2.
Test (inglizcha - sinash) — bu biror-bir faoliyatni bajarish
uchun m a’Ium darajadagi bilimni egallashga qaratilgan topshiriqlardir.
Testning to'g'ri bajarilganligini o'lchash va baholash maqsadida har
bir testga ekspert metodi yordamida etalon ishlab chiqiladi. 0 ‘z eta-
loniga ega b o ‘lmagan h ar qanday test, odatdagidek, bajarilish sifati
haqida subyektiv mulohaza yuritish evaziga xulosa chiqaruvchi n a
zorat topshirig'iga aylanib qoladi.
Test nazoratlari va uning afzalliklari:
a) yetarli tarzda tuzilgan pedagogik test natijalari nazorat o 'tk a-
zayotgan shaxsga bogMiq bo‘lmagan xolis pedagogik o'lchov quroli
hisoblanadi;
b) test o'quv mavzularining barcha asosiy mazmunini qanrrab
olishi mumkin, o'qitish natijalarini test usulida o'lchash barcha tek-
shiriluvchilarga baravar q o ‘llanadigan oldindan ishlab chiqilgan
mezon asosida aniq va ishonchli baho beradi;
v) test nazorati texnologiyalashuvchan, u nisbatan qisqa vaqt
ichida m a’Ium o'quv mavzulari o'zlashtirilishining to ‘la nazoratini
kam kuch va vositalar sarflab o'tkazish imkonini beradi.
g) test nazorati kom pyuterlar yordam ida oson avtom atlash-
tiriladi. Bu pedagogik test o ‘tkazishning asosiy afzalliklaridan bi-
ridir.
T o‘g ri tashkil qilinganda pedagogik test talabalar bilimlarini xolis
baholash samarasini beradi, chunki bu baho uni qo‘yayotgan odamga
bog'liq bo'lmaydi. U barcha tekshiriluvchilarga bir xil qo‘llanadigan
qilib tuzilgan mezon bo'yicha to ‘g‘ri yechilgan test topshiriqlari
foizi asosida aniqlanadi. Shuning uchun pedagogik test to 'la asos
bilan о ‘qitish natijalarini aniq va ishonchli baholashga im kon bera-
digan pedagogik o ‘lchov quroli deb ataladi. A mmo bunday bah o
lash faqat ilmiy talablarga rioya qilingan holda tuzilgan, tekshiriluv-
chan va m e’yoriga yetkazilgan sifatli test tufayligina amalga oshirilishi
mumkin.
Pedagogik testlardan foydalanilganda ta ’lim tizim ining barcha
b o ‘g ‘inlarida
0 ‘qitish sifatini so‘zsiz oshirish mumkin bo'lgan yetarli
ijobiy imkoniyat mavjud. Test o ‘tkazish o'qitishni olib borish va
uning natijalariga katta ta ’sir ko‘rsatishi mumkin. Sifatli testlar bilish
faolligini oshirishga qodir, ular talabalar faoliyatida yuqori m o ‘1-
jallam i belgilaydi, aksincha, yomon tuzilgan testlar ta ’lim jarayo
nida aks samara berishi mumkin.
Bilimlarni
0 ‘zlashtirish nazoratining yangi, ilg‘or vositalarini
kiritadigan reyting tizim idan samarali foydalanishni o'rganish ham
juda muhimdir. Talabalar bilimlari sifatini nazorat qilishning rey-
ting tizim i deganda har bir talabani o ‘qitishning borishi va n ati
jalarini baholashga bir xil shaklda yondashuvning o ‘zaro bogTiq
ko‘rsatmalari va qoidalar majmuasi tushuniladi.
Oliy o ’quv yuillarida reyting nazorati tarkibida quyidagilar if-
odalanadi:
- nazorat turlari (joriy, oraliq va yakuniy);
- nazorat usullari (og‘zaki, yozma, pedagogik test o ‘tkazish,
m a’lum amallarni bajarish);
- davriylik va о ‘qitish davri mobaynida baholashlarning eng kam
soni;
- baholash mezoni;
- o ‘qitilayotgan fan bo'yicha yakuniy bahoga talabaning ayrim
baholarini birlashtirish qoidalari;
- natijalarni rasmiylashtirish qoidasi va boshqa k o ‘rsatmalar;
Oliy o ‘quv yurtlarida reyting tizim ini kiritishning maqsad va
vazifalari. odatda, quyidagi natijalarga erishish uchun shart-sharoitlar
yaratishdan iborat:
- talabalar tom onidan davlat ta ’lim standartlari talablarining
o ‘zlashtirilishi;
- bilimlarni baholashning xolisligi va uzluksizligini ta ’minlash;
- talabalardagi bilish faoliyatining faollashuvi, ularda o ‘qishda
yutuqlarga erishishga intilishning shakllanishi, ta ’limga musobaqa his-
sini kiritish, mustaqil ishga m untazam jalb qilish;
- o ‘qish jarayonidagi yutuqlar bo'yicha talabalar о ‘m ini aniqlash
bilan o ‘quv faoliyati natijalarini muvofiqlashtirish, ularni o ‘qishdagi
yutuqlari uchun rag‘batlantirish;
- o'qitish natijalarining taqqoslanishini ta'm inlash.
Talabalar bilimlarini baholashning ilg‘or reyting tizim i quyi
dagi asosiy talablarga javob berishi kerak:
- uzluksiz ta'lim bosqichining o ‘ziga xosligini inobatga olishi;
- o'quv fanining alohida qismlarini emas, balki yalpi nazoratini
amalga oshirishi;
- talabalarni o'qishdagi yutuqlari bo'yicha yaxshiroq tabaqalash
maqsadida baholarning ko'p balli m ezoni qo‘llanishi;
- pedagog tom onidan qo‘yiladigan birlam chi baho murakkab
m atem atik hisoblashlar bilan bog'liq bo'lmasligi (o'quv vaqtining
sarflanishini talab etadigan). U pedagog tom onidan o'quv muas
sasasida oldindan ishlab chiqilgan m ezonlar asosida qo'yiladi;
- har bir o'quv yurtining uslubiy idorasi m a’muriyat ko'rsat-
m alari asosida yoki o'zining qaroriga binoan natijalari yakuniy rey
ting baholashga kiradigan, o'qitish davridagi barcha predm etlar
bo'yicha og'zaki, yozma va test nazoratlarining eng zarur majburiy
sonini o'rnatadi;
- oliy o'quv yurtining reyting tizim lari m a’Ium bosqich chega-
rasida o'qitish natijalarining taqqoslanish im konini ta'm m lashi va
boshqalar.
M a’lumki, bir xil sharoitda tegishli metodikalar va mavjud im-
koniyatlardan to 'liq foydalanib o'qitganda o'quvchi-talabalar turli
darajadagi o'zlashtirish ko'rsatkichlariga ega bo'lishadi. Buning asosiy
sababi ular qobiliyatlarining turlichaligidadir.
B. Blum o'tkazgan tadqiqotlarida yuqori qobiliyatlilar yuqori
natijalarni, o'rtacha darajadagilar o'rtach a ko'rsatkichlarni berish-
ligi aniqlandi. Bunda vaqt sarfi ham turlicha ekanligini ko'rish mumkin:
qobiliyatlilar o'quv m aterialini o'zlashtirish uchun eng kam vaqt,
«o'rtacha» lar uchun ulardan ko'proq vaqt, «bo'sh» lar uchun eng
ko'p vaqt zarur b o 'lar ekan. Mavjud ta ’lim tizimidagi ham m a bo-
lalar uchun bir xil teng vaqt, teng sharoitdagi ta'lim jarayoni biz
xohlaym izm i-yo'qm i «kuchlilar», «o'rtachalar» va «bo'shlar» ni
vujudga keltiraveradi. A n’anaviy ta'lim d a ushbu nomuvofiqlikdan
chiqishning ikki yo'li mavjud; birinchisi — ikkinchi yil qoldirib
o'zlashtirish darajasiga erishtirish; ikkinchi yo'l — guruh talabalari-
ni gomogen guruhlarga ajratish yo‘li biJan ta ’limda yuqori samara-
dorlikka erishish.
B. Blum a n ’anaviy ta ’lim dan farqli ravishda, ta ’lim sharoitining
eng optimal sharoitini tanlash, birinchi navbatda, o ‘qish sur’atini
oshirish orqali to ‘la o ‘zlashtirishga erishish mumkinligi g‘oyasini
ilgari suradi. Bunday sharoitda «kuchli» va «bo‘sh»lar o'rtasidagi
o'zlashtirish farqi keskin kamayadi. T o la o ‘zlashtirish m odelida
mavjud o ‘quvchi-talabalar guruhining hammasi yuqori natijalarga
erishishi uchun o ‘quv maqsadlaridan kelib chiqadigan natijalar
tegishlicha yuqori darajalarda ifodalanishi kerak.
Pedagogik texnologiyalar ta ’limda reproduktiv o'zgarish dara
jasini egallashni kafolatlaydi. Talaba produktiv (mahsuldor) va ijodiy
o'zlashtirish darajalarini egallashda a n ’anaviy metodikadagi o ‘qi-
tishning m uam m oli usul va m etodlaridan unum li foydalanadi. Z a
monaviy pedagogik texnologiyalarni yaratishda a n ’anaviy
0 ‘qitish
metodikasidagi boy tajriba va ilg‘or pedagogik jarayonlardan foy
dalanish maqsadga muvofiqdir.
Pedagog knrs (bo'lim , bob)ni loyihalashtirishga kirishar ekan,
eng avvalo, mezonni to ‘g‘ri aniqlashi, ushbu modelda ishlashning
asosiy holatini hisoblashni bilishi zarur. Shundan keyin kurs maqsad-
larini toifalashtirish, maqsadlaridan aniqlashtirilgan natijalar olini-
shini ketma-ketlikda ishlab chiqish va ularga mos ravishda diagnostik
testlar tayyorlanishi, o ‘qituvchi (pedagog) o ‘rganiladigan m aterial-
ni qismlarga bo‘lib o ‘rganilishi lozim b o ‘lgan o ‘quv birliklarini
aniqlashi, ularni tahlil qilishi va o'rganish b o ‘yicha qayta ishlab chi-
qishi lozim. 0 ‘quv birliklari aniqlangach, ulam i o ‘rganishda qan-
day natijalarga erishishni birm a-bir aniqlash, erishilgan natijalarni
tekshirish uchun diagnostik xarakterdagi test nazoratlarini o ‘tkazishi
va bu nazorat natijalari baholanmasligi kerak. Bunda faqatgina
«o‘rgangan», «o'rganmagan» mezonlarida baholanadi va zarur tuza-
tishlar kiritib boriladi.
Navbatdagi bosqichda har bir test javoblaridagi xato va kam chi-
liklarni tuzatish bo‘yicha o'quvchi-talabalar uchun yangi b o ‘lgan
o ‘quv metodikasiga oid qayta o ‘rganishni tashkil etadi. U shbu me-
todikani amalga oshirish quyidagi ketm a-ketlikda kechadi.
1.
Kirish qismi: o ‘quvchi-talabalarni t o l a o'zlashtirish m eto-
dikasida ta ’limga tayyorlash va ularda rag‘batni vujudga keltirish.
2. T o ‘la o ‘zlashtirishga yo‘naltirilgan holda har bir o'quv birligi
bo'yicha о ‘qitish.
3. H ar bir o ‘quvchi-talabada o ‘quv materialining to'la o'/.lash-
tirilganligini baholab borish.
4. H ar bir o'quvchi-talabaga qo'yilgan bahoni izohlash.
Loyihalashtirilgan o'quv jarayon ini ng birligi ikki kichik loyiha-
ga ajratiladi. Birinchi qismida an ’anaviy ta ’limdagidek tushuntirish,
k o ‘rsatish, izohlash, asoslash, tushunchalarni shakllantirish, ular-
ni bilish, amalga tatbiq qilish kabilar aniq ifodalangan maqsadlar
asosida olib boriladi.
Loyihaning ikkinchi qismida har bir o ‘rganilgan o'quv birligi
bo'yicha joriy test sinovlari olinadi. Test sinovlari diagnostik aha-
miyat kasb etib, teskari aloqa vazifasini o'taydi, uni o'tkazishdan
maqsad tuzatishlar kiritish, to'ldirishlarni amalga oshirishdan ibo
rat b o ‘lib, buning uchun qo‘shimcha o'quv tadbirlari belgilanadi.
Test natijalariga k o ‘ra o'quvchi-talabalar ikki guruhga ajratila
di: to ‘la o ‘zlashtirishga erishganlar va to ‘la o'zlashtirishga erishma-
ganlar guruhi.
O 'q u v birliklarini to ‘la o 'zlash tirm agan o ‘qu vch i-talabalar
o'qituvchi (pedagog) rahbarligida ushbu o'quv birliklarini o ‘rganishni
davom ettiradi. U lar bilan qo‘shimcha tuzatish ishlari tashkil qili-
nadi va yo'l qo'yilgan kamchiliklar aniqlanadi ham da kamchiliklar-
ni tuzatish uchun mashg‘ulotlar olib boriladi. Bu mashg‘ulotlar
takroriy b o ‘lgani uchun uni bayon qilishda yangi usullardan foy
dalanish va ko'rgazm ali qurollar va o'qitishning texnika vositalarini
ishlatish, individual ishlardan foydalanish orqali ushbu guruh to'la
o'zlashtirishga olib chiqiladi. To'la o'zlashtirishga erishganlar uchun
qo'shim cha topshiriqlar beriladi, ular navbatdagi o'quv birligiga
o'tkazilmaydi. Navbatdagi o'quv birligini o'rganishga ikkala guruh
ham birga kiradi.
O 'z navbatida, o'quvchi-talabalar o ‘quv elementini qaysi dara
jada o'zlashtirishlari yoki qanday mahorat bilan bajarishlari kerak?
Bu savolga psixologlar tom onidan yaratilgan faoliyat nazariyasi javob
beradi. H ar qanday faoliyat inson tom onidan oldin o'zlashtirib olin
gan axborotlar yordamida amalga oshiriladi. Axborotlardan foydala-
nish xarakteriga qarab faoliyatning ikki ko'rinishini farqlash mumkin:
nomahsul va mahsuldor. Ularning bir-biridan farqi shundaki, nomah-
sul faoliyatida inson o ‘ziga m a ’lum bo‘lgan harakat qoidalaridan
foydalanadi va bu jarayonda h ar qanday yangi axborotlar yuzaga
chiqmaydi, chunki u faqat oldin o ‘zlashtirgan usullarni qaytadan
ishJab chiqadi.
Talabalar mahsuldor faoliyatni bajarishda doimo yangilikka duch
keladi yoki yangi obyektlar, hodisa va jarayonlar, faoliyat metodlari
vujudga keladi. H ar ikki faoliyat turi ham mustaqil ravishda yoki
tashqaridan ko'rsatilgan ta ’sir yordamida bajariladi. Nomahsul fao
liyat yo'riqnom a, lug‘at orqali yoki harakatlarni bajarish qoidalari
to'g'risida boshqa bir axborot m anbalari asosida ko’rsatmasiz ba-
jarilsa, mahsuldor faoliyat m a’Ium m etodik ko'rsatrnalar ostida
bajarilishi mumkin.
Professor N .Saydahm edov yuqorida bayon qilingan fikrlarni
hisobga olgan holda o ‘quvchi-talabalarning o ‘quv m ateriallarini
o'zlashtirish faoliyatini quyidagi 4 daraja asosida ko‘rsatgan:
|