zim. T a’lim-tarbiya ishida rasmiyatchilik va beparvolik kabi illatlardan
voz kechish kerak. Bu maqsadda mustaqil
fikrlaydigan shaxsni tar-
biyalashga yo'naltirilgan yangi uslub va vositalar ishlab chiqilishi va
joriy etilishi zarur.
Bugungi kunda pedagogikada o'quvchi-talabalarning ta’lim jarayo-
nidagi faolligini oshirishga qaratilgan bir nechta o'qitish uslublari
ishlab chiqilgan: muammoli o'qitish, ish faoliyatini ifodalovchi
o'yinlar, rolli o'yinlar, mavzuiy o'qitish va h.k. Ammo ularni oliy
ta ’lim tizim ida keng qo'llaniladi, deb bo'lm aydi. Buning sababi har
bir mashg'ulotga tayyorgarlik pedagogik izlanishni ko'zda tutishi,
yuksak
kasbiy bilim va mahoratni, ishda ijodiy yondashuv va ko'p
vaqtni sarflashni talab qilishida bo'lsa kerak. Chunki har bir o'tiladigan
m ashg'ulot ishlanmasi o'ziga xos xususiyatga ega va takrorlanmasdir.
U ning ustiga ayrim pedagoglar konservativ fikrlash doirasida turib
o'qitishning noan’anaviy usul va metodlariga, ko'pincha, bepisand
m unosabatda bo'ladilar.
A n’anaviy o'qitishning usul va metodlari respublikamizda keng
tarqalgan va ular o'zining m a’Ium tarixiga ham egadirlar.. Biroq ta’lim
sohasidagi islohotlami amalga oshirishda an'anaviy t a ’limning im
koniyatlari cheklanayotganligini, m uhim ta ’limiy m uam m olar o 'z
yechim ini topmayotganligi, qator ilg'or pedagogik tajribalar om m a-
lashmayotganligini ko'rishim iz mumkin.
Yangi munosabatlarning o'ziga xos jihati, an’anaviy ta’limdagidan
farq qilib, o'quvchi-talabalarning mustaqilligi va o'quv
faoliyatini
taqiqlam asdan, balki ularni belgilangan maqsad sari yo'naltirish,
o'quv faoliyatini ham korlikda tashkil etish va o'quv-biluv faoliyatiga
ongli ravishda yo'llash, biror bir faoliyatni buyruq orqali amalga
oshirish o'rniga pedagogik jarayonni samarali tashkil etish orqali
o'quvchi-talabalarda fan asoslarini o'rganishga bo'lgan qiziqishni
orttirish, shaxsning ehtiyoji, istagi, moyilligi va im koniyatlarini
chegaralamasdan bilim va hunar egallashning dem okratik yo'llariga
burish sanaladi.
Pedagogik texnologiya texnologik yondashuvga asoslanadi. Tex
nologik yondashuv deganda tayyor mahsulot (ishlab
chiqarish tex-
nologiyasiga o'xshash) olish uchun ishlab chiqarish jarayonlarida
qo'llaniladigan usul va m etodlar to 'p lam i tushunilib, qo'yilgan
maqsadlarga erishishda kutilgan natijalarni kafolatlaydigan usul va
m etodlar majimiasi anglashiladi.
Agar metod bilish yo'li, tadqiqot yo‘li yoki biror faoliyatdagi
m a’lum amaliyot va nazariy bilimlar sohasini egallashning harakat-
lari, operatsiyalari, usullari
majmuasi deb tushunsak, pedagogik
texnologiya — ta ’lim usuli, m a’Ium m a’noda ta'lim -tarbiya jarayon-
lari, vositalari, shakl va metodlari majmuasini anglatadi.
Pedagogik texnologiyaning a n ’anaviy o'qitish m etodikasidan
farqlovchi belgilari к о 'p. Pedagogik texnologiya a n ’anaviy m eto-
dikadan, avvalo, maqsadlarning qo'yilishi va unga erishishi bilan
farqlanadi (ilovaga qaralsin).
Pedagogik texnologiyaning usul va metodlari ta ’limning umumiy
maqsadlari (o‘qituvchi va talabaning m aqsadlari)ni
ishlab chiqish,
ularni amalga oshirish va natijalarni nazorat qilish, kuzatish ham da
baholashga xizmat qiladi.
Loyihalashtirish faoliyati o'quvchi-talabalar bilan ishlashni tash-
killashtirishning eng omm abop shakllaridandir. Loyihalash m etodi
— o'qitishni tashkillashtirilish b o ‘lib, o'quvchi-talabalar rejalasht-
irish jarayoni va amaliy vazifalami bajarishlari orqah loyiha ko'rinishda
b ilim oladi. Loyihalashtirish m etodini qo'llash natijasida loyiha
(proekt) ko'rinishidagi bilim o'zlashtiriladi.
O 'qituvchi va o'quvchi o'rtasidagi m unosabatlarni ifodalovchi
hamkorlik
pedagogikasiga tayanib, talabalarning birgalikda ta ’lim
olishlari amalga oshiriladi. Talabalarning hamkorlikda ta ’lim olishlari,
ta ’lim jarayonlarini loyihalashtirish, talabalar bilan ishlashni loyi
halashtirish kabilar zamonaviy pedagogik texnologiyalarning asos
iy m etodlari hisoblanadi.
O'quv-tarbiya jarayonida vujudga kelgan yangi pedagogik m uno-
sabatlar mazkur jarayonda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni
qo'llashni taqozo qiladi.
Pedagogika fani va amaliyotida turli xil yondashuvlar qo'llaniladi.
O g'zaki-ko'rgazm ali, tadqiqiy, izlanuvchan, tizimli, funksional,
kompleks,
texnologik, muammoli-unsurli, faoliyatli yondashuvlar.