6
.
2
.
Talabalar tanqidiy fikrini rivojlantirishda interfaol
metodlarning o‘nii
Tanqidiy fikr — bu qo'yilgan masala yoki m uam m o yuzasidan
o 'z fikrini bayon qilish, o'zgalarning fikrlarini tanqidiy qayta idrok
etish, o'z nuqtai nazarini asoslab berish Va saqlab qolish imkoniyatiga
ega bo'lishga asoslangandir. Yana bu qoidaga aniqlik kiritadigan bo'l-
sak, fikrlash — bu o'qish, yozish, so'zlash va eshitishga o'xshash
jarayon. U faol, muvofiqlashtiruvchi shundayjarayonki, o'zida biror
haqiqat to'g'risidagi fikrlarni qamrab oladi.
Tanqidiy (tahliliy) fikr shu bilan ahamiyatlidir:
- hayotning muraklcab o'zgaruvchanlik m a’nosini tushunib
yetishga yordam beradi;
- j a m o a n in g o c h iq fik rin i r a g 'b a tla n tir a d i;
- a lo q a , tu s h u n is h va h u rm a tn in g ikki to m o n la m a lig in i a n g la ta d i;
- s h a x s n in g riv o jla n is h ig a s h a r o it y a r a tis h i va b o s h q a la r.
T a ’lim j a r a y o n id a ta n q id iy (ta h liliy ) fik rla s h n in g a so sla n ish i:
1. O 'qituvchi (pedagog) va o'quvchi-talaba o'rtasidagi hamda
o'quvchi-talaba bilan o'quvchi-talaba o'rtasidagi o'zaro liurmatni
tarbiyalaydi.
2. M ashg'ulot jarayonida o'quvchi-talabaning o 'z tajribasidan
foydalaniladi.
3. M a’Ium o'quv m azm uni o'quvchi-talabaning talablariga mos
va aniq tarzda foydalaniladi.
4. M uam m oni hal qilishda o'quv materiallaridan foydalaniladi.
5. H ar xil fikr va qarashlar integratsiyalashadi.
6. Dastlabki shart-sharoitlar qabul qilinadi vatekshirib ko'riladi.
7. T a’lim o'qituvchi (pedagog) bilan o'quvchi-talabalar orasidagi
yoki o'quvchi- talabalarning o'zlari o'rtasidagi munosabatlar orqali
berib boriladi.
8.
0 ‘quvchi-talabalarning mustaqil ta ’lim olishi uchun sharoit
yaratiladi va ulam ing tayyorgarlik darajasiga muvofiq m etodlar tan-
lanadi.
M ashg'ulotlar jarayonida foydalaniladigan didaktik o ‘yinli tex
nologiyalar o ‘quvchi-talabalarning bilish faoliyatini faollashtirish,
darslik va qo‘shimcha adabiyotlar ustida mustaqil ishlash, nutq va
m uloqot m adaniyatini rivojlantirish, ularni ongli ravishda kasb-
hunarga yo'llash, didaktik o ‘yin davomida vujudga kelgan qiyinchi-
liklarni bartaraf etishda m o'ljalni to ‘g‘ri olish, har xil vaziyatlarni
tahlil qilib, to ‘g‘ri xulosa chiqarishga zam in hozirlaydi.
0 ‘quv dasturlari talablariga muvofiq muammoli yoki munozarali
mashg'ulot laming tashkil etilishi tanqidiy va tahliUy fikrlaming rivojida
m uhim ahamiyatga ega. 0 ‘quv jarayonida m unozarali darslarning
ikki xili: ilmiy m unozara darslari va erkin fikrlash darslaridan foy-
dalaniladi.
^ In te rfa o l m etodlar - o ‘zaro fikr almashishga, o ‘zaro fikrlami
toMdirishga, goh noverbal, goho verbal ta ’sir o ‘tkazishga qaratil
gan harakatlar majmuasidir. Interfaol m etodlarni qo‘llashda o ‘zaro
ta'sir asosiga qurilgan intellektual harakatlar shunchaki ta ’sir yoki
lurtki va/.ifasini bajarish bilan cheklanib qolmaydi va hamkorlik sub-
yektlarini ijodiy izlanishga yo‘naltirish, n om a’lum holatni ochishga
(kashf etishga) ко' т а к beruvchi nazariy-aqhy mulohazalarni yaratish
funksiyalarini ham bajarishi mumkin.
T a’lim m azm unini o ‘zlashtirishda talabalarning bilim saviyasi,
o ‘zlashtirish darajasi, ta ’lim manbai, didaktik vazifalarga muvofiq
va munosib ravishda quyidagi interfaol m etodlar qo'llaniladi:
-
0 ‘qitishning ko'rgazmali metodi;
- mustaqil ishlar metodi;
- muammoli-evristik modellashtirish metodi;
- ilmiy tadqiqot metodlari;
-
0 ‘qitishning muammoli-izlanishli va reproduktiv metodlari;
- o ‘qitishning induktiv va deduktiv metodlari;
—
- o ‘qitishning nazorat va o ‘zini-o‘zi nazorat qilish metodlari.
M etodlar quyidagi guruhchalarni o ‘z ichiga oladi:
Birinchi guruh metodlari: o ‘quv axborotlarini eshitish orqali
qabul qilish metodlari (og‘zaki metodlar: hikoya, m a’ruza, suhbat
va boshqalar).
Ikkinchi guruh metodlari: o ‘quv axborotlarini ko'rgn/m ali uza-
tish va ko‘rish orqali qabul qilish metodlari (ko'rgazmali metod,
tasviriy namoyish qilish va boshqalar).
U chinchi guruh metodlari: o ‘quv axborotlarini amaliy mehnat
harakatlari orqali berish (amaliy metodlar, mashqlar, laboratoriya
ishlari, dasturlar tuzish, mashq va masalalar ham da test topshiriqlari-
ni yechish, m ehnat harakatlari va boshqalar).
Interfaol m etodlar asosida tuzilgan dars tizim larida turli strate-
giyalardan foydalaniladi. Bunda talabalarga yashirincha usullardan
(kitob, korispektlar va h.k.) foydalanish taqiqlanm aydi, aksincha,
bunday usullarni qo‘llash rag‘batlantiriladi.
Talabalarning ijodiy imkoniyatlarini rivojlantirish, m uam m o-
larni hal qilishda tayyor standart yechimlar bilan birga nostandart
yechim lar qilishga undash, talabalar ichki hissiyotlarini yuzaga chi-
qarib, ularni mantiqiy fikrlashga chorlash, ularni solishtirish, xususiy
analitik fikr yuritishga o ‘rgatish, ularning intellektual, zukkolik xis-
latlarini shakllantirish va m a’lum yo‘nalishda yanada yuqori darajada
rivojlantirish maqsadida muammoli uslubdan foydalaniladi.
M uammoli vaziyat qanday hosil qilinadi? Buning uchun ba-
jarilishi lozim bo‘lgan topshiriq e ’lon qilinadi. Endi shu vazifani
bajarish uchun talaba bor bilim va ko‘nikmalarini eslaydi, topshiriqni
bajarishda shu paytgacha egallagan bilimlarining yetishmasligini sezish
bilan birga talaba shaxsida m a’lum psixologik qarama-qarshilik shak-
lidagi holat yuz beradi. Galdagi muam m o topshiriqni bajarish va
shu topshiriqni bajarish uchun yangi bilim, iqtidor va ko'nikmalarni
izlash muammosi paydo bo‘ladi. Ana shu vaziyat esa muammoli
tahsilning boshlanish jarayoni hisoblanadi.
Pedagog talabalarning topshiriqni mustaqil bajarish jarayonini
zukkolik bilan boshqaradi, e’tibor bilan kuzatadi, kerak boMganda
jonlim uloqotga chorlaydi. Talabalar mantiqiy fikrlash davomida ular
ning jonli mushohadasi, fikr doirasi pedagog tom onidan izchillik
bilan hisobga olinadi va tahsil oxirida faol talabalarga qo'yilgan ballar
yoki baholarni e ’lon qiladi.
Talabalarda umumlashgan psixologik va uslubiy bilim, iqtidor va
ko‘nikmalarni shakllantirish, o ‘z tajribalarini tanqidiy nuqtai na-
zardan yanada mustahkamlash, real haqiqiy amaliyotdagi sharoitda
sinash va amaliy k o ‘nikmalarni yangi bilimlar bilan yanada boyitish
maqsadida shu uslubdan foydalaniladi.
M a’lumki, har qanday fan o ‘qitilishi uchun belgilangan m aqsad
ga ko‘ra, uning m azm uni tanlanadi. Uni o'zlashtirish uchun unga
mos m etodlar tanlanadi. So'ngra o'quv vositalari va nihoyat, bular-
ga mos ravishda o'qitish shakli tanlanadi.
Talabalarning psixologik tayyorgarliklari va fikrlash yoki olingan
bilimlarni o'zlashtirish darajalariga qarab har bir ta ’lim bosqichi
uchun mos m azm un va m etodlar tanlanadi. H ar bir bosqichning
o'ziga xos mazmunini bayon qilish mantiqi va metodlari bor. Ta'limda
har doim m azm un va m etodlar muammosi mavjud, bu m uam m o-
lar bir-biri bilan
u z v iy
bog'langan. T a’lim metodlaridagi m uam m o-
lar «Kimni qanday o'qitamiz?» degan savol bilan bog'liq bo'lib,
bundan ta ’lim m etodlarini ishlab chiqish uning'm azm uniga bog'liq
ekanligi keiib chiqadi. Bu ikki m uam m o o'zaro qaram a-qarshilikda
bo'lib, bir-birini to'Idirib boradi.
M etodikaning maqsadi m azkur fandan yangi o'quv fani (o'quv
predmeti) yaratish va bu fanning o'zlashtirilishini ta ’minlashdan
iborat. Bunday o'quv fanlari talabaning barcha talab va ehtiyojlarini
qoniqtirishi, zamonaviy pedagogik texnologiyalar talab lari asosida
«aw al o'qish, so'ngra, bu o'qishga o'rgatish uchun o'qitish» prin-
sipiga asoslanishi, talabaning o'quv materialini o'zlashtirishidagi
ko'rsatkich va o'zlashtirish darajalari, nazariy va amaliy bilimlarini
egallashda «soddadan-murakkabga» qoidasiga asoslangan nazorat
topshiriqlarini belgilash ham da talabalarga individual va tabaqalash-
gan holda yondashuvlar xususiyatlarini hisobga olishi lozim.
A n’anaviy m etodikada talaba shaxsining rivojlanishini hisobga
olgan holda uning bilimi ko'nikmaga, undan esa malakagacha rivojla-
nishiga ahamiyat berilmasligi ayon. O 'qituvchi talabaga iloji boricha
o'rganilayotgan mavzudan ko'proq axborot berishga harakat qiladi.
O 'qituvchi axborotlarni to'plash, axborotlarni tanlash va qayta
ishlash, o'rganilgan axborotlarni qo'llash kabi bilishning uchta bos-
qichdan iborat modeliga har doim ham rioya qilavermaydi. Keyingi
navbatda talabaning bilish faoliyati (olgan bilimi) uni bilish fao-
liyatining yangi pog'onasiga, ya’ni bu bilish faoliyatining faollashuv
jarayoniga ko'tarishi kerak. Shundagina bilim ko'nikmaga, ko'nikm a
esa malakaga aylanadi. Talabalar bilish faoliyatining faollashuvi qa-
to r prinsiplargatayanadi: fanni o'rganishgaqiziqtirish, tayanch ibo-
ralarga asoslanish, m uam m oli m etodlam i qo'llash, mustaqil ishlar
ni tashkil etish, yalpi va yakka ishlarni tashkillashtirish, ko'rgazm ali
va texnik vositalardan foydalanish, ta ’lim m azmunini turm ush bi
lan bog'lash, fanlararo aloqadorlikni o'rnatish va hokazo. Bundan
esa, ta ’lim jarayonida o'qituvchi rioya qilishi kerak bo'ladigan asosiy
prinsiplar kelib chiqadi:
- talabada o 'z kuchiga ishonish hissiyotini uyg'otish;
- talabaga o 'z vaqtida kerakli yordam berish.
Talabalarning fanlarga oid tanqidiy fikrini bilish maqsadida quyi
dagi varaqalar tarqatilgan:
1. M a’ruzani eshitib yozib bordim , lekin o'zlashtirilayotgan
material m ohiyatini bir davrning o'zida to 'liq tushunib, etmadim.
2. Oliy ta ’limning m azmuni va shakli o ‘rta maktabnikidan nimasi
bilandir farq qiladi.
3. Ilmiy tushunchalar, atam alar va ta ’riflardan foydalanishda qi-
yinchiliklarni his qilaman.
4. M a’ruza va seminar mashg‘ulotlarining m ohiyatini tushuna
olmayman.
5. Nazariy bilimlar bilan amaliyot o'rtasida birm uncha nom u-
tanosibliklar mavjud.
6. M ustaqil faoliyatni rejalashtirishning oqilona usullari yetish-
maydi.
7. M ustaqil bilim olish uchun juda oz vaqt qoladi.
8. 0 ‘quv yili davomida bir qancha materiallar individual ishlashga
yig'ilib qoladi.
9. Reyting nazoratida his-tuyg'uda barqarorlikning yetishmasligi
sababli diqqatni bir joyga to'play olmayman.
10. Sem inar m ashg'ulotlari va reyting nazoratiga tayyorlanish
uchun birlam chi m anbalarning yo'qligi yom on oqibatlarga olib
keladi.
Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish oson ish emas. Bu muayyan
yosh davrida tugallangan va esdan chiqarilgan vazifa ham emas. Shu
bilan birga, tanqidiy fikrlashga olib boradigan tugallangan yo‘l ham
yo'q. Ammo tanqidiy flkrlovchilaming shakllanishiga yordam beruv-
chi muayyan o ‘quv sharoitlari to ‘plam i mavjud.
Tanqidiy fikrlash tajribasini egallashi uchun talabalarga vaqt va
imkoniyat berish zarur, ya’ni;
- talabalarga fikr yuritish uchun imkoniyat berish;
- turli-tum an g ‘oya va fikrlami qabul qilish;
- talabalarning o'quv jarayonidagi faolligini ta ’minlash;
- har bir talabaning tanqidiy fikr yuritishga qodir ekanligiga
uning o'zida ishonch hissini uyg‘otish;
- tanqidiy fikrlashning yuzaga kelishini qadrlash lozitn.
Shu munosabat bilan talabalar:
- o ‘ziga ishonchni orttirish, o ‘z fikri ham da g'oyalarining qadri-
ni tushunish;
- ta’lim jarayonida faol ishtirok etish;
- turli fikr va g‘oyalarni e’tibor bilan tinglash;
- o ‘z hukmlarini shakllantirishga va undan qaytishga tayyor tu -
rishi lozim.
Tanqidiy (tahliliy) fikrlash talabalarning faolligi bilan bevosita
bog'liqdir. Chunki talabalar sustkash tinglovchilar bo‘lishadi, ularda
o ‘qituvchi bilimli yoki m atnda uning bu bilimlari aks etgan, shu
tufayli ularning bilimlariga o'qituvchi m as’ul, degan ishonch shakl-
lanib qolgan. Ta’lim jarayonidagi talabalarning faol ishtiroki va ta ’limga
o ‘zlarining mas’ul ekanligiga tayyorligi, tanqidiy fikrlashda kutilgan
natijalarni beradi. Talabalarni fikr yuritishga, o ‘z g‘oyasi va fikrlari
bilan o ‘zaro o ‘rtoqlashishga d a’vat etish kabi pedagogik yondashuv
ularning faolligini o ‘stiradi.
Fikrlash jarayonini tashkil etish davomida talabalarning fikrlari,
o ‘z tanqidiy tahlili natijalari qimmatli ekanligini ularning ongiga
singdirish zarur. 0 ‘qituvchi (pedagog) taJabalardan muayyan ma-
terialni shunchaki qayta ishlashni talab qilganda tayyor qoliplar-
dan, andozalardan xoli bo‘lishi lozim. Bu esa talabalarda o ‘zgalar
g‘oyalarini mexanik tarzda qayta ishlab chiqish eng muhim va qim
matli ekanligiga ishonch hosil qilishga olib keladi. Aslida talabalarga
o ‘z fikri, o'ziga taalluqli bo‘lgan g‘oya va tasaw urlar qimmatli ekan
ligini ko‘rsata olish kerak. Talabalarning o ‘zlari ham o ‘z fikrlarining
qimmatbaho ekanligiga ishonch hosil qila olishlari ham da masalalar-
ni muhokama qilish jarayonida o'ta muhim va katta hissa bo‘lib hisob-
lanishini tan olishlari kerak.
Fikrlash jarayoni talabalarning o ‘zaro bir-birlari bilan fikr al-
mashishlarini ko‘zda tutadi. 0 ‘zaro fikr almashishda talabalardan
diqqat bilan tinglash, o ‘zining qarashlari tizimini so‘rovchiga zo‘rlab
o ‘tkazish va boshqa so'zlovchilar fikrini tuzatib turishdan o £zini
tiyib turishi ham talab etiladi. Bunga javoban talabalar boshqalar-
ning yalpi fikrlaridan foydalanish imkoniyatiga ega boMadi. Keng
doiradagi munozara oqibati o‘laroq, talabalar o‘zlarigategishlibo‘lgan
g‘oyalarni tahlil qilish va uni aniqlashga yanada qobiliyati orta boradi
ham da ularni o ‘z bilimlari va hayotiy tajribalarida yaratgan g'oyalari
tizim iga tirkab boradi. Fikrlash jaray o n in i tashkil etishda uni
o ‘tkazishning bir necha modelJari mavjud, ya’ni o ‘ziga ishonch hosil
qilish, ishda faol ishtirok etish, o'ltoqlari va o ‘qituvchi bilan fikr
almashish, o'zgalar fikrini tinglay olish va boshqalar.
Um um an olganda, talabalarning tanqidiy (tahliliy) fikrini rivoj-
lantirish oliy o'quv yurtlaridagi o ‘quv-tarbiya jarayonida kamol top-
tiruvchi ham da tarbiyalovchi prinsiplam i amalga oshirishdava tala-
balaming o 'zin i-o ‘zi boshqarishida muhim rol o'ynaydi.
|