Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat toshkent 2009




Download 6,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/89
Sana22.02.2024
Hajmi6,99 Mb.
#160530
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89
Bog'liq
Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. Omonov H.T, Xo\'jayev N.X, Madyarova S.A, Eshchonov

Pedagogik texnologiya — ta ’lim shakllarini optiniallashtirish 
maqsadida o ‘qitish va bilimlarni 
0‘zlashtirish jarayonining inson 
salohiyati va texnik resurslarni qo'llash, ularning o'zaro ta ’sirini 
aniqlashga imkon beradigan tizimli m etodlar majmuasidir.
Shuningdek, texnologiya deganda, subyekt tom onidan obyektga 
ko'rsatilgan ta ’sir natijasida subyektda sifat o'zgarishiga olib keluv- 
chi jarayon tushuniladi. Texnologiya har doim zaruriy vositalar va 
sharoitlardan foydalanib, obyektga yo'naltirilgan aniq maqsadli 
amallami muayyan ketma - ketlikdabajarishni ko'zda tutadi.
Yuqorida keltirilgan tushunchalarni o ‘quv jarayoniga ko'chira- 
digan bo'lsak, o ‘qituvchi(pedagog)ning o'qitish vositalari yorda­
m ida o'quvchi-talabalarga m uayyan sharoitlarda ko'rsatgan tizimli 
ta ’siri natijasida ularda jam iyat uchu n zarur bo'lgan va oldindan 
belgilangan ijtimoiy sifatlarni intensiv tarzda shakllantiruvchi ijti­
moiy hodisa yoki boshqacha aytganda, o'qituvchi tom onidan o'qitish 
vositalari yordamida o'quvchilarga ta ’sir ko'rsatish va bu faoliyat 
mahsuli sifatida ularda oldindan belgilab olingan shaxs sifatlarini 
shakllantirish jarayoni deb ta ’riflash mumkin. Professor N.Sayidah- 
medovning fikricha, «Texnologiya — bu shaxsni o'qitish, tarbiya­
lash va rivojlantirish qonunlarini o'zida jo qiladigan va yakuniy nati- 
jani ta ’minlaydigan pedagogik faoliyatdir». Texnologiya tushunchasi 
regulyativ (tartibga solib turuvchi) ta ’sir etish kuchiga ega bo'lib, 
erkin ijod qilishga undnydi:
- sam arador o'quv-bilish faoliyatining asoslarini topish;
- uni ekstensiv (kuch, vaqt, resurs yo'qotishga olib keladigan 
samarasiz) asosdan ko'ra intensiv (jadal), mumkin qadar, ilmiy 
asosda qurish;
- talab etilgan natijalarni kafolatlaydigan fan va tajriba yutuqlari- 
dan foydalanish;
- o'qitish davomida luzatishlar ehtimolini loyihalash metodiga 
tayangan holda yo'qotish;


- ta ’lim jaray o n in i yuqori darajada axborotlashtirish va zaruriy 
harakatlarni algoritm lash;
- texnik vositalam i yaratish, ulardan foydalanish metodikasini 
o'zlashtirish va boshqalar.
Texnologiya murakkab jarayon sifatida qator o'qitish bosqichlari- 
dan, o 'z navbatida- bu bosqichlarning har biri o'ziga xos am allar- 
dan iborat bo'ladi- Amal — o'qituvchining sinfda mavzu bo'yicha 
o'quv 
e l e m e n t l a r u i i
tushuntirish borasidagi bajargan ishlar yig'indisi 
bo'lib, o'qitish jarayonining shu bosqichida tugallangan qismini 
tashkil etadi.
Pedagogik texnologiya amaliyotga joriy etish m um kin bo'lgan 
m a’lum pedagogiK tizim ning loyihasi hisoblanadi.
Pedagogik texnologiya-ta’lim texnologiyasi, yangi pedagogik 
tajriba, yangi pedagogik texnologiya, zamonaviy pedagogik tex­
nologiya, axborot texnologiyasi, yangi tajriba, ta ’lim -tarbiya m e­
todlari 
t u s h u n c h a l a r i n i
qamrab oladi. Demak, pedagogik texnologiya 
didaktik vazifalarni samarali amalga oshirish, shu sohadagi m aqsad­
ga erishish yo'li bo'lib hisoblanadi.
Bugungi kunda mamlakatim izda mutaxassislarning ilmiy salo- 
hiyatini birlashtirishga imkoniyatlar yetarli darajada. Zam onaviy 

Download 6,99 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   89




Download 6,99 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat toshkent 2009

Download 6,99 Mb.
Pdf ko'rish