1. Nazoratning diagnostik funksiyasi. N azorat natijasida bilim,
iqtidor va ko‘nikm alam ing shakllanganlik darajasi aniqlanadi.
2. Nazoratning talabalarda bilim olishga ishtiyoqini o ‘stirish
funksiyasi. Nazorat natijasida talabalarda o ‘z bilim, iqtidor va ko‘-
nikm alarini yanada takomillashtirish ehtiyoji uyg‘onadi.
3. Nazorat jarayonida talabalarning shaxsiy xususiyatlari shakl-
lantiriladi va, eng asosiysi, rivojlantiriladi. Rivojlanish-aqliy va jis-
m oniy faoliyatning birligida ko‘proq nam oyon bo'ladi.
4. Nazorat jarayonida talabalar o ‘z bilimlarini mustahkamlay-
di. 0 ‘quv materiali yanada chuqur o ‘zlashtiriladi, hodisalar o ‘rtasida
yangi bog‘lanishlar o ‘rnatiladi, shu bilan aqliy faoliyat yanada tako-
millashadi.
5. Nazoratning tarbiyaviy funksiyasi. N azorat jarayonida tala-
balam ing psixologik ijobiy xislatlari shakllanib borm og‘i lozim .
6. Nazoratni baholash funksiyasi. N azorat natijasida sifat o ‘zga-
rishlarining m e’yori aniqlanadi.
7. Nazorat — ko‘p qirrali murakkab jarayon. N azorat talaba
larda doimo jonli qiziqish, kuyunish, ayanch, xursandchilik hislari-
ni uyg'otib, aqliy faoliyatni faollashtiradi. Yuqorida ko'rsatilgan fimk-
siyalar bir-biriga uzviy bog‘langan holda yuz beradi.
T o 'g 'ri tashkil qilingan o ‘z -o ‘zini nazorat esa o'quv m aterialini
o'zlashtirishga ijodiy va tanqidiy yondashish imkonini beradi. Bu,
ayniqsa, yangi predm et o'rganilayotganida bundan oldingi o'quv
predmetlarida o'zlashtirilgan bilimlarning darkorligida ko'rinadi. T a
labalar mustaqil ishlab yetishmaydigan bilimlarini to'idirib borsa
yaxshi, ammo o'zini-o'zi nazorat qila olmaydigan talabalarning yangi
mavzuni o'zlashtirishi ancha murakkab kechadi. Shunitig uchun ham
oliy o'quv yurtlarida ishlaydigan pedagoglar yangi predm et va yan
gi mavzuni boshlashdan oldin talabalarning yangi dasturni o'zlash
tirishga qanchalik tayyorligini aniqlash maqsadida dastlabki nazorat -
ni amalga oshirishlari kerak bo'ladi.
Nazoratning joriy, oraliq, yakuniy kabi 3 ta turi va yozma, og'zaki
va test sinovlari ham da turli amaliy shakllari mavjud.
N azoratning turli testlar orqali am alga oshiriladigan shakli
ko'pgina ustunliklarga ega. Pedagog olim lar I.Y.Tursunov va U .N .
Nishonaliyevlam ing m a’lumotlariga qaraganda. testlar orqali quyi
dagi imkoniyatlar yaratiladi:
- talabalar nazariy va amaliy bilimlarining darajasini obyektiv
sharoitda aniqlash imkonini beradi;
- bir vaqtning o'zida bir guruh yoki ko'p sonli talabalar bi-
limini nazorat qilish mumkin;
- barcha talabalarga bir xil murakkablikdagi savollar berilib,
hammasiga bir xil sharoit yaratiladi;
- test natijalarini o'qituvchi tezlikda tekshirishi mumkin;
- turli guruh talabalari bilim ini solishtirib qo'llanayotgan me-
todning samaradorligini aniqlash mum kin;
- ta ’lim jarayonining kam chiliklarini aniqlash mumkin.
K o'pgina oliy o'quv yurtlarining talabalari fanlarni mustaqil
o'zlashtirishni kompyuterlar yordam ida tashkil qiladi. Kompyuter-
lar yordamida tashkil qilishning asosiy manbalaridan biri zamonaviy
talablarga javob beradigan o'quv-nazorat dasturlari ta ’minotini yara-
tishdan iborat. Kompyuter zamonaviy texnika vositasi sifatida ular
yordamida talabalarning nazariy bilim asoslari bilan qurollanishiga
yordam beradi, o'quv m aterialini faol o'zlashtirishga, egallangan
nazariy bilimlarni amalda tatbiq qila olishga o'rgatadi ham da talaba
larning o'zlashtirish darajasini tez va haqqoniy aniqlashda qulay vosita
bo'lib xizmat qiladi.
Keyingi yillarda ta ’lim-tarbiya jarayonining ko'pgina elem ent-
larini kompyuterlashtirish bo‘yicha, ya’ni o'quv materialini ba
yon qiluvchi o'qitish dasturlari, tasaw u r qilish qiyin bo'lgan jara-
yonlarni namoyish qiluvchi dasturlar, talabalar o'zlashtirish dara-
jalarini har xil usullarda nazorat qiluvchi dasturlarni amaliyotga tat-
biq qilish kabi bir qator ishlar amalga oshirildi. Ammo ta ’lim-
tarbiya jaaryonida foydalanish uchun mo'ljallangan dasturlar yara-
tishga va ulardan keng foydalanishga yetarlicha e’tibor berilmayapti.
Ushbu masalalarni hal qilish maqsadida talabalarning mustaqil ra
vishda bilim olishi va o'zlashtirish darajalarini aniqlash kompyuter
dasturi yaratilgan bo'lib, undan foydalanish natijasida talabalar fan-
larni mustaqil tarzda o'zlashtirishlari bilan birga, o 'z bilim daraja
sini aniqlashga ham erishishadi. Dasturdan foydalanish sodda bo'lib,
unda xuddi Windows operatsion tizim ida ishlagandek ishlash im-
koniyatiga ega bo'lam iz. D astur ishga tushirilgach, u bilan ishlash
bo'yicha ko'rsatm a oynasi hosil bo'ladi. K o'rsatm a bilan tanishib
bo'lgach, talabalar tanlagan ko'rsatmalari bo'yicha bir necha oynalar
birin-ketin hosil bo'ladi. D astur oynalaridan eng asosiylaridan bin
«O'quv dasturi» bo'lim i bo'lib, buni tanlash orqali «Mavzuni tan-
lash» oynasi hosil qilinadi. Talaba bu oynadan ketm a-ket fakultet,
kafedra, fan va mavzu nom larini tanlashi, so'ng oynadagi «Mavzu
ni o'qish» bo'limi ustida «sichqoncha» tugmasini bosishi zarur. Natijada
talabadan ismi, sharifi va guruh raqamini kiritish so'raladi. Bu
m a’lum otlar kiritilgandan so'ng «Davom etamiz» ko'rsatmasi tan-
lanadi hamda talabadan «Kerakli mavzuni tanlash» va «IVfavzu bo'yicha
test sinovi» boMimlaridan birini tanlashni talab qiluvchi navbatdagi
oynahosil bo'ladi. Talabalarxohishiga ko'ra ushbu bo'limlardnn birini
tanlashi mumkin.
Dasturda talabaning mavzuni o'zlashtirish darajasini hisobga olish-
da reyting tizimi e’tiborga olingan bo'lib, agar talaba 55% dan ortiq
o'zlashtirishga erishsa, boshqa fanni (yoki mavzuni) tanlashi va o'z.
bilim darjasini aniqlashi yoki mavzuni qayta o'rganishga va o'z bilim
darajasini aniqlashga erishishi mumkin. Talabalarning mavzuni mus
taqil o ’zlashtirganlik darajasini tahlil qilish uchun «Mavzuni tan
lash» oynasidagi «M a’lum otlar ombori» bo'lim i tanlanadi. Natijada
«Tekshiruv oynasi» hosil bo'ladi va kerakli parolni kiritish so'raladi.
Kerakli parol kiritilgandan so'ng, «Tekshiruv» oynasidagi «Yangi
parol kiritish», «Parolni tasdiqlash», «Bazani tozalash», «Omborga
kirish», «Hisobotlar» va «Chiqish» kabi bo'lim lar ishchi holatda
bo‘ladi. Oynaning «Hisobotlar» b o ‘limi orqali dasturdan mustaqil
shug‘ullangan talabalar haqidagi m a ’lum otlarni olish mumkin. Bu
dasturning qulaylik to m on i shundaki, fan bo'yicha tayyorlanadigan
didaktik m ateriallar (nazariy m a'lum otlar va test savollari) Word
dasturida tayyorlangan bo‘Isa. uni o ‘qish imkoniyatiga ega. Ushbu
dasturdan ixtiyoriy fanlarni mustaqil ravishda o'zlashtirishda foy
dalanish mumkin. Buning uchun fanlar bo'yicha tayyorlangan didak
tik m ateriallar ushbu dastur bazasiga kiritilsa va dasturga bog'lansa,
mashg'ulot sifati yanada yaxshilanadi, talabalar kompyuter orqali
mustaqil tarzda bilim olishga erishadi.
Xorijda olib borilayotgan tadqiqotlarda o ‘quvchi-talabalar faoli
yatini shakllantiradigan reproduktiv—esda qolganlarni tiklashga oid
o'zlashtirishdan tashqariga olib chiqishga harakat bo‘lyapti. Amerikalik
ruhshunoslar-R .G ane va L.Briggslar (1979) aniq o ‘quv m aqsad-
lariga erishishga yo'naltirilgan va, shu bilan birga, mahsuldor ta
fakkur darajalariga erishishga rag‘batlantiruvchi unsurlarni o ‘z ichi-
ga olgan quyidagi dars qurilmasini tuzishni taklif qilishgan, dars
o'tishning bu usuli xususiy o'quv maqsadlariga erishishga ham da
fikrlash (talakkur)ning mahsuldor darajasini rag'batlantirishga qara
tilgan:
- o'quvchi-talabalar diqqat-e'tiborini bir joyga jamlash;
- o'quvchi-talabalarni dars maqsadlaridan xabardor qilish;
- zaruriy bilim va mahoratlariniyodda saqlab qolish ko‘nikmalarini
egallash zarurligini uqtirish;
- m a’lum aks-sado qabilida, ya’ni qiziqish uyg‘otadigan va ularni
harakat qilishga undaydigan o ‘quv m aterialini taqdim qilish;
- o'quvchi-talabalarning o ‘quv m aterialidan ta ’sirlanib qiladi-
gan aks-sado qabilidagi javoblarini yuzaga keltirish;
- fikrlash faoliyatiga t a ’sir qilish. olingan bilimlar va m ahorat-
ning mustahkam b o ‘lishiga erishish;
- o'quvchi-talabalar faoliyatini rag'batlantirish.
lngliz olimi A.Romishevskiy pedagogik texnologiya metodining
quyidagi variantini tavsiya etadi:
1. O 'quvchi-talabalam i kerakli bilim lardan xabardor qilish.
2. Esda qolganlarni tiklashga doir m ahoratni shakllantirish.
3. O'quvchi-talaba bajaradigan ish-harakatni yaxlit holda va qismlari
bo'yicha namoyish etish.
4. M alaka hosil qilishni soddalashtirish (berilgan vazifani bo'-
laklarga bo'lib bajartirish).
5. O 'quvchi-talaba mustaqil bajarayotganidan xabardor bo'lib,
uni rag'batlantirib borish.
6. M ahsuldor, izlanuvchan davrga o ‘tish.
7. Turli xil muammoli vaziyatlarni tashkil etish va yangi hamda
o ‘ziga xos masalalarni yechish.
8. 0 ‘quvclii-talabalar o 'z faoliyatini tahlil qilishlari, o'qituvchi
(pedagog) ham, o ‘z navbatida, ularning vazifani qanday bajargan-
liklarini guruhda muhokama qilishlari.
Amerikalik ruhshunos olim F.S.Keller oliy o'quv yurtlari uchun
pedagogik texnologiyalarning individuallashtirilgan o'qitish tizimini
taklif qildi.
F.S.K eller rejasining o'ziga xos xususiyatlari quyidagilardan
iborat:
- o'quv materialining m azm unini to'liq o'zlashtirishga yo'nal-
tirilgan, awalgi bo'limga qo'yilgan talablarni o'zlashtirishni o'z ichiga
oluvchi usulni keyingi bo'limga o'tishning bevosita sharti deb qara-
lishi:
- o'quvchi-talabalar har qaysisining o 'z o'zlashtirish sur’atiga
mos ravishda alohida-alohida ishlashlari;
- va’z -m a ’ruzalardan faqat motiv hosil qilish va o'quvchi-
talabalarni um um iy yo'naltirish m aqsadlaridagina foydalanish;
- chop etilgan o'quv axborotlarini bayon qilish uchun nashr
etilgan o'quv qo'llanm alaridan foydalanish;
- o'quv materialining qanday o'zlashtirilganligini aniqlashda yor-
damchi-assistent (aspirant, a'lochi talaba)lar kuchidan foydalanish.
H ar bir o'qitilayotgan fan (har qaysi o'rgatilayotgan bo'lim
yoki bob yuzasi)dan o'quvchi-talaba m a’Ium yo'l-yo'riq oladi. Bun
da bo'lim yoki bobning maqsadlari ko'rsatilishi, o'quv ishlarining
m a’Ium turlari tavsiya qilinishi, o'quvchi-talaba o'zini-o'zi tekshiri-
shi va nazorat savollarining ro'yxati keltirilishi kerak. O'quvchi-tala-
balarga o'quv faoliyatining turlari va ishlash tartibini erkin tanlash
imkoni beriladi. O'zlashtirilgan bob, bo'lim bo'yicha imtihondan
aw al har bir o'quvchi-talabani yordamchi assistent o'qituvchi ishlab
chiqqan aniq talab va mezonlarga mos holda (materialning to'liq
yoki noto'liq o'zlashtirilganligiga qarab «o'tdi», «o'tmadi» shaklida
sinovdan o'tkaziladi) baholanadi. Qoniqarsiz baho olishganida yor-
damchi tavsiyasiga ko‘ra o'quvchi-talabalarga qo'shim cha materialni
o'zlashtirilishi yuzasidan tavsiyalar beriladi. Sinovdan o'tish keyin
gi b o ‘lim ni o'rganish uchun o ‘ziga xos ruxsatnoma b o ‘lib xizmat
qiladi. M a’ruzalar soni ko‘p bo‘lmaydi (bir semestrda 6 tagacha),
ularga qatnashish majburiy emas.
Kelleming rejasi AQSh oliy o ‘quv yurtlarida keng tarqalgan, u
erda ham tabiiy-ilmiy ham da gumanitar-ijtimoiy fanlar o'qitishda
qo‘llaniladi. 70-80-yillarning o ‘rtalarida o'tkazilgan pedagogik tajri-
balar Keller rejasini o'qitishning an ’anaviy turlariga qiyoslaganda
o'qituvchi (pedagog) tom onidan o'quv yurtlariga qo'yilgan o ‘quv
vazifalarini amalga oshirishda yuqori samarador ekanligini tasdiqladi.
V.Guzeev Rossiya Federatsiyasida asosiy tarkibiy qismlari um u-
m an olganda quyidagilar hisoblanuvchi integral pedagogik texnolo-
giyani ishlab chiqdi va uning asosiy qismlari, umumlashgan holda
quyidagilardan iborat:
1. 0 ‘qitishning har bir ixtisos-mutaxassisligi uchun tashxisli va
o ‘ylanganlarni amalga oshirishga m o‘ljallangan maqsadlaming ko‘p
darajali tizim lari rejalashtirilgan o ‘qitishning natijalari ko‘rinishida
taqdim etiladi.
2. T a’lim jarayonining yirik tuzilmasi darslar bloki bilan eng
kichik birliklar sifatida birlashtirilib, ta ’lim mazmunining katta birligini
tashkil etadi.
3. G uruhlar tarkibi va faoliyatida aniq qurilgan dinamika-rivojla-
nish sur’ati bilan guruhli o'rgatish jarayonining muvaffaqiyatli m oni-
toringi asosida har bir qadam i aw algilam ing natijasiga bog'liq ra
vishda loyihalashtiriladi.
4. T a’lim jarayonini boshqarish va o'qitish jarayoni kom pyuter-
lar yordamida amalga oshiriladi.
Yuqorida keltirilganlar ta ’limga texnologik yondashuvning shakl
va variantlari xilma-xilligidan dalolat beradi. Rossiya Federatsiyasida
shu masalaga aloqador bir qator ilm iy-m etodik va davriy nashrlar,
jum ladan, «Shkolnie texnologii» nom li yangi pedagogik jum al ham
chiqarilmoqda. Bularning barchasi zamonaviy pedagogik texnologiya-
ning imkoniyatlari, qudrati qanchalar aham iyatli ekanligidan d a
lolat beradi. Bu sohadagi xorijiy tajriba bilan tanishuv O 'zbekiston
pedagoglari uchun o'qitishga yangicha yondashish, pedagogik tex
nologiya sohasidagi chet el tajribalarini o'rganish, milliy-madaniy
a n ’analarimiz va ta ’lim-tarbiya sohasida qo'lga kiritilgan yutuqlarni
te r a n a n g la s h h a m d a u la r n i o 'z la s h tir is h v a k c y in c h a lik u la r d a n
a m a liy o t y o k i is h la b c h iq a r is h d a fo y d a la n is h u c h u n tu rtk i b o 'lib
x iz m a t q ila d i.
O'quv-tarbiya jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan
o'z o'rnida foydalanish talabalarning bilim olishga bo'lgan qiziqish-
larini orttiradi, bilish faoliyatini faollashtiradi, o'quv-tarbiya jara
yonining samaradorligi yuqori darajada bo'lishiga imkon yaratadi.
|