VII BOB. 0 ‘QITUVCHI-KASB EGASI SIFATIDA
7.1. 0 ‘qituvchining shaxsiy va kasbiy xususiyatlari
K adrlar tayyorlash rnilliy dasturi raqobatbardosh kadrlar tay-
yorlovchi pedagogga qo‘yiladigan zam on talablari majmuini bel-
gilaydi.
Bir-biriga bog'liq bo‘lgan talablarning majmui, pedagogning
um um lashtirilgan modelini tashkil etadi. Umumlashgan modelga
muvofiq o ‘qituvchiga qo'yiladigan asosiy talablar quyidagilardan
iborat:
ta ’lim berish m ahorati;
tarbiyalay olish mahorati;
o ‘quv-tarbiya jarayonida inson omilini ta ’minlovchi shaxsiy fa-
zilatlari;
ta ’lim oluvchilarning bilimlarini xolisona baholay olish va n a
zorat qila olish m ahorati va h.k..
Umumlashtirilgan modelning doirasidagi malakaviy zam on ta
lablari pedagog «qiyofa»sini ifodalaydi.
O'zbekiston Respublikasi aholisi uchun ta ’lim darajasini oshiruv-
chi om illardan biri bo‘lib ijtimoiy yo'naltirilgan bozor iqtisodi-
yotiga jadal sur’atlar bilan kirib borish jarayoni hisoblanadi. Bu,
birinchi navbatda, bozor munosabatlarining rivojlanishiga bog‘liq
bo‘lib, u jarayon bilim darajasiga, iqtisodiyot va ekologiya (atrof-
muhit), kompyuter texnikasi va ilmbardosh texnologiyalar ustu-
vor b o ‘lgan va xalq xo‘jaligining rivojlangan tarmoqlariga, ta ’lim
tizim ining takomillashuvi va kadrlar tayyorlashga b o g iiq b o ‘ladi.
Kadrlarning yangi avlodini tayyorlash muammosining samarali
yechimi, birinchi navbatda, hozirgi kun talablariga javob bera ola-
digan psixologiya, pedagogika, iqtisodiyot, ekologik madaniyat,
huquqshunoslik va shunga o ’xshash boshqa fanlaming bilim asoslari-
ni chuqur biladigan professional malakaga, har tom onlam a chu-
qur bilimga ega b o ‘lgan o ‘qituvchi kadrlarning tayyorlanishi bilan
bog‘liqdir.
Olib borilgan kuzatishlar va A QSh, G erm aniya, Yaponiya,
Fransiya va boshqa sanoati ham da intellektual bilimlari rivojlangan
m am lakatlam ing tajribasi shuni ko'rsatib turibdiki, yuqori malaka-
li va raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, asosan, quyidagilarga bog'liq
b o ‘lar ekan:
- ta ’lim, fan va ishlab chiqarishning o'zaro sam arah aloqador-
ligiga;
- ta ’lim muassasalari va professional ta ’lim dasturlari turlarining
(tiplarining) xilma-xilligi, ulardafan vatexnikaning eng oxirgi yutuq
lari, iqtisodiyot va texnologiyalarning eng yuqori andozalari va
k o ‘rinishlari qay darajada aks ettirilganligiga;
- professional ta ’lim tizim ini ustuvor va foyda keltiruvchi iqtiso-
diy tarm oqqa aylantirishga;
- ta ’lim muassasalarini zamonaviy o'quv-m etodik adabiyotlar
bilan ta ’minlash va ularning moddiy-texnik asosini yaratish ham da
ularning moliyaviy ko‘rsatkichlarini mustahkamlashga;
- professional ta ’lim tizimiga eng yuqori malakali o'qituvchilarni
va mutaxassislarni jalb etishga;
- o'quv jarayonini inform atizatsiyalash va kom pyuterlashti-
rishga;
- kadrlarni tayyorlashning sifat bahosini va obyektiv nazorat
tizim ini qo'llashga;
- shaxsning rivojlanishi, o'lchovi, sifat va hulqini, qobiliyat va
intellektini baholash ham da kasbiy mahorati muammolariga bag'ish-
langan psixologik-pedagogik izlanishlarni bajarishga;
- o'qituvchilarni yuqori darajada moddiy rag'batlantirish va ularni
ijtimoiy himoyalab turishga.
Bugungi kun mutaxassisi har tom onlam a rivojlangan yuqori
darajadagi intellektga ega bo'lgan. fan asoslarini chuqur o'rgangan
bilim don, zukko, dono, fidoiy, m a’rifatli va m a’naviyatli inson
b o 'lish i kerak. U o 'z mutaxassisligi, m asalan, iqtisodchilikdan
tashqari, xorijiy tillardan birini bilishi ham da АКТ dan foydalana
olishi shart.
Zamonaviy pedagog yuqori madaniyatli, xalqimiz tarixini chu
qur biladigan va uning kelajagi uchun jo n kuydiradigan insonpar-
var va oliyjanob kishi bo'lishi kerak.
Uzluksiz ta ’lim tizim ini amalga oshirish jarayonida yosh avlodni
ko'ngildagidek o'qitish va tarbiyalash haqida gap borar ekan, bun-
day g’oyat murakkab va k o 'p qirrali vazifani faqat yuksak malaka va
pedagogik mahoratga ega bo'lgan o'qituvchi kaddar bilangina amalga
oshirish mumkinligini ta ’kidlash lozim.
Shunday ekan, o'qituvchilik — katta san’atdir. Bu san'atga u yoki
bu pedagog osongina, o ‘z-o'zidan erisha olmaydi. Shuning uchun,
o'qituvchilik kasbiga, ya’ni sog'lom avlod uchun chinakam murab-
biy bo'lishga havasi, ishtiyoqi zo'r, zam on talablarini tez va chuqur
tushunadigan, o'zining ilmiy, ijtimoiy-siyosiy saviyasini, pedagogik
mahoratini izchillik bilan amalga oshirib boruvchi, mustaqillik g'oyasi
va mafkurasi bilan puxta qurollanlirilgan, haqiqiy vatanparvar va
mehnatsevar kishilargina erisha oladilar.
Pedagogik mahorat tug'm a talant yoki nasldan-naslga o'tuvchi
xususiyat emas, balki uning negizida izlanish va ijodiy m ehnat yota-
di. Shuning uchun ham pedagogik m ahorat ham m a o'qituvchilar
uchun standart, ya’ni bir qolipdagiish usuli emas, balki u har bir
o'qituvchining o 'z ustida ishlashi, ijodiy m ehnati jarayonida tashkil
topadi va rivojlanadi.
Bu jarayonda ilg'or o'qituvchining pedagogik mahorati va tajriba-
larini boshqa o'qituvchi o'rganishi, undan ijodiy foydalanishi va o'z
faoliyatini ilgor tajribalar bilan boyitishi zaair. O'qituvchining ped a
gogik mahorati, asosan, sinfda, auditoriya m ashg'ulotlarida yaqqol
ko'rinadi. Chunki o'quv mashg'ulotlari o'zining mazmun va m o-
hiyatiga ko'ra o'qituvchining o'quv yurtidagi asosiy ishidir. Shuning
uchun u ilmiy-g'oyaviy jihatdan yetuk va omm abop bo'lishi, tur-
mush bilan, o'quvchi yoki talabalarning tayyorgarlik darajasi bilan
uzviy aloqador bo'lishi zarur. T a’lim jarayonida o'qituvchi bilan
o'quvchi yoki talabalar o'rtasida o'zaro jonli til muloqoti, fikr alma-
shuv munosabatlari, samimiy hurm at va asosiy maqsadga erishishda
yaqin hamkorlik lozim. M azm uni sayoz, amaliy tajribadan, tur-
m ushdan ajratib qolgan, um um iy so'z va quruq nasihatgo'ylikdan
iborat bo'lgan, rasmiyat uchun yuzaki o'tkaziladigan dars (m a’ruza)
va boshqa o'quv mashg'ulotlari o'quvchi talabalarni qiziqtirmaydi,
ularni ilmiy, g'oyaviy jihatdan yetarli oziqlantirmaydi. Shu sababli,
o'quv m ashg'ulotlarini shunday tashkil qilish kerakki, ularning
ta ’sirida talabalarda shu fanga nisbatan turli qarashlar, ilmiy tafakkur
va e’tiqodlar vujudga kelishi va shakllanishi kerak.
T a’lim va tarbiya jarayoni ta ’sirchanligining yanada yuksak bo'lishi
o'qituvchining ilmiy salohiyatiga, yoshlar oldidagi obro'siga, shaxsiy
sifatlariga, ilmiy iste’dodiga, ta ’lim sohasidagi tajriba va m ahorati
ham da o'quvchi yoki talabalar bilan o ‘rnatilgan d o ‘stona munosa-
batiga bog’liqdir.
Z am on talablari professor-o‘qituvchilaming o'zlarida mavjud
bo‘lgan bilim va saviya bilan cheklanib qolmasdan, xorijiy mamlakat-
lar tajribasini qunt va sabot bilan o'tganib. mag'zini chaqib, undan
keyin o ‘z talabalariga saboq berishlari zarurligini taqozo etadi.
Pedagogik faoliyat samarasi о ‘qituvchining pedagogik qobiliyati
qay darajada shakllanganligiga ham bog'liqdir. Qobiliyat-faoliyat
jarayonida paydo bo‘ladi va rivojlanadi, deb ta ’kidlanadi Jum ladan,
bilish qobiliyati, tushuntira olish qobiliyati, nutq qobiliyati, obro‘
orttira olish qobiliyati, m uom ala qila bilish qobiliyati kabilar.
Pedagogik qobiliyat va mahorat o ‘qituvchida osonlik bilan shakl-
lanmaydi. Bu kasbni tanlagan kishi o ‘z maqsadiga erishish uchun
uzluksiz o ‘qishi, o'rganishi va izlanishi, ijodiy mehnat qilishi, o ‘z
yurti va dunyodagi real voqelikni tez anglashi v a o ‘z mehnatining
mamlakat uchun qanchalik zarurligini chuqur his qilishi zarur.
0 ‘qituvchining pedagogik m ahorati haqida fikr yuritar ekan-
miz, uning ongligiga, milliy g'oya va mafkuraga sodiqligiga, bilish va
fikr doiralarining kengligiga, o ‘z vazifasiga munosabatiga e ’tibor
berm oq kerak. Ayniqsa, pedagogik m ahorat bobida o ‘qituvchining
fikr doirasi keng b o ‘lish zarurligini alohida hisobga olish lozim.
Chunki kishida bilim va fikr mukammal bo'lmasa, u kamolotga erisha
olmaydi. D arhaqiqat, kishi u yoki bu masalani, albatta, fikr orqali
hal etadi. Shuning uchun, pedagogik mahorat sohibi bo‘lishga intil-
gan kishi, shubhasiz, o ‘z bilimini doim o kengaytirishi, o'zining
o ‘quvchi yoki talabaga m a’naviy-axloqiy ta ’sir etuvchi g'oya va fikrlari-
niyangilab borishi zarur. Buning uchun u ko‘p o'qishi va o'rganishi
lozim. O'qituvchining pedagogik mahoratiga baho berishda uning
ta ’limni qay darajada tashkil qila bilishi muhim ahamiyatga egadir.
Uzluksiz ta ’lim tizim ida dars va boshqa turdagi barcha o ‘quv
mashg‘ulotlarini m ukam m al tashkil qilish-о ‘qituvchining birinchi
navbatdagi vazifasidir. Yuqori saviyada o'tkazilgan mashg‘ulotlar
yoshlar ongida uzoq saqlanadi, ularda im on-e’tiqod va mafkuraning
shakllanishiga ijobiy ta ’sir ko'rsatadi. Shu sababli, о ‘qituvchining
ilmiy saviyasi uning o 'z burchiga munosabati, yoshlarga murabbiylik
ishtiyoqi, pedagogik m ahorati va, eng avvalo, sifatli dars bera oli-
shida ko‘rinadi. Fan o'qituvchisining faoliyatiga beriladigan baho
darajasini ham dars va boshqa turdagi mashg‘ulotlarning sifati belgi-
laydi.
Dars berish san ’atini mukammal egallagan o'qituvchi uyushtir-
gan o 'quv mashg'uloti chuqur bilim berish vositasi bo'lishi bilan
birga mustaqil O 'zbekistonning ravnaqi, ertangi kunga bo'lgan
ishonchi, xalqimizning aql-zakovati va mehnatining nimalarga qodirli-
gi, jam iyatning munosib fuqarosi va sodiq quruvchisi bo'lish uchun
nim alar qilish zarurligini ko'rsatuvchi ko'zgu bo'lib xizmat qiladi.
Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, birinchi navbatda, yoshlarimiz
o 'z murabbiylari darsidan har jihatdan m am nun bo'Isinlar. U larda
rom antik orzular uyg'onsin, tafakkuri rivojlansin, amaliy faoliyat,
ijodiy qobiliyat, o'qish-o'rganish va m ehnatga havas kuchaysin. Ular
o'quv mashg'ulotidan so'ng olgan baholari bilan emas, baiki bilim
va malaka hosil qilganliklarini, m a’naviy oziq olganliklarini his qi 1-
sinlar. T a’limning m azm undor, qiziqarli va tushunarli bo'lishi ustoz
bilan shogirdlarning qalbini va ruhinibir-biriga mustahkam bog'laydi,
ular o'rtasidagi samimiy hurm at va o'zaro ishonchni mustahkam-
laydi. Buning uchun o'qituvchi, aw alo, o 'z fanini va uni o'qitishning
metod, usul va vositalarini mukammal o'zlashtirib olishi, o'qituvchi-
murabbiyga xos madaniyatning yuqoriligiga erishishi, o'z shogird-
lariga hurmat va muhabbat ifoda eta olishi, ularni hayotga qiziqtirishi,
ularning ruhiy holatlarni bilishi va tushunishi, bosiqlik bilan o 'z
h is-tu y g 'u larin i boshqara olishi, tashqi k o 'rin ish i va kiyinish
madaniyati bo'yicha ibrat bo'lishi, nutq madaniyatining yuqoriligi
va ijtim oiy faolligi, ayniqsa, om m a o 'rtasid a ilm iy-m a’rifly va
m a’naviy-madaniy ishlaming targ'ibotchisi bo'lishi lozim.
Shundagina mamlakatimizning kelajagi bo'lgan o'quvchi yoshla
rimiz o'z murabbiylarining nomini z o 'r ehtirom , chuqur m innat-
dorchilik bilan tilga oladilar. Buning uchun har bir o'qituvchi O 'z-
bekiston Respublikasining “T a’lim to 'g 'risid a”gi qonunida k o 'r-
satilganidek, o 'z fanlari bo'yicha tegishli m a’lum ot egasi, yuksak
kasbiy tayyorgarlik va yuqori axloqiy fazilatlar sohibi bo'lishi kerak.
“Agarki, dunyo im oratlari ichida eng ulug'i maktab bo'Isa,
kasblam ing ichida eng sharaflisi-o'qituvchilik va murabbiylikdir” ,
- deganida O 'zbekiston Respublikasining Prezidenti I .A. Karimov
haq fikrni ifodalagan edi. G 'azal m ulkining sultoni, ikki daryo
bo'yidagi zahm atkash xalqini yakqalam qilgan A.Navoiy ranj ila
bir h arf o'rgatgan ustozlar xizmatini yuz ganj ila ado etib b o 'l-
masligini yozgan va hayotda o 'z ustozi mavlono Lutfiyga bo'lgan
ehtirom ida uning am aliy isbotini nam oyon etgan. Shu boisdan,
azal-azaldan bu kasb ju d a e’zozli hisoblangan. T a ’lim -tarbiya jara-
yonlaridagi muvaffaqiyat ularning faol ishtirokchisi-o'qituvchi shax-
siga ko‘p jihatdan bog'liq.
“ K adrlar tayyorlash milliy dasturi” g ‘oya!arini am aliyotga tat-
biq etish va respublika t a ’lim tizim ida olib borilayotgan islohot-
lar muvaffaqiyat ini ta ’m inlash ta ’lim muassasalarida faoliyat olib
borayotgan o 'qitu vch i-tarb iy ach i, ishlab chiqarish ustalarining
m a ’naviy qiyofasi h am da u larning kasbiy m ahoratlariga ham
bog‘liqdir.
Shaxsni tarbiyalash ishi nihoyatda murakkab va qiyin faoliyat
jarayoni bo‘lib, juda qadim dan ushbu faoliyatga jam iyatning yetuk
kishilari jalb etilgandir. Xususan, qadimgi Gretsiya va Rim tarixidan
yaxshi bilamizki, miloddan aw algi davrlarda ham yosh avlod tarbi-
yasi o'zining m a’naviy qiyofasi va aqliy qobiliyati bilan jamiyat a’zolari
o'rtasida yuksak hurm at-ehtirom ga sazovor bo'lgan kishilar, do-
nishm andlar zimmasiga ishonib topshirilgan. Ushbu holat yosh av
lod tarbiyasi, uning tashkil etilishi va m azm uni nafaqat shaxs ka-
molotini balki jamiyat taraqqiyotini ta ’minlashda muhim ahamiyat-
ga ega ekanligini anglatadi.
O'zbekiston Resupblikasida ham o'qituvchi kadrlaming m a’naviy
qiyofasi, aqliy salohiyati hamda kasbiy mahoratiga nisbatan jiddiy
talablar qo'yilmoqda. Shu o'rinda O'zbekiston Respublikasi Prezi-
denti I.A.Karimovning quyidagi fikri ibratlidir:“ -Tarbiyachining
o'ziga zamonaviy bilim berish, ularning m a’lumotini, malakasini
oshirish kabi paysalga solib bo'lm aydigan dolzarb masalaga duch
kelmoqdamiz. ...O'qituvchi bolalarimizga zamonaviy bilim bersin
deb talab qilamiz, am m o zamonaviy bilim berish uchun, aw alo,
murabbiyning o'zi ana shunday bilimga ega bo'lishi kerak.
...maktablardagi jarayonlarda o'qituvchi hukmron. U boladan faqat
o'zi tushuntirayotgan narsani tushunib olishni talab qiladi. Prinsip
ham tayyor: "M ening aytganim aytgan, deganim degan” .
O 'qituvchi va o'quvchi munosabatlaridagi majburiy itoatkorlik
o'rnini ongli intizom egallashi juda qiyin kechayapti. O'qituvchining
bosh vazifasi o'quvchilarda mustaqil fikr yuritish ko'nikm alarini
hosil qilishdan iboratligini, ko'pincha, yaxshi tushunam iz, lekin
afsuski, amalda, tajribam izdaunga rioya qilmaymiz” .
Yuqorida qayd etilgan fikrlardan bugungi kun o'qituvchisi shax-
siga nisbatan qo‘yiiayotgan talablar mazmuni anglaniladi. Zamonaviy
o'qituvchi qanday b o ‘lishi lozim?
O 'qituvchi maxsus pedagogik, psixologik va mutaxassislik
m a’lum oti va m etodik tayyorgarlikka, shuningdek, yuksak axloqiy
fazilatlarga ega shaxs sanaladi.
0 ‘zbekiston Respublikasining “T a’lim to'g'risida” gi Q onuni-
ning 5-m o dd asi 7 -bandiga m uvofiq pedagogik faoliyat bilan
shug'ullanish sud hukmiga asosan m a’n etilgan shaxslaming ta ’lim
muassasalarida faoliyat olib borishlariga yo'l qo'yilmaydi.
Zam onaviy o'qituvchi shaxsida quyidagi fazilatlar nam oyon
bo'lishi kerak:
1. 0 ‘qituvchi jam iyat ijtimoiy hayotida ro 'y berayotgan o'zga-
rishlar, olib borilayotgan ijtimoiy islohotlar m ohiyatini chuqur
anglab yetishi ham da bu borada o ‘quvchilarga to 'g 'ri, asosli m a’lu
m ot lam i berib borishi lozim.
2. Zamonaviy o'qituvchi ilm-fan, texnika va texnologiya yangi-
liklari va yutuqlaridan xabardor bo'lishi talab etiladi.
3. O'qituvchi o'z mutaxassisligi bo'yicha chuqur va puxta bilimga
ega bo'lishi, o 'z ustida tinim siz ishlashi va izlanishi lozim.
4. O 'qituvchi pedagogika va psixologiya fanlari asoslarini puxta
bilishi, ta ’lim-tarbiya jarayonida o'quvchilarning yosh va psixologik
xususiyatlarini inobatga olgan holda faoliyat tashkil etishi kerak.
5. O 'qituvchi ta ’lim -tarbiya jarayonida eng samarali shakl, m e-
tod va boshqalardan unumli foydalana olish imkoniyatiga ega bo'Imo-
g'i darkor.
6. O 'qituvchi ijodkor, tashabbuskor va tashkilotchilik qobiliyat-
lariga ega bo'hshi shart.
7. O 'qituvchi yuksak darajadagi pedagogik m ahoratga, chunon-
chi, kommunikativhk layoqatiga ega bo'lishi, pedagogik texnika, nutq,
yuz, qo‘l-oyoq va gavda harakatlari (mimika, jest, pantom im ika)
qonuniyatlarini chuqur o'zlashtirib olishga erishishi lozim.
8. O'qituvchi yuksak nutq madaniyatiga ega bo'Ushi va uning nut-
qi bir qator sifat va xususiyatlarga ega bo'lishi kerak.
9. O'qituvchi kiyinish madaniyatiga (sodda, ozoda va bejirim kiyi-
nish, ta ’lim-tarbiya jarayonida o'quvchilarning diqqatini ko'p jalb
etuvchi turli xil bezaklar (qimmatbaho taqinchoqlar va yorqin rangli
pardoz-andoz vositalari)dan ortiqcha va o'rinsiz foydalanmaslik, fasl,
yosh, gavda tuzilishi, yiiz qiyofasi, hatto soch rangi va lurmagiga
muvofiq ravishda kiyinishga odatlanish kabilar) ega bo'lishi lozim.
10.
O 'qituvchi shaxsiy hayotda pok, atrofdagilarga o'rnak bo'la
olishi lozim.
0 ‘qituvchi shaxsining mazkur talablarni o'zida aks ettira olgan
ichki va tashqi qiyofasi uning o'quvchilar va hamkasblari hamda
ota-onalar o'rtasida o b ro '-e’tibor qozonishini ta ’minlaydi.
Uzluksiz ta ’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlarning ikki
muhim ko'rsatkichi — sifat va samaradorlik, aynan, o'qituvchining
salohiyati va kasbiy m ahoratiga uzviy aloqadordir. U ning kasbiy ta-
labnomasi (professiogrammasi) kun sayin kuchaymoqda.
“ Barkamol avIod-O 'zbckiston taraqqiyotining poydevoridir” ,
-degan shior kun tartibiga o'rnili kiritilgan mustaqillik yillarida bu
masalaning yechim i o'qituvchi va tarbiyachi shaxsiga yanada mus-
tahkam aloqador bo'lib qoldi. Boisi, o'qituvchi tajriba va mala-
kasining uyg'unligi inuvaffaqiyatlar garovi ekanligi sir emas.
O 'qituvchining ijodkor va tashabbuskor bo'lishi lozimligini m az
kur darslik epigrafidagi buyuk nemis pedagogining fikri ham tas-
diqlaydi.
T a’lim tizimini insonparvarlashtirish (gumanizatsiyalash) muam-
mosi kun tartibiga qo'yilgan bugungi kunda o'qituvchi shaxsining
insonparvarlik jihati oldingi o'ringa chiqdi.
O'qituvchining shaxsiy fazilatlari: axloqiy barkamollik, y a’ni
sahovatpeshalik, mehribonlik, talabchanlik, ma'naviy poklik qano-
atlilik, rostgo'ylik, sadoqatlilik, pokizalik, ziyraklik, andishalilik,
vazminlik, sabr-bardoshlilik, muloyimlik va boshqalardir.
O'qituvchining kasbiy fazilatlari: o'z sohasining puxta bilimdoni
bo'lish, hunar sirlarini sodda usulda o'rtaga olish, hayotiy tajribalari
asosida tarbiyalovchilik, shogirdlar ehtiyojlari va yutuq-kamchiliklari-
ni idrok eta oluvchanlik, nutq madaniyatiga ega bo'lish, shaxsiy na-
m una bo'la olishlik va shu kabilardir.
Shogirdlik odobi bo'yicha quyidagicha m ezonlar qayd qilinadi:
"Agar sendan shogirdlik odobi nechta, deb so'rasalar, yettita d e
gin ” . 1) aw alo: o 'z ishiga yaxshi m unosabatda bo'lish, y a’ni o 'z
kasbini sevish; 2) o 'z ishiga e’tiqod qo'yish va unga ishonish; 3)
ustoz oldida xokisor bo'lish, o 'z nojo'ya odatlarini tark etish; 4)
ko'rish (nojoiz) lozim bo'lm agan ham m a narsalardan nigohini
olib qochish; 5) eshitish m um kin bo'lm agan barcha narsalarga
quloq solmaslik; 6) barcha noloyiq ishlardan q o ‘l tortish; 7) us-
toziga qarshi b o ‘lgan kishilar bilan m uom ala qilmaslik. Ana shu
kesimlarda o'qituvchi va o ‘rganuvchi o ‘rtasidagi dialektik m unosa-
bat to ‘laqonli amalga oshiriladi.
O 'qituvchidan, birinchi navbatda, quyidagilar talab qilinadi:
1. Jismoniy va aqliy salomatlik.
2. Yuksak axloqiy va insoniy fazilatlar.
3. Kuchli va keng qamrovli poyindor bilim.
4. M etodik mukammallik va sayqallangan kasbiy mahorat.
5. N utq madaniyati, notiqlik san'ati va imlo savodxonligi.
6. M uttasil o ‘z ustida ishlash, fnalakasini oshirish va boshqalar.
Odatda, ko’pchilik o ‘qituvchilar shaxsni o‘rgatish va tarbiyalash-
dagi vazifasini o ’z o'quv fani doirasida o'quvchini tegishli bilim va
ko'nikm a ham da malakalar bilan qurollantirish, ularda tahlil qilish,
umumlashtirish va qiyoslash sifatlarini shakllantirishda ko'radilar.
Vaholanki, o'qituvchining mehnati va uning pedagogik faoliyati keng
qamrovlidir. U o ‘qitishning uchta m uhim ijtimoiy funksiyasi-ta’lim
berish, tarbiyalash va shaxsni rivojlantirish bilan bog‘liq vazifalari-
ni bajarishga m as’uldir. Biroq oliy pedagogika o'quv yurtlaridagi
m ashg'ulotlar o'qituvchining amalga oshiradigan amaliy-pedagogik
faoliyati bilan yetarli darajada bog'lanm agan. Bu fikmi quyidagilar
bilan izohlash mumkin:
Birinchidan, bo'lajak o'qituvchilami ijodkorlik faoliyatiga tayyor-
lashni ko'zda tutib o'quv rejasiga kiritilgan mashg'ulotlar aksariya-
tining mazmuni aynan o'qituvchi shaxsini shakllantirishga yo'naltirilgan.
Ushbu vaziyat o'qituvchining malakali mutaxassis sifatida shakllanti-
rilishida ijobiy ta'sirga ega bo'lsa-da, uning kasbiy-pedagogik faoliyati-
da bevosita qo'llay oladigan ijodkorlik faoliyatiga tayyorlash m etod-
larini egallashiga xizmat qilmaydi;
Ikkinchidan, bo'lajak o'qituvchilam i kasbiy faoliyatga tayyor-
lashda ijodkorlik tushunchasi m a'lum bir cheklangan m a’noda,
odatda, texnik ijodkorlikni amalga oshirish va boshqarishga tayyor
lash m a’nosida talqin qilinadi. K adrlar tayyorlash milliy modelini
ro'yobga chiqarish jarayonida shakllantiriladigan shaxsda esa nafaqat
texnik yoki badiiy ijodkorlik bilan bog'liq, balki yanada chuqurroq
bilimlarni talab qiluvchi tadqiqotchilik ijodkorligini shakllantirish
lozim bo'ladi.
|