Pedagogik texnologiya bu — obyektiv, moddiy jarayon. Agar biz
o ‘quv-tarbiva jarayonidan uning obyektiv, moddiy (substansiyalik)
jihatini ajrata olsak,
shunda biz texnologiyaga, eng kamida, uning
tafsilotiga ega b o ‘lamiz
(V.K. Dyachenko).
Pedagogik texnologiya- bu o'qitishga o ‘ziga xos yangicha (inno
vatsion) yondashuvdir. U pedagogikadagi ijtim oiy-m uhandislik ta-
fakkurining ifodalanishi, texnokratik ilmiy
ongning pedagogika so-
hasiga ko‘chirilgan tasviri, ta ’lim jarayonining muayyan standart-
lashuvi hisoblanadi
(B.L.Farberman).
Pedagogik texnologiya-turli m ualliflar(m anbalar)ning barcha
ta ’riflari m azm unini o z id a mujassam etuvchi umum lashtirishdan
iborat
(G.K. Selevko).
“Texnologiya” tushunchasi keng m a’noda insonning barcha antro-
pogen faoliyati natijasida mahsulot yaratilishi jarayonlarini qamrab
oladi.
Texnika va texnologiya, sanoat va transport, mashinasozlik va
aviatsiya, kimyo va metallurgiya, tibbiyot va farmatsevtika,
qishloq
xo‘jaligi va chorvachilik. umuman, yaratuvchanlik va ijodkorlik meh-
nati va metod, usul, vosita ham da jarayonlar majmuasini ifodalash
uchun shu kungacha cheklanmagan miqyosda foydalanib kelinayot-
gan ushbu atamaning mazmun va mohiyati keng ko‘lamga ega bo‘lib
qoldi. Pedagogik jarayonlar uchun tatbiq qilinuvchi texnologiya
ning a n ’anaviy va n o an ’anaviy, tarixiy, klassik, yangi va zamonaviy
turlari farq qilinmoqda. Asosiy maqsad - shaxsning ta ’lim va tarbiya-
si ham da uning aqlan va jism onan rivojlanishi bilan bog‘liq kasbiy
faoliyat ekanligini nazarda tutsak, qanday nom lanishidan q at’iy
nazar, pedagogik texnologiya komil inson tushunchasiga m azm unan
singib ketishi lozim.