalar 
pedagogik tizim doirasida inson faoliyatining har qanday sohasi kabi 
aniq maqsad va unga erishish uchun shart-sharoitlar ham da bu fa­
oliyat uchun axborotlar bo'lishi lozimligini taqozo etadi.
Shuni alohida ta ’kidlash kerakki, pedagog-m etodistlar hozirga 
qadar didaktik masalalarni aniq ifodalashga va unga mos keladigan 
o'qitish tcxnologiyasini ishlab chiqishga e ’tibor berishgan. Shu nuqtai 
nazardan. milliy dastur ijtimoiy buyurtm a sifatida yangi pedagogik 
texnologiyaga «yangi» so'zining qo‘shib ishlatilishi nazariyachi olim- 
larimiz va o'qituvchilam i bir qadar o'ylantirib qo'ydi. endilikda 
ta'lim -tarbiya jarayonini loyihalashga eskicha yondashish m um kin 
emasligini ko'pchilik anglab yetmoqda. Shunday ekan, pedagogik 
texnologiyani qanday yangilash mum kin? E ’tiborni yuqorida beril­
gan pedagogik texnologiyaning tuzilishiga qarataylik. Bu tizimga uzluk­
siz ravishda ijtimoiy buyurtm a o ‘z ta ’sirini ko'rsatadi va ta ’lim -tar­
biya maqsadini umumiy holda belgilab beradi. Maqsad esa pedagogik 
texnologiyaning bosh b o ‘g ‘ini hisoblanib, u pedagogik tizimning 
qolgan elementlarini, o 'z navbatida, yangilash zaruratini keltirib 
chiqaradi. «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» ta ’lim-tarbiyaning 
maqsadini yangi yo‘nalishga burdi, ya’ni ta ’lim tizim ini o'tm ishdan 
qolgan mafkuraviy qarashlar va sarqitlardan to 'la xalos etish, rivoj- 
langan demokratik davlatlar darajasida, yuksak m a’naviy va ahloqiy 
talablarga javob beradigan yuqori malakali kadrlar tayyorlashni us- 
tuvor vazifa, deb belgiladi. D em ak, ta ’lim -tarbiya maqsadi yangi- 
landi, unga mos holda m azmunning yangilanishi tabiiydir.
T a’lim m azmuni davlat ta'lim standartlari(D TS), o'quv das- 
turlari, darslik va o'quv qo'llanm alarida o ‘z ifodasini topadi. Shu


munosabat bilan olimlarimizga fan sohalari bo'yicha la ’Iim m azmu­
nini ishlab chiqish kabi sharafli va mas’uliyntli vazifa yiiklatildi.
Shunday qilib, pedagogik texnologiyada didaktik mnsalalarning 
o 'z yechim larini topishi-m illiy dasturni ro'yobga chiqarishning 
muhim bosqichidir. Agar pedagog qo'lida bilimga chanqoq talaba­
lar, fan maqsadiga mos mazmundagi dastur, darslik va qo'llanm alar 
mavjud bo'lsa, u didaktik jarayonni muvafifaqiyatli amalga oshirish 
uchun bilish faoliyatining tashkiliy shakllaridan samarali foydalanib 
yangi pedagogik texnologiyani amaliyotga izchil va ketm a-ket joriy 
etishi mumkin. Shu boisdan, o'qituvchi m ahoratiga k o ‘p narsa 
bogliqligi, uning pedagogik tizim da tutgan o'rni haqida batafsil 
to ‘xtalish zarurati tug‘iladi.
1. 0 ‘qituvchi davlat buyurtmasiga mos keladigan ta ’lim-tarbiya 
maqsadini aniq va ravshan belgilashi kerakki, natijada, m a’Ium vaqt 
ichida unga erishishni ta ’minlaydigan didaktik jarayonni tuzish va 
joriy etish to ‘g‘risida xulosa qilish m um kin bo'lsin.
2. O'qituvchi pedagogik tizimda belgilangan maqsadga to'g'ri ke­
ladigan o'quv-tarbiyaviy jarayon m azm unini o ‘quv dasturi bo'yicha 
chuqur egallashi, m untazam ravishda o 'z pedagogik m ahoratini 
ilmiy-texnikaviy taraqqiyot talablariga mos holda mustaqil ravishda 
kengaytirib borishi zarur.
3. O'qituvchi pedagogik tizimning tarkibiy elementi sifatida didaktik 
jarayonni amalga oshirish bilan tanish bo'lishi kerak: bu-birinchidan, 
jadallashtirish va tabiatan monandlik talabidir. Jadallashtirish didak­
tik masalalarni m a’Ium vaqt doirasida birmuncha tez va yuqori sa­
viyada hal eta oladigan didaktik jarayonni qo'llashni talab etadi. T a’lim 
va tarbiyaga bu talabni aniqlab beruvchi omil — talaba (o'quvchi) 
lam ing m a’Ium faoliyatni o'zlashtirish tezligi hisoblanadi. Ikkin- 
chidan, o'quv-tarbiyaviy jarayonni shunday tashkil etish lozimki, 
bunda mumkin qadar talabalarning keng doirada tajriba egallashiga 
imkon tug'diradigan va ularning aqliy malakasini rivojlantira oladi­
gan mexanizm vujudga kelsin. Bu talabni aniqlab beruvchi omillar: 
talabalarning o'qishga bo'lgan xohishi, o'quv mehnatiga munosa- 
bati va sog'lom psixo-fiziologik faoliyati kabilardir.
4. O'qituvchi didaktik jarayonni amalga oshirishda o'qitishning 
samarali shakllaridan foydalana olishi kerak. O 'qitishning tashkiliy 
shakllari to 'g 'ri tanlanishi pedagogik tizim elementlarining m a’Ium 
qonuniyat asosida bir-birlari bilan bog'liq ekanligini bildiradi. Bu


bog’lanishlardan foydalanish va eng maqbul bo’lgan tashkiliy shakl- 
lar topish-ta'lim da rasmiyatchilikni yo’qotishga yo'l ochadi.
5. 
O ’qituvchi pedagogik tizim ning ishtirokchisi bo‘lgan talaba- 
ning ta ’lim m azmuni va tarbiya ta ’sirini qay darajada egallayotganli- 
gini eng maqbul usullar yordamida doimo nazorat qilib borishi lo ­
zim. Bu to'g'rida olingan axborotlar esa pedagogik tizimni maqsadga 
muvofiq tarzda boshqarish im koniyatini beradi yoki tizimdagi qaysi 
elementning mazmuniga tuzatish kiritish kerak ekanligini aniqlaydi.
Shunday qilib, pedagogikaga xos b o ’lgan texnologik jarayonni 
amaliyotga tatbiq qilish bilan bog’liq pedagog m ahoratm ing b a’zi 
qirralari to ‘g’risida to'xtaldik. PT ning ilmiy xaiakterga ega ekanligiga 
e ’tiborni qaratgan holda, uning amaliy yo'nalishga xosligini, uni 
aniq masalalarni hal qilishda qo'llash mumkinligini e'tiro f etish 
kerak.
Demak, nazariyani o'quv amaliyoti bilan bog'lash zaruratini 
anglash-zamonaviy pedagogik texnologiyalarning tuzilmasini aniqlab 
beradigan bir qator holatlarni belgilashga imkon beradi:
1. Zamonaviylik ta ’lim amaliyotiga ilmiy asoslangan va tajriba- 
sinovda tekshirilgan didaktikaga oid yangiliklar, tartib-qoidalarni joriy 
etishning majburiyligini taqozo etadi.
2. O 'quv jarayonini maqbullashtirish-kechiktirib bo'lm aydigan 
masaladir.
3. Ilmiylik ta ’limda yangi vositalar, faol metodlar, didaktik ma- 
teriallarni, tashkiliy masalalarning yangi yechimlarini qo'llashni 
taqozo etadi.
4. Talaba va о ‘qituvchining dasturli faoliyati o'quv jarayonidan 
jam iki ortiqcha harakatlarini yo'qotishga. yuqori ham jihatlikni 
ta ’minlashga va kerakli natijalarni qo'lga kiritishga intilishni ta'minlaydi.
5. T a’limni faollashtiruvchi axborot texnologiyasi va texnik vosi- 
talardan foydalanish samarasini belgilaydigan didaktik materiallar- 
dan keng foydalanish-zamonaviy PT ning eng asosiy belgilaridan 
biridir.
6. O 'quv jarayoni uchun moddiy-texnika bazasining maqsadga 
muvofiqligi — PT ning navbatdagi belgisidir.
7. O'quv-tarbiyaviy jarayon natijalarini sifatli baholash — PT 
ning o 'z oldiga qo'ygan natijaviy maqsadidir.
Shunday qilib, yuqorida keltirilgan fikrlar tahlili asosida quyi- 
dagicha xulosa qilish mumkin:


Zamonaviy pedagogik texnologiya o'zining pedagogika va boshqa 
fan yutuqlari bilan bog'liq xususiy nazariyasiga ega; u birinchi galda 
o'quv-tarbiyaviy jarayonini ilmiy asosda qurishga yo'naltirilgan, 
o'qitishning axborotli vositalaridan va didaktik m ateriallardan, faol 
m etodlardan keng foydalanishga asoslangan o'qituvchi va o'quv- 
chilarning birgalikdagi faoliyatiga zam in yaratadi.
T a’lim ijtimoiy tizimning bir qismi bo'lib, u o 'z rivojlanishida 
jamiyat taraqqiyotining yo'nalishlariga bog'liq ravishda ro'y berayot- 
gan aksariyat o'zgarishlarga muvofiq o'zgara boradi. Ana shu doirada 
innovatsiyalar ta'lim oldida turgan vazifalarni muvaffaqiyatli am al­
ga oshirishning asosiy shartlaridan hisoblanadi. Pedagogik nazariya va 
amaliyotning tahlili shuni ko'rsatadiki, ta ’lim sohasiga um um jahon 
ahamiyatiga molik bo'lgan quyidagi asosiy yangiliklar xosdir:
- moliyalashtirish va boshqarish sohalaridagi o'zgarishlar;
- ta 'lim tizim i tuzilishidagi m untazam o'zgarishlar;
- ta ’lim texnologiyasida ro'y beradigan doimiy o'zgarishlar va h.k.
Shunday qilib, yangi texnik vositalar va yangi texnologiyalar-
ta'lim ga yangi tartib-qoidalarni kiritish uchun eng m uhim kompo- 
nentlardan biridir. Biroq ularni qanday qilib tatbiq etish va amalda 
foydalanishni bilib olish, aslida, hal qiluvchi ahamiyatga egadir. 
Buning uchun maxsus tayyorgarlik, katta kuch va ko‘p vaqt sarflash 
lozim, ya’ni ta ’limda innovatsion jarayonlarning tatbiq qilinishi b i­
lan o'qituvchining roli pasaymaydi, balki o'quv-tarbiya jarayoni­
ning yuksak bosqichlarida yana ham ortadi. Bu esa pedagogdan o'z 
ilmini yangidan va tanqidiy tahlil etishni talab etadi. Chunki yangi 
tartib-qoidalardan foydalandimi yoki axborot manbai sifatida qolib 
ketadimi, bu narsa ayni o'qituvchiga bog'liq. O 'qituvchi o'quv tex- 
nologiyasining bevosita tartib-qoidalariga jiddiy tayyorlangan, yo'l- 
yo'riq olgan, moslangan, rulilangan bo'lishi lozim.
Pedagogning ijodiy potensiali uning o'z ijodkorlik sifatlarini 
shakllantirishga intilishida, pedagogik odobining namoyon bo'lishida, 
qobiliyati va kasbiy malakasini takomillashtirishida, kutilmagan 
vaziyatlarda topqirlik qila olishida, o'quvchi-talabalarni komillik sari 
mohirlik bilan etaklay olishida ko'rinadi.
Pedagogik jarayonda o'zining yangi g'oyalarni ishlab chiqish 
qobiliyatini doimo rivojlantiradigan va takomillashtiradigan o'qituvchi 
iqtidorli hisoblanadi. Pedagogik ijodiyot-o'z mohiyatiga ko'ra odam- 
ning yangi bilimlarni hosil qilish va takomillashtirish bo'yicha ijodiy


ishining kasbiy, maxsus ifodasidir. Pedagogik izlanish o'qitishda doimo 
m a’lum yo'nalishdagi subyektga nisbatan aniqlashtirilgan bo'ladi. 
Pedagogik izlanish natijasida yangilikning asosiy nam oyon bo'lish 
shakllari kundalik o'quv-tarbiyaviy m uam m olarning nostandart 
yechimlari, pedagogik ta ’sir usullarining m etodik va nazariy jih at­
dan m ukammal ishlab chiqilishi, ixtiro etilishi va takomillashuvi 
ham da ulardan samarali foydalanishda ko‘rinadi.
Yangi ta ’lim tizim i m azmuniga o ‘tm ishning qim m atbaho m a’­
naviy qadriyatlarini kiritish va unutilayozgan yoki taqiqlangan b a ’zi 
birlarini qayta tiklashdan maqsad o ‘tm ish oldida egilish emas, balki 
un g a tayanib, ijodiy foydalangan h old a rivojlanishning yangi 
pog‘onasiga chiqish demakdir.
Bugun biz yangi ko‘rinishdagi ta ’lim tizim ini ishlab chiqishda 
Turkiston sivilizatsiyasining eng k o ‘p gullab-yashnagan davridagi, 
ya’ni V II-X II asrlardagi m ehnat va kasb ta ’lim tajribalariga tayan- 
m og‘imiz lozim. 0 ‘sha davr madaniyati va fanining asosini ta ’lim 
tashkil etgan, rivojlanishning eng yuqori cho'qqilariga erishish yo‘lida 
faylasuf va pedagoglaming aniq va konseptual g‘oyalari shakllangan 
edi. Hozirgi zam on atamasi bilan aytganda, ta ’lim va tarbiya, ilm — 
bu uzluksiz ravishda m a’naviy, jismoniy va aqliy salohiyatini rivojlanti­
rish jarayonidir. 0 ‘sha davr faylasuflari insonning m a’naviy, jis­
moniy va aqliy xususiyatlarini yakka mujassamlikda, deb belgilash- 
gan. Bunday falsafiy pedagogik konsepsiya ta ’lim jarayonini shaxs­
ning m a’naviy-axioqiy xususiyatlarini boshlab beruvchi omil deb, 
e ’tiro f etadi. Bu konsepsiyalarning m azm uni faqatgina faylasuflar 
ishlarida emas, balki m ehnat va ijodning turli vakillari asarlarida ham 
o ‘z aksini topgan edi.
Masalan, risola - bu hunarmandlar va ularning o'quvchilari uchun 
m o‘ljallangan qo'llanm a bo'lib, un d a urf-odat, rasm -rusum , turli 
udum lar majmuasi aks ettiriladi. Risolalar kichik hajmdagi kitobcha 
shaklida bo'lib, ularning m azm uni ushbu soha hunarmandchiligi 
bo'yicha mashg'ulotlar va ba’zi bir pandu nasihatlami o'zida mujas- 
samlashtirgan.
Shuni alohida ta ’kidlab o'tish joizki, deyarli barcha risolalar bir 
xil qolipdatuzilgan bo'lib, odatda, kitobchaning boshlaridabutun 
olam egasi bo'lgan Alloh, payg'am barlar va uning barcha choriyor- 
larini ko'klarga ko'tarib maqtash, so'ng ushbu hunarm andchilik- 
ning Alloh n e’mati ekanligi, keyin esa hunarm and ishi boshlanadi-


gan va har bir xatti-harakati yoki lozim bo‘lgan Q ur'on oyatlari 
yoki jarayondan oldin aytish lozim b o ‘lgan Q ur’o n oyatlari yoki 
boshqa duolar, usta-hunarm andlarning m a’naviy - axloqiy sifatlari 
yoritiladi.
Risolalarni tadqiq etish natijasida ularning o ‘rta asr hunar- 
mandligida o'ziga xos pedagogik qo'llanm a sifatida xizmat qilganligi- 
ga, risolalarda zamonaviy til bilan aytganda, hunarm and kasbiy 
faoliyatning m azm unini aks etganligiga guvoh bo'lam iz.
O'zbekiston mustaqillikka erishgan davrda milliy mafkurani shakl­
lantirish, yoshlarni milliy va umum insoniy qadriyatlar ruhida ta r­
biyalash eng m uhim vazifalardan bo'lib qolmoqda. Chunki davlat - 
ning asosini m a’naviyat tashkil etadi, m a’naviyatiga e’tibor berm a- 
gan davlatning kelajagi ham bo'lm aydi. Milliy pedagogika tajriba- 
lariga murojaat qilish esa bunday maqsadlarga erishishning asosiy 
om illaridan biridir.
Yoshlarni m ustaqil b ilim olishga o'rgatish-bugungi kunning eng 
muhim va dolzarb vazifalaridan biridir. Shu o'rinda ta'kidlash lozimki, 
bugungi kunda yoshlarni m a’naviy-intellektual rag'batlantirishning 
ahamiyati kattadir. M a’naviy intellektual sifatlarni zamonaviy usul- 
larda aniqlash tarbiyaviy jarayonga samarali o'zgarishlar kiritadi. 
O 'quvchi yoshlarning, talabalarning m a’naviy-intellektual shakl- 
lanish sifatlaridagi yutuq va kamchiliklarni odilona baholash tizimi 
tarbiya mazmuni, usullari va uning tashkiliy shakllarini yaxshilashga 
doir tuzatishlar kiritishi lozim. O 'quvchi va talabalarning bilimini, 
aqliy holatlarini nazorat qilish va baholash davlat miqyosidagi m u­
him ahamiyatga ega ishdir. Shu bilan birga, nazorat va baholash jara­
yoni o'quvchi bilimining boyishiga. ular shaxsining rivojlanishiga 
ham da tarbiyasiga ta ’sir ko'rsatadi.
Pedagogika fani bilimlarni o'z vaqtida nazorat qilish va baholash- 
ning 3 vazifasi borligini alohida uqtiradi:
1. O'zlashtirishni nazorat qilish va baholash natijalariga qarab 
davlat ta ’lim standart lari ning qanday bajarilayotganligi to'g'risida 
xulosa chiqariladi va galdagi vazifalar belgilanadi.
2. Bilimlarni nazorat qilish va baholash natijasida o'quvchi-tala- 
balarda bilimlar yanada kengayadi.
3. T a’lim sohasidagi yaxshi natijalar yoshlar tarbiyasiga ham ijo­
biy t a ’sir ko'rsatadi. Ularda k o 'tarinki ruh, o 'z kuchiga bo'lgan 
ishonch va qiziqishlar paydo bo'ladi.


Jahonning ilg'or tajribalari va ko'plab pedagoglar m ehnatining 
natijasi o'laroq, reyting uslubi bugungi kunning eng maqbul n a ­
zorat mezoni deb qabul qilindi.
Reyting deganda-baholasb, tartibga keltirish, klassifikatsiyalash, 
bironta hodisani oldindan belgilangan k o ‘rsatkich bo'yicha baho­
lash tushuniladi.
Reyting nazoratida test usuli ham samarali qoMlaniladi.
Test deganda aniq vazifaning takomillashganlik darajasini aniqlash 
ham da sifat va miqdoriy oMchamlarda belgilash imkonini beradigan, 
faollikning biron shaklini paydo qiluvchi va biron aniq topshiriq 
shaklidagi sinov quroli tushuniladi.
Testning afzalligini quyidagicha belgilash mumkin:
- nazorat uchun kam vaqt sarflanadi;
- nazorat va amaliy bilimlar darajasini obyektiv sharoitda aniqlash 
im konini beradi;
- ko‘p sonli talabalar bilan bir vaqtning o ‘zida nazorat olib 
borish mumkin;
- bilim natijalari o'qituvchi tom onidan tezkorlik bilan tekshi- 
riladi va h.k.
Reyting nazorat tizimining asosi sifatida o'quv rejasiga kiritil­
gan.
H ar bir fan bo'yicha talaba o'zlashtirishining sifat ko'rsatkichlari 
ballar bilan ifodalanadi. H ar bir semestrdagi fanlardan to'plangan 
ballar yig'indisi tarzida talabaning o'zlashtirishini baholash jarayo­
ni chorak va semestr davomida m untazam ravishda olib boriladi va 
quyidagi nazorat turlari shaklida tashkil etiladi:
- joriy nazorat;
- oraliq nazorat;
- yakuniy nazorat.
Joriy nazorat - bu o'rganiladigan mavzularning o'quvchi, tala­
balar tom onidan qanday o'zlashtirayotganini dars jarayonida m u n ­
tazam ravishda nazorat qilishdati iborat. Bu nazorat o'qituvchi to ­
m onidan qanday o'zlashtirganini m untazam ravishda dars jarayo­
nida nazorat qilishdan iborat. Bu nazorat o'qituvchi tom onidan 
o'tkazilib, talabaning bilim darajasini shu fanning har bir mavzusi 
bo'yicha aniqlab borishni ko'zda tutadi.
Oraliq nazorat - bu mazkur fan bo'yicha o'tilgan bir necha 
mavzularni o'z ichiga oladi va shu qism bo'yicha talabaning bilimini


aniqlashga xizmat qiladi. Oraliq nazorat darsdan tashqari vaqtda 
o'tkaziladi va talabalarga o'zlashtirish ko'rsatkichlarini oshirish im ­
konini beradi.
Yakuniy nazorat - bu nazorat semestr uchun belgilangan mav- 
zular to 'liq o'qitib bo'lingach o'tilgan mavzular bo'yicha yozma 
yoki og'zaki usullarda, shuningdek, test sinovlari shaklida o'tkaziladi. 
Talabaning fan bo'yicha semestrdagi reyting bahosi joriy, oraliq va 
yakuniy nazoratlarda to'plangan ballari bo’yicha aniqlanadi.
O 'quv, pedagogik, ishlab chiqarish vadiplom oldi amaliyotlari 
davrida olingan bilimlar ham reyting ballari bilan baholanadi.
M ustaqil O 'zbekiston bugungi kunga kelib jahonga o 'z nom ini 
tanitdi. Iqtisodiy - siyosiy jih a td an yuksaldi. Shu bilan birga, 
O 'zbekistonning rivojlangan m am lakatlar qatoridan o 'rin olishi 
uchun bugungi kunda kelajak ruhiga mos bo'lgan zamonaviy kadrlarga 
ham ehtiyoj sezila boshladi. M ustaqil davlat o'zining m uhim tarixiy 
hujjatlariga ham ega bo'ldi va ular orasida «Kadrlar tayyorlash milliy 
dasturi» alohida o 'rin tutadi.
D asturda e’tiro f etilgan kadrlar tayyorlash tizim ini rivojlanti- 
rishning asosiy yo'nalishlarida shu narsa alohida belgilandiki, ta ’lim 
tizimining yaxlit axborot m akonini vujudga keltirish-ta’lim-tarbiya 
dasturlarining intellektuallashuvini ta ’minlaydi. D em ak, yangi asr- 
inform atsion texnologiyalar asri bo'lishi bilan bir qatorda ularning 
o'quv jaryonlariga keng ko'lam da aralashuvini ham ta ’minlaydi.

Download 6,99 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89




Download 6,99 Mb.
Pdf ko'rish